Telegram Web Link
Uning sochlari jingila-jingila, yuz va koʻzlari doʻnduq, ustida yashil baxmaldan burma qilib tikilgan chiroyli delvagay kiyimi bor edi. (A. Qodiriy, “Jinlar bazmi”.)

Jumladagi “delvagay kiyim”ning maʼnosi nima?
Anonymous Quiz
52%
Keng va katta ust kiyim
21%
Qalin va tor ust kiyim
27%
Yengil va yupqa ust kiyim
👍35🔥9💯7🤨7
Doʻstmuhammad meshkobchi oʻrta boʻyli, sariq moʻylov, bikir yigit boʻlib... boshqa meshkobchilardan koʻproq mehnat qilar edi. (S. Abdulla, “Mavlono Muqimiy”.)

Jumladagi “bikr” soʻzining maʼnosi nima?
Anonymous Quiz
68%
Pishiq, baquvvat
23%
Ozgʻin, nimjon
9%
Qorindor, semiz
👍40🔥5💯4
Tomni tezgina yopishdi, keyin yil boʻyi taʼmirlab chiqishdi.

Meksikan maqoli

🌐 Sayt 🛜 Telegram ▶️ YouTube
🔥38🤣35👍5💯5🤨2😢1
Jizzaki odam haqiqatni anglolmaydi.

Misrliklar maqoli

🌐 Sayt 🛜 Telegram ▶️ YouTube
🔥34👍17💯7🤨4
Sababi: vergul kerakmi yoki yoʻq?

Sababi alohida soʻz sifatida izohli lugʻatga kiritilmagan. Lekin amaliyotda alohida soʻz sifatida ishlatiladi – baʼzan sabab bogʻlovchisi oʻrnida keladi. Ikki sodda gapni bogʻlagan payti xuddi sabab bogʻlovchilari kabi undan oldin vergul qoʻyiladi:

Chaqimchilik – illat, sababi u tufayli odamlar oʻrtasi buziladi.

Sababi bogʻlovchi oʻrnida kelgan, ammo ikki sodda gap alohida yozilgan holatlar ham uchrab turadi. Sababi qoʻshma gap tarkibida yoki sodda gap boshida kelishidan qatʼi nazar, undan soʻng vergul qoʻyilmaydi:

Chaqimchilik – illat. Sababi u tufayli odamlar oʻrtasi buziladi.

Solishtiring:

Chaqimchilik – illat, chunki u tufayli odamlar oʻrtasi buziladi.
Chaqimchilik – illat. Chunki u tufayli odamlar oʻrtasi buziladi.


#Soʻragan_edingiz

🌐 Sayt 🛜 Telegram ▶️ YouTube
👍31💯6🔥3
Orif Tolib
Sababi: vergul kerakmi yoki yoʻq? Sababi alohida soʻz sifatida izohli lugʻatga kiritilmagan. Lekin amaliyotda alohida soʻz sifatida ishlatiladi – baʼzan sabab bogʻlovchisi oʻrnida keladi. Ikki sodda gapni bogʻlagan payti xuddi sabab bogʻlovchilari kabi undan…
Sababi shuki: vergul va tahrir

Sababi shuki birligidan keyin esa vergul qoʻyish kerak. Chunki u jumlani qoʻshma gapga aylantiradi:

Kitobga bunday nom berilishining sababi shuki, u oʻzini izlayotgan inson haqida hikoya qiladi.

Sababi shuki, harakatsizlik alaloqibat kasallikka olib boradi.

Men sababi shuki birligini ishlatmayman. Boisi bunaqa gap qurilishi oʻzbekcha ifoda tarziga mos emas. Sababi shuki oʻrnida sababi, chunki soʻzlarini ishlatish yoki jumlani tahrirlash kerak:

Kitob oʻzini izlayotgan inson haqida hikoya qiladi, shu sababli unga shunday nom berilgan.
Oʻzini izlayotgan inson haqida hikoya qilgani
sababli kitobga shunday nom berilgan.

Chunki harakatsizlik alaloqibat kasallikka olib boradi.
Sababi harakatsizlik alaloqibat kasallikka olib boradi.

🌐 Sayt 🛜 Telegram ▶️ YouTube
👍19🔥7💯4
Ayrimlar oʻqimaslik uchun ming xil bahona topib yurgan bir paytda baʼzi yosh onalar olti oylik goʻdagi bilan onlayn darslardan til oʻrganib, sertifikat olib, tayanch doktoranturaga kiryapti ekan. Oʻrnak olsa arziydi.

Turk tilini mustaqil oʻrganuvchilarga Gʻulomjon Sobirovning “Ibrat farzandlari” loyihasidagi darslarini tavsiya qilaman. Turkchani oʻzbekchada noldan boshlab oʻrganish mumkin.

Koʻring, oʻrganing, izlaning. Istagan odam imkon topadi:

👉 Onlayn darslar

🌐 Sayt 🛜 Telegram ▶️ YouTube
👍34🔥6💯3
Hammaga quloq tutadigan odamning holiga voy, hech kimni eshitmaydigan odamning holiga esa ikki karra voy.

Bolgar maqoli

🌐 Sayt 🛜 Telegram ▶️ YouTube
👍38🔥15💯9
Negaki: vergul kerakmi yoki yoʻq?

Negaki soʻzidan keyin vergul qoʻyish koʻp uchraydi. Soʻz -ki bogʻlovchisi bilan tugayapti, demak, vergul qoʻyish kerak degan mantiqqa asoslanishsa kerak. Lekin bu yerda -ki bogʻlovchilik xususiyatini yoʻqotgan, chunki, toki, modomiki soʻzlarida boʻlgani kabi soʻz tarkibiga singib ketgan.

Boshqa sabab bogʻlovchilariga oʻxshab qoʻshma gaplarda negaki soʻzidan oldin vergul qoʻyish kerak. U qoʻshma gap tarkibida kelganda ham, sodda gap boshida kelganda ham oʻzidan keyin vergul talab qilmaydi:

Haydovchilar ogohlantirildi, negaki qalin qor yogʻishi kutilyapti.
Haydovchilar ogohlantirildi. Negaki qalin qor yogʻishi kutilyapti.


Men bu bogʻlovchidan koʻra chunki soʻzini afzal bilaman. Sababi u jonli tilda nisbatan koʻp qoʻllanadi, ifodasi tabiiyroq. Biroq bu negaki bogʻlovchisini umuman ishlatmaslikni anglatmaydi. Masalan, qaytariq boʻlmasligi uchun chunki oʻrnida sinonimlarini ishlataman. Ikkita oldingi gapda ham shunday qildim 😉

🌐 Sayt 🛜 Telegram ▶️ YouTube
👍29🔥5💯2
Oʻsha gap

Rus tilida ulugʻ mutafakkirlar ijod qilgan va bu tilning qudratini koʻrsatib bera olgan. Rus tili – axborot olishimda muhim yordamchi. Unga hurmatim baland. Ammo mana bunaqa toʻqimtabiatlarga, oʻzbek tilini mensimaydigan toifalarga aslo toqatim yoʻq.

Gʻulomjon ustoz, bunaqalar koʻp.

Ularga samimiy qilib “Pashoʻl tiy na Havayi” deb qolamiz.

🌐 Sayt    🛜 Telegram    ▶️ YouTube
👍61😢39🤣29😱4
“Data journalism”: maʼlumotlar jurnalistikasi

Inglizchada data journalism yoki data-driven journalism (DDJ) deb ataladigan tushuncha bor. Jurnalistikaning material tayyorlash yoki uni boyitish uchun katta hajmli maʼlumotlarni saralash va tahlil qilishga asoslangan shakli. Uning oʻzbekcha tarjimasi – maʼlumotlar jurnalistikasi.

Baʼzan inglizchasini toʻgʻridan toʻgʻri ishlatish holatlari ham koʻzga tashlanadi: data jurnalistika. Oʻrtasiga chiziqcha ham qoʻyib qoʻyiladi: data-jurnalistika. Ruschadan koʻchirish bu.

Eng yaxshi variant – oʻzbekchasini qoʻllash va ommalashtirish.

#Soʻragan_edingiz

🌐 Sayt 🛜 Telegram ▶️ YouTube
👍37🔥7💯2🤣2
👍59💯13🤣4🤨3🔥2
Meʼmor va bolalar

Ayasofiya soʻzi eski yunoncha ayamuqaddas, sofiyadonolik soʻzlaridan yasalgan, muqaddas donishmandlik maʼnosini beradi. Masjid qayta qurilishida meʼmor Sinonning xizmati bor.


Ayasofya masjidi haqidagi mana bu postni oʻqib, “Hikmatli latifalar va nishonga urilgan soʻzlar” kitobida hikoya qilingan qiziq bir voqea esimga tushdi:

Meʼmor Sinon mashhur Salimiya minoralarini qurarkan, bir toʻda bolalar chugʻurlashib, nimanidir koʻrsatayotganlarini koʻrib qolibdi. Ularga yaqinlashib: “Nima gap?” deb soʻrabdi.

– Amaki, – deyishibdi ular, – shu minorangiz biroz qiyshayibdi.

– Ha, unday boʻlsa, hozir minorani arqon bilan torttirib toʻgʻrilaymiz. Sizlar qarab turinglar, – deb arqon keltirishni buyuribdi.

Meʼmor Sinon to bolalar toʻgʻri boʻldi deyishmaguncha minorani bir arqon bilan torttiraveribdi. Bolalar toʻgʻri boʻldi deyishgach, toʻxtatibdi. Shu orada bir kishi kelib:

– Usta, bu arqon shunday katta minoraga hech bir taʼsir qilmasligini yaxshi bilasiz. Nega endi bolalarning gapiga kirib bunday qildingiz? – deganida meʼmor javob beribdi:

– Shunday qilmasam, bu churvaqalar shahar boʻylab minora qiyshiq degan gap tarqatishadi. Minoraning egri emasligiga hech kimni ishontirolmaymiz. Endi esa minora egri edi, arqon bilan torttirib toʻgʻrilatdik degan gap tarqatishadi. Bu gapga esa aqli bor odam ishonmaydi!

🌐 Sayt 🛜 Telegram ▶️ YouTube
🤣64👍21🔥2
“Hech narsa qilmaydi”ni yuzga koʻpaytirsang, hoʻkizni oʻldirishi mumkin.

Chex maqoli

🌐 Sayt 🛜 Telegram ▶️ YouTube
👍55🔥15🤣14
Umuman: vergul kerakmi yoki yoʻq?

Umuman soʻzi bilan vergul ishlatish koʻp uchraydi. Ammo u vergul talab qiluvchi birliklardan emas.

Umuman ravish soʻz turkumiga mansub va ikki xil maʼnoda qoʻllanadi:

1️⃣ Asos eʼtibori bilan, asosan.

Maqola umuman yaxshi taassurot qoldirdi.

2️⃣ Mutlaqo, butunlay.

Bu ishdan umuman xabarim yoʻq.

💎 Demak, umuman soʻzi bilan umuman vergul ishlatmaslik kerak.

#Soʻragan_edingiz

🌐 Sayt 🛜 Telegram ▶️ YouTube
👍51🤣24🔥5
Orif Tolib
Umuman: vergul kerakmi yoki yoʻq? Umuman soʻzi bilan vergul ishlatish koʻp uchraydi. Ammo u vergul talab qiluvchi birliklardan emas. Umuman ravish soʻz turkumiga mansub va ikki xil maʼnoda qoʻllanadi: 1️⃣ Asos eʼtibori bilan, asosan. Maqola umuman yaxshi…
Umuman olganda

Umuman kirish birikma tarkibida kelganda vergul ishlatiladi. Chunki kiritmalar vergul talab qiladi:

Umuman olganda, bu gapingizda jon bor.

Men bu birikmani ishlatmaslikka harakat qilaman. Koʻp oʻrinlarda u ehtiyojsiz qoʻllanadi va gapga mujmallik qoʻshiladi. Yuqoridagi jumladan birikmani olib tashlaylik:

Bu gapingizda jon bor.

Aniqlik ortdimi? Agar umumlashtirish, ikkilanish, oʻylanish, soʻzlovchiga biroz yon berish maʼnosini bermoqchi boʻlsangiz, bu birikmani ishlatishingiz mumkin. Baʼzan uning vazifasini ham yuklamasi bajara oladi:

Bu gapingizda ham jon bor.

Umuman olganda, bu birikmani koʻp hollarda ishlatmaslik mumkin. Shunisi afzal.

🌐 Sayt 🛜 Telegram ▶️ YouTube
👍41🔥4🤨1
Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
73%
Onaizor
27%
Onayizor
🔥26👍22😱7🤣5💯3🤨2
Dori nima uchun qabulimizga kelmaydi?

Nega dori vositalari deyishlarini hech tushunmayman. Shuningdek, dorini qabul qilish ham men uchun chuchmal jumla boʻlib tuyuladi.

Keling, dori vositalari emas, dori-darmon deylik. Dorini ham qabul qilishdan voz kechib, ichish bilan kifoyalanaylik. Chunki qancha kutsak ham dori qabulimizga kelmaydi 😁 Shunday boʻlgach, qanday qilib dorini qabul qilamiz?

Bir ustozimiz bunday degandi: “Dush qabul qilish uchun shuncha yildan beri kutaman, lekin biror marta ham kelmadi”.

Tildan uzoqlashmaslik kerak deb oʻylayman. Tarjimada ham, tahrirda ham xalq gapirayotgan jonli tilga xos ifodadan foydalanish maʼqul.

Manba: @tahrir_uz

🌐 Sayt    🛜 Telegram    ▶️ YouTube
👍69🤣46🔥14
👍27🤨22😢7💯6
👍28🤣11😱10🤨8💯7🔥2
2025/07/08 21:34:27
Back to Top
HTML Embed Code: