Telegram Web Link
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#ogohlik

🚭 Giyohvandlik – bu tanlov emas, bu halokat!

🛑 Giyohvandlik – insonni sekin, lekin muqarrar yemiradigan ofat. Birinchi qadam qiziqishdan boshlanadi. Ammo oqibati sog‘liqdan, orzudan, hatto hayotdan ayrilish bo‘ladi.

🎥 Ushbu videorolik Toshkent davlat tibbiyot universiteti talabalari tomonidan tayyorlandi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
🟦🟦🟦

O‘zbek tili bayrami munosabati bilan “Vatandoshlar” jamoat fondi tomonidan tanlov o‘tkazildi


21-oktyabr – O‘zbek tili bayrami munosabati bilan tashkil etilgan mazkur tanlovda xorijiy mamlakatlarda yashayotgan vatandoshlarimiz faol ishtirok etdilar.

Tanlov ishtirokchilari o‘zbek tiliga bo‘lgan mehrini, ijodiy salohiyati va tashabbuskorligini namoyon etib, bir-biridan qiziqarli ishlarni taqdim etdilar.

Tanlov natijalariga ko‘ra g‘oliblar quyidagicha aniqlandi:

🏆 “Eng tashabbuskor o‘zbek tili ustozi” nominatsiyasi:
🥇 1-o‘rin – Korganbayeva Nilufar (Qozog‘iston)
🥈 2-o‘rin – Maxmetova Mavjuda (Qozog‘iston)
🥉 3-o‘rin – Jahongirova Yulduz (Qozog‘iston)

🖋 “Eng yaxshi insho” nominatsiyasi:
🥇 1-o‘rin – Abdurahimova Dilnura (Tojikiston)
🥈 2-o‘rin – Baxtiyarova Durdona (Qozog‘iston)
🥉 3-o‘rin – Yuldasheva Muhabbatoy (Qirg‘iziston)

🎬 “Eng yaxshi videorolik” nominatsiyasi:
🥇 1-o‘rin – Muhsin Azimov (Fransiya)
🥈 2-o‘rin – Muslima Yaxshibayeva (Qozog‘iston)
🥉 3-o‘rin – Ozodaxon Sanginova (Qirg‘iziston)

🎉 Barcha g‘olib va ishtirokchilarni chin dildan tabriklaymiz!

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#seminar

Buxoroda Germaniyaning “Sparkassenstiftung” tashkiloti ishtirokida “Biznes va innovatsiya” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi


Buxoro energetika, neft va gaz sanoati texnikumida Germaniyaning “Sparkassenstiftung” tashkiloti ishtirokida “Biznes va innovatsiya” mavzusiga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi.

Mazkur seminarda kasbiy ta’lim muassasalari direktorlarining ishtiroki ta’minlandi. Seminar doirasida Germaniyalik ekspert Sebastian Xled tomonidan texnikumlarda innovatsion g‘oyalarni shakllantirish, ularni amaliyotga joriy etish hamda ta’lim muassasalarida samarali boshqaruv tizimini yo‘lga qo‘yish masalalari yuzasidan amaliy tavsiyalar berildi.

Tadbir davomida ishtirokchilar “Biznes va innovatsiya” yo‘nalishida guruhli ishlash, muammolarni aniqlash, ularning yechimlarini topish, interaktiv metodlar — MuShCo ovoz berish, aqliy hujum, natijalarni umumlashtirish va innovatsion yondashuvlar orqali yangi g‘oyalar ishlab chiqish jarayonlarida faol qatnashdilar.

Mazkur seminar yoshlarning biznes va innovatsion tafakkurini rivojlantirish, kasbiy ta’lim tizimida xalqaro tajribani amaliyotga tatbiq etish yo‘lida muhim qadamlardan biri bo‘ldi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
#davra_suhbati

Oliy taʼlim muassasalarida favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha davra suhbati tashkil etildi


Toshkentdagi “Xalqlar do‘stligi” san’at saroyida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi hamkorligida davra suhbati o‘tkazildi. Unda oliy ta’lim muassasalarida yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektorlar, dekan o‘rinbosarlari, tyutorlar, shuningdek, yong‘in xavfsizligi yo‘nalishiga mas’ul bo‘lgan mutasaddilar ishtirok etdi.

Davra suhbatida soha mutaxassislari tomonidan oliy taʼlim muassasalarida favqulodda vaziyatlarning oldini olish, ijara xonadonlarida yashab tahsil olayotgan talabalarning yashash sharoitlarini o‘rganish hamda is gazi bilan bog‘liq bo‘lgan baxtsiz holatlarning oldini olish, shuningdek, yong‘in xavfsizligini ta’minlash mavzularida tushunchalar berildi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍1
#xalqaro_anjuman

Toshkentda ESG tamoyillariga bag‘ishlangan xalqaro anjuman bo‘lib o‘tdi


24-oktyabr kuni poytaxtimizdagi “INNO” innovatsion o‘quv-ishlab chiqarish texnoparkida ESG tamoyillari – hududlarni barqaror rivojlantirish va biznesni transformatsiyalash drayveri” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi.

Anjuman Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Toshkent menejment va iqtisodiyot instituti, “INNO” innovatsion texnoparki hamda O‘zbekiston Ekologik partiyasi hamkorligida tashkil etildi.

Tadbir davomida barqaror rivojlanishning zamonaviy yondashuvlari, ta’lim muassasalari va biznesning ESG tamoyillarini joriy etishdagi o‘rni, shuningdek, mamlakat hududlarida “yashil” tashabbuslarni ilgari surish istiqbollari muhokama qilindi.
———

В Ташкенте состоялась международная конференция по ESG-принципам

24 октября в инновационном учебно-производственном технопарке “INNO” прошла Международная научно-практическая конференция на тему «ESG-принципы — драйвер устойчивого развития регионов и трансформации бизнеса».

Конференция организована Министерством высшего образования, науки и инноваций Республики Узбекистан, Ташкентским институтом менеджмента и экономики, инновационным технопарком “INNO” и Экологической партией Узбекистана.

В ходе мероприятия обсуждались современные подходы к устойчивому развитию, повышение роли образовательных учреждений и бизнеса в реализации ESG-принципов, а также перспективы внедрения “зеленых” инициатив в регионах страны.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
#Garvard #TDIU

Garvard universiteti professori Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida faoliyatini boshladi

Professor Sergi Bruno Serjio o‘z faoliyatini universitetning ta’lim dasturlarini takomillashtirish, akademik jarayonlarni xalqaro standartlarga moslashtirish hamda universitetdagi transformatsiya jarayonlarini jadallashtirishga qaratgan ilmiy-amaliy ishlarda faoliyat olib boradi.

Professor xalqaro ilmiy maydonda jahon iqtisodiyoti va rivojlanayotgan bozorlar sohasida nufuzli olim sifatida tan olinadi, bugungi kunda uning ilmiy merosi va tajribasi global rivojlanish jarayonlariga munosib hissa qo‘shib kelmoqda.

Professor Bruno S. Sergi Cambridge University Press va Emerald Publishing nashriyotlari ilmiy jurnallarining tahrir hay’ati a’zosi hisoblanib, 30 dan ortiq kitob va 100 dan ziyod ilmiy maqolalar muallifidir.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍1
#Xalqaro_hamkorlik

Oʻzbekiston–Germaniya qoʻshma komissiyasining 5-yigʻilishi boʻlib oʻtdi


Mazkur yigʻilishda Oʻzbekiston Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamraisligida Fanlar akademiyasi va Madaniyat vazirligining tegishli boʻlinmalari rahbarlari, Germaniya tomonidan esa Germaniya Tashqi ishlar vazirligining Ijtimoiy va madaniy hamkorlik departamenti direktori oʻrinbosari janob Shtefan Rossel boshchiligidagi delegatsiya ishtirok etdi.

Uchrashuvda ikki mamlakat oʻrtasidagi madaniy-gumanitar, taʼlim va ilmiy sohalardagi hamkorlik istiqbollari, amalga oshirilayotgan loyihalar hamda yangi tashabbuslar muhokama qilindi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/97049

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍2🔥1👏1
2025/10/31 05:24:11
Back to Top
HTML Embed Code: