Telegram Web Link
#newbook #yangikitob

Yangi yil munosabati bilan hadya qilingan kitob! Juda xursandman!

Vasil meni yangi fantast dunyoga chorlamoqda! Tashakkur:)

@panda_books
16👍4❤‍🔥3🔥3💘1
#newbook #yangikitob

Yaqinda jurnalist, Milliy mass-mediani qoʻllab quvvatlash va rivojlantirish fondi direktori Jahongir aka Azimovning “Oʻzbekistonda yana bir kun” nomli kitobi nashrdan chiqqani haqida xabar bergandim.

Bugun ushbu inson bilan koʻrishdik. Jahongir aka kanalini anchadan beri kuzatib borganim uchun kitob yozayotganidan xabarim bor edi, shundanmi chop etilganini eshitib rosa quvondim.

“Oʻzbekistonda yana bir kun” – oddiy insonlarning noodatiy hikoyalaridan iborat oʻnta portret yoki ocherk. Badiiy publitsistika va adabiyot tutashgan joyda yaratilgan ushbu asarlar har bir shaxsning hayotiy tajribalarini, ichki dunyosini va hayotning oʻziga xos goʻzalligini kashf etadi.

Muallif biror qahramonning hayot yoʻli atayin boʻrttirilmagan yoki yashirilmagan deya ta’kidladi. Barchasi xolis va rostgoʻylik ila yozilgan. Meni xursand qilgan narsa ham shu.

Kitob 2 tilda mavjud. Oʻzbekcha matn muharriri iqtidorli doʻstim Shohrux Usmonov ekan. Endi odatdagidek kitobni oʻqib baho beramiz.

@panda_books
👍1432😱2💘1
Har qanday holatda ham, insonning eng katta raqibi – bu uning o‘zi. O‘z fikrlarini, odatlarini va qo‘rquvlarini yenggan kishi haqiqiy g‘olibdir.

@panda_books
💯46👍14🔥10🏆31😐1💘1
“Ba’zan g’alaba qozonish uchun jang qilish shart emas. O’zingizni anglash va ichki tinchlik topish – eng katta g’alabadir.”

@panda_books
❤‍🔥32👍11🔥6💯521💘1
Taklif uchun kattakon rahmat!

@panda_books
👍19🔥54❤‍🔥2
Juda yaxshi kitob ekan. Muallif ham taniqli olim. Oʻqib chiqish kerak.

@panda_books
299👍7❤‍🔥2🤔2💘1
Katta o’zgarishlar kichik qadamlardan boshlanadi, ammo ular doimiy va qat’iy bo’lishi kerak.

@panda_books
👍28💯14🔥3🐳21
#reading

Jetlagdan endi-endi qutulib, sekin “Oʻzbekistonda yana bir kun”ni oʻqiyapman. Hozircha birinchi ocherk - “Toksikolog yuragi”ni tugatdim. Juda ta’sirli. U mashhur olim, yurak aritmiyasi kasalliklarida ishlatiladigan “Allapinin” dorisini ixtiro qilgan Farhod Jahongirov hayotidan hikoya qiladi.

Ocherk asnosida siz oldin eshitmagan yomi yaxshi tanimagan insonlaringizni yaqindan bilib borasiz. Insonlar taqdiri orqali katta ishlarda oila, yaqinlar tayanchi qanchalik muhimligini tushunasiz.

Aytgancha, hikoyada keltirilgan Farhod akaning nabirasi Ja’far bilan tanish boʻlib chiqdik. U bilan biz birga Diplomatiya universitetida parallel oʻqiganmiz. Yaxshi yigit. Bugun mana uning kimning nabirasi boʻlganini bilib oldim. Bu esa menga ocherkning ta’sirini yanada oshirdi.

Jahongir aka yaxshi hikoya tanlay olibdi.

@panda_books
👍119🐳3🔥2
Harry Pottersiz London qanday boʻlardi..

@panda_books
🏆28🔥12❤‍🔥5🤷‍♀5👍311🤮1💯1
va Big Bensiz.
👍38❤‍🔥18🔥123🐳211🕊1
Juda koʻp kitob doʻkonlar bor ekan…

@panda_books
🔥41👍12💯64
Bugun zamonaviy yapon yozuvchisi, real voqelik va sehrli realizmni bog'lagan holda ajoyib olamlar yaratuvchi Xaruki Murakami 76ga to‘ldi.

Uning debyut romani "Shamol qo‘shig‘ini tingla" (1979) darhol e’tirof qozonadi: kitob yosh yozuvchilar uchun nufuzli mukofotga sazovor bo‘ladi. Bu muvaffaqiyat muallifni "Sichqon trilogiyasi"ni yaratishga ilhomlantiradi.

1987-yilda sevgi, yo‘qotish va ulg‘ayish haqidagi ta’sirchan romani "Norvegiya o‘rmoni" bilan olamshumul shuhratga erishadi. Bestseller bo‘lgan bu kitob Murakamini haqiqiy yulduzga aylantiradi.

Xaruki Murakamini butun dunyo bo‘ylab millionlab odamlarni ilhomlantiruvchi, ularni adabiyotga qiziqtiruvchi yozuvchi deb bilaman. U shunday asarlar yaratadiki, ulardan har bir kishi o‘ziga mos narsani topa oladi: sokinlik, g‘amginlik, o‘zlikni izlash yoki hayot sirlari va jumboqlariga bo‘lgan muhabbatni topishingiz mumkin.

