Telegram Web Link
🔥9👍7
Zirk va uning qoraqandi

Zirkni koʻpchilik bilsa kerak. Togʻ, choʻl, adir va yonbagʻirlarda yovvoyi holda oʻsadigan oʻsimlik va uning mevasi shu nom bilan ataladi. Bu rezavor meva dalalarda maxsus yetishtiriladi ham. Yurtimizda qizil va qora zirk tarqalgan. Pishgan mevasi baʼzan nordon, baʼzan shirin boʻladi. Turli ovqatlarga, masalan, oshga solinadi. Tabobatda dorivor sifatida ishlatiladi.

Qora zirkning alohida nomi bor, uning atalishi tusiga mos – qoraqand. Bu nom zirk singari ommalashmagan, uni hamma ham bilavermaydi.

Rang-roʻyi, tovlanishi sabab zirkka nisbatan qizil yoqut degan ibora ham qoʻllanadi.

Zirkni turklar barbaris yoki kizamik, ozarlar zirinj, qozoqlar boʻriqoraqat, qirgʻizlar boʻru qaragʻat kabi nomlar bilan ataydi.

@oriftolib | Boshqa sahifalarimiz
👍19🔥4
Magistratura va doktoranturaga chet tili sertifikatlari.pdf
15.9 MB
Magistratura va doktoranturaga kirish uchun talab etiladigan chet tili sertifikatlarining ro‘yxati.


Bunda qaysi mutaxassislikka C1, B2 va B1 daraja talab etilishi belgilangan.

Masalan, ko‘pchilik so‘ragan tarix mutaxassisligi uchun B2 daraja, sog‘liqni saqlash uchun esa B1 daraja talab etiladi.


👉Yangiliklardan habardor bo’lish uchun
Kuzatib boring👇


🕊 Telegram 📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍15🔥4
Maqsad ravishdoshi: tahrirdagi nozik jihat

-gani qoʻshimchasi maqsad ravishdoshini yasaydi. U badiiy adabiyotda -gali shaklida ham ishlatiladi:

Shahardan atay sizni koʻrgani kelibdi.

Bu yerda -gani qoʻshimchasi uchun maʼnosiga ega:

Shahardan atay sizni koʻrish uchun kelibdi.

Lekin -gani ravishdoshi va uchun koʻmakchisini almashlab qoʻllash har doim ham oʻzini oqlamaydi, baʼzan jumlada gʻalizlik keltirib chiqarishi mumkin:

Mavzuni chuqurroq tushunish uchun koʻp oʻqish, tilni his qilish kerak.

Mavzuni chuqurroq tushungani koʻp oʻqish, tilni his qilish kerak.

Bu jumlada -gani ravishdoshining maqsad maʼnosi aniq ifodalanmagan. Uni sifatdosh bilan almashtirib yuborish ehtimoli ham bor.

Tahrirda jumlaning aniq va ravonligi muhim. Chunki matn alaloqibat boshqalar uchun yoziladi. Shu bois tushunarlilikka jiddiy ahamiyat berish shart.


@oriftolib | Boshqa sahifalarimiz
👍33🔥7
#Amaliyot

Samarqandlik yangi Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sohiblari

Zulfiya nomidagi Davlat mukofotining samarqandlik yangi sohiblari

Agar ayol-qizlarni taʼkidlab koʻrsatish kerak boʻlsa, sohiba soʻzini ishlatish zarur:

Zulfiya nomidagi Davlat mukofotining samarqandlik yangi sohibalari

@oriftolib | Boshqa sahifalarimiz
👍27💯11🔥3
Forwarded from Alisher Sadullaev
Tayyormisizlar? Jamoamiz bilan “ZUKKOTEST” loyihasiga start berdik!

Endi bilimdon yoshlar o‘z bilimini sinab ko‘rish bilan birga qimmatbaho sovg‘alar yutib olishlari ham mumkin. 13-mart kuni quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha test sinovlari o‘tkaziladi:

1. “Mutolaa” ilovasidan “Galaktikada bir kun” 1-2 kitob;
2. “Ibrat farzandlari” ingliz tili darsligi;
3. “Ustoz AI” loyihasining matematika darsligi;
4. “Uzchess” loyihasining shaxmat darsligi;
5. “Zakovat” intellektual savollari

Test qanday o‘tadi?
45 ta savol (turli mavzulardan tasodifiy tanlanadi);
• Har bir savolga 1 daqiqa vaqt.

⚡️Mukofotlar:

TOP10 bilimdon: Har biriga 1 million so‘m pul mukofoti;

TOP100 reytingdan o‘rin olganlarga “Mutolaa” va “Ibrat Academy” ilovalari uchun 3 oylik premium obuna;

70%+ natija: “Mutolaa” va “Ibrat Academy” ilovalari uchun 50% chegirma;

Ishtirok etish uchun @kitobxontestbot orqali ro‘yxatdan o‘ting va hozirdan tayyorgarlikni boshlang!
👍14🔥3
“Oldini olish”dagi xatoning oldini olish

Oldini olish birikmasi bilan tushum kelishigini qoʻllash juda koʻp uchraydi:

Jinoyatchilikni oldini olish, korrupsiyani oldini olish, xatolarni oldini olish, kasallikni oldini olish

Ikki ism soʻzni bogʻlashda tushum emas, qaratqich kelishigi qoʻshimchasi ishlatiladi. Yuqoridagi misollarda jinoyatchilik, korrupsiya, xatolar, kasallik soʻzlari ot soʻz turkumiga mansub, yaʼni ism soʻz. Undan keyingi old soʻzi ham ism soʻz. Demak, bu oʻrinda qaratqich kelishigi qoʻshimchasi -ning ishlatilishi kerak:

Jinoyatchilikning oldini olish, korrupsiyaning oldini olish, xatolarning oldini olish, kasallikning oldini olish

🔄 Mavzuga aloqador:
🔹 -ni va -ning qanday farqlanadi?
🔹 Morfologik xatolar
🔹 -ni va majhul nisbat
🔹 Ilk qadam: qoʻshimchalar qanday tahrirlanadi?

@oriftolib | Boshqa sahifalarimiz
👍47🔥13💯5
​​Lev Tolstoy qoidalari

Buyuk yozuvchi Lev Tolstoy 22 yoshida oʻzi uchun hayotiy tartib-qoidalar tuzadi va unga butun umr amal qiladi. Iroda, faollik, xotira va aqliy qobiliyatni rivojlantiradigan bu yoʻriqlar siz-u bizga ham katta foyda berishi aniq.

🔹 Har tong kunlik reja tuz va uni albatta bajar.
🔹 Iloji boricha kam uxla.
🔹 Har qanday jismoniy mashaqqatga chida, qiynalganingni boshqalarga bildirma.
🔹 Biror ishni boshlasang, oxiriga yetkazmay tashlab ketma.
🔹 Oʻzing bilmagan yoki yoqtirmaydigan odamlarning maqtovini olishga urinma.
🔹 Har qanday narsaga har tomonlama nazar sol – foydasini ham, zararini ham koʻr.
🔹 Boshqalarning fikrini oʻylab oʻtirgandan koʻra oʻz ustingda koʻproq ishla.
🔹 Yaxshi boʻl va sening yaxshi ekaningni hech kim bilmasligiga intil.
🔹 Boshqa odamlarning hamisha yaxshi tomonini izla, yomon tomonini emas.
🔹 Hech qachon hissiyotlaringni oshkor qilma.
🔹 Har tun kunduzi oʻrganganlaringni takrorla.
🔹 Har kun zaifroq biladigan tilingda sheʼr yodla.
🔹 Oʻn barobar boyib ketsang-da, hayot tarzingni oʻzgartirma.
🔹 Ortiqcha narsangni oʻzing uchun emas, jamiyat uchun ishlat.
🔹 Shuhrat uchun sarf-xarajat qilma.
🔹 Oʻzing uchun iloji boricha koʻp mashgʻulot oʻylab top.
🔹 Qoʻlingdagi mulkning oʻndan birini ehson qil.
🔹 Bir oʻzing yakunlashing mumkin boʻlgan ishga yordamchi talab qilma.
🔹 Sharoit qancha yomon boʻlsa, harakatni shuncha kuchaytir.
🔹 Bor narsalarga qanoat qil.
🔹 Yaxshilik qilishga imkon izla.
🔹 Yaqinlaringning hayoti shirin boʻlishiga hissa qoʻsh.
🔹 Elning muhabbati uchun mayda tuygʻulardan voz kech.
🔹 Hammani birday yaxshi koʻr, bu muhabbatdan oʻzing ham chetda qolma.
🔹 Yaqin kishingni oʻzingday yaxshi koʻr, ikki yaqin kishingni esa oʻzingdan ham koʻproq yaxshi koʻr.

“Yoshlik” jurnalida chop etilgan.

@oriftolib | Boshqa sahifalarimiz
👍56🔥16🤨4💯2
💯36👍30😢12🔥9🤨6🤣3😱2
Nafis chayqalayotgan naʼmatak

Oybek domlaning “Nafis chayqaladi bir tup naʼmatak” deb boshlanuvchi mashhur sheʼri bor. Naʼmatak – guli xushboʻy buta. Ana shu buta qizil meva tugadi. Mevasi dorivor, uni hozir kichik dorixonalardan ham bemalol topish mumkin.

Kundalik turmushda naʼmatak soʻzini emas, ruscha nomi – shipovnikni ishlatamiz. Bu oʻsimlikning koʻpchilik bilmaydigan oʻzbekcha nomi bor – itburun. Mevasining tuzilishi it tumshugʻiga oʻxshagani sabab shunday ot qoʻyilgan boʻlishi mumkin. Qirgʻiz, qozoq, turkman, qirimtatar va tatarlar ham uni shunday ataydi. Turklar esa qushburni deb nomlagan. Itburun atamasi naʼmatakning mevasi choʻzinchoq turiga nisbatan qoʻllanadi.

@oriftolib | Boshqa sahifalarimiz
👍42🔥10
Qay biri toʻgʻri?

Odamlar koʻp kutmadi, boshqarma boshligʻi hujjatlarga tez imzo chekib yigʻilganlarning ...
Anonymous Quiz
50%
Hojatini ravo qildi
50%
Hojatini ravon qildi
👍52🤣28🔥8😢7💯6
​​Oʻngingdan chapingga boqqancha boʻlmas

Husan Karvonlining “Oʻng bilan chapning farqi yoki nochor tarjimani oʻnglasa boʻladi(mi?)” sarlavhali maqolasini oʻqiganimga oʻn yildan oʻtibdi. Meni anchagina taʼsirlantirgani uchun mazmun-mohiyati hali ham yodimda. Unda atoqli turkman shoiri Maxtumqulining bir bayti tarjimasi haqida gap boradi:

Yuz yil yashab, tushsang ajal qoʻliga,
Chapingdan oʻngingga boqqancha boʻlmas.

Misradagi chapingdan oʻngingga iborasi xato oʻgirilgan, toʻgʻrisi oʻngingdan chapingga boʻlishi kerak. Nega?

Oʻngingdan chapingga shaklida oʻgirish asliyatga mos tushadi:

Ýüz ýaşaýyp düşseň ajal eline,
Sagyňdan soluňa bakança bolmaz.


Boshqa koʻplab mumtoz adiblar kabi Maxtumqulining ijodiga ham Islom dini katta taʼsir koʻrsatgan, chuqur singgan edi. Bu misrada umrning qisqaligi namoz soʻngida oldin oʻng, soʻng chapga beriladigan salom orasidagi vaqtga qiyoslanyapti. Goʻzal va hayotiy oʻxshatish. Maqolada bu tashbehga asos boʻlgan hadis borligi haqida ham aytiladi.

👉 Maqolani oʻqish

@oriftolib | Boshqa sahifalarimiz
👍67💯6🔥4
Yertut yerda oʻsadigan tut emas

Ruslar земляника deb ataydigan rezavor mevaning oʻzbekchasi – yertut. Yerga yaqin joyda meva solgani uchun ruslar unga shunday nom bergan. Yertut aslida qulupnayning kichikroq bir turi. Yer bagʻirlab oʻsgani va mevasi tutga oʻxshab ketgani uchun oʻzbekchada yertut deb atalgan boʻlishi mumkin.

Koʻp adabiyotlarda yertut va qulupnay sinonim sifatida qoʻllanadi.

2022-yili dunyoda 9,6 million tonna qulupnay yetishtirilgan. Uning 35 foizi Xitoy hissasiga toʻgʻri keladi, yirik yetishtiruvchilar qatorida AQSH va Turkiya ham bor.

@oriftolib | Boshqa sahifalarimiz
👍35🤨5💯3🔥2
Sunʼiy idrokning savodxonlik darajasi qanday?

Tahrirchi jamoasi @oriftolib, @xatoliklar, @tahrir_uz va @tahrirchi_uz kanallaridagi savodxonlik testlarini yigʻib, turkumlabdi va sunʼiy idrok modellariga yechtiribdi.

Googleʼning Gemini 2.0 Pro Experimental moduli 63,03 foiz bilan birinchilikni qoʻlga kiritgan boʻlsa, GPT-4o 62,87 foiz bilan ikkinchi oʻrinni egallagan. Keyingi oʻrinlarda Gemini 2.0 Flash va Claude 3.7 Sonnet modellari.

Yuqorida sanalgan telegram kanallarning oʻquvchilari umumiy hisobda 58,94 foiz koʻrsatkichga erishgan. Yaʼni ayni paytda toʻrtta SI modeli odamlardan yaxshiroq natijaga erishyapti.

SI modellari oʻzbek tilida hali u qadar kuchli emas. Tahrir masalasida ancha orqada. Lekin shu ketishda tez orada odamlarni ortda qoldirishi hech gap emas.

@oriftolib | Boshqa sahifalarimiz
👍42😢17🔥4🤣3💯1🤨1
Savodxonlik testlari

Imlo boʻyicha bilimlarimni sinayman deganlar kanalda eʼlon qilingan testlar bilan tanishishi va yechishi mumkin.

6-qism

🔹 Joʻmard, jumard
🔹 Momaqaymoq, momoqaymoq
🔹 Tinch okean, Tinch okeani
🔹 Simtoʻr, sim toʻr
🔹 Momotaloq, momataloq, moʻmataloq
🔹 Loxas, lohas
🔹 Jonzot, jonzod
🔹 Pulli yoʻl, pullik yoʻl
🔹 Guvullamoq, guvillamoq
🔹 Sazovar, sazovor
🔹 Zugʻum, zoʻgʻim
🔹 Xush kayfiyat, hush kayfiyat
🔹 Tamoq, tomoq
🔹 Tojmahal, Toj Mahal
🔹 Qorongʻilik, qorongʻulik

Oldingi qismlari:
👉 1-qism
👉 2-qism
👉 3-qism
👉 4-qism
👉 5-qism

@oriftolib | Boshqa sahifalarimiz
👍16🔥4
Juda iliq havo qanaqa boʻladi?

#Amaliyot

Xatosi bor jumlani qadamma-qadam tuzatamiz:

Hafta davomida juda havo iliq boʻlishi kutilmoqda
Hafta davomida havo juda iliq boʻlishi kutilmoqda

Bu oʻrinda soʻzni yanglish oʻrinda qoʻllash bilan bogʻliq xato tuzatildi.

Endi ikkinchi xatoni tuzatamiz. Juda iliq degan ibora toʻgʻrimi oʻzi? Iliq soʻzi biroz, sal-pal issiqni bildiradi. Juda ravishi haddan tashqari, ortiq darajada ekanlikni anglatadi, uni biroz, sal-pal sifati bor soʻzga nisbatan ishlatish mantiqan toʻgʻri emas. Juda iliq deyish oʻrniga shunchaki issiq deyish yetarli va toʻgʻri.

📌 Demak:

Hafta davomida havo issiq boʻlishi kutilmoqda

@oriftolib | Boshqa sahifalarimiz
👍87🔥17💯10
Forwarded from Hilol dasturlari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🟢🟢🟢🟢🟢

🎉 «Hilol dasturlari»dan Ramazon chegirmasini kutib oling!

🤩 «Tafsiri Hilol» va «Oltin silsila» ilovalarida barchasi 7000 soʻmdan;
«Odoblar xazinasi», «Qurʼon oʻqitish usullari» va «Hilol eBook» ilovalaridagi barcha elektron va audiokitoblarni atigi 3000 soʻmdan xarid qilishga ulgurib qoling!

📆 Chegirma bor-yoʻgʻi 15 kun, ya’ni 15-martdan 31-martgacha davom etadi! Barcha yaqinlaringizni chegirmadan boxabar qilib qoʻying.

⌛️ Shoshiling, Ramazon oyida ilm ulashishga ulgurib qoling!

👇 Murojaat uchun: @hilol_support_bot

📱 @hiloldasturlari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍18🔥5
Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
19%
Hayrli tun
81%
Xayrli tun
💯39👍19🔥10😱10🤣7🤨4
2025/07/09 20:22:01
Back to Top
HTML Embed Code: