Telegram Web Link
Sitora qaytdi!!!

iPhone 15 qanaqa bo’lishini gapirib beradi :)

Tomosha qiling
📹 https://youtu.be/7Qwgub96qyg

@pakapak
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
23🔥10👍8💩8👎6😍1😐1
Kompyuterlar tarixi haqida yangi video!

Tomosha qiling
📹 https://youtu.be/dSD9RwVibtw

@pakapak
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍25❤‍🔥5🔥1🤣1
O’zbekistonda eksklyuziv kontent!)

Bu videoda gibrid va elektromobilni solishtiramiz.

Birdaniga 3 ta mashina: BYD Frigate 07, Huawei Aito M7 va BYD Tang EV!

Qaysi birini tanlash kerak? Qaysi biri tezroq va qulayroq?

Videoda tomosha qiling:
https://youtu.be/C7ibyOo8FhM

@pakapak
👍35😐7🔥2👌2💯1🤷1
iPhone 15 chiqdi! Sotib olishga arziydimi?

Tomosha qiling
📹 https://youtu.be/dY8U4_SRTLA

@pakapak
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍51💩343🔥1🕊1😇1
Avtomobillar haqida alohida kanal ochishni o’ylab turibmiz. Yoki Pakapak ichida bo’laversinmi?

Bunga qanday qaraysiz? Agar alohida kanal bo’lishini istasangiz, bu kanal uchun nom taklif qilsangiz, xursand bo’lar edik 🙂

@pakapak
👍97👎16🔥4😎2
🥸 Fransiya iPhone 12'ni ta'qiqlab qo‘ydi

Fransiya hukumati telefonlarning nurlanish ko‘rsatkichlarini o‘lchab chiqib, iPhone 12'da nurlanish darajasi normadan o‘tib ketganini aniqlashdi. 4 Vt/kg norma bo‘lsa, iPhone 12'da 5,74 Vt/kg. Fransiyaliklar endi iPhone 12 sotib ololmaydi.

😁 — iPhone 15 uchun yaxshi reklama
😐 — menda iPhone 12, endi erta o‘lamanmi?
🗿 — Nokiam baribir zo‘r demaganmidim

@pakapak
🗿152😁40😐22👍6
💻 Kompyuterida Windows 11 bor pakapakchilar uchun yaxshi yangilik

Windows 11'ning so‘nggi beta-versiyasida "Ножницы" dasturi yangilandi. Endi unda Windows, iOS va Android'da olingan skrinshotlardagi matnlarni ko‘chirib olish mumkin.

Bundan tashqari, PhoneLink ilovasini o‘rnatib olib, Android'da skrinshot olsangiz, kompyuteringizda shu haqida bildirishnoma chiqadi. Agar bildirishnomani bossangiz, rasm avtomatik tarzda Android'dan Windows'ga o‘tadi va "Ножницы" dasturida ochiladi.

Katta ehtimol bilan bu funksiya bir necha oydan keyingina Windows 11'ning stabil versiyasida paydo bo‘ladi. Aytib o‘tish kerak, keyingi hafta Microsoft sun'iy intellektga bag‘ishlab taqdimot o‘tkazmoqchi, unda skrinshotlardan matnni aniqlash borasida ko‘proq ma'lumot berishi ham mumkin.

👍 — agar Microsoft'ning yangi sun'iy intellektlar haqida video tayyorlashimizni xohlasangiz
❤️ — Windows 11'ning oxirgi beta-versiyasini yuklamoqchi bo‘lsangiz

@pakapak
👍6917🔥2👎1😐1
🍏 iOS 17'da qanday yangi emojilar chiqishi aniq bo‘ldi

Apple bu safar mana bunday yangi emotikonlar tayyorladi — gorizontal ravishda silkinayotgan bosh, vertikal ravishda silkinayotgan bosh, feniks qushi, laym, jigarrang qo‘ziqorin va singan zanjir. Bundan tashqari, ro‘yxatga boshqa yo‘nalishda aks ettirilgan emojilar ham kiritilgan.

❤️ — aynan kerakli emojilar
👍 — menga yoqdi
👎 — bo‘mapti

@pakapak
👎130👍517😁4❤‍🔥1🔥1
🔋 iPhone 15 bilan iPhone 14 akkumulyatorlarida qanday farq bor?

▪️ iPhone 15: 3349 mAs
▪️ iPhone 15 Plus: 4383 mAs
▪️ iPhone 15 Pro: 3274 mAs
▪️ iPhone 15 Pro Max: 4422 mAs

▪️ iPhone 14: 3279 mAs
▪️ iPhone 14 Plus: 4325 mAs
▪️ iPhone 14 Pro: 3200 mAs
▪️ iPhone 14 Pro Max: 4323 mAs

Eng katta oʻzgarish Pro Max modellari oʻrtasida boʻlgan — 99 mAs. Apple yangi iPhone’lar taqdimotida nega avtonomlik oshgani haqida gapirmagani endi tushunarli.

😁 — 2 mln’lik telefonlarda ham 5000 mAs
👍 — iPhone songa emas, sifatga ishlaydi

@pakapak
😁108👍55👎15💩62🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
💸 Kotta bollani noutbuki

HP kompaniyasi buklanadigan HP Spectre Fold qurilmasini taqdim etdi. Uni ham noutbuk, ham desktop, ham planshet sifatida ishlatish mumkin. OLED ekrani – katta, 17,3 dyuym. Protsessori ham yomon emas — Intel Core i7-1250U.

Bu oʻyinchoq 4999 dollar turadi.

❤️ — bitta olish kerak
😁 — undan koʻra bu narxga alohida noutbuk, alohida desktop, alohida planshet olgan yaxshimasmi?

@pakapak
😁10624👍6👎3😍3🔥1🤡1
🔌 iPhone 15’ning USB-C porti Lightning’ga nisbatan 15 barobar koʻproq energiya beradi

Eski iPhone’lardagi Lightning tashqi aksessuarlarga atigi 0,3 Vt beradi, yangi iPhone'lardagi USB-C esa 4,5 Vtgacha energiya bera oladi. Shuning hisobidan yangi iPhone’lar bilan ishlaydigan koʻproq aksessuarlar paydo boʻlishi mumkin.

Masalan, endi USB-C portativ qattiq xotiralarini iPhone’ga toʻgʻridan toʻgʻri ulash mumkin. Bu esa ma'lumot uzatishni osonlashtiradi. iPhone 15 Pro’dagi port bo‘lsa undan ham yaxshi — USB 3, ya’ni bu ma’lumotlarni 10 Gbit/s tezligida almashish imkoniyatini beradi.

❤️ — nihoyat ma’lumotlarni iPhone’dan boshqa yerga oʻtkazish osonlashar ekan
😢 — Lightning zoʻr edi, endi “ayfon zaryadchik kimda bor?” deyolmayman
🤔 — endi shunda bitta iPhone 15 bilan boshqa iPhone 15’ga ham zaryadka bersa boʻladimi?

@pakapak
47😢36🤔23🗿7👎4👍2❤‍🔥1👌1🤡1🤨1🫡1
🚕 Ilon Mask rulsiz va pedalsiz robotaksilarni ishlab chiqaradi

Bunday transport hech qanday xavfsizlik talablariga javob bermasligi haqida Ilon Maskning yangi biografiyasida aytib o‘tilgan. Lekin Ilon bunga ahamiyat berishni xohlamayapti. Mask rul o‘rniga to‘liq avtopilot dasturi mashinani xavfsizroq qiladi, degan fikrda.

Robotaksi 2024-yilda sotuvga chiqishi rejalashtirilgan. Narxi 25 ming dollar.

❤️ — narxiga arziydi
🗿 — bu ham Cybertruck'ga o‘xshab kechikib chiqsa kerak
😁 — Ilon hali mahsulot chiqarmasdan xayp qilishni biladi

@pakapak
😁8933🗿29👍3🤡3🔥1
🧑‍🍳 Endi Google bilan emojilarni "pishira olasiz"

Google'da "Emoji kitchen" xizmati paydo bo‘ldi. Uning yordamida ikkita emojini qo‘shib, o‘zingizning emojingizni yaratishingiz mumkin.

Bu xizmatdan foydalanish uchun Google'ga "emoji kitchen" deb yozishingiz kerak bo‘ladi. Telegramda ulashish uchun esa nusxa olish tugmasini bosasiz. Izohlarda kimning fantaziyasi kuchli ekanligini bilib olamizmi? 👀

😁 — ketdim, emojilarimni yaratishga
👍 — hissiyotlarini bildirolmasdan o‘ntalab emoji jo‘natadigan tanishimga tashlab qo‘ydim, rahmat
🗿 — Google'dan haqiqiy innovatsiya

@pakapak
😁59🗿29👍81🔥1🫡1
Yuklayapsizlarmi? :)

@pakapak
🐳38💩16👍11👎6🤮3🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🍏 iOS 17'da sevimli uy hayvonlaringizning stikerlarini yarata olasiz

Buning uchun rasm ustiga bosib turishingiz, undan so‘ng "Add Sticker (Добавить стикер)" tugmasini bosishingiz kerak bo‘ladi.

Stikerning stilini ham o‘zgartirsa bo‘ladi. Masalan, Outline, Comic, Puffy, Shiny stillari bor.

Instagramda iOS 17 haqida videomizni kuting.

😍 — mushugimning stiker-pakini tayyorlayman
🤔 — shu funksiya avvalgi iOS 16'da ham bormasmidi?
😎 — hali bunday funksiyalar yoʻqligida uy hayvonimning stikerlarini yasaganman

@pakapak
👍21🤔11😍8😎7🤬2🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🏎 Elektromobil 100 km/soat tezligiga 0,956 sekundda erishdi

Shveysariyalik talabalar yaratgan "Mythen" elektromobili 12,3 metr masofada bu natijaga erishgan. Bu esa yangi Ginnes rekordi.

🔥 — kelajak elektromobillarniki
😢 — men talaba bo‘lib, kvartira qidirib yuribman

@pakapak
🔥101😢91👍12🤣2👎1😁1💩1🫡1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🍏 iOS 17’da matn yozish qulaylashdi

Yangilangan operatsion tizimdagi matn lupasi qulaylashdi.

Bundan tashqari, kontaktlaringizni va parollaringizni har qanday matn qismiga 2 qadam bilan koʻchirishingiz mumkin: (1) Автозаполнение tugmasini bosasiz, (2) kontaktlaringizdan raqam tanlash uchun Контакт tugmasini, parollaringizdan keraklisini tanlash uchun esa Пароли tugmasini bosasiz.

👍 — qulay
😁 — qachon instagramda va’da qilingan video chiqadi?
🗿 — zoʻr, doimgidek bitta ayfon olish qoldi

@pakapak
🗿59😁16👍12🔥1🐳1🌭1
Forwarded from TROLL.UZ
BYD Song Plus sotib olishga arziydimi? Uning kamchiliklari qanaqa? 1 yildan keyingi xulosalarim.

Shu mashinada Buxorodan Toshkentga yo’lga chiqdik va necha foiz quvvat ketishini sinadik.

Orada radarlarni ham sanab chiqdik 😂

@pakapak YouTube kanalida tomosha qiling: https://youtu.be/qrtBwXPkQww

@trolluz
👍21👎3👌21🔥1😁1🗿1
Yaqinda telegram kanallarda ham storieslar paydo bo‘ladi

Telegramning keyingi versiyasida Premium obunachilar kanallariga stories yuklashlari mumkin bo‘ladi. Faqat buning uchun ular kamida 5 ta boost yig‘ishlari kerak bo‘ladi.

Boost'larni faqatgina Premium obuna sotib olganlargina bera oladi. Premiumni sovg‘a sifatida olganlar ham kanalni boost qila olishmaydi. Ya'ni boost qilish uchun telegramga pul to‘lash kerak bo‘ladi.

Foydalanuvchilar kuniga faqatgina bitta kanalni boost qilishlari mumkin bo‘ladi. Kanal adminlari esa qaysi foydalanuvchilar boost qilganini va o‘zi kanalda nechta Premium akkauntlar borligini ko‘ra olishadi.

Boost'larning yashash davri bo‘ladi va vaqt o‘tishi bilan yo‘qoladi. Bu kanalga qanday ta'sir qilishi hozircha noma'lum. Boost yig‘moqchi bo‘lgan adminlar bu uchun unikal havolani ulasha olishadi.

❤️ — anchadir beri kanallarga stories paydo bo‘lishini kutgandim
😁 — blogerlar laykdan tashqari endi bust ham so‘rashadi
🗿 — tushunmadim, lekin qiziq

@pakapak
😁71🗿2112👎2❤‍🔥1👍1🔥1😍1
🔋 iPhone 15 akkumulyator necha marotaba qayta zaryadka olganini ko‘rsatadi

iPhone 15'ning sozlamalarida smartfon qachon ishlab chiqarilganini, qachon birinchi marta ishlatilganini va akkumulyator necha marta qayta zaryadka olganini bilib olish mumkin. Buning uchun quyidagi harakatlarni bajarish kerak: Настройки (Sozlamalar) → Основные (Asosiy sozlamalar) → Об этом устройстве (Qurilma haqida).

👍 — aldab sotish qiyinlashar ekan
🤔 — iPhone 15'lar iyundayoq tayyor bo‘lganmidi?

@pakapak
👍111🤔43🤣92💩2🔥1🫡1
2025/07/14 13:49:43
Back to Top
HTML Embed Code: