Telegram Web Link
#xalqaro_anjuman

Navoiyda “Zarafshon mintaqasini kompleks innovatsion rivojlantirish: yutuqlar, muammolar va istiqbollar” VI xalqaro ilmiy-texnik anjumani bo‘lib o‘tmoqda

Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universitetida 24–25-sentyabr kunlari bo‘lib o‘tayotgan mazkur konferensiya ta’lim muassasasi tashkil etilganligining 30 yilligiga (1995-yilda Navoiy davlat konchilik instituti faoliyat boshlagan) bag‘ishlangan bo‘lib, unda Rossiya, Germaniya, Vengriya, Xitoy, Malayziya, Qozog‘iston kabi 10 ga yaqin mamlakatlarning 50 nafardan ortiq olimlari ishtirok etayapti.

Anjumanning rasmiy ochilishidan avval bir guruh mahalliy va xorijiy oliy ta'lim dargohlari vakillari NDKTU jamoasini 30 yillik sana bilan qutladi. Shundan so‘ng bir guruh olimlar va yoshlar alohida taqdirlandi. Yalpi majlis va sho‘balarda qator dolzarb ma’ruzalar tinglandi.

Konferensiya doirasida matbuot anjumani ham tashkil etildi. Shuningdek, ishtirokchilar olimlarimizning ixtiro va amaliy ishlanmalari ko‘rgazmasi bilan tanishdi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#qonunchilik_yangiliklari

Vazirlar Mahkamasining 578-sonli qarori bilan oliy ta’lim tashkilotlariga o‘qishga qabul qilish tartibi belgilandi

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
UNESCO-ICHEI bilan hamkorlik memorandumi imzolandi

26-sentyabr kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazi hamda Xitoy Xalq Respublikasidagi UNESCO-ICHEI oliy ta’lim innovatsiyalari markazi rahbariyati o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Muloqotda oliy ta’lim dasturlarini takomillashtirish, raqamli transformatsiya jarayonlari, sun’iy intellektdan samarali foydalanish, qo‘shma tadqiqotlar o‘tkazish va ilg‘or tajribalarni amaliyotga joriy etish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazi va Xitoy Xalq Respublikasidagi UNESCO-ICHEI oliy ta’lim innovatsiyalari markazi o‘rtasida xalqaro hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Eko_innovation

Nukus davlat texnika universitetida “Eko-innovation – 2025” ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi

Oliy ta’lim tashkilotlari talabalari orasida ekologik muammolarni innovatsion yechimlar orqali hal etishga qaratilgan loyihalar va ishlanmalarni taqdim etish, targ‘ib qilish va qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan ko‘rgazma ko‘taringki tazrda o‘tkazildi.

Atrof-muhitni muhofaza qilish, iqlim o‘zgarishlariga qarshi kurash, chiqindilarni qayta ishlash va kamaytirish, qayta tiklanuvchi energiya manbalari, innovatsion ekologik texnologiyalar va qurilmalar yo'nalishlari bo‘yicha ishtirokchilar jamoaviy va yakka tartibda o‘z loyihalarini taqdim etdilar.

Koʻrgazmada 20 ga yaqin loyihalar taqdim etilgan boʻlsa, ular orasidan eng yaxshilari yoʻnalishlar boʻyicha gʻolib deb topildi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
#Xizmat_safari #Sirdaryo

Vazir Yangiyer filialida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonlarini ko‘zdan kechirdi


26-sentyabr kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filialida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik darajasi, amalga oshirilgan ta’mirlash va obodonlashtirish ishlari, shuningdek, talabalar uchun yaratilgan turar joy sharoitlari bilan tanishdi.

Vazir yaqinda foydalanishga topshirilgan 560 o‘rinli talabalar yotoqxonasi sharoitlarini ko‘zdan kechirib, xonalar, oshxona, yuvinish xonalari va xavfsizlik vositalarining talabga mosligini baholadi. Shuningdek, filial mas’ullari bilan xalqaro tajribani joriy etish masalasi muhokama qilinib, xorijiy talabalarni jalb etishda yotoqxona sharoitlarining ahamiyati ta’kidlandi.

Yakunda Qo‘ng‘irotboy Sharipov talabalar hamda “Qalqon” jamoatchilik guruhi a’zolari bilan uchrashib, ularning fikr va takliflarini tingladi. Vazir yoshlarga yaratilgan imkoniyatlardan samarali foydalanish zarurligini qayd etib, ularning kelajakdagi yutuqlari mamlakat taraqqiyotiga xizmat qilishini bildirdi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍1🔥1👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Xizmat_safari #Sirdaryo

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filialida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik darajasi, amalga oshirilgan ta’mirlash va obodonlashtirish ishlari, shuningdek, talabalar uchun yaratilgan turar joy sharoitlari bilan tanishdi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍2🔥2👏2
#bolalar_uchun

Tanlov loyihalari: badiiy filmlar


Bolalar kontentini rivojlantirish markazi tomonidan oʻtkazilayotgan ijodiy tanlovlar uchun badiiy filmlar yoʻnalishida quyidagi ijodiy tashkilotlardan loyihalar qabul qilib olindi.

Bolalar va oʻsmirlarda matematika, fizika, informatika, robototexnika kabi fanlarga qiziqishni uygʻotish, ularni innovatsion sohalarga yoʻnaltirish va kelajakdagi muvaffaqiyatlariga ilhom bagʻishlash, ushbu fanlarning ahamiyatini jozibali va tushunarli tarzda yoritib beradigan badiiy film yoʻnalishida:

“Your film Entertainment” studiyasi;
“Art Films Makers” studiyasi;
“Xuroson animatsion studio” studiyasi;
“Green Art” studiyasi;
“Favvora film” studiyasi;
“Telahor Productions and Distribution” studiyasi;
“Art zamon media” studiyasi;
“O‘zbekfilm” studiyasi;
“QD films” studiyasi;
“Art Craft” studiyasi;
“Sinekino Production” studiyasi;
“Ijod” studiyasi.
Hamkor tashkilotOliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi.


Chekka hududdagi bolalarni futbolga jalb etish, millat farzandlarida chempionlik ruhini uygʻotish, bolalarga sportning birlashtiruvchi kuchini, maqsadga erishish yoʻlidagi sabot va intilishning ahamiyatini yetkazish, bu orqali bolalarni nafaqat sportda, balki hayotda ham katta yutuqlarga erishishga ilhomlantiradigan badiiy film yoʻnalishida:

“Uzakov produchtion” studiyasi;
“Green Art” studiyasi;
“Vatan” studiyasi;
“Ijod” studiyasi.
Hamkor tashkilotSport vazirligi.


Bolalarning psixologiyasi, oʻz-oʻziga boʻlgan ishonchi, bilim olish istagi, hayoti va sogʻligʻiga bullingning salbiy taʼsirini koʻrsatadigan, bolalarning oʻz oʻrnini topishida koʻmaklashish, bunday vaziyatlarning oldini olish va sogʻlom muhit yaratish boʻyicha amaliy yechimlarni taklif etadigan badiiy film yoʻnalishida:

“FENOMEN MEDIA GROUP” studiyasi – 2 ta loyiha;
“VGIK MEDIA CENTER” studiyasi;
“LAST MEDIA” studiyasi;
“Favorite cinema” studiyasi
“Your film Entertainment” studiyasi;
“Sintez film” studiyasi;
“Yoshlik” studiyasi;
“Pixel studio” studiyasi – 2 ta loyiha;
“O‘zbekfilm” studiyasi – 4 ta loyiha;
“Dilshoh media” studiyasi;
“ART CREATOR” studiyasi;
“Shaxriyor Baxtiyor” studiyasi;
“Dastlab” studiyasi;
“Sinekino Produchtion” studiyasi;
“Zodiac Group” studiyasi.
Hamkor tashkilotIjtimoiy himoya milliy agentligi.


Bolalarga bojxona xodimlarining fidoyiligi, xizmat itlari bilan bogʻliq holatlar haqida tasavvur berish va ularda bojxona xodimi boʻlishga qiziqish uygʻotadigan badiiy film yoʻnalishida:

“Minor film” studiyasi;
“Naqshab film” studiyasi;
“Imkon films” studiyasi;
“Big event” studiyasi;
“Art zamon media” studiyasi;
“Zodiac Group” studiyasi;
“Pixel studio” studiyasi;
“Ijod” studiyasi.
Hamkor tashkilotBojxona qoʻmitasi.


Barcha ishtirokchilarga omad tilaymiz.

📱 Telegram | 📱 Facebook | 📱 Instagram | 📱 X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/10/31 13:58:36
Back to Top
HTML Embed Code: