Telegram Web Link
Dadamda bir malay bor... Qorni toʻq, egni butun boʻlsa bas. Ing yoʻq, jing yoʻq ishlayveradi. (Oybek, “Tanlangan asarlar”.)

Jumladagi “ing yoʻq, jing yoʻq” iborasining maʼnosi nima?
Anonymous Quiz
24%
Pulsiz, ish haqisiz
18%
Toʻxtamasdan, kecha-yu kunduz
58%
Indamasdan, soʻzsiz
💯36👍19😎11🔥5😢4🤨2
Forwarded from Mutolaa
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Noʻnoq nazmim uchun afv et, xalqim,
Na olim, na fozil, na soʻz piriman.
Oʻz vaqtida daftar topshira olmay
Qolgan bolalarning biriman.


• Matnazar Abdulhakim she'ri


Ushbu rolik 1-oktabr — Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan "Mutolaa" jamoasi tomonidan tayyorlandi.

Ustozlarni e'zozlang, ularning qadriga yeting, zero ularsiz yuksalib bo'lmagay!

Bizni kuzatishda davom eting 👇
Telegram | Instagram | Facebook | Ilova
👍37🔥16😢9
​​Izm va izn: farqi nimada?

Talaffuzi yaqin soʻzlarni yanglish qoʻllash uchrab turadi. Ularning maʼnolari bir-biriga yaqin boʻlsa, adashishlar yanada koʻproq boʻladi. Izm va izn xuddi shunaqa juftliklardan. Ular baʼzan maʼnodoshlik hosil qiladi va bir-birining oʻrnida ishlatilishi mumkin. Boshqa hollarda maʼnosini farqlash kerak.

Izm arabchadan oʻzlashgan, oʻzbekchada ikki xil mazmunda qoʻllanadi:

1️⃣ Boshqarishda, biron-bir ishni bajarishda va shu kabilarda ixtiyor, erk.

2️⃣ Amr, farmon; ijozat, ruxsat.

❗️ Lekin izm soʻzini ikkinchi maʼnosida qoʻllash hozir eskirgan.

Bu soʻz qatnashgan iboralar ham bor: izm bermoq – ijozat yoki ruxsat bermoq, izmiga solmoq – oʻz yoʻliga yurgizib, oʻziga boʻysundirmoq.

Izn soʻzi ham arabchadan oʻzlashgan, oʻzbekchada ruxsat, ijozat maʼnosida ishlatiladi.

🟢 Demak, izm va izn soʻzini ruxsat, ijozat maʼnosida sinonim sifatida qoʻllash mumkin. Biroq bir jihati bor: izm soʻzini bu maʼnoda ishlatish tarixiylik, badiiylik nuqtayi nazaridan oʻzini oqlaydi.

Ixtiyor, erk maʼnosida esa izn soʻzini qoʻllab boʻlmaydi:

Endi butun jarayon mening izmimda.
(jarayon ixtiyorimda, nazoratim ostida)

Endi butun jarayon mening iznimda.
(jarayon ruxsatimda deyilmaydi)

#Soʻragan_edingiz

@oriftolib
👍36🔥14🤨1
Samimiylikka ne yetsin ))

“Ibrat farzandlari” ustozi Mahfuza Ortiqovadan bayram tabrigi:

Tayyor rasm yoki video yuboradiganmas, ikki enli samimiy tabrik yoʻllaydigan shogirdlaringiz koʻp boʻlsin!


@oriftolib
🔥58👍27💯22😎8
​​Oʻqituvchi maksimal obroʻga ega boʻlishi kerak

Oʻqituvchilar haqida hikmatlar

Yaxshi ustoz boshqalarga hatto oʻzining qoʻlidan kelmaydigan narsalarni ham oʻrgatishi mumkin.

Tadeush Kotarbinskiy,
polyak faylasufi


Birovga oʻrgatish uchun oʻzing oʻrganishingga kerak boʻladigandan koʻra koʻproq aql zarur.

Mishel Monten,
fransuz yozuvchisi


Muallimlik sanʼati oʻquvchilar qalbida qiziqish uygʻotish, soʻng bu talabni qondirishdir.

Anatol Frans,
fransuz yozuvchisi


Yuzta oʻqituvchi yolla, lekin oʻzing oʻzingni majburlay olmasang, oʻzingdan oʻzing talab qila bilmasang, ularning hech biri senga yordam bera olmaydi.

Vasiliy Suxomlinskiy,
ukrain pedagogi


Men oʻqituvchidan yaxshi axloqni talab qilaman, buni boshqa har qanday fuqarodan ham talab qilgan boʻlardim.

Deni Didro,
fransuz yozuvchisi


Agar oʻqituvchida ishiga muhabbatgina boʻlsa, u yaxshi oʻqituvchiga aylanadi. Oʻquvchisigagina muhabbati bor muallim hamma kitoblarni oʻqigan, lekin ishini ham, oʻquvchisini ham sevmaydigan oʻqituvchidan yaxshiroqdir. Har ikki muhabbatni oʻzidan jam qila olgan oʻqituvchi esa komil ustozdir.

Lev Tolstoy,
rus yozuvchisi


Oʻqituvchi ogʻir ishlarni yengil bajara oladigan kishidir.

Ralf Emerson,
amerikalik yozuvchi


“Men qilgan narsani qaytar”, degan odamdan hech narsa oʻrgana olmaymiz. Bizning yagona chinakam oʻqituvchilarimiz “Men bilan birga bajar”, deydigan kishilardir.

Jil Delez,
fransuz faylasufi


Oʻqituvchi maksimal obroʻga, minimal hokimiyatga ega boʻlishi kerak.

Tomas Sas,
amerikalik psixolog


Oʻqitish – umid urugʻlarini ekish demakdir.

Lui Aragon,
fransuz yozuvchisi


Shogird ustozida raqobatchi emas, oʻrnak timsolini koʻrsa, undan hech qachon oʻzib keta olmaydi.

Vissarion Belinskiy,
rus adabiyotshunosi


Oʻqituvchi uchun eng katta shodlik – shogirdini maqtashgani.

Sharlotta Bronte,
ingliz adibasi


Oʻquvchi faqat mehr qoʻygan kishisidangina taʼlim oladi.

Yohan Gyote,
olmon yozuvchisi


Xalqqa taʼlim berish – uni yaxshilashdir; tarbiyalash – axloqini yuksaltirishdir, ziyoli qilish esa taraqqiy ettirish demakdir.

Viktor Hyugo,
fransuz yozuvchisi


Agar sizning rejangiz bir yillik boʻlsa, sholi eking. Oʻn yillik boʻlsa, daraxt oʻtqazing. Agar bir umrlik reja tuzgan boʻlsangiz, bolalaringizni tarbiyalang.

Konfutsiy,
Qadimgi Xitoy mutafakkiri


Chinakam ustoz senga hamisha tarbiya beradigan kishi emas, mustaqil boʻlishingga yordam beradigan kishidir.

Mixail Svetlov,
rus shoiri


Oʻqituvchi oʻzining bolalaridan koʻra birovlarnikini tarbiyalashni yaxshi biladigan kishidir.

Jyulyen de Falkenare,
flamand yozuvchisi


Rus tilidan
Orif Tolib
tarjimasi

@oriftolib
👍57🔥9
Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
22%
Rostan shunaqa
6%
Rosdan shunaqa
72%
Rostdan shunaqa
😎31👍13😢7🔥5
Gʻaroyib baliq ovi

Charlz Dikkens boʻsh vaqtlarida baliq ovi bilan shugʻullanishni xush koʻrardi. Uyi yaqinidan oqib oʻtadigan daryoga borib, oyoqlarini suvga solib oʻtirar, qarmoq tashlagancha, chuqur oʻyga choʻmardi. Uning bu odatidan ajablangan qoʻshnisi bir kuni dedi:

Agar qarmogʻimga biror narsa ilinsin desangiz, daryoning sal yuqorirogʻiga chiqishingiz kerak. Baliq oʻsha yerda serob, gulmohi ham tutishingiz mumkin.

– Bilaman, – deb javob berdi yozuvchi, – lekin u yerda baliq ovlashga chalgʻib qolaman-da!

👉 Mashhurlar hayotidan

@oriftolib
👍49😢8🔥7💯2
Yozuvchi, shoir va tarjimonlar uchun ajoyib imkoniyat!

Taniqli shoir Aʼzam Obid “Albatta ariza topshiringlar!” deb tavsiya qilyapti.

Yozuvchi, shoir va tarjimonlar uchun Nyu York yaqinida bahor va kuzda zoʻr rezidensiya imkoniyati. Arizalarni 15-oktyabrdan kechikmay yuboring!

RESIDENCY DATES

Spring Session One: March 27–April 22, 2025
Spring Session Two: May 8–28, 2025
Autumn Session One: September 4–October 1, 2025
Autumn Session Two: October 9–November 5, 2025

https://artomi.submittable.com/submit

@oriftolib
👍18🔥9💯1
😎58👍9💯9🔥1
Yetti desam, oʻtirik boʻlar, lekin olti pushtimni yaxshi bilaman. (N. Norqobilov, “Bekatdagi oq uycha”.)

Jumladagi “oʻtirik” soʻzining maʼnosi nima?
Anonymous Quiz
57%
Yolgʻon
37%
Maqtanish
6%
Yerga urish
😎42👍26😢8💯6😱3🔥1
Koʻpincha: vergul kerakmi yoki yoʻq?

Koʻpincha soʻzidan keyin vergul ishlatish uchrab turadi. Aslida vergul kerak emas. Chunki u ravish, ravishlar esa vergul talab qilmaydi.

Koʻpincha soʻzi oʻzbek tilida ikki xil maʼnoda qoʻllanadi:

1️⃣ Koʻp hollarda, koʻp vaqt; aksariyat.

Achchiq bodomdan koʻpincha xushboʻy efir moyi olinib, bu kosmetika sanoatida keng koʻlamda qoʻllanmoqda.
Gazetadan.

2️⃣ Tez-tez, koʻp oʻtmay.

Yodingizda bormi, koʻpincha chaqchaygan koʻzli bir yigit ishxonamizga uni soʻrab borar edi?
A. Qodiriy, “Oʻtgan kunlar”.

🟢 Demak, har ikki maʼnosida ham koʻpincha soʻzi bilan vergul ishlatmaymiz.

@oriftolib
👍43🔥9🤨4
YouTube kanalimda tahrir boʻyicha ilk dars chiqdi

Sizlardan soʻramay bir xayrli ishga qoʻl urib qoʻydim – YouTubeʼda tahrir boʻyicha darslar eʼlon qilishni boshladim.

Qoʻshimchalar tahriridan tortib jumlalar tahririgacha, abzaslar tuzilishidan matn strukturasiga darslar olishni rejalashtirganman. Hozircha bepul. Foydalanib qoladigan vaqti.

Aytgancha, professional tasvirga olinganidan sezsangiz ham kerak, video ustida juda katta jamoa ishladi. Rejissyor, operator, ovoz operatori, tasvirchi, montajchi, maʼruzachi – hammasi hurmat bilan oʻzim 😉

Ilk dars -ni va -ning qoʻshimchalarini qoʻllashdagi xatolar, qoʻshimchalar ifodalaydigan maʼnolardagi oʻziga xosliklar, istisnoli holatlar haqida.


👉 https://youtu.be/7rsGMKXRNeI

Telegram | YouTube
👍69🔥20💯6
Orif Tolib
YouTube kanalimda tahrir boʻyicha ilk dars chiqdi Sizlardan soʻramay bir xayrli ishga qoʻl urib qoʻydim – YouTubeʼda tahrir boʻyicha darslar eʼlon qilishni boshladim. Qoʻshimchalar tahriridan tortib jumlalar tahririgacha, abzaslar tuzilishidan matn strukturasiga…
Youtube loyihani videolavhalarga layk bosib, fikr-mulohazalar bildirib, havolasini ulashib qoʻllab-quvvatlang. Sohaga qiziqadigan tanish-bilishlarga tavsiya qiling. Yangiliklardan vaqtida xabar topish uchun esa obuna boʻling.

Istaganlar donat qilishi mumkin.

Telegram | YouTube
👍38🔥13
Oson yoʻli

Atoqli fransuz yozuvchisi Alfons Dodeni Parijda chop etiladigan “Janjal” nomli koʻcha gazetasi tahririyatiga taklif etishadi. U yerda xurmacha qiliqlari-yu oldi-qochdi maqolalari bilan tanilgan bir jurnalist Dodega shunday taklif beradi:

– Agar bizga birorta ipirisqining hayotini mayda-chuydasigacha tasvirlab asar yozib bersangiz, ming frank qalamhaqi toʻlardik.

Dode suhbatdoshining gaplarini jimgina, bosh irgʻab eshitadi. Soʻng deydi:

– Nega men yozib oʻtirishim kerak? Axir buning juda oson yoʻli bor, qalamhaqi ham yonga qoladi. Joningizni umuman koyitmaysiz – kundaligingizni eʼlon qilasiz-qoʻyasiz.

👉 Mashhurlar hayotidan

Telegram | YouTube
👍32🔥22😎8🤨4💯3
Moʻndi bu – ...
Anonymous Quiz
45%
Koʻzacha
34%
Qozon
21%
Roʻmolcha
😎22👍16💯8🤨8😱5
​​“Bosh kompaniya” deyish mumkin

Muhrim yozyapti:

Inglizcha parent company, ruscha материнская компания atamasi oʻzbekchada nima boʻlardi, ona kompaniya desa boʻlarmikin, boshqalar ham shunaqa ishlatganmikin deb gugllasam, qidiruv natijalarida birinchi boʻlib qandolatchi “Zebiniso ona” kompaniyasi chiqdi. Balki ota kompaniya degan varianti bordir deb qayta gugllasam, kolbasachi “Toʻxtaniyoz ota” kompaniyasi chiqdi. Boshqa qidirmadim.


Bu birikmani bosh kompaniya deb tarjima qilish mumkin. Maʼnoni toʻla-toʻkis ifodalaydi. Bosh ofis degan ibora bilan adashtirib qoʻyilmaydimi degan savol tugʻilishi mumkin. Yoʻq, adashtirilmaydi, biri kompaniya, korxona yoki firmaga nisbatan ishlatilyapti, birida boshqaruv idorasi nazarda tutilyapti.

Inglizcha yoki ruschada boshqa soʻz ishlatilyapti-ku deb aynan unga muqobil soʻz bilan oʻgirishga urinmaslik kerak. Chunki har bir tilning oʻz tabiati, xarakteri bor. Oʻzbekcha juda koʻp soʻzlarni ham boshqa tillarga soʻzma-soʻz mos tushadigan shaklda tarjima qilish imkoni yoʻq. Tarjimada eng muhimi – mazmunning mosligi. Imkoni boʻlsa, soʻz ham mos kelsin. Imkon boʻlmasa, kamida mazmun uygʻunligini taʼminlash kerak.

Men inglizcha motherboard, ruscha материнская плата soʻzlari tarjimasida ham bosh soʻzini ishlataman: bosh plata. Ona plata iborasi mazmunni ifodalashga kuchsizlik qiladi, menimcha.

Telegram | YouTube
👍31🔥5
​​Soʻzning sirtini tushunmang

Obunachilardan biri vayner Bobur Mansurovning videosini yuboribdi. Koʻpchilik bu videoni yuzaki tushunib qolayotganini aytibdi.

Vaynda baʼzi iboralar kulgiga olingan. Soʻzning sirtini tushunish hajv qilingan desa ham boʻladi. Chunki qahramon obrazli fikr nimaligini bilmaydi, “birov tomdan tashlasa, sen ham tashla” deyilsa, tomga qarab chopadigan xilidan. Lekin videoda bu iboralar asli toʻgʻriligi, uni yanglish tushunmaslik kerakligiga ishora yoʻq. Shu bois iboralar tanqid qilinayotganday taassurot uygʻotadi.

Vayndagi hech bir ibora xato emas. Iboralar, oʻxshatish-u mubolagʻalar, maqollar – har qanday tilning boyligi. Bunday iboralarni ingliz, nemis, rus, arab, turk, qozoq, oʻzbek – istagan tilda uchratish mumkin.

Obrazli fikrlash nima? Masalan, biror ishdan xursandligimizni ifodalash uchun “boshim koʻkka yetdi” deymiz. Boshimiz hech qachon osmonga yetmaydi. Lekin bu ibora bilan quvonch, xursandlik hislari kuchli ekanini ifodalaymiz. Zamonaviy til bilan aytganda, holatni kreativ tasvirlaymiz. Ana shu obrazli fikrlashdir.

Telegram | YouTube
👍21
Orif Tolib
​​Soʻzning sirtini tushunmang Obunachilardan biri vayner Bobur Mansurovning videosini yuboribdi. Koʻpchilik bu videoni yuzaki tushunib qolayotganini aytibdi. Vaynda baʼzi iboralar kulgiga olingan. Soʻzning sirtini tushunish hajv qilingan desa ham boʻladi.…
Vayndagi iboralarning asl maʼnosi nima?

Videoda maʼnosi soʻzma-soʻz tushunilgan iboralar boshqa mazmunga ega:



Mashinangning tagidan doim shamol oʻtib tursin
– mashinang doim harakatda boʻlsin, buzilib, bir joyda qolmasin.

Boshing toshdan boʻlsin – kuchli chidam-bardoshga ega boʻl, senga zarar-shikast yetmasin, umring uzoq boʻlsin.

Topganing toʻylarga buyursin – topgan puling xursandchilikka ishlasin.

Qoʻchqorday oʻgʻil bersin – sogʻlom, baquvvat oʻgʻil koʻr.



Bu iboralar ichida bittasi rostdan tanqidboproq, uning bunday boʻlishiga esa oʻzimiz sababchimiz. Topgan-tutganimizni, baʼzan umrimizni toʻyga bagʻishlab yuboramiz. Buning fonida iboradagi ijobiy maʼno yoʻqolib, salbiylik kasb etadi. Topganing toʻyga buyursin degani aslida yaxshi niyat, ezgu tilak. Nima, topganing azaga buyursin deyish kerakmi?

Hatto topganing ilmga buyursin degan gapni ham qiyshiq tushunish mumkin: topganini oʻqishga, kitob sotib olishga ishlatadi, oʻzi esa yupun, och-nahor yashaydi.

Telegram | YouTube
👍28💯14🔥4🤨3
Zamzama nima?
Anonymous Quiz
26%
Xirgoyi
61%
Buloq
13%
Arining turi
😱29👍20😎17🔥3🤨3💯1
2025/07/12 15:36:37
Back to Top
HTML Embed Code: