Telegram Web Link
Forwarded from Farrux Jabborbek
Kecha hayotimdagi eng quvonchli voqealardan biri bo‘ldi. Turkiy dunyoning katta shoiri Yo‘ldosh Eshbekka ikki xonali uy sovg‘a qilindi.

Ramazon oyining so‘nggi kunlari "O‘zbek katta el...mi?" degan savol ostida yalpi xayriya harakati boshlanib ketgan edi. Beixtiyor, birdaniga... O‘zim ham shoshib qoldim, ochig‘i.

Ming so‘mdan bir necha million so‘mgacha mablag‘ kelib tushishda davom etmoqda. (Savob iqtisodiy mezonlarda o‘lchanmasligi, bir g‘isht qo‘ygan butun binoni qurgandan ham ziyoda ko‘rilishi mumkin.) “Akademnashr” nashriyoti Yo‘ldosh Eshbek tarjimasi bilan chiqqan “Turk she’riyati antologiyasi”ning 690 donasini xayriya uchun ajratdi. Shu paytgacha misqollab yig‘ilgan summa 90 million so‘mga yaqinlashdi.

Yaxshi odamlar Yo‘ldosh akaning sog‘lig‘i bilan alohida shug‘ullanmoqda. Dori-darmon bilan ta’minlab turishibdi. Ba’zilar o‘z ota-onasiga ham bunday qaramaydi, rosti.

Xayrli ishga daxldor bo‘lish istagini bildirganlar, jonkuyar yurtdoshlarimizdan tortib yuqori doira vakillarigacha biz bilan bog‘landi. Bir necha yo‘nalishlarda katta marralarni ko‘zlab harakat boshlandi. Ular orasida tadbirkor Marat Hamdamov hammadan o‘zib ketdi (lekin boshqalar shu bilan bo‘ldi, deya qo‘l siltab ketmasligidan umidvorman).

Kecha O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida Yo‘ldosh Eshbekka “Sergeli city” majmuasidan ikki xonali uy hujjatlari topshirilibdi. Eshitib behad quvondim. Nasib etsa, sentabr oyida shoirni oilasi bilan birga yangi uyga ko‘chirib o‘tkazamiz. Shu ishga bosh qo‘shganlarning barchasini, xususan, Marat Hamdamov, Mahmud Namozovni olqishlayman. Siz ham duo qiling!

Aytgancha, shanba kuni “Til va adabiyot ta’limi” jurnali uchun Ernest Kurtveliyev, Akmal Murod, Orzu A’zam bilan birgalikda Yo‘ldosh Eshbekni maxsus fotosyomka qildik. Suratlar jurnal bisotidan.

🗄Farrux Jabborbek
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍99🔥30
“Toʻqim tabiat” iborasining maʼnosi nima?
Anonymous Quiz
45%
Qoʻpol, koʻp baqiradigan
35%
Didsiz, farosatsiz
19%
Koʻngli yumshoq, muloyim
👍30🔥10😢2
Otabek toʻriq yoʻrgʻani chiqarib, qutidorga tutdi. (A. Qodiriy, “Oʻtkan kunlar”)

Jumladagi “toʻriq” qanday rangni anglatadi
Anonymous Quiz
41%
Qoraga moyil qizil
39%
Och sargʻish, malla
20%
Kulrang
🔥32👍17😢5🤨2
Yangi Oʻzbekiston universitetida yangilangan “Til va adabiyot taʼlimi” jurnali taqdimoti boʻlib oʻtyapti.

Jurnalning mazmun-mundarijasi ham, dizayni ham oʻzgargan. Ilmiy jurnal deganda koʻpincha tigʻiz matn, bir xil qolipdagi sahifalar koʻz oldimizga keladi. “Til va adabiyot taʼlimi” ana shu qarashni oʻzgartirish, ilmni oddiy oʻquvchilarga yaqinlashtirish yoʻlidan boribdi.

Jurnal sahifalari:
@TAT_jurnal
tilvaadabiyot.uz

@oriftolib | Boshqa sahifalarimiz
👍37🔥6💯2
Maqollar iqtibosi: imloga yechimlar

#Soʻragan_edingiz

Matnda maqol va matallar iqtibos shaklida keltirilsa, qoʻshtirnoqqa olinadi:

“Koʻringan togʻning yirogʻi yoʻq”, deydi xalqimiz.

Xalqimizning hikmatli soʻzi bor: “Koʻringan togʻning yirogʻi yoʻq”.


Maqol va matallar matnning qismi sifatida berilsa, hech qanday qoʻshtirnoq ishlatilmaydi:

Maqsad sari olgʻa intil, dadil boʻl. Koʻringan togʻning yirogʻi yoʻq.

Koʻringan togʻning yirogʻi yoʻq,
ogʻishmay harakat qilsang, maqsadingga erishasan.


Baʼzan matnda maqol va matallardan iqtibos keltirilsa-da, qoʻshtirnoq ishlatilmasligi mumkin. Bu xuddi koʻchirma gaplarni qoʻshtirnoqsiz ishlatishga oʻxshaydi. Lekin bu shakl asosan badiiy-publitsistik matnlar uslubiga xos:

Iroda va shijoat bilan harakat qilaversang, maqsadingga erishasan. Koʻringan togʻning yirogʻi yoʻq degan gap bejiz aytilmagan.

@oriftolib | Boshqa sahifalarimiz
👍40🔥1
Sheʼriy parchalar iqtibosi: imloga yechimlar

#Soʻragan_edingiz

Matnda sheʼriy parchalar, bayt va misralar iqtibos qilib keltirilganda alohida satrdan, qoʻshtirnoqsiz yoziladi. Agar matn kompyuterda terilgan boʻlsa, sheʼriy misrani ajratib koʻrsatish uchun qiya shakldan foydalangan afzal.

Maxtumqulining shunday satrlari bor:

Iqboling uygʻonsa, davlat yor boʻlsa,
Togʻga kesak otsang, toshni sindirar.
Toleying ters kelsa, baxting shoʻr boʻlsa,
Palovning guruchi tishni sindirar.


🟢 Sheʼriy parcha matn ichida iqtibos uslubida berilsa, qoʻshtirnoqqa olinadi:

Maxtumqulining “Iqboling uygʻonsa, davlat yor boʻlsa, Togʻga kesak otsang, toshni sindirar” misralari bilan boshlanuvchi sheʼrini bilasizmi?


@oriftolib | Boshqa sahifalarimiz
👍36🔥7
Ona tili va adabiyot fani oʻqituvchilari diqqatiga!

“Ona tili taʼlimida oʻquvchilarning imlo savodxonligini takomillashtirish” mavzusidagi ilmiy tadqiqot ishi uchun soʻrovnoma oʻtkazilyapti ekan.

Soʻrovnoma savollariga javob berish uzogʻi 2 daqiqa vaqtingizni olishi mumkin. Lekin siz bergan javoblar maktabda imlo savodxonligining hozirgi holati, bu koʻnikmaning zarurati, mavjud muammolar haqida xulosa olishga imkon beradi.

👉 https://forms.gle/VdXK5zBrmWsgqn5L8

@oriftolib | Boshqa sahifalarimiz
👍35
Qushlarning ovoz chiqarishi, sayrashi – ...
Anonymous Quiz
72%
Chagʻchagʻlamoq
28%
Chaqchaqlamoq
👍21🔥5💯4🤨3
Koʻtarinki kayfiyat bilan vaqt oʻtkazmoq, suhbatlashmoq – ...
Anonymous Quiz
10%
Chagʻchagʻlashmoq
90%
Chaqchaqlashmoq
👍26🔥9💯7🤨1
Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
20%
Gulsapsar
46%
Gulsafsar
33%
Ikkovi ham toʻgʻri.
🤨39🔥12👍9🤣7😱2💯1
​​Rassom toʻqigan “robot”

Koʻpchilik bu soʻzni mashhur chex yozuvchisi Karel Chapek oʻylab topgan deb hisoblaydi, chunki u 1920-yili dunyo yuzini koʻrgan “R. U. R.” (Rossumning universal robotlari) nomli ilmiy-fantastik pyesasida ilk bor ishlatgan. Ammo soʻzning asl ixtirochisi Karel emas, uning akasi – rassom Yozef Chapek.

Karel oʻz pyesasidagi sunʼiy ishchilarni dastlab labori deb nomlamoqchi boʻlgan, bu soʻz lotincha labor (mehnat) soʻzidan yasalgan edi. Lekin bu nom unga juda kitobiy va quruq tuyulgan. U bu masalada rassom akasi Yozefdan maslahat soʻraydi. Yozef sunʼiy odamlarni robotlar deb atash taklifini beradi. Bu atamaga asos boʻlgan robota soʻzi chex tilida majburiy va ogʻir mehnat, qullarcha mehnat kabi maʼnolarni anglatadi. Yaʼni robot soʻzi zamirida erksizlik va majburiyat mazmuni yotadi. Qadimgi slavyan tillarida robota qullikni bildirgan. Shu oʻrinda ruschadagi rabotaish soʻzi yodingizga tushdimi? Toʻgʻri oʻyladingiz, u ham, robot soʻzi ham ana shu qadimgi slavyancha ildizga borib taqaladi.

🟢 Yana bir qiziq fakt: Chapekning pyesasidagi robotlar bizning tushunchamizdagi odamsimon temir mexanizmlar emas. Ular maxsus fabrikada “yasalgan” odamlar. Asardagi robotlarning asosiy vazifasi insoniyatga xizmat qilish boʻladi, ammo ular keyinchalik oʻz ixtirochilariga qarshi isyon koʻtaradi.

Xullas, robot soʻzi bir rassomning tasodifiy taklifi bilan dunyoga keldi, soʻng texnologiya va fantastika olamining ajralmas qismiga aylandi.

Robot haqidagi hozirgi tasavvurlarga mos obraz Alisher Navoiyning “Farhod va Shirin” dostonida bor. Asarda odamga juda oʻxshash, qoʻlida oʻtkir oʻq tortilgan temir yoy ushlagan, boshidan oyoq sovutga oʻralgan temir odam tasvirlanadi va temir paykar ekani aytiladi.


@oriftolib | Boshqa sahifalarimiz
👍44
Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
67%
Idea
29%
Ideya
4%
Idia
🤨38👍24🔥6😱5🤣4💯3
Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
6%
Idial
87%
Ideal
7%
Idiyal
👍22🔥12💯6
Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
50%
Idealogiya
12%
Idialogiya
38%
Ideologiya
👍35🤨22🤣9🔥7💯5😱2
2025/07/10 23:00:26
Back to Top
HTML Embed Code: