Bu kishi amerikalik tadqiqotchi Jozef ekan. Toshkentlik erkaklarning antropologiyasi boʻyicha ilmiy ish qilgan ekan.
Uncha-muncha oʻzbekdan yaxshiroq gapirdi. Navoiyning mashhur ruboiysini yoddan aytdi. Orada Toshkent shevasidagi iboralarni ham ishlatdi. Qoyil qoldim. Ruzbeklarimiz shogird tushib, dars olsa boʻlarkan.
@oriftolib | Boshqa sahifalarimiz

Qirgʻizistonlik domlaning maʼruzasidan qiziq bir narsa kashf qildim. Bilasiz, oʻzbek tilida kelishik qoʻshimchalari u qadar oʻzgarishga uchramaydi. Masalan, tushum kelishigi doim -ni shaklida ishlatiladi. Sheʼriyatda -n shaklida qisqarishi mumkin:
Koʻring falak oʻyinin,
Uzar olimning boʻynin,
Ne-ne jonlar yer qoʻynin
Quchdi deya yigʻlarman.
(Maxtumquli)
Soʻzlashuvda -ni turli shakllarda ishlatiladi, masalan, kitopti ber deymiz. Lekin doim -ni yozamiz. Qirgʻizchada esa unday emas ekan. Adabiy meʼyor sifatida talaffuz shakli olingani sababli tushum kelishigining 17 ta shakli bor ekan!

Ichkarida Oʻzbek oyim mehmonlarni kuzatib boʻlib, Kumush bilan onasidan hoʻppak olar edi. (A. Qodiriy, “Oʻtgan kunlar”)
Jumladagi “hoʻppak olmoq” iborasining maʼnosi nima?

Anonymous Quiz
16%
Oʻch olmoq, zarda qilmoq
47%
Suyunchi olmoq
37%
Maqtov olmoq, olqish olmoq
Lavand bu – ...
Anonymous Quiz
16%
Tovoq, lagan
54%
Boʻshang, noshud
31%
Koʻngli noziklik, tez xafa boʻlish
Biror burchak uchidan chiquvchi va uni teng ikkiga boʻluvchi toʻgʻri chiziq – ...
Anonymous Quiz
31%
Bissektrissa
53%
Bissektrisa
16%
Bisektrissa
Endilikda ozishi kerak
Koʻzga baloday koʻrinadigan soʻzlardan biri shu – endilikda. Hozirda, bugungi kunda, bugunlik kunda yetmaganday yoniga endilikda ham qoʻshilib oladi. Tuppa-tuzuk yozuvchi-yu jurnalistlar ham soʻzni shu shaklda ishlataveradi. -lik va -da nimaga kerak deb savol bermaydi. Yoʻq doʻppini boshdan xayolan olib oʻylab koʻrilsa, endi soʻzining oʻzi yetarli ekani, anavi keraksiz qoʻshimalarni tirkashga hojat yoʻqligi maʼlum boʻladi.
Xullas, endilikda bu soʻzni ozdiring, hoʻppasemiz holatida qoʻllamang.
Endilikda ❌
Endi ✅
@oriftolib | Boshqa sahifalarimiz
Koʻzga baloday koʻrinadigan soʻzlardan biri shu – endilikda. Hozirda, bugungi kunda, bugunlik kunda yetmaganday yoniga endilikda ham qoʻshilib oladi. Tuppa-tuzuk yozuvchi-yu jurnalistlar ham soʻzni shu shaklda ishlataveradi. -lik va -da nimaga kerak deb savol bermaydi. Yoʻq doʻppini boshdan xayolan olib oʻylab koʻrilsa, endi soʻzining oʻzi yetarli ekani, anavi keraksiz qoʻshimalarni tirkashga hojat yoʻqligi maʼlum boʻladi.
Xullas, endi
Endilikda ❌
Endi ✅
@oriftolib | Boshqa sahifalarimiz
Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
59%
Toʻyga toʻyona bilan!
20%
Toʻyga toʻyana bilan!
20%
Ikkalasi ham toʻgʻri.
Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
18%
Unga gap uqdirish qiyin.
71%
Unga gap uqtirish qiyin.
11%
Ikkovi ham toʻgʻri.
Hammasi ayon boʻlib qoldi…
Detektiv asarlari bilan dunyoga mashhur Artur Konan Doyl bir kuni yirik bankirlarga telegramma joʻnatadi. Yozuvchining hazil xabarnomasi qisqagina edi: “Hammasi ayon boʻlib qoldi. Tezda yashirining”.
Ertasi kuni xabar joʻnatilgan 12 nafar bankirning barchasi Londondan juftakni rostlaydi...

Forwarded from Til va adabiyot ta’limi
"Til va adabiyot ta’limi" jurnali o‘zbek tilida faoliyat yuritadigan eng yaxshi muharrirlar 20 taligini e’lon qildi.
Ro‘yxat soha mutaxassislari va jamoatchilik fikrini o‘rganish orqali shakllantirilgan.
E’tirof etilgan muharrirlar orasida Prezident spichrayteridan boshlab matbuot, internet va nashriyot xodimlarigacha bor.
* Eskartish. Har qanday reyting nisbiy, albatta. Ro‘yxatlar ham o’zgartirilib, to‘ldirilib borilishi tabiiy.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Birgalikda emas, birga oʻrganamiz
Xomsemiz soʻzlarga qarshi kurashni davom ettiramiz. Bu safargi nishonimizda – birgalikda. Bu soʻzdagi -lik va -da qoʻshimchalari hech qanday yangi, foydali maʼno tashimaydi. Shu sababli ularning bahridan oʻtish kerak. Bu xuddi endilikda shaklini emas, endi shaklini qoʻllash afzalligiga oʻxshaydi:
Bu mavzuni birgalikda oʻrganamiz ❌
Bu mavzuni birga oʻrganamiz ✅

Forwarded from Hilol Edu | Rasmiy
Ertalabki vaqtda turk tilini o'rganmoqchisiz?
🇹🇷 Turk tilini kuchli ustozdan o'rganish yaxshi. Lekin shu ustoz minglab o'quvchilarga ta'lim bergan bo'lsa undan ham yaxshi. Hilol Edu markazida esa aynan shunday ustozlar dars beradi.
👨🏫 G'ulomjon Hoca "Hilol Edu" turk tili markazining asoschisi bo'lib, 11 yillik faoliyati davomida 5000 dan ortiq o'quvchilarga sifatli ta'lim bergan.
⚡️ Hozirda ustozimizning turk tilini 0 dan o'rganmoqchi bo'lgan o'quvchilar uchun A1 darajadagi offline guruhlariga qabul boshlandi.
O’quvchilarimiz safiga qo’shilib, yuqori natija egasiga aylanishni istasangiz, sizni Hilol Eduda kutib qolamiz!
📞 Ro'yxatdan o'tish uchun