@panda_books
17🔥16👍10
1797-yilda tashkil etilgan Buyuk Britaniyadagi eng qadimgi kitob do‘koni - Hatchards’ga tashrif buyurdim. U yana qirollik xonadoniga rasmiy kitob sotuvchisi ham hisoblanarkan.

👉 https://www.instagram.com/reel/DExUt5ooT7Q/

Hali u yerda toʻliq video qilish niyat bor. Juda goʻzal joylar..

@panda_books
👍14❤‍🔥92
Qishning sovuq yolg’izligida
Anduh chekib yashamoqdan ham
Qo’rqadigan odam emasman.
Qahraton qo’ynida tog’ qishlog’ida
Qop-qoraygan qor bosgan kulba.


Saygyo-Xosi

@panda_books
🔥20👍6🤔5
#iqtibos

Sukut - eng qiyin boshqariladigan narsa, chunki atrofdagi hamma jim tursa, hech kim sening bor yoki yo‘qligingni bilmaydi. Qish esa sukut fasli: ayoz odamlarni bir-biridan ajratib qo‘yadi, dunyoni tovushlardan mahrum etadi.

@panda_books
🔥23👍6💔52🤣2
Qaysi kitob va undagi sehrli olamga bagʻishlangan doʻkonga kirganimni aytishim shartmasdir.

@panda_books
❤‍🔥32💯14👍9🔥322🤩1
​​#reading

Londonda bu yil anomal sovuq kelib ketdi. Ha bu so’zni bu yerda ishlataman deb oʻylamagandim:) Ammo nam sovuq menga notanish va umuman sovuq insonni juda sekinlashtirib qoʻyishi bor gap.

Bu gaplarni issiq xonada, qaynoq kofedan xoʻplagancha yozayotgan boʻlsam-da, aslida sovuq - barcha texnologiyalarga turtki boʻlganini unutmaslik kerak.

Masalan, Yevropada yuz bergan Kichik muzlik davri. Men bu mavzuga oid yaxshi kitobni bilaman (rus tiliga tarjima qilingan, bizda yoʻq) - Brayan Feygan, "Kichik muzlik davri 1300-1850: Iqlim tarixni qanday o‘zgartirdi".

Oddiy fiziologik jihatdan yashab qolish va sovuqdan himoyalanish uchun Yevropa qo‘ychilik va jun matolarini to‘qish bilan shug‘ullanishga majbur bo‘ladi. Natijada dehqonlar qishloqlardan shaharlarga ko‘chiriladi (inglizlarda "qo‘ylar odamlarni yeb qo‘ydi" degan ibora bor), to‘qimachilik korxonalari paydo bo‘ladi - bu kapitalizmning ilk belgisi edi. Bejiz emas, keyinchalik deyarli barcha rivojlanayotgan mamlakatlar - Yaponiya, Koreya, Xitoy o‘z taraqqiyot yo‘lini to‘quvchilikdan boshlaydi: dehqonlar oddiy texnika bilan ishlashni, mehnat taqsimotini, hisob-kitob va nazoratni, dastlabki sarmoyalarni to‘plashni, shartnomalarni bajarishni (huquqiy tizimni) o‘rganishadi.

Ochlikdan qutulish uchun dengiz bo‘yi xalqlari ochiq okeanga chiqib, treska va seld balig‘ini ommaviy ovlashga majbur bo‘lishadi. Buning uchun esa okean kemalarini yasashni o‘rganish kerak edi. Kema qurilishi o‘sha davrlar uchun yuqori texnologiya hisoblanardi. U o‘z navbatida muhandislik ta’limi, kartografiya, navigatsiyani (ya’ni texnik fanlarni) ham rivojlantiradi.

Feygan shunday yozadi:

"Basklar, gollandlar va inglizlar sovuq va bo‘ronli Atlantika okeaniga moslashtirilgan va ochiq dengizda baliq ovlay oladigan ilk kemalarni yaratishdi. Bunday kemalar orasida ingliz doggerlari ham bor edi. Ular yordamida Islandiya qirg‘oqlarida va hatto Buyuk Nyufaundlend sayozligida baliq ovlash uchun fevral oyidagi bo‘ronlarda ham okeanga chiqish mumkin edi. Treska savdosi baliqchi kemalarni Atlantika okeanini kesib o‘tishga majbur qildi va Shimoliy Amerikaning dastlabki mustamlakachilari hayotini qo‘llab-quvvatlashga yordam berdi."

Yana Monastirlar, “Qora o‘lim" (vabo), Yevropadagi tugamas urushlar haqida gap boradi.

Xullas, sovuq ham joyi kelganda foydali narsa deb hisoblash mumkin:)

@panda_books
👍17❤‍🔥4
Yana studentman mana…

@panda_books
🔥40❤‍🔥4👍4🆒4💔322🤝1
#haqida

Same thing

Bugun barcha bilan tanishib o'tirarkanman, bitta britaniyalik qiz mendan nega hamma Osiyo davlatlari oxirida "Istan" qo'shilganligi haqida so'radi. O'zbekiston, Pokiston, Qozog'iston....

Men esa unga javoban nega sizlarda hamma joyda "Land" qo'shilgan deb so'radim, England, Scotland, Ireland, Finland...

Keyin u aslida ba'zi narsalar butun dunyoda bir xil ekanini tushunib yetdi deb o'ylayman.

@panda_books
😁76👍21🔥5❤‍🔥3🤓3🗿31
2025/07/11 18:04:37
Back to Top
HTML Embed Code: