“Hisoblanadi” koʻpincha ortiqcha hisoblanadi
Sarlavhadagi ikkinchi hisoblanadi soʻzi qisqartirilsa, nima oʻzgaradi? Mazmunga mutlaqo zaxa yetmaydi, jumla esa loʻndalashadi. Demak, u ortiqcha.
Menimcha, bunday ifoda ruscha является soʻzini kalka tarjima qilish natijasida urf boʻlgan. Ot kesimli gaplarni hisoblanadi, sanaladi soʻzlari bilan tugatmagan afzal. Bu feʼllarni qisqartirish yoki -dir bogʻlamasiga almashtirish mumkin:
Pul sivilizatsiyamiz mavjudligining asosi hisoblanadi.
Pul sivilizatsiyamiz mavjudligining asosidir.
Pul – sivilizatsiyamiz mavjudligining asosi.
Yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish ustuvor vazifa sanaladi.
Yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish ustuvor vazifadir.
Yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish – ustuvor vazifa.
Bu soʻzni ishlatishning yanada sunʼiy shakli ham bor: boʻlib hisoblanadi. Bunaqa oʻsimtani olib tashlash esi joyida boʻlgan har bir insonning burchidir:
Shartnoma haq toʻlash uchun asos boʻlib hisoblanadi.
Shartnoma haq toʻlash uchun asosdir.
Shartnoma – haq toʻlash uchun asos.
Telegram | YouTube

👍41🔥9🤣5
Xatosiz yozishni mustaqil oʻrganing: eng foydali 5️⃣ usul
“Ibrat farzandlari” loyihasida toʻgʻri yozishni oʻrganishning foydali beshta usuli bilan oʻrtoqlashdim.
Oʻrganing, amalda sinab koʻring. Foydasini albatta sezasiz.
👉 https://youtu.be/2GLQuTXZpt8
0:00 – Savodxonlikni qanday rivojlantirish mumkin?
0:15 – Kitob oʻqing
1:19 – Yozing va mashq qiling
2:03 – Qoidalarni oʻrganing
3:14 – Lugʻatlar bilan ishlang
4:39 – Zamonaviy imkoniyatlardan foydalaning
5:41 – Asosiysi – istak va iroda!

👍52🔥10💯8
🤨25😢14🔥13👍3💯1
Shartnomaga rioya qilish shart
Aleksandr Dyuma teatr direktori bilan tuzgan shartnomaga koʻra, pyesasi 20 ta namoyishdan soʻng 60 000 frankdan ortiqroq kirim qilsa, adibga har gal ming frank qalamhaqi toʻlanishi kerak edi. Pyesa tez orada shuhrat qozonadi, shartnoma shartlari bajariladi. Dyuma yigirma beshinchi namoyishdan keyin pul olgani keladi. Biroq direktor qalamhaqi toʻlashdan qochib, tushum shartlashilgan summaga yetmaganini aytadi. Yozuvchini ishontirish uchun xayoliga kelgan raqamni roʻkach qiladi:
– Afsus, kirim 59 997 frank boʻldi. Na iloj...
Dyuma indamaygina chiqib ketadi. Bir necha daqiqadan soʻng qoʻlida yangi sotib olingan chipta bilan kirib keladi.
– Men buni 5 frankka sotib oldim, – deydi yozuvchi. – Umumiy tushum 60 002 frank boʻldi. Endi shartnoma shartlari bajarilganini tan olsangiz kerak?
👉 Mashhurlar hayotidan

🤣79👍62
Shifoga sababchi boʻling
Tolibjon bilan oʻn yilcha oldin birga ishlaganmiz. Toshkent islom institutini tamomlagan, koʻp yillardan beri nashr sohasida mehnat qilib kelayotgan edi. Xalqimiz maʼnaviy foyda olgan koʻplab kitoblarda Tolibjonning xizmati bor. Oʻzi ham bir necha diniy-maʼrifiy kitoblar muallifi, tarjimoni.
Shu yigit yoz oylarida operatsiya boʻlibdi. Keyin yana ikki marta amaliyot qilingan. Bir necha kasallik boʻyicha tashxis qoʻyilgan. Oʻn kun oldin yoʻqladim, ahvol jiddiy. Toshkentda juda koʻp shifoxonalarda davolanibdi, natija boʻlmagan. Shifokorlar Turkiyaga borib davolanishni tavsiya qilibdi, unga kamida 70 ming dollar mablagʻ kerak ekan.
Yaqinlarining aytishicha, chipta olishibdi, erta-indin Turkiyaga uchishadi.
Uch nafar murgʻak goʻdak otasining tuzalib ketishini soʻrab duoda. Siz ham duo qiling, imkoningiz boʻlsa, moddiy yordam bering. Tolibjon kabi malakali mutaxassislar, amalida ilmi namoyon boʻladigan ixlosli kishilar jamiyatimizga juda-juda kerak. Yaxshi bir insonning shifo topib, oilasi bagʻriga qaytishiga, balki, siz ham sababchi boʻlib qolarsiz.
Tolibjonga Alloh taolo komil shifo bersin.
Telefon raqami:
Ayollar uchun: +998946945161
Erkaklar uchun: +998998684648
VISA:
TOLIB KODIROV
UZCARD:
GULBAKHOR KHOSHIMOVA
HUMO:

4023 0602 4649 6490
TOLIB KODIROV
UZCARD:
5614 6821 1472 8985
GULBAKHOR KHOSHIMOVA
HUMO:
9860 3501 0111 2380
TOLIB KODIROV
Telegram | YouTube
👍27😢19
💯45👍14🤨5🔥4😱2
✅ Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
6%
Tashkiliy ishlarga qaralashganman.
78%
Tashkiliy ishlarga qarashganman.
15%
Ikkovi ham toʻgʻri.
🤣62👍17💯8😢6
“U ham boʻlsa” – boʻlmay qoʻya qolsin
Baʼzan jumlalarni bogʻlash uchun u ham boʻlsa birikmasi ishlatiladi. Bu sunʼiy iboradan deyarli barcha holatlarda voz kechish mumkin:
Bizning niyatimiz bitta, u ham boʻlsa bemorlarimizning tez fursatda tuzalishidir! ❌
Bizning niyatimiz bitta – bemorlarimizning tez fursatda tuzalishi! ✅
Pandemiyani toʻxtatishning yoʻli bitta – u ham boʻlsa emlash! ❌
Pandemiyani toʻxtatishning yoʻli bitta – emlash! ✅
Muvaffaqiyatli startap uchun faqat bitta mezon bor, u ham boʻlsa – oʻsish. ❌
Muvaffaqiyatli startap uchun faqat bitta mezon bor – oʻsish. ✅

Xullas, bu birikmaga duch kelganda sizdan kutiladigan bir ish bor, u ham boʻlsa– qisqartirish.
Telegram | YouTube
👍81🤣51💯11🔥8🤨5😱1
Daryo-daryo, dengiz-dengiz, qishloq-qishloq: takrorlamagan afzal
Ayrim daryo nomlari tarkibida daryo, dengiz nomlari tarkibida dengiz, qishloq nomlari tarkibida qishloq soʻzlari bor. Matnda bunday toponimlardan keyin yana daryo, dengiz, qishloq soʻzlarini qoʻllamagan afzal:
Sirdaryo daryosi boʻyida Turkiston oq laylagini uchratdik. 🧐
Sirdaryo boʻyida Turkiston oq laylagini uchratdik. ✅
Qora dengiz dengizida harbiy mashqlar oʻtkaziladi. 🧐
Qora dengizda harbiy mashqlar oʻtkaziladi. ✅
Sayyor qabul Qumqishloq qishlogʻida boʻlib oʻtdi. 🧐
Sayyor qabul Qumqishloqda boʻlib oʻtdi. ✅
Bu prinsipni boshqa xil tarkibli joy nomlariga nisbatan ham qoʻllash mumkin:
Aydarkoʻl koʻli, Oqbuloq bulogʻi 🧐
🟢 Nom tarkibidagi daryo, dengiz, koʻl, qishloq kabi soʻzlar tovush oʻzgarishiga uchragan boʻlsa, qaytariq bor deb hisoblanmaydi:
Olatov togʻi, Koʻpetdogʻ togʻi ✅

👍67🔥3🤨2
Burch – qarzdan majburiyatga
Burch soʻzi tilimizda faol. Uni ado etilishi, bajarilishi majburiy boʻlgan vazifa, majburiyat maʼnosida qoʻllaymiz. Burchning ildizi soʻgʻdcha purch – qarzga olingan yoki berilgan narsa soʻziga borib taqaladi.
Bu soʻz turk, uygʻur, tatar, qozoq, boshqird, kurd kabi tillarga turli tovush oʻzgarishlari bilan oʻzlashgan. Koʻp tillarda u asliyatdagi qarz maʼnosini saqlab qolgan.

👍35
“Minus”ni chegiramiz
Savol:
Shu kunlarda minus 50% gacha chegirma kabi iboralarni koʻp koʻryapman, bu yerda minus soʻzi qanchalik oʻrinli?
Javob:
Minus soʻzi ortiqcha. Bu holat pleonazm deyiladi. Jumlada shundoq ham bor maʼno oʻrinsiz takrorlangan. Chunki chegirma maʼlum bir summani chiqarib tashlash yoki olib qolish maʼnosini beradi. Minus soʻzida ham ayirish, kamaytirish maʼnosi bor. Shu bois uni ishlatmaslik kerak:
50% gacha chegirma ✅

👍37🔥4💯3
Chegachi bu – ...
Anonymous Quiz
58%
Singan buyumlarni tuzatuvchi usta
19%
Chegarada xizmat qiluvchi askar, posbon
23%
Bir ota-onadan tugʻilgan qizlardan kattasi, opa
👍42🤣36💯15🤨5🔥4
“Tolstovka”ning oʻzbekchasi nima?
Hech bir til boshqa bir tildagi har qanday soʻzni toʻliq ifoda eta olmaydi. Bunday vaziyatlarda yo unga ot qoʻyadi, yo chet tilidagi soʻzni oʻzlashtiradi. Tolstovka soʻzining oʻzbekcha muqobili yoʻq, shu sababli u oʻzlashtirilgan. Uni belbogʻli, uzun va keng erkakcha koʻylak deb taʼriflash mumkin, lekin bunday atab boʻlmaydi. Bu yaktak soʻzini ruslar летний лёгкий халат без подкладки deb taʼriflaganiga oʻxshaydi. Taʼrif boshqa, nom boshqa.
Tolstovka soʻzining kelib chiqishini ulugʻ yozuvchi Lev Tolstoy bilan bogʻlashadi. U koʻpincha dehqonlar bilan birga ishlar va mehnat qilishga xalal bermasligi uchun keng koʻylak kiyardi. Ana shu fasondagi koʻylaklarni tolstovka deb atash ommalashgan. Baʼzi mualliflar bu atama rus tilida 1915-yillarda paydo boʻlganini, oʻsha paytlarda u Tolstoyga nisbat berilmaganini taʼkidlaydi.
Ruscha soʻzlashuvda tolstovka soʻzi uzun yengli, erkin bichimli sport kiyimlariga nisbatan ishlatiladi. Inglizcha hoodie atamasiga mos tushadi. Biroq tolstovkada kapyushon boʻlmasligi ham mumkin. Hozir atamaning ayni shu maʼnosi isteʼmolda, belbogʻli keng koʻylak maʼnosi ishlatilmay qoʻygan. Chunki bunday koʻylaklar 1930-yillardan keyin urfdan qolgan.

Oʻzbekchada hudiga ham ot qoʻyilmagan, oʻzlashma varianti ishlatilyapti.
Telegram | YouTube
2👍45🔥6💯4🤨4
Doya va akusherka: farqi nimada?
Izohli lugʻatga koʻra, doya soʻzi oʻzbekchada uch xil maʼnoda qoʻllanadi:
1️⃣ Toʻlgʻoqdagi ayollarni tugʻdiruvchi xotin; enaga, akusherka.
2️⃣ Goʻdaklarni tarbiyalovchi ayol.
3️⃣ Koʻchma maʼnoda: sabab, bois, asos; paydo, bunyod qiluvchi.
Hozir ikkinchi maʼnosida deyarli ishlatilmaydi. Uchinchi maʼnosi ham kam qoʻllanadi, masalan, koʻngilsizliklar sababi degan maʼnoda koʻngilsizliklar doyasi deyilganini yaqin orada koʻrganim yoʻq.
Asosiy maʼnosi esa tilda hozir ham faol.
Akusherka soʻzining maʼnosi keng: homiladorlarni muntazam kuzatish, dispanser kuzatuv roʻyxatiga olish, ularning kasalligini aniqlash, tugʻuruq vaqtida va tugʻuruqdan keyingi chilla vaqtida tibbiy yordam koʻrsatish va boshqalar bilan shugʻullanuvchi, maxsus oʻrta maʼlumotli tibbiyot xodimi.
Demak, doya faqat tugʻuruq paytida, akusherka esa tugʻuruqdan oldin va keyin ham tibbiy yordam koʻrsatadi. Biroq bir jihatga eʼtibor berish kerak: bir soʻzga biror qoʻshimcha maʼnoni yuklab ishlatsangiz, oʻsha maʼnoni ifodalay boshlaydi. Doyani ham akusherka maʼnosida qoʻllayverish kerak.

👍44💯2
Qalam sotuvchi
Viktor Hyugo Prussiyaga yoʻl oladi. Chegarada:
– Nima bilan shugʻullanasiz? – deb soʻraydi anketa toʻldirayotgan jandarm.
– Yozaman, – deb javob beradi adib.
– Tirikchiligingiz nimadan, deb soʻrayapman, – deydi nazoratchi tushuntirgan boʻlib.
– Qalamdan, – deb qoʻya qoladi Hyugo.
– Ha, unday boʻlsa, – deb yengil tortadi jandarm, – “kasbi” degan joyga “qalam sotuvchi” deb yozib qoʻyamiz.

🤣69👍26
Forwarded from Bolalar yozuvchisi
Yaqin kelajakda “Mutolaa” ilovasining bolalarga mo‘ljallangan, o‘yinlashtirilgan shaklini yaratmoqchimiz. Frankfurt kitob ko‘rgazmasida esa elektron kitoblar uchun texnologiyalar yaratib beruvchi kompaniyalar ham ishtirok etarkan. Biz “Funtomata” kompaniyasi asoschisi Jean-Gobert de Coster va ularning bolalar uchun o‘yinli platformalari bilan tanishdik. Shunaqa ilova yaratmoqchi bo‘lsangizlar, menga chiqaveringlar dedi.
👍41🔥4
“Shimildiriq” nima degani?
Savol:
Qoʻl tegdi, chiqdi shimildiriq. Shimildiriq soʻzining maʼnosini izohli lugʻatdan ham topa olmadim. U nima maʼnoni anglatadi?
Javob:
Men ham lugʻatlarni qidirib koʻrdim, lekin shimildiriq ham chiqmadi 😉 Garchi lugʻatlarga kirmagan boʻlsa-da, tilda faol soʻzlar bor. Shimildiriq soʻzi asosan soʻzlashuvga xos, biroz kinoya, istehzo va hazil aralash maʼno qirralariga ega va hech narsa, yoʻq narsa maʼnosida qoʻllanadi.

🤣128👍43💯8🔥2
Qay biri qitʼaning nomi emas?
Anonymous Quiz
29%
Antarktida
44%
Antarktika
27%
Ikkovi ham qitʼaning nomi
💯33😢14👍6🤨5😱4