Telegram Web Link
​​Yaqin Sharq va Oʻrta Sharq: farqi nimada?

Yaqin Sharq va Oʻrta Sharq atamalari turli davrlarda turlicha hududlarni anglatgan.

Oʻrta Sharq atamasini ilk bor 1850-yillarda Hindistondagi Britaniya maʼmuriyati qoʻllagan. 1902-yili amerikalik olim Alfred Mahan bu atamani “Arabiston va Hindiston oʻrtasidagi hudud” maʼnosida ishlatadi va uning ommalashishiga zamin yaratadi.

Yaqin Sharq atamasi ham inglizchada XIX asrda paydo boʻlgan. Gʻarb tadqiqotchilari Sharqni uch qismga boʻlgan: Yaqin, Oʻrta va Uzoq Sharq. Yaqin Sharq Usmonlilar sultonligi va Bolqonni, Oʻrta Sharq esa Fors koʻrfazi va Janubi-sharqiy Osiyo oʻrtasidagi hududni qamragan. Uzoq Sharq atamasi Tinch okeanga tutash Osiyo mamlakatlari uchun ishlatilgan.

Ikkinchi jahon urushi arafasida buyuk britaniyalik harbiylar Oʻrta Sharq atamasini Yaqin va Oʻrta Sharqning birgalikdagi hududi uchun qoʻllay boshladi. Keyinchalik bu ommalashdi.

Usmonli sultonligi qulagach, ingliz tilida Yaqin Sharq birikmasi deyarli qoʻllanmay qoʻydi, Oʻrta Sharq esa hududdagi musulmon oʻlkalarni ifodalash uchun ishlatila boshladi.

Undan keyingi davrlarda bu ikki atama turlicha hududlarni bildirdi va chalkashliklarga sabab boʻldi.

Oʻzbek tilida asosan Yaqin Sharq atamasi qoʻllanib keldi. Bunga esa sobiq Ittifoq davridagi asosiy muloqot tili – rus tilining tutumi sabab boʻldi. Chunki ruschada asosan Ближний Восток – Yaqin Sharq atamasi ishlatilgan. Bunda Osiyoning gʻarbiy va janubi-gʻarbiy, Afrikaning shimoli-sharqiy qismidagi hududlar tushunilgan. Rus va oʻzbek tillarida ham Oʻrta Sharq birikmasi qoʻllangan oʻrinlar bor, lekin juda kam. Baʼzan Yaqin va Oʻrta Sharq shaklidagi variant ham uchrab qoladi.

Milliy ensiklopediyaga koʻra, Oʻrta Sharq – Janubi-gʻarbiy Osiyoning Pokiston va Turkiya oraligʻidagi qismining shartli nomi.

Bugun ingliz tilida Yaqin Sharq va Oʻrta Sharq atamalari sinonim sifatida ishlatiladi.

Atamalar ikkixilligi boshqa tillarda ham kuzatiladi. Olmon tilida har ikki atama qoʻllanadi, Oʻrta Sharq koʻproq inglizchadan tarjima qilingan matnlarda uchraydi. Bolgar, polyak, xorvat kabi slavyan tillarida asosan Yaqin Sharq, fransuz, shved, ispan, yunon va italyan kabi Yevropa tillarida esa Oʻrta Sharq koʻproq ishlatiladi. Mintaqadagi mamlakatlar tillarida, jumladan, arab, fors, turk va ibroniy kabi tillarda ham Oʻrta Sharq atamasi afzal koʻriladi.

Eʼtiborli jihati: Yaqin Sharq atamasini ham, Oʻrta Sharq atamasini ham yevropaliklar isteʼmolga kiritgan va bunda mintaqaning Yevropaga nisbatan joylashuvini nazarda tutgan.

🌐 Sayt 🛜 Telegram ▶️ YouTube
👍17🔥1
​​Hisbelgi nima?

2020-yili emoji soʻziga oʻzbekcha muqobil topish uchun soʻrovnoma bergandim. Unda kulgich, kuldirgich, kulinchoq, imochi, hisbelgi kabi soʻzlarni variant sifatida taklif qilgandim. Eng koʻp ovozni hisbelgi soʻzi olgandi.

Keyin bu maʼlumot 2022-yili nashr qilingan 6-sinf “Ona tili” darsligiga ham kiritildi.

Darslik bu soʻzga shunday izoh bergan:

Hisbelgi – his-tuygʻu, narsa va hodisalarni ifodalovchi belgi. Odatda bitta soʻz yoki gap maʼnosiga teng keladi. Hisbelgi odam, hayvon va turli predmetlar shaklida boʻlishi mumkin.

Hisbelgi rasmiy boʻlmagan matnlarda, shaxsiy yozishmalarda qoʻllanadi. Uning qoʻllanishi tinish belgilarining vazifasiga taʼsir etmaydi.


Oradan toʻrt yildan koʻproq vaqt oʻtdi. Hisbelgi soʻzi ommalashdi. Bugun faqat oʻqituvchilar emas, boshqa soha vakillari ham emoji yoki smaylik oʻrnida hisbelgi atamasini ishlatayotganiga guvoh boʻlyapman. Neologizmlarni oʻzbekchalashtirish yoʻlidagi kichik gʻalaba bu.

Aytgancha, emoji soʻzining inglizcha emotion – hissiyot soʻziga aloqasi yoʻq. Shaklan oʻxshash xolos. Asli yaponcha, rasmli belgi yoki rasm-belgi maʼnosiga ega. Emoʻzi deganga oʻxshash oʻqilar ekan.

Emoji deganda kishining koʻz oldiga birinchi galda turli yuz ifodalariga ega belgilar keladi. Narsa-buyum, hodisaning biror yorqin xususiyatiga qarab ot qoʻyish amaliyoti tilda bor. Shunga koʻra, emojini hisbelgi deb atash asoslidir.

🌐 Sayt 🛜 Telegram ▶️ YouTube
👍77🔥10💯3😢1
Orif Tolib
“Til va adabiyot ta’limi” ilmiy-metodik jurnali Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligi va Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 542 yilligi munosabati bilan ajoyib tuhfa tayyorlabdi. Jurnalda 1️⃣0️⃣ yil davomida e’lon qilib kelingan 2️⃣0️⃣0️⃣ ga yaqin…
200 ga yaqin ijodiy ishga 39 000 soʻmlik chegirma narx berishibdi. Chegirmasiz 130 ming soʻm boʻladi.

Imtiyozli narx 21:59 gacha amalda edi. Tahririyat @oriftolib sahifasi obunachilari uchun chegirmani ertalabki 8:00 gacha uzaytirdi.

Chegirmadan foydalanish uchun 39 000 soʻm toʻlang va chek bilan birga oriftolib kalit soʻzini joʻnating.

👉 Toʻlov qilish yoʻriqnomasi
👉 Chekni yuborish uchun bot

🌐 Sayt 🛜 Telegram ▶️ YouTube
👍28🔥5🤣5💯2😱1😢1
Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
11%
Balqon davlatlari
89%
Bolqon davlatlari
👍37🔥5💯4🤨2🤣1
👍36🤨21🔥4🤣3💯2
oriftolib.uz sayti yangi materiallar bilan boyitildi

Saytga yangi materiallar qoʻshildi. Veb sahifa maqolalarni izlash, bir mavzuga oid turkum materiallar bilan tanishishda telegramga nisbatan ancha qulay.

oriftolib.uz dagi asosiy ruknlar:

🔹 Ijod
🔹 Jurnalistika
🔹 Ilmiy ishlar
🔹 Dars
🔹 Audio, video
🔹 Muallif haqida

🌐 Sayt 🛜 Telegram ▶️ YouTube
👍37🔥8💯3😱1
Toʻgʻrisi yod, xatosi yot boʻlsin

“Ibrat farzandlari” loyihasida savodxonlik boʻyicha navbatdagi dars eʼlon qilindi. Lavhada yozishda koʻp xato qilinadigan soʻzlarning maʼno-mazmuni, qoʻllanishi, imlosidagi eʼtiborli jihatlar tushuntirilgan.

Darsda faqat imlo emas, soʻz qoʻllash va tahrir boʻyicha ham maʼlumotlar olasiz.


👉 youtu.be/g8jKIktuoqY

🌐 Sayt 🛜 Telegram ▶️ YouTube
👍48🔥11
Kuchli boshqalarga kuch bagʻishlaydi, kuchsiz boshqalarni ham zaiflashtiradi.

Amhara maqoli

🌐 Sayt 🛜 Telegram ▶️ YouTube
🔥21👍14💯5
​​“Buni biz ham qila olamiz!”

Yangi qitʼa kashfiyotchisi Xristofor Kolumbga hasad qiladiganlar koʻp edi. Hasad bor joyda albatta gʻiybat boʻladi. Dengizchi bir gal qovoqxonaga kirsa, bir toʻda alamzadalar yana Kolumbning tomorqasiga tosh otishayotgan ekan:

– Dengizdan suzib oʻtib, quruqlikka borish nima degan gap? Buni biz ham qila olamiz!

Xristofor ular oʻtirgan stol yaqiniga boradi va qovoqxona egasidan bir dona pishmagan tuxum soʻrab oladi.

– Janoblar, sizlar uddaburon va donosizlar. Bunga shubha yoʻq. Qani, mana shu tuxumni tik turgʻazib beringlar-chi!

Gʻiybatchilar guruhi har qancha urinmasin, bu ishni uddalay olmaydi.

– Boʻpti, oʻzing qil-chi! – deyishadi nihoyat.

Kolumb tuxumni oladi-da, tirs etkazib stolga uradi. Tuxumning uch qismi biroz pachoq boʻladi va u tik turib qoladi. Favqulodda holatni kutayotgan gʻiybatchilar birdaniga guvrab yuboradi:

– Eee, shuyam ishmi? Buni biz ham qila olamiz!

– Toʻgʻri, – deb javob beradi mashhur dengizchi. – Faqat Kolumbdan keyin.

👉 Mashhurlar hayotidan

🌐 Sayt 🛜 Telegram ▶️ YouTube
🤣64👍50🔥7💯3😢1
Adabiy kechaga marhamat

Ertaga, 17-yanvar kuni soat 16:00 da Oʻzbekiston milliy kutubxonasining 5-qavatidagi katta zalda marhum shoir Akmal Tosh ijodiga bagʻishlangan adabiy kecha boʻlib oʻtar ekan.

Adabiy kechada shoirning “Xavotir” nomli kitobi taqdimoti ham oʻtkaziladi.

Adabiyot ixlosmandlari, soʻz muxlislari adabiy kechaga taklif etiladi.

🌐 Sayt 🛜 Telegram ▶️ YouTube
👍25🔥9💯1
​​Bolqon va Fors koʻrfazi mamlakatlari

Siyosiy xabarlarni oʻqigan-eshitganda bu soʻzlarga duch kelgan boʻlsangiz kerak. Xoʻsh, ular aynan qaysi hududlarni bildiradi?

Bolqon davlatlari deganda Bolqon yarimorolidagi mamlakatlar tushuniladi. Bolqon yarimoroli Janubi-sharqiy Yevropada. Asosan togʻli hududlardan iborat. Bolqon yarimorolida Albaniya, Bosniya va Gersegovina, Bolgariya, Gretsiya, Chernogoriya, Shimoliy Makedoniya kabi davlatlar joylashgan. Serbiya, Sloveniya, Turkiya, Xorvatiya, Ruminiya kabi mamlakatlar esa Bolqon yarimorolidan qisman yer olgan. Baʼzan Ruminiya toʻliq shaklda Bolqon yarimoroli tarkibida deb talqin qilinadi.

Fors koʻrfazi yoki Fors qoʻltigʻi – Hind okeanida joylashgan, Eron va Saudiya Arabistoni qirgʻoqlari orasidagi koʻrfazdir. Ummon, Birlashgan Arab Amirliklari, Saudiya Arabistoni, Qatar, Bahrayn, Kuvayt, Iroq va Eron koʻrfazning qirgʻoqboʻyi mamlakatlaridir.

Qoʻltiq dunyoning juda koʻp tillarida Fors koʻrfazi deb yuritiladi. Arab mamlakatlari uni Arab koʻrfazi deb ataydi, bu nom boshqa tillarga ham koʻchib oʻtgan. Turklar esa unga Basra koʻrfazi deb nom berganlar.

🌐 Sayt 🛜 Telegram ▶️ YouTube
👍27🔥4💯3
Agar seni birov oʻzingda yoʻq sifatlar bilan maqtayotgan boʻlsa, esingda boʻlsin, u seni oʻzingda yoʻq qusurlar bilan yomonlaydi ham.

Arab maqoli

🌐 Sayt 🛜 Telegram ▶️ YouTube
👍44💯10🔥2
Aybdorga hamma u haqda gapirayotganday tuyuladi.

Arman maqoli

🌐 Sayt 🛜 Telegram ▶️ YouTube
💯26👍8🔥5😢5
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Toʻgʻrisi yod, xatosi yot boʻlsin | 5️⃣6️⃣-dars | Oʻzbek tilidan savodxonlik darslari

👉 YouTubeʼda koʻrish

🌐 Sayt 🛜 Telegram ▶️ YouTube
🔥19👍10💯3
Amir Temurga nisbat beriladigan gap qaysi qatorda toʻgʻri berilgan?
Anonymous Quiz
26%
Bizkim, maliki Turon, amiri Turkistonmiz!
74%
Bizkim, mulki Turon, amiri Turkistonmiz!
🤨58👍36🤣35💯11😱10🔥5
Oʻqish-oʻrganishni toʻxtatgan odam qariydi. Yoshi yigirmadami yo saksondami – ahamiyatsiz. Oʻrganishda davom etgan odam yosh boʻlib qolaveradi. Hayotdagi eng muhim narsa – miyani yosh saqlash.

Henri Ford

🌐 Sayt 🛜 Telegram ▶️ YouTube
👍41💯10🔥5
Qumli choʻl-sahrolarda qum uyurmasi hosil qilib koʻtariladigan quruq issiq shamol – ...
Anonymous Quiz
40%
Musson
50%
Samum
10%
Epkin
👍35💯10🔥7😢4
​​Kitob oʻqigan mahbuslarning jazo muddati qisqartiriladi

“Milliy tiklanish” partiyasi maʼlum qilishicha, bir necha yillardan buyon kitobxon mahkumlarning jazo muddatini qisqartirish taklifini ilgari surib kelayotgan ekan. Nihoyat bu boʻyicha qonun loyihasi ishlab chiqilibdi.

Unga koʻra, tasdiqlangan roʻyxat boʻyicha 1 ta kitob oʻqigan va belgilangan imtihonni topshirgan mahkumning jazo muddati 3 kunga qisqartiriladi. Bunda yiliga koʻpi bilan 10 ta kitob oʻqish mumkin.

🟢 Mahkumlar oʻqiydigan adabiyotlar roʻyxatini Respublika maʼnaviyat va maʼrifat markazi tasdiqlaydi.

Partiya ushbu tashabbusda xorij tajribasiga asoslanganini taʼkidlagan.

Oldinroq Braziliya turmalaridagi shunday tartib haqida yozgan edim. U yerdagi imtihon uslubini bizda ham qoʻllasa boʻladi:

Mahbus turma kutubxonasidagi badiiy, falsafiy yoki ilmiy asarlarni oʻqishi mumkin. Bitta kitobni oʻqish uchun 21 kundan 30 kungacha muhlat beriladi. Mutolaadan soʻng mahbuslar oʻqigan kitoblari haqida kichik esse (mulohaza) yozadi, uni mutaxassislar koʻrib chiqadi. Mabodo koʻchirmachilik aniqlangudek boʻlsa, mahbus bu dasturdan chetlashtiriladi.


🌐 Sayt 🛜 Telegram ▶️ YouTube
👍46🔥13🤣7💯2
Orif Tolib
​​Kitob oʻqigan mahbuslarning jazo muddati qisqartiriladi “Milliy tiklanish” partiyasi maʼlum qilishicha, bir necha yillardan buyon kitobxon mahkumlarning jazo muddatini qisqartirish taklifini ilgari surib kelayotgan ekan. Nihoyat bu boʻyicha qonun loyihasi…
Menda loyiha boʻyicha baʼzi takliflar bor:

1️⃣ Bu tartib ijtimoiy xavfi nisbatan kichik jinoyatlarni sodir etganlarga qoʻllansa kerak. Shuni hisobga olsak, kitoblar soniga bunday cheklov qoʻymagan maʼqul. Hozirgi holatda koʻpi bilan bir oylik muddatni qisqartirish mumkin. Bu, menimcha, kam. Bir yillik muddatni qisqartirish imkonini beradigan qilish kerak. Shunda kitobxonlikka rosmana targʻib boʻladi va bir yillik muddat katta ragʻbat uygʻotadi. Cheklovni boshqacharoq oʻrnatish mumkin: bir yilda uzogʻi 30 ta kitob boʻyicha imtihon topshiradi, lekin keyingi yili yana shuncha kitob boʻyicha imtihon topshirish imkoni beriladi.

2️⃣ Har bir kitob boʻyicha imtihon olish anchagina vaqt, ishchi kuchi talab etadi. Bu esa mablagʻ sarflanishini anglatadi. Tartibning moliyaviy asosini mustahkam ishlab chiqish zarur. Braziliyadagi kabi imtihonni esse koʻrinishida olsa ham boʻladi.

3️⃣ Kitoblar roʻyxati maʼlum bir mavzudagi risolalar, maqolalar toʻplamlaridan iborat boʻlmasligi kerak. Bunda fikrlashga undaydigan, kishining ongini oʻstiradigan adabiyotlarga eʼtibor qaratilishi zarur. Chunki maqsad jismoniy ozodlikkina emas, tafakkur ozodligi hamdir.

4️⃣ Suiisteʼmolning oldini olish ham muhim. Deylik, bu imkoniyatdan foydalanib jazo muddatini yarim yil yoki bir yilga qisqartgan kishi ozodlikka chiqqach, yana jinoyat sodir etsa, bu imtiyozdan qayta foydalana olmaydi.

🌐 Sayt 🛜 Telegram ▶️ YouTube
👍54💯10🔥6😱1
​​Universitetga oʻzbekcha ot qoʻysa ham boʻladi

Oʻzbekistonda Cyber university davlat universiteti tashkil etiladi deb xabar beryapti Kun.uz. Oliy oʻquv yurti kiberxavfsizlik, raqamli texnologiyalar, raqamli iqtisodiyot, sunʼiy intellektga asoslangan avtomatlashtirilgan axborot-tahliliy tizimlarni yaratish, robototexnika va boshqa turdosh sohalar boʻyicha kadrlar tayyorlash maqsadida tashkil etilyapti.

Universitetda kiberxavfsizlik, raqamli texnologiyalar, sunʼiy intellekt va boshqa turdosh sohalar boʻyicha kadrlar tayyorlanadi.

Eʼtiborimni tortgan jihat: oliy oʻquv yurti davlatga tegishli va unga inglizcha nom berilgan. Xususiy universitetlarning aksariyati oʻziga inglizcha ot qoʻydi va bunga koʻz oʻrgandi. Endi navbat davlat taʼlim muassasalariga ham kelibdi. Nom inglizcha boʻlsa, daraja koʻtariladimi yo taʼlim yaxshiroq berilib qoladimi?

Yangi tashkil etilayotgan universitet yoʻnalishlaridan kelib chiqib unga oʻzbekcha ot topish muammo emas. Hech iloji boʻlmasa, nomni oʻzbekcha imloda ifodalasa boʻladi.

Variantlar:
🔹 Raqamli texnologiyalar universiteti
🔹 Raqamli dunyo universiteti
🔹 Raqamli tizimlar universiteti
🔹 Kiberxavfsizlik universiteti


Oʻzbekcha nomni-ku topsa boʻladi, lekin xohishni-chi?

🌐 Sayt 🛜 Telegram ▶️ YouTube
👍81💯33🔥14🤨2
2025/07/09 20:21:06
Back to Top
HTML Embed Code: