Telegram Web Link
Oqqo'rg'on tumanida kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazish maqsadida olib borilayotgan tayyorgarlik ishlari izchil davom etmoqda.

Viloyat ishchi guruhi a’zolari tomonidan turar-joy hamda ijtimoiy soha ob’ektlarida joylashgan isitish tizimlari, gaz va elektr jihozlarining texnik holati o‘rganilmoqda.

O‘rganish jarayonida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida bajarish yuzasidan mas’ul xodimlarga aniq topshiriqlar berildi.

@oqqorgon_hokimligi
Hurmatli fuqarolar❗️Bu xalqaro tajribaga asoslangan xolda rejaviy, har yili o‘tkaziladigan profilaktik tadbir.

Favqulodda vaziyatlar bo'limi bloger va ijtimoiy tarmoq administratorlaridan aholi orasida sarosima ko‘tarmaslik maqsadida mazkur jarayonlarga oid ma'lumotlarni to‘g‘ri talqin qilishlarini so‘rab qoladi.

Joriy yilning 20-27-oktyabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 16-maydagi PQ-158-son Qarori asosida O'zbekiston Respublikasi hududida seysmik xavfsizlikni ta'minlash, aholini zilzilada harakat qilish bo'yicha bilim va ko'nikmalarini oshirish maqsadida, "Aholini zilzilaga tayyorlash haftaligi" o‘tkazilmoqda.

Haftalik davomida mahallalar, ta'lim muassasalari, korxona va tashkilotlarda zilzilaga tayyorgarlik ko'rish bo'yicha o'quv mashg'ulotlari olib boriladi. Mazkur tadbirlarda faol ishtirok eting!

@oqqorgon_hokimligi
#Oqqo’rg’on_tuman
#Qo’rg’ontepa_MFY

Yoshlarning bosh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni sportga keng jalb qilish maqsadida,14 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan yigit va qizlar o‘rtasida VOLEYBOL sport turi bo‘yicha mahalla yoshlar yetakchisi va maktab hamkorligida musobaqa o'tkazildi.

Musoboqada 8-9-10-11 sinf o’quvchilari belashishdi va yakunda 10 sinf o’quvchilari g’oliblikni qo’lga kiritishdi.

Voleybol qiziquvchi barcha yoshlarni keyingi musobaqalarimizda kutub qolamiz!

G'OLIB JAMOA MAHALLA YOSHLAR YETAKCHISI TOMONIDAN ESDALIK SOVG'A BILAN TAQDIRLANDI

👉
@oqqorgon_hokimligi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#она_тилим_фахрим
#челенж

21-октябр – Ўзбек тилига Давлат тили мақоми берилган кун байрами муносабати билан туманда туркум тадбирлар ташкил этилмоқда.

@oqqorgon_hokimligi
#Oqqoʼrgʼon_tuman_1-son_politexnikumi
#Teatr

“Afyun girdobi” – yoshlarga achchiq haqiqatni eslatgan spektakl.

Joriy yilning 21 oktabr kuni Oqqo‘rg‘on tuman 1-son politexnikumida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar doirasida yoshlar ongida giyohvandlikka qarshi immunitetni shakllantirish, ularning hayotga bo‘lgan sog‘lom qarashlarini mustahkamlash maqsadida Muqimiy nomidagi davlat musiqali drama teatri tomonidan sahnalashtirilgan “Afyun girdobi” spektakli namoyish etildi.

Tadbirda politexnikum o‘quvchilari, o‘qituvchi va xodimlar faol ishtirok etdilar. Teatr asari orqali giyohvandlik balosining individual shaxs hayotiga, oilaviy muhitga va jamiyatga yetkazadigan og‘ir oqibatlari sahnaviy obrazlar orqali yorqin ochib berildi. Tomoshabinlar spektakl davomida nafaqat hayajonli voqealarga guvoh bo‘lishdi, balki chuqur saboq ham oldilar.

Tadbir yakunida tomoshabinlar tomonidan aktyorlar mahorati, sahna dekoratsiyasi va voqea rivojining hayotiyligi alohida e’tirof etildi. Bunday tadbirlar yoshlar orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.

✍️Oqqorg‘on tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatish
👉 😎 Telegram 😎Instagram 🌐 Facebook 😎YouTube 🕸WebSayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/10/24 15:57:55
Back to Top
HTML Embed Code: