Har qanday yaxshilik mukofotga loyiqdir
Ustoz Anvar Obidjon bilan matbuot uchun soʻnggi bor 2017-yili suhbatlashgan ekanmiz. Shu yili “Yoshlik” jurnalining 1-sonida bosilgan suhbatda Anvar aka “Ajinasi bor yoʻllar” asari haqida shunday degan ekanlar:
Anvar Obidjonning menga ham xolis yaxshiliklari koʻp teggan. Ustozni Alloh rahmatiga olgan boʻlsin.
🌐 Sayt 🛜 Telegram ▶️ YouTube

Bu asarda meni borini boricha yozishga undagan asosiy omil kitobxonlarni sirdosh oshnalarim deb tasavvur qilganim boʻlsa, ajabmas. Iloji boʻlganida, yaʼni kitobni ortiqcha semirtirib yuborishdan choʻchimaganimda eng avvalo oʻtgan umrim mobaynida menga xolisona yaxshilik qilgan ming-minglab kishilar toʻgʻrisida birma-bir toʻxtalgan, zigʻirdekkina muruvvat koʻrsatganlarni ham alohida tashakkurlar bilan tilga olib oʻtgan boʻlardim. Koʻlami, ahamiyati nechogʻli ekanidan qatʼi nazar, har qanday yaxshilik mukofotga loyiqdir.
Anvar Obidjonning menga ham xolis yaxshiliklari koʻp teggan. Ustozni Alloh rahmatiga olgan boʻlsin.
🌐 Sayt 🛜 Telegram ▶️ YouTube
👍59🔥5💯5
Imloga oid maqolalar
8-qism
🔹 Fan nomi qanday yoziladi?
🔹 Faxriy unvonlar nomi qanday yoziladi?
🔹 Xatoyim, xatoim yoki xatom
🔹 Xiyla va hiyla
🔹 Xorijiy joy nomlari imlosi va erkinlik hissi
🔹 Xush va hush
🔹 H tovushli oʻzlashma soʻzlar imlosi
🔹 Haddi va hadi
🔹 Haqqi va haqi
🔹 Halqobmi yoki xalqob?
🔹 Hapriqmoqmi yo hapqirmoq?
🔹 Harorat oraligʻi qanday ifodalanadi?
🔹 Hirs va xirs
🔹 Hisobraqammi yo hisob raqam?
🔹 Hissi va hisi
Oldingi qismlari:
👉 1-qism
👉 2-qism
👉 3-qism
👉 4-qism
👉 5-qism
👉 6-qism
👉 7-qism

👍25🔥3💯1
👍48🤣13😢5💯4🔥3
😱26👍22🤨16🔥3🤣2
Tilga hurmatsizlik oqibati
Ostonadagi Qazaq Coffee qahvaxonasi qozoq tiliga hurmatsizlik koʻrsatgani tufayli kasodga uchrabdi.
Maʼlum qilinishicha, mijoz qahvaxonaning ijtimoiy tarmoq sahifalaridan biriga unga xodimlar qozoq tilidagi menyu taqdim etishdan bosh tortgani haqida izoh qoldirgan. Muassasa vakili esa xodimlar qozoq tilida soʻzlashi shart emasligini aytib javob qoldirgan. Bu esa jamoatchilikda keskin norozilik uygʻotgan va boykot sabab kafe zararga kirib ketgan.
Albatta, bitta ishbilarmonning bankrot boʻlishi quvonarli hodisa emas. Lekin davlat tiliga bunday munosabatning oqibati ham boʻlishi kerak. Bu – boshqalar uchun ibrat.
Qozoq qoʻshnilar tilga munosabatda ancha gʻururli ekan.

1👍171🔥33💯13😢6🤣4😱1
OmniChannel – mijozlar bilan koʻp tarmoqli bogʻlanish platformasi
Savol:
Marketingda shunaqa atama bor – OmniChannel Customer Engagement Platform.
Shuni oʻzbekchada Mijozlar bilan bir nechta kanallar orqali oʻzaro aloqalar platformasi deb tarjima qilsak boʻladimi? Omnichannelni odamlar tushunmasligi mumkin.
Javob:
Bu atamaga duch kelmagan ekanman. Internetdan qidirib topdim.
OmniChannel Customer Engagement Platform – mijozlarga bir necha vositalar orqali murojaat qilish imkonini beradigan platforma, dasturiy taʼminot. Bunda elektron pochta, bildirishnoma, chat, SMS, telegram yoki boshqa turli vositalar imkoniyatidan foydalaniladi.
Taklif qilingan tarjima ham yomon emas. Atamani mana bunday variantlarda loʻndaroq oʻgirish mumkin:
OmniChannel Customer Engagement Platform
Mijozlar bilan koʻp tarmoqli bogʻlanish platformasi
Mijozlar bilan bogʻlanishning koʻp tarmoqli platformasi
Mijozlar bilan koʻp tarmoqli aloqa platformasi
OmniChannel
Koʻptarmoqli

👍29💯3
Malakali oʻzbek tili oʻqituvchilari ragʻbatlantirilishi kerak
Oʻqituvchilar yaxshi biladi, bu yildan boshlab ona tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat olganlarga ustama beriladi. Shu sertifikatga ega oʻzbek tili oʻqituvchilariga esa ustama berilmas ekan.
Biladiganlardan soʻrab-surishtirsam, ustama toʻlanmasligiga ikkisining alohida fan ekani sabab ekan. Xuddi fizika sertifikati bilan matematika uchun ustama olinmasligi kabi.
Toʻgʻri, bu ikkisi – alohida fan. Lekin matematika va fizikaga solishtirish juda oʻrinli emas. Ona tili va oʻzbek tili bir-biriga juda yaqin.
Taklifim:
1️⃣ Sertifikat oʻzbek tili uchun ham qabul qilinsin.
2️⃣ Mabodo sohaviy farqlari koʻp deyilsa, oʻzbek tili faniga mos milliy sertifikat imtihonlari oʻtkazilsin va u ustamaga asos boʻlsin.
Nima boʻlganda ham, malakali oʻzbek tili oʻqituvchilari ragʻbatlantirilishi kerak.

👍104💯30🔥7😱3
Koʻplik qoʻshimchali atoqli otlar kichik harfda yoziladimi?
Imlo qoidalariga koʻra, kishi ismlari bosh harf bilan yoziladi. Ularni kichik harfda yozish boʻyicha tartib imlo qoidalarida belgilanmagan. Biroq ism atoqli otlik xususiyatini yoʻqotib, turdosh otga aylansa, oʻz-oʻzidan kichik harfda yoziladi. Chunki turdosh ot jumla ichida kichik harfda yozilishi kerak:
Suv keltiraman deb yeng shimargan farhodlar bormi?
Surxondaryo – alpomishlar yurti.
Yuqoridagi ikki jumlada ajratib koʻrsatilgan soʻzlar ismlik xususiyatini yoʻqotgan. Farhodlar joʻmardlar, himmatlilar maʼnosini, alpomishlar esa polvonlar, kurashchilar maʼnosini ifodalayapti. Ularni sinonimlariga – turdosh otlarga bemalol almashtirish mumkin.
Ammo koʻplik qoʻshimchasi qoʻshilgan har qanday atoqli ot turdosh otga aylanib qolavermaydi:
Bugun Farhodlarnikiga boramiz.
Bu haqda Choʻlpon-u Qodiriylar ham yozgan.
Bu jumlalarda atoqli ot oʻz xususiyatini yoʻqotmagan, kishining ismi ekani namoyon boʻlib turibdi. Farhodlarniki – Farhod va uning oilasi xonadoni, Choʻlpon-u Qodiriylar – Choʻlpon va Qodiriy; Choʻlpon va Qodiriy kabilar.
#Soʻragan_edingiz

👍54🔥6
👍61🤣35🔥9😱6😢5🤨4
Kabi, singari, -dek: vergul kerakmi yoki yoʻq?
Kabi, singari koʻmakchilari va -dek qoʻshimchasini olgan soʻz va birikmalardan keyin vergul qoʻyish koʻp uchraydi. Aslida vergul kerak emas. Chunki koʻmakchilar ham, -dek qoʻshimchasi ham vergul talab qilmaydi:
Bahordan keyin yoz kelgani kabi bu holat ham doim takrorlanadi.
Bahordan keyin yoz kelganidek bu holat ham doim takrorlanadi.
Yuqoridagi jumlalarda kelgani kabi, kelganidek soʻzlaridan soʻng vergul mutlaqo ortiqcha.
🟢 Qachon vergul kerak?
Kabi, singari koʻmakchilari va -dek qoʻshimchasi kiritma tarkibida kelganda vergul qoʻyiladi. Chunki kiritma vergul talab qiladi. Bunda maʼlumot manbasi nazarda tutiladi:
Alisher Navoiy aytganidek, tilga ixtiyorsiz – elga eʼtiborsiz.
Iqtibos asliga mos boʻlsa, uni qoʻshtirnoqqa olish ham mumkin:
Alisher Navoiy aytganidek, “Tilga ixtiyorsiz – elga eʼtiborsiz”.
❗️ Xuddi shu holatga oʻxshash, chalkashtiradigan gap qurilishi ham bor. Bunday oʻrinlarda vergul qoʻymaslik kerak:
Rasmda koʻrsatilganidek qalamlarni kichigidan kattasiga tartibida terib chiqing.
Bu yerda maʼlumot manbasi koʻrsatilmayapti. Ish harakatga asos, andaza koʻrsatilyapti. Aslida bu gapni mana bunday berish oʻzbekcha ifodaga mosroq:
Qalamlarni kichigidan kattasiga tartibida rasmda koʻrsatilganidek terib chiqing.
Qalamlarni rasmda koʻrsatilganidek kichigidan kattasiga tartibida terib chiqing.
Agar rasmga asoslanish, undan oʻrganib olishni taʼkidlash shart boʻlmasa, rasmda koʻrsatilganidek birikmasini qisqartirish mumkin. Darslik va oʻquv qoʻllanmalarda esa bunday qilmaslik kerak. Oʻquvchiga imkon qadar aniq va toʻliq maʼlumot bergan afzal.

👍28🔥15🤣1
Shahari emas, shahri
Shahar soʻziga uchinchi shaxs egalik qoʻshimchasi -i qoʻshilganda bir a tushadi va shahri hosil boʻladi.
Qachon shahari shaklini qoʻllash mumkin? Agar shahar soʻzi joy nomi tarkibida boʻlsa, a saqlanadi:
Toshkentning Eski shahariga sayohat qilamiz.
Eski shahar – Toshkentning qadimiy qismi nomi. Shuning uchun unga -i egalik qoʻshimchasi qoʻshilganda ham tovush tushmaydi.
Shahar soʻzidan yasalgan hamshahar soʻzida ham shunday holat kuzatiladi:
Kecha tasodifan hamshaharini koʻrib qoldi.
🟢 Qolgan holatlarda esa shahri shaklida yozish toʻgʻri:
Dunyoning eng goʻzal 15 ta shahri.
Oʻzbekistonning 10 ta tumani va shahri.
Dunyoning eng boy shahri.
Toshkent shahri, Fargʻona shahri, Qarshi shahri, qadimiy Varaxsha shahri.

👍52🔥16💯5🤣1
Turon qayer, Turkiston-chi? Markaziy Osiyomi yo O‘rta Osiyo: geografik atamalar ma’nosini bilasizmi?
Kitoblar, ommaviy axborot vositalari, turli ma’lumot manbalarida uchraydigan joy nomlari ba’zan bizni chalg‘itadi, ikkilantirib qo‘yadi. Masalan, Markaziy Osiyomi yoki O‘rta Osiyo? Qay birini ishlatish kerak? Ularning farqi nimada?
“Daryo” nashrining “Tilimizni bilamizmi?” ruknida shu kabi joy nomlari haqida soʻz yuritdim.
👉 daryo.uz/nP9XCu74

👍35💯4
50 foizlik ustama oʻzbek tili oʻqituvchilariga berilmaydi – ustozlar buni “adolatsizlik” deb atayapti
Oʻzbek tili oʻqituvchilarining ustamasi masalasiga Kun.uz nashri ham eʼtibor qaratibdi.
Batafsil:
👉 kun.uz/uz/57081735
🌐 Sayt 🛜 Telegram ▶️ YouTube
Oʻzbek tili oʻqituvchilarining ustamasi masalasiga Kun.uz nashri ham eʼtibor qaratibdi.
Nashrga murojaat qilgan ustozlar ularga ham 50 foizlik ustama joriy qilinishini soʻragan. Bunga asos qilib oʻzbek tili oʻqituvchilarida ham milliy sertifikat borligi va ular ham oʻquvchilarga davlat tilini oʻrgatayotgani aytganlar.
Batafsil:
👉 kun.uz/uz/57081735
🌐 Sayt 🛜 Telegram ▶️ YouTube
👍32💯18😢3
Old Osiyo qayer, Kichik Osiyo-chi?
Turli kitoblar va oʻquv qoʻllanmalarida bu ikki atamaga koʻzingiz tushgandir. Old Osiyo deganda Osiyo qitʼasining gʻarbiy va janubi-gʻarbiy qismi, yaʼni Gʻarbiy Osiyo tushuniladi. Bu mintaqaga tabiiy jihatdan Kichik Osiyo, Arabiston, Sinay yarimorollari hamda ularga yondosh orol va hududlar kiritiladi.
Old Osiyo atamasi oʻzbekchaga ruschadan oʻgirilgan. Rus tiliga esa nemischa Vorderasien atamasining tarjimasi sifatida oʻzlashgan. Zamonaviy adabiyotlarda koʻproq Gʻarbiy Osiyo atamasi ishlatiladi.
Gʻarbiy Osiyoda BMTga aʼzo 20 mamlakat toʻliq yoki qisman joylashgan, ularning 13 tasi arab davlati. Mintaqaning aholi soni boʻyicha yirik davlatlari: Eron, Turkiya, Iroq, Saudiya Arabistoni va Yaman.
Kichik Osiyo esa zamonaviy Turkiyaning asosiy qismini tashkil etadigan mintaqadir. Shu nomdagi yarimorol Qora, Marmar, Egey va Oʻrta dengizlar hamda ularni birlashtirib turgan boʻgʻozlar bilan chegaralangan. Kichik Osiyoning boshqa bir nomi – Onadoʻli. Turklar Anadolu deb ataydilar.
Kichik Osiyo yoki Onadoʻli bugun Turkiyaning Osiyo qismini anglatadi.

👍33😱1
Forwarded from Olimov's note
Fokus juda muhim. Juda koʻp orzu qilish, juda koʻp narsani reja qilish mumkin. Lekin bittasidan boshlash va chalgʻimasdan shu ishni bajarish naqadar mushkul ish.
Chalgʻimaymiz, doʻstlar.
Chalgʻimaymiz, doʻstlar.
1👍65💯23
Yoshlarga ham maslahat, ham taklifim: telefonni bir chetga qo‘yib, kitob o‘qishsin, dunyoqarashini kengaytirsin. Teleko‘rsatuvlarda salohiyatli yoshlarni ko‘rib havas qilaman. O‘zimni ko‘p narsani biladigan inson deb hisoblardim, ammo o‘sha yoshlarni ko‘rib, qiyin savollarga ham javob berayotganini ko‘rib o‘zimning naqadar kam narsa bilishimni angladim. Lekin bunday yoshlar faqat televideniyeda emas, yon-atrofimizda, hayotimizda bo‘lishi kerak.
Ahror Usmonov,
xonanda
Batafsil:
daryo.uz/nnyTnAnk
🌐 Sayt 🛜 Telegram ▶️ YouTube
Ba’zilar hatto ismining ma’nosini bilmaydi, -ni va -ning qo‘shimchasining farqini ajratolmaydi. OAVlarda ham jumlalar, qo‘shimchalar xato yozilganini ko‘rib juda ranjiyman va shunchalikka kelib qoldikmi deb o‘ylanib qolaman. Umid qilamanki, oliy o‘quv yurtlarida talabalarga bu borada yanada chuqurroq ta’lim beriladi.
Ahror Usmonov,
xonanda
Batafsil:
daryo.uz/nnyTnAnk
🌐 Sayt 🛜 Telegram ▶️ YouTube
👍55🔥16💯7
“Til va adabiyot ta’limi” ilmiy-metodik jurnali Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligi va Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 542 yilligi munosabati bilan ajoyib tuhfa tayyorlabdi.
Jurnalda 1️⃣0️⃣ yil davomida e’lon qilib kelingan 2️⃣0️⃣0️⃣ ga yaqin maqoladan iborat yopiq kanal tashkil qilinibdi. Unda ulug‘ shoirlar qalamiga mansub asarlar tahlili, mavzuga oid ilmiy tadqiqot, metodik tavsiya va dars ishlanmalari bir joyga jamlandi.
Oldinda ikki ulugʻ adibning tugʻilgan kunlari turibdi. Ona tili va adabiyot, oʻzbek tili fani oʻqituvchilari, ilmiy tadqiqotchilar uchun katta xazina bu. Tahririyat taʼkidlashicha, toʻplamning narxi qimmat emas, bir kitob puliga bir kutubxonalik xazinaga ega bo‘lasiz!
👉 @TAT_jurnal

Asosiy xabar va tafsilotlar bugun soat 20:00 da “Til va adabiyot taʼlimi” jurnali kanalida eʼlon qilinadi. Imtiyozli narx qisqa vaqtga amal qilarkan. Chogʻlanib turing, fursatni boy bermang!
👉 @TAT_jurnal
🌐 Sayt 🛜 Telegram ▶️ YouTube
👍21🔥2