Telegram Web Link
Forwarded from Bored Panda
#haqida

Me'yorni bilmaslik haqida

Yevropada yasharkansiz, yevropaliklar va dunyoning qolgan xalqlari o'rtasidagi asosiy madaniy farqni darhol sezasiz: ular har qanday narsani oshirib yuborishdan qochishadi.

Masalan, pul tikish (stavka)ni olaylik. Bu yerda bukmekerlik idoralari qonuniy va juda mashhur. Televizorda kuniga 24 soat lotereya va kazinolar haqidagi reklamalarni aylantirishadi. Hatto sport o'yinlariga garov tikish mumkin bo'lgan, nafaqat keksalar, balki ayollar va bolalar ham tashrif buyursa bo'ladigan maxsus qimor kafelari ham mavjud.

Biroq, bu yerda "azartniy" o'yinchilar soni juda kam. Nega? Shunchaki ming yillik tajriba (sport o'yinlariga pul tikish tarixi juda qadimiy davrlarga borib taqaladi) tufayli yevropalik hech qachon bor-budini tavakkal ostiga qo‘ymaydi. Maksimum - oshiqcha naqd pulining 10%ini o'ynashi mumkin. Kichik tavakkal qo'rqinchli emas. Adrenalin dozasini oladi – yo'lida davom etadi.

Bizning odamlarimiz esa tabiatan hamma narsani oshirib yuborishi kerak. Albatta avtomobili, uyi, biznesini yo'qotishi, qarz va kredit olib, oilasi buzilib ketguncha, jinoyat qilishi va oxirida o'z joniga qasd qilguncha boradi. Aytgancha, bu jihatdan biz amerikaliklarga o‘xshab ketamiz – u yerda so‘nggi 150 yildan xuddi shu sabablarga ko‘ra (haddan tashqari tavakkalchilikni sevish) sportga pul tikish rasman taqiqlangan.

Yevropalik kishi kechki ovqat ustida ikki qadah sharob ichishi va bemalol uxlashga yotishi mumkin. Bizning odam bunday sharoitda zerikadi. U to hayvonga o'xshab dumalab qolguncha, bir palakat orttirmaguncha yoki piyanista holiga tushguncha ichishi kerak. (Hozirgi zumerlar bu odatdan xalos bo'lishgan va bu yaxshi).

Giyohvand moddalar bilan ham xuddi shunday. Tabletkalar. Fastfud. Ijtimoiy tarmoqlar. Pornografiya. Tanishuv ilovalari. Birjada o'yinlari. Kripto. Psixologiya. Siyosiy g'oyalar. Diniy harakatlar bilan ham. Bir paytlar Yevropada paydo bo'lgan bezarar sotsializm kommunistik SSSRda juda radikal va xunuk shaklni olgandi. Bizda feminizm, transgender, cancel culture, panturkizm yoki islom qanday shakllar olishi mumkinligini o'ylash ham qo'rqinchli.

"Kirn, hech narsada haddan tashqari g'ayratli bo'lma, har bir narsaning o'rtasini tanla" Feognid bizga shunday yozib qoldiradi. Keling, unga quloq tutaylik.

Rashev

@boredpandablog
Kun surati.

@panda_books
Panda Books
#mutolaa Boshladik! "Taxtlar o'yini"ni endi o'zbek tilida ham o'qib chiqamiz. @panda_books
#reading

Hozir "Taxtlar o'yini" fentezi romanini o'qib o'ylab qoldim: Agar men kabi ashaddiy GoTchi yoki Martinist emas, oddiy kitobxon birinchi marta bu kitobni olib o'qiyotgan bo'lsa, qanday taassurotni boshdan kechiryaptikan?!

Axir, mana hali kitob o'rtalab qolmasidan shuncha personaj, qahramon, ularning oilaviy rishtalari, unvonlar, toponimlar, gidronimlar.... ehhe! Bitta stendaper buni xazil qilib chiqqandi: u aytganidek, bularni esida saqlash uchun alohida konspekt yuritish kerak. Axir, u yerda hatto qilichlarning ham nomi bor:)

Lekin aslida e'tibor bersangiz, bizning davrda ham martabali oilalar va ularning oilaviy rishtalari shu serialdagidek, qorishib ketgan. Bekorga "Amerikaning eng boy 200 oilasi" kabi gap-so'zlar yurmaydi. Yuqori martabali oilalarning o'zaro quda bo'lishi, dushman yoki do'stga aylanishi - bor gap.

Xullas, yangilarga oson bo'lmaydi. Maslahatim, bu yangi dunyodagi har bir personajni eslab qoling. Ular hali muhim pallada sahnaga chiqib qolishiga guvoh bo'lasiz:)

Valar Morghulis!

@panda_books
#youtube_tavsiya

"Farg'ona Shveysariyasi"ga sayohat

Shohimardon — O‘zbekistonning Qirg‘iziston hududida joylashgan eksklavi. U Farg‘ona viloyati, Farg‘ona tumaniga qaraydi. Qishloq aholisi 6500 kishidan ziyodroq.

Shohimardon — Farg‘ona viloyatining eng mashhur kurort maskani. Mahalliy aholi qishloqni «Farg‘ona Shveysariyasi», deb ham atashadi. Go‘zal qishloq Oqqiya, Yordon qishloqlari orasida joylashgan. Shu yerda toshbo‘ron qilingan Hamza Hakimzoda Niyoziy xotirasiga sovet yillarida Hamzaobod deb atab kelingan. Keyinchalik uning tarixiy nomi qaytarilgan.

May boshida shu qishloqqa sayohat qildim va qisqacha videorolik tayyorladim.

👉 Youtubeda ko'rish

Ko'rib baho berasiz degan umiddaman!

@boredpandablog
Panda Books
Video
#offtop

Dunyoda ommaviy tarzda yulduzlarni blokirovka qilish boshlandi

Hozir Instagram va TikTokda "Let Them Eat Cake" revolyutsiyasi boshlangan. Odamlar ommaviy ravishda bir qator yulduzlarni unfollow va block qilishmoqda. Xo'sh, ular kimlar va hammasi nimadan boshlandi?

Barchasi bu yilgi MetGala tadbiridan keyin boshlandi. Odatda o'ta puldor va taniqli insonlarning yilda bir marta bo'lib o'tadigan o'ta qimmatbaho kiyimlarda yig'iladigan uchrashuvi bo'lmish ushbu ceremony ko'pchilik tomonidan iliq qarshi olinmadi. Olovga benzinni esa amerikalik mashhur bloger HayleBeyli sepdi. U MetGalaga Qirolicha Mariya Antunetta libosida keldi va "Let Them Eat Cake" deya video oldi.

(Fransiya qiroli Lyudovik XVIning rafiqasi malika Mariya Antuanettaga kambag'allarning yeyishga noni qolmagani haqida doklad qilishganda aytgan iborasi tarixda qolgan:
"Ularning yeyishga noni bo'lmasa, unda pirojniy yeyishsin")


Bilasiz, bu ibora kibor va hukmdor doirasining xalqning og'ir axvoli ustidan kulishi sinonimiga aylangan haqorat hisoblanadi. G'azodagi voqealar fonida realno ochlikda qolgan insonlar ustidan kulgandek tuyulgan ushbu hatti-harakat turgan gapki, obunachilarga yoqmadi.

Natijada MetGalaga tashrif buyurgan va G'azo genotsidini tarafini olib, biror marta fikr bildirmagan barcha yulduzlar ommaviy ravishda cancel qilina boshlandi.

Ba'zilar cancelga uchraganidan keyin G'azo haqida postlar qo'ya boshlagani, odamlar g'azabini yanada oshirdi va harakatning yanada ommalashishiga sabab bo'ldi. Hozircha, Zendaya, Jenifer Lopez, Kim Kardashyan kabi yulduzlar cancel qilinmoqda.

Ommaviy canceling masshtabi - hozircha men bilgan eng katta qamrov hisoblanadi va bu qanday tugaydi, kuzatib boramiz.

Sizning fikringiz qanday?

@panda_books
No Inspiration.

@panda_books
Kanalda Aktiv tushib ketibdi. Yaxshimas.
Kitob kimga qiziq shu issiqda:)
Qani aktivlashamiz, bo'lmasa yangi ikkita taqrizlarimni joylamayman:)
Mana qilsa bo'lar ekanku! Kitobxonlar uyg'ongani rost bo'lsin!
Panda Books
​​#review #taqriz 📗Lyu Sizin — "3 Jism Masalasi" (Three Body Problem) Aytish lozimki, mendagi ilmiy-fantastik kitoblarga bolalikdan boshlangan qiziqish hozirgi shaxsiyatimni shakllanishiga katta hissa qo'shgan omillardan biri desam mubolag'a bo'lmaydi.…
Xitoyli mashhur ilmiy-fantast yozuvchi Lyu Sizin qalamiga mansub "Yerning o'tmishi haqida xotiralar" nomli trilogiyasidagi ikkinchi kitob – "Qorong'u o'rmon"ni ham o'qib tugatdim. Birinchisi "3 Jism Masalasi" edi.

Taassurotlar shunchaki dahshat, fazoviy kurash va insoniyat kelajagidagi eng katta xavf haqida qiziqarli hikoya.

@panda_books
#news

Internetdagi hashamatli hayot

Xitoydagi ijtimoiy tarmoqlar boylik va “pulga sig‘inish”ga targ'ib qiluvchi kontentni bloklamoqda, deb yozyapti The Guardian.

Ushbu Internetdagi "madaniy tozalash" ishlari birinchi navbatda o'z hashamatli avtomobillari va ko'chmas mulk fotosuratlarini, shuningdek, "boyligi va erkinligi bilan" maqtanadigan kontentlarni o'z ichiga olgan.

Siz nima deb o'ylaysiz, internetda hashamatli hayoti bilan maqtanish qanchalik to'g'ri?

@panda_books
Fans

Kitoblar dunyosida ham xuddi futbol klublari singari katta fan-klublar mavjud.

Fan-klub – bu biror bir asar, franshiza yoki olamga bag'ishlanga asarlar turkumi ashaddiy muxlislari.

Masalan, Joan Rouling qalamiga mansub "Garri Potter" sehrgarlar dunyosining butunjahonda millionlab muxlislari bor. Yoki Tolkin muallifi hisoblanadigan "Uzuklar hukmdori" epopeyasini aytsak.

Bunday muxlislar o'zlari shu dunyoni to'ldirib boradilar, turli muhokamalar va tadbirlar o'tkazadilar.

Shunday katta muxlislar auditoriyasini yaratgan yozuvchilarga havas qilsa arziydi.

@panda_books
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ba'zi kitoblarni o'qib tugatarkansan, ko'z yoshlarni to'kmaslikning iloji yo'q...

@panda_books
"Kitob House" loyihasidan do'stim Ilhomjon hozirgina hadya tashlab ketdi.

Did bilan ishlangan muqovaning o'ziyoq kishini xursand qiladi. Ajoyib!

Buyurtma uchun @kitob_housebot ga murojaat qilishingiz mumkin.
Kecha Eron Prezidenti Raisiy vertolyotda aviahalokatga uchrab vafot etibdi.

Shu kitob mutolaasiga yana qaytamiz shekilli.

@panda_books
Forwarded from Panda Books
​​#review #taqriz

✳️ Ronen Bergman — "Qo'zg'al va birinchi bo'lib o'ldir"

"Agar kimdir seni o'ldirishga kelgan bo'lsa, o'rningdan qo'zg'al va birinchi bo'lib o'ldir".
© Bobil Talmudi

Ronen Bergman — isroillik jurnalist, harbiy va razvedkaga ixtisoslashgan "Yediot Axronot" nashri muxbiri, huquqshunos va Kembrij universitetida Mossad bo‘yicha doktorlik dissertatsiyasi yoqlagan.

"Mossad" - dunyodagi eng maxfiy va eng samarali ishlaydigan razvedka xizmatlaridan biri hisoblanadi. Isroil davlati tarixi bevosita ushbu xavfsizlik tashkilotining faoliyatiga bog'liq desa ham bo'ladi.

Asar Falastin hududida yahudiy davlatini tashkil etishga qaratilgan butunjahon sionizm g'oyasi tarixidan so'zlaydi. Ko'pchilik isroil-arab ziddiyati 1946-yildan boshlangan deb o'ylaydi. Aslida esa unday emas. Yaqin Sharq muammolari juda chigal va u ancha oldinroq 1907-08-yillardayoq ildiz otgandi. 10 dan ortiq arab davlatlari qarshisida qolgan Isroil juda keskin yo'l tanlaydi. Ular mamlakat milliy manfaatlarini saqlab qolish, aholi xavfsizligini ta'minlash, Ikkinchi jahon urushidagi Xolokost qirg'ini uchun tirik qolgan fashistlardan o'ch olish, mintaqa nihiyat o'z so'zini ayta oladigan davlatga aylanish uchun qattiq kurashishlariga to'g'ri keladi.

Kitobda "davlat terrorizmi" g'oyasi atroflicha yoritiladi. Isroil rahbarlari mamlakat xavfsizligini ta'minlash haqida o'ylar ekan, qayta va qayta barcha variantlar ichidan yashirin operatsiyalarni tanladilar va bu dushmanlarni yo'q qilish bilan yakunlandi. Ular shu yo‘l bilan Yaqin Sharq mintaqasidagi terrorizm bilan bog‘liq murakkab muammolar hal etilishiga, balki, hatto voqealar rivoji o‘zgarishiga ishonishgan. AQSh razvedkasi bunday operatsiyalarni "maqsadli" qotilliklar deb ataydi.

Ko'plab insonlarning hayotini saqlab qolish evaziga qotillikni yoki o'ta xavfli harakat sodir etishni maqsad qilgan aniq bir individuumni yo'q qilish. Kimdir buni oqlaydi, kimdir esa yo'q. Farqi bunga qaysi tarafdan qarashga bog'liq. Hayot shafqatsiz, unda o'lja bo'lasan yo ovchi. Uchinchi yo'l berilmagan. O'z manfaating yoki davlat manfaati esa hammasidan ustun bo'lishi lozim.

Kitobborasida ko'p gapirish mumkin, shundayam hali to'liq oq'ib tugatmadim, chunki hajmi nihoyatda katta, vaqt esa kam. Shuningdek, asardan eng qiziqarli jihatlarini kanalda tarjima qilib berib boryapman👉 [1, 2, 3, 4, 5, 6]. Yaqin Sharq muammosi, Falastin-Isroil konflikti, detektiv hikoyalar va razvedka xizmatlari faoliyatiga qiziqadigan insonlar bularni o'qib borishini tavsiya qilaman. Kitobni o'zi rus tilida, o'zbekcha yo'q.

Siyosiy rahbarlar va razvedkachilardan tortib oddiy operativniklardan olingan, kitobga asos bo'lgan minglab intervyular va hujjatlarning hech biriga Mossad roziligi bermagan. Bergmanga bularni ommaga oshkor qilishga ruxsat berilmaydi. Ilgari sir bo'lib yotgan anchagina ma'lumotlar ushbu kitobda birinchi marta nashr etilgan. Balki Mossad buni ataylab nashr qildirgandir. Biz buni hech qachon bila olmaymiz. Shuni bilamanki, siyosat va razvedka olami nihoyatda sirli va o'ziga tortadi, uni aynan o'sha sirliligi uchun o'qirmiz balki...

Yoqimli mutolaa!

@panda_books
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Musiqiy tanaffus.

Ludovico Einaudi concert.

@panda_books
2024/05/21 03:48:04
Back to Top
HTML Embed Code: