“Respublika” soʻzi doim bosh harfda yoziladimi?
Respublika soʻzi atoqli ot emas, jumla ichida kichik harfda yozilishi kerak. Lekin bosh harfda yoziladigan oʻrinlar bor:
1️⃣ Davlatlar, muxtor oʻlkalarning rasmiy nomlarida bosh harf bilan yoziladi:
2️⃣ Tashkilotlar nomi va boshqa tarkibli nomlarning birinchi soʻzi boʻlib kelsa:
🟢 Boshqa holatlarda bu soʻz kichik harf bilan beriladi:
❗️ Tarixiy davrlar ifodalanganda ham respublika soʻzi kichik harfda boʻladi:
🌐 Sayt 🛜 Telegram ▶️ YouTube

Oʻzbekiston Respublikasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Indoneziya Respublikasi, Dogʻiston Respublikasi.
2️⃣ Tashkilotlar nomi va boshqa tarkibli nomlarning birinchi soʻzi boʻlib kelsa:
Respublika maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Respublika taʼlim markazi, Respublika yoʻl jamgʻarmasi, Y. X. Toʻraqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
🟢 Boshqa holatlarda bu soʻz kichik harf bilan beriladi:
“Nuroniy” jamgʻarmasi respublika boshqaruvi, Oʻzbekiston temiryoʻlchilari va transport quruvchilari kasaba uyushmasi respublika kengashi, “Bolalar kitobi” respublika festivali, “Yosh kitobxon” respublika tanlovi, “Zakovat” turnirining respublika bosqichi, respublika rahbari, respublika miqyosidagi tadbir.
❗️ Tarixiy davrlar ifodalanganda ham respublika soʻzi kichik harfda boʻladi:
Rim respublikasi (mil.ol. 509–27), Toʻrtinchi fransuz respublikasi (1946–1958).
🌐 Sayt 🛜 Telegram ▶️ YouTube
👍65🔥2
Mijoz hamisha haq
Bu iboraning paydo boʻlishi va ommalashishi XX asr boshlariga borib taqaladi. Uning savdo shioriga aylanishiga Harri Gordon Selfrij, Jon Uanameyker va Marshal Fayld kabi yirik tijoratchilar sabab boʻlgan. Harri Gordon 1879–1901 yillarda Marshal Fayldning qoʻlida ishlagan. Jon Uanameyker esa Marshal Fayldning marketingchisi boʻlgan. Tadqiqotchilarning fikricha, ulardan biri bu shiorni oʻylab topgan.
“Mijoz hamisha haq” shiori mijozning shikoyati eʼtiborsiz qolmasligi va darhol hal etilishi kerakligini anglatgan. Oʻsha paytlarda “Oʻz pulingni oʻzing asra!” qabilidagi ogohlantirishlar huquqiy hujjatlarda ham aks etar va masʼuliyat koʻpincha mijozning oʻziga yuklatilardi. Xaridorni himoya qilgan bu chaqiriq davr uchun yangicha qarash edi, shu bois taʼsiri ham kuchli boʻldi.
1905-yili “Boston Globe” gazetasi Marshal Fayld haqida maqola eʼlon qiladi va uni “Mijoz hamisha haq” yondashuviga ogʻishmay amal qilayotgan ishbilarmon sifatida tavsiflaydi. Harri Gordon 1909-yili Londonda “Selfridge” doʻkoniga asos soladi. Bu doʻkonning shiori ham “Mijoz hamisha haq” edi. Matbuot bu loyiha va uning tutumi ustidan kuladi. Biroq bu behuda boʻlgandi. “Selfridge” bugungacha faoliyat yurityapti, u 2010- va 2012-yillarda dunyoning eng yaxshi supermarketi deb topilgan.
Maʼnosi shunga yaqin iboralarni turli ishbilarmonlar qoʻllagan. Masalan, mehmonxona biznesining taniqli vakili, London va Parijdagi “Ris” mehmonxonalari asoschisi Sezar Ris “Mijoz hech qachon adashmaydi” shiorini muomalaga kiritgan.

👍32🔥2
Ibratli hikoyalar
2-qism
🔹 Yoshlikning siri
🔹 Ikki nuqtayi nazar
🔹 Irmoq haqida masal
🔹 Ichimizdagi qafas
🔹 Ishonchsiz qushcha
🔹 Yigirma besh sent
🔹 Yoʻqolgan hamyon
🔹 Kapalakning zaif qanotlari
🔹 Keraksiz ishonch
🔹 Kimga armon, kimga...
🔹 Koʻngil koʻzlari
🔹 Qilgan ishing oʻzingga qaytadi
🔹 Quduq
🔹 Qoʻlga tushgan yolgʻon
🔹 Qoʻshnichilik
👉 1-qism
🌐 Sayt 🛜 Telegram ▶️ YouTube
2-qism
🔹 Yoshlikning siri
🔹 Ikki nuqtayi nazar
🔹 Irmoq haqida masal
🔹 Ichimizdagi qafas
🔹 Ishonchsiz qushcha
🔹 Yigirma besh sent
🔹 Yoʻqolgan hamyon
🔹 Kapalakning zaif qanotlari
🔹 Keraksiz ishonch
🔹 Kimga armon, kimga...
🔹 Koʻngil koʻzlari
🔹 Qilgan ishing oʻzingga qaytadi
🔹 Quduq
🔹 Qoʻlga tushgan yolgʻon
🔹 Qoʻshnichilik
👉 1-qism
🌐 Sayt 🛜 Telegram ▶️ YouTube
👍13🔥2
Yashil iqtisodiyot: qoʻshtirnoq kerakmi yoki yoʻq?
Atrof-muhitga imkon qadar kam zarar yetkazadigan, ekologik muammolarning oldini olishga qaratilgan sohalar yashil soʻzi bilan taʼriflanadi. XX asrning oxirlarida yuzaga kelgan ana shunday yoʻnalishlardan biri – yashil iqtisodiyot.
Yashil iqtisodiyot, yashil moliya, yashil biznes, yashil energiya kabi birikmalarda yashil soʻzi alohida taʼkid talab qilmaydi yoki koʻpchilik bilmaydigan, oʻquvchi eʼtiborini maxsus qaratish zarur boʻlgan soʻz emas. Shu bois uni yoki butun birikmani qoʻshtirnoqqa olishga hojat yoʻq.
📌 Demak:
2025-yil – Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili ❌
2025-yil – Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yili ❌
2025-yil – Atrof-muhitni asrash va yashil iqtisodiyot yili ✅

Tinish belgisini oʻrinsiz ishlatish esa xatodir.
📌 Demak:
2025-yil – Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili ❌
2025-yil – Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yili ❌
2025-yil – Atrof-muhitni asrash va yashil iqtisodiyot yili ✅
🌐 Sayt 🛜 Telegram ▶️ YouTube
👍56🔥6
Forwarded from Mutolaa
1. "Uygʻonish: Abu Ali ibn Sino" - 65 160 marta mutolaa qilingan.
2. "Yalmogʻiz kampir" - 64 508 marta mutolaa qilingan.
3. "Qur'oni karim maʼnolari tarjimasi" - 56 044 marta mutolaa qilingan.
4. "Dahshat" - 35 791 marta mutolaa qilingan.
5. "Uygʻonish: Abu Rayhon Beruniy" - 29 164 marta mutolaa qilingan.
✅ Ushnu reyting 21 – noyabr, 18:00 holatiga koʻra e’lon qilindi.
#statistika
Telegram | Instagram | Ilova
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍23🔥4🤣4
🤣143👍18🤨12🔥7💯5
Forwarded from Olimov's note
Nasib qilsa oradan yillar oʻtadi va shu yerdagi katta bogʻ paydo boʻladi. Qachondir shu bogʻ oldidan oʻtganimda nabiralarimga shu bogʻning yoʻl boʻyidagi daraxtlarini Mutolaa jamoasi bilan birgalikda ekkanmiz deb aytib beraman, xudo xohlasa!
👍43🔥17💯5
💯30🔥10👍9😱3🤨2
🔥23👍20😱9🤣5💯3
Hikoya matn: tahrir salohiyatingizni sinang
Kerakli va keraksiz narsalar
Ustoz maqsadga erishish uchun keraksiz narsalardan voz kechish kerak ekanligini shogirdiga bot-bot uqdirardi. Shogird bu soʻzlarning juda yaxshi yodlab olgan edi-yu, lekin nima kerakli-yu nima keraksiz ekanligini toʻla anglab yetolmasdi.
Bir kuni ikkalalari toqqa saylga chiqishdi. Togʻ ungirida yurgan yoʻlbars togʻ bagʻrida ikkita kishilar yurganini koʻrdi va ularga qarab yugurdi.
Ustoz hotirjam oʻrnidan turdi va nari ketdi. Yoʻlbars esa negadir shogirdni quvlab ketdi. U yugurarkan boʻyniga osib olgan hurjunini, hatto kiyimlarini ham, yechib ketdi. Bir amallab baland bir daraxtga chiqib oldi. Birozdan soʻng yoʻlbars ketdi biroq shogird qoʻrqgani sababli ustozi kelmagunicha daraxtdan tushmay oʻtiraverdi. Muallim “dagʻ-dagʻ” titrayotgan yalongʻoch oʻquvchisiga razm solib qaradi va jilmaydi va dedi:
– Mana, maqsadga erishish uchun hamma keraksiz narsalardan vos kechishni oʻrganib olding va bu umringni qutqardi.
– Ustoz, – deb hayratlanib soʻradi shogird, – siz qilichingizning ham, kiyimlaringizning ham, yechganingiz yoʻq. Hatto qochishga ham urunmadingiz. Ammo yoʻlbars sizga tegmadi. Nega?
– Meni sendan farqim boʻldi-ki: qoʻrquvni yengidim, shuning uchun yoʻlbars meni payqamadi, – deb javob berdi muallim. – Chunki meni maqsadim shu edi. Har bir kishilar maqsadni toʻgʻri qoʻyishni oʻrganishlari kerak shundan keyingina maqsadga erishish uchun biror nimadan vos kechish kerakmi-yoʻqmi – bir qarorga kelish mumkin. Sir emaski koʻpchilik bu narsaga eʼtibor bermaydilar va hatoga yoʻl qoʻyadilar. Mana, endilikda sen buni mohiyatini tushunib olding.
Qissadan hissa: bu ibratlik hikoyada bejiz narsalarga vaqt sarflamay, maqsad sari olgʻa qadam tashlash zarurligi uqdirilmoqda. Zero vaqt isrofi yomon illatdir.
🌐 Sayt 🛜 Telegram ▶️ YouTube
Tadqiqot ishim davomida tajriba-sinov ham oʻtkazyapman. Dastlabki sinov Fargʻona, Toshkent va Navoiy viloyatlaridagi oliy oʻquv yurtlarining oʻzbek tili va oʻzbek filologiyasi yoʻnalishi talabalari oʻrtasida oʻtkazildi. Unda talabalarga bittadan hikoya matn, tasviriy matn va muhokama matn berildi. Matnlardagi orfografik va punktuatsion; qoʻshimcha, yordamchi soʻz, soʻz va iboralar, jumla darajasidagi xatolarni aniqlash va tuzatish topshirildi.
Matnda nisbatan oson aniqlanadigan, oʻrtacha, murakkab va ancha murakkab xatolar bor. Quyida birinchi matn eʼtiboringizga havola etilyapti. Siz ham urinib koʻring-chi, nechta xato topasiz va tuzata olasiz ekan?
Kerakli va keraksiz narsalar
Ustoz maqsadga erishish uchun keraksiz narsalardan voz kechish kerak ekanligini shogirdiga bot-bot uqdirardi. Shogird bu soʻzlarning juda yaxshi yodlab olgan edi-yu, lekin nima kerakli-yu nima keraksiz ekanligini toʻla anglab yetolmasdi.
Bir kuni ikkalalari toqqa saylga chiqishdi. Togʻ ungirida yurgan yoʻlbars togʻ bagʻrida ikkita kishilar yurganini koʻrdi va ularga qarab yugurdi.
Ustoz hotirjam oʻrnidan turdi va nari ketdi. Yoʻlbars esa negadir shogirdni quvlab ketdi. U yugurarkan boʻyniga osib olgan hurjunini, hatto kiyimlarini ham, yechib ketdi. Bir amallab baland bir daraxtga chiqib oldi. Birozdan soʻng yoʻlbars ketdi biroq shogird qoʻrqgani sababli ustozi kelmagunicha daraxtdan tushmay oʻtiraverdi. Muallim “dagʻ-dagʻ” titrayotgan yalongʻoch oʻquvchisiga razm solib qaradi va jilmaydi va dedi:
– Mana, maqsadga erishish uchun hamma keraksiz narsalardan vos kechishni oʻrganib olding va bu umringni qutqardi.
– Ustoz, – deb hayratlanib soʻradi shogird, – siz qilichingizning ham, kiyimlaringizning ham, yechganingiz yoʻq. Hatto qochishga ham urunmadingiz. Ammo yoʻlbars sizga tegmadi. Nega?
– Meni sendan farqim boʻldi-ki: qoʻrquvni yengidim, shuning uchun yoʻlbars meni payqamadi, – deb javob berdi muallim. – Chunki meni maqsadim shu edi. Har bir kishilar maqsadni toʻgʻri qoʻyishni oʻrganishlari kerak shundan keyingina maqsadga erishish uchun biror nimadan vos kechish kerakmi-yoʻqmi – bir qarorga kelish mumkin. Sir emaski koʻpchilik bu narsaga eʼtibor bermaydilar va hatoga yoʻl qoʻyadilar. Mana, endilikda sen buni mohiyatini tushunib olding.
Qissadan hissa: bu ibratlik hikoyada bejiz narsalarga vaqt sarflamay, maqsad sari olgʻa qadam tashlash zarurligi uqdirilmoqda. Zero vaqt isrofi yomon illatdir.
🌐 Sayt 🛜 Telegram ▶️ YouTube
👍33🔥13💯4
👍36🤣18💯12😢10🔥5🤨5
Oq poshshoning avaxtasi ham koʻp, Sibiri ham keng. (M. Ismoiliy, “Fargʻona tong otguncha”).
Jumladagi “avaxta” soʻzining maʼnosi nima?

Anonymous Quiz
16%
Qorovullar turadigan post
71%
Qamoqxona, turma
13%
Paxtani qayta ishlash zavodi
💯29👍20🔥4😱3🤣2
OʻzJOKUda xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya
Ertaga Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida “Ommaviy axborot vositalarida til va uslub: tahlil, tasnif, qiyos” xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi boʻlib oʻtadi. Xudo xohlasa, unda men ham qatnashaman va “Adabiy tahrir malakasini shakllantirish metodikasi” mavzusida maʼruza qilaman.
Dastur bilan tanishib chiqdim, boshqa mavzularda ham qiziqarli maʼruzalar bor ekan. Qiziqqanlar kelib tinglashi mumkin.

👍27🔥9
Forwarded from Mutolaa
• Eslatib oʻtamiz: bugungi muloqot davomida eng faol kitobxonlarga Turkiya sayohati uchun yoʻllanma, ELEKTROMOBIL qanday shartlar asosida berilishi e’lon qilinadi va “Mutolaa Marafoni” final suhbati boʻlib oʻtadi.
Qatnashish uchun havola:
https://www.tg-me.com/mutolaaxona?livestream
— Barcha doʻstlaringizga ulashing.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍16💯8🔥6
Pul va minora
Oldi-sotdi va toʻlov uchun ishlatiladigan, elektron yoki qogʻoz koʻrinishidagi bu vositani ifodalovchi soʻz bizga fors tilidan oʻzlashgan. Lekin asli forscha emas. Forscha pul oromiy-suryoniy tilidagi poʻlus soʻzidan olingan. Poʻlus oromiychada ham forschadagi kabi eng kichik qiymatdagi chaqa pulni anglatgan. Bu soʻzning ildizi eski yunonchadagi ὀβολός (oʻboloʻs) yoki οβελός (oʻbeloʻs) soʻziga borib taqaladi.
Plutarxning yozishicha, Qadimgi Yunonistonda savdo-sotiqda pul vazifasini qirrali metal tayoqchalar bajargan. Mixga oʻxshagani uchun ular oʻbol(oʻs) – mix soʻzi bilan atala boshlagan. Bitta qoʻl hovuchiga 6 ta oʻbol sigʻgan va u drahma deb atalgan. Drahma hovuch, tutam, siqim maʼnosini beradi.
Oʻbol soʻzi tarixda Yevropaning juda koʻp mamlakatlarida turli qiymatdagi tangalarni bildirgan.
Bugun biz ishlatadigan pul soʻzi ana shu eski yunoncha oʻbolning oʻzgargan shaklidir.
Oʻzbek tiliga obelisk soʻzi ham oʻzlashgan. U yuqoriga qarab ingichkalashib boradigan qirrali ustunni ifodalaydi. Obelisk minorani eslatadi. Ana shu soʻz pul bilan qarindosh. Yunoncha ὀβελίσκος (oʻbeliskos) – six, pona, shamshir soʻzidan olingan obelisk fransuzchadan ruschaga oʻzlashgan va u orqali oʻzbekchaga kirib kelgan.

👍25🔥2
Gʻarb va Sharq: qachon bosh harfda yozish kerak?
💎 Savol:
Gʻarbdan Sharqqa qarab yurish qildi jumlasida gʻarb, sharq soʻzlari bosh harf bilan yoziladimi? Ular qachon kichikda yoziladi? Qozoqboy Yoʻldoshev ikki soʻz oʻrnida kunbotar, kunchiqish soʻzlarini ishlatganini oʻqib qoldim. Shunday turkiy nomlashdayam shu tartibga koʻra bosh harf bilan yozish kerakmi?
❇️ Javob:
Bu savolga @xatoliklar kanalida javob bor.
Savolning ikkinchi qismiga kelsak, bu soʻzlar alohida holda geografik nom boʻlib kelmaydi. Bunaqasiga amaliyotda uchramaganman. Masalan, Gʻarb mamlakatlari iborasi oʻrnida Kunbotar mamlakatlari birikmasi ishlatilganiga koʻzim tushmagan. Oʻzbekcha sinonimlar asosan makon yoʻnalishini, tomonni anglatish uchun qoʻllanadi va kichik harf bilan yoziladi.
Yana bir eʼtiborli jihat. Yaponiyaning norasmiy nomi bor: Kunchiqar mamlakat. Oʻlka nomi maʼnosida kelganda bu birikmaning birinchi soʻzi bosh harfda yozilishi kerak:
“Poytaxt” mehmonxonasida Kunchiqar mamlakat tadbirkorlari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Gʻarb, sharq, janub, shimol soʻzlari geografik nom tarkibida kelganda, geografik hudud nomini anglatganda bosh harfda yoziladi: Sharq xalqlari, Uzoq Sharq, Yaqin Sharq, Gʻarb mamlakatlari, Shimol va Janub urushi.
Sanalgan soʻzlar makon yoʻnalishini ifodalash uchun ishlatilganda kichik harf bilan yoziladi: shimol tomon, sharqiy yoʻnalish, davlatning janubi-sharqiy qismi.
Savolning ikkinchi qismiga kelsak, bu soʻzlar alohida holda geografik nom boʻlib kelmaydi. Bunaqasiga amaliyotda uchramaganman. Masalan, Gʻarb mamlakatlari iborasi oʻrnida Kunbotar mamlakatlari birikmasi ishlatilganiga koʻzim tushmagan. Oʻzbekcha sinonimlar asosan makon yoʻnalishini, tomonni anglatish uchun qoʻllanadi va kichik harf bilan yoziladi.
Yana bir eʼtiborli jihat. Yaponiyaning norasmiy nomi bor: Kunchiqar mamlakat. Oʻlka nomi maʼnosida kelganda bu birikmaning birinchi soʻzi bosh harfda yozilishi kerak:
“Poytaxt” mehmonxonasida Kunchiqar mamlakat tadbirkorlari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.
🌐 Sayt 🛜 Telegram ▶️ YouTube
👍29🔥7💯2🤣2😱1
Fikrlash – eng qiyin ish, shu sababli ham u bilan shugʻullanuvchilar kam boʻlsa kerak.
Henri Ford
🌐 Sayt 🛜 Telegram ▶️ YouTube
Henri Ford
🌐 Sayt 🛜 Telegram ▶️ YouTube
👍64🔥21🤣3🤨2😱1