Telegram Web Link
​​#reading

Enso Ferrariga xat

Ishonchimiz komilki, bu kabi xatlarni ilgari ham olgandirsiz. Ko‘pchilik sizga avtomobillar yaratishni boshlaganingiz va dunyo rivojiga qo'shgan hissangiz uchun minnatdorchilik bildirgan bo‘lsa kerak. Endi biz ham ularga qo‘shilmoqchimiz.

Shunday ajoyib avtomobilni yaratganingiz uchun sizga cheksiz tashakkur. Dunyomizda o‘zining katta qismini insoniyatga bag‘ishlashga qodir shaxs borligidan doimo faxrlanamiz. Zero, bu dvigatel va mashinani yaratib, siz shubhasiz go‘zal orzungizni ro‘yobga chiqardingiz.

Siz yo'qlikdan jonli, yurak urishi o‘zingiznikidek kuchli bo‘lgan mashinani yarata oldingiz. Ehtimol, dunyoda turli insonlar uchun bunchalik ko‘p ma’no kasb etadigan boshqa nom yo‘qdir. Har kimning u bilan o‘z daxldorligi mavjud. Kimdir bunday mashinaga egaligidan faxrlansa, kimdir mukammallik mavjudligiga ishonadi yoki haydash zavqini tuyadi, raqiblaringiz esa qo‘rquv va xavotirga tushadi. Dunyodagi hech bir mashina haydovchilar va tomoshabinlarni sizning mashinangizchalik hayajonga sola olmaydi.

Siz dunyoga o‘z ismingiz bilan ataladigan, hurmat, qo‘rquv, quvonch va hayrat uyg‘otadigan avtomobil sovg‘a qildingiz. Kimdir shunday mashina haqida orzu qilardi va siz bu orzuni ro‘yobga chiqardingiz. Boshqalarda esa - avtomobillari yomonroq bo‘lganlarda - endi erishishga intiladigan maqsad paydo bo‘ldi: bir kun kelib sizning mashinangizga ega bo‘lish, eng zo‘r orzu! Balki, siz kimgadir chaqiriq yo'llagandirsiz ham: mana Ferrari, lekin sen uni haydashga loyiqmisan? Shubhasiz, hayotingizda ham quvonch, ham g‘am-alam bo‘lgan. Har qanday insonda bo‘lgani kabi. Biroq siz vafot etganingizdan so‘ng ham ismingiz va g‘alabalaringiz haqidagi afsonalar abadiy yashaydi.

Ehtimol, uzoq yillardan keyin, qaysidir axlatxonadan biror Ferrari toparmiz. Shunda uni tiklash, ishga tushirish, Ferrari barcha rekordlarni yangilagan davrni eslash va yana o‘sha his-tuyg‘ularni boshdan kechirish uchun qo‘limizdan kelgan hamma ishni qilarmiz.

Ba’zida sizning avtomobilingizni shunchaki jonon qizni sayr qildirish uchun olayotganlarini ko‘ramiz va bu noto‘g‘ridek tuyuladi. Chunki Ferrari o‘ziga munosib tarzda boshqarilishi kerak. Albatta, hukm chiqarishga haqqimiz yo‘q. Faqat Siz hukm chiqara olasiz, axir bu mashinani Siz yaratdingiz va faqat Siz qoidalarni o‘rnatasiz. Biz avtomobilingizning salt yurganda, tezlashganda, tezlikda uning ovozini eshitamiz. Dvigatelga quloq solaylik. Va o‘zimizdan so‘raymiz: uning kuchi yetadimi? Axir u norozilik belgisi sifatida yig‘lamaydimi? Yo‘q! U quvonchdan qichqiradi. Bu tovushni boshqa hech bir dvigatel takrorlay olmaydi va hech bir orkestr ijro eta olmaydi. Bu qalbga quvonch baxsh etuvchi va yuzni tabassum bilan yorituvchi simfoniya. Mana u, poygachi Ferrari - ovozlarning haqiqiy xazinasi. Biz barcha his-tuyg‘ularimizni ifodalash uchun yana qanday so‘zlarni tanlashni bilmaymiz. Ehtimol, siz bizning xatimiz ustidan kularsiz, balki, bularning hammasi bema’nilik va biz sizning vaqtingizni bekorga o‘tkazyapmiz, dersiz.

Xo‘p, mayli. Ehtimol, biz hech qachon o‘zimizning Ferrari’mizga ega bo‘lmasmiz va agar shunday bo‘lsa ham, biz o‘zimizni unga munosib deb hisoblay olmaymiz. Hatto shunday: bizda hech qachon haqiqiy mashina bo‘lmaydi, chunki hech bir mashina, agar unda gijinglab turgan ayg‘ir emblemasi bo‘lmasa, haqiqiy deb hisoblanishi mumkin emas.

Enso Ferrari — "Memuar: Mening dahshatli shodliklarim"

@panda_books
🔥8👍5
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Kunni tepadagi postni yozish bilan boshlab, YouTubeda Ferrari haqida videolar ko'rish bilan tugatdim. Va oldimdan mana bu yoshlikdagi mashhur multfilmdan ajoyib lavha chiqib qoldi.

Ferrari darajasi haqida..

P.s: qizig'i, Konfuz o'tgan yili chiqargan "Italiya" sounttrekiga mana shu iborani qo'shgan. Zo'r chiqqan!

@panda_books
10🔥7👍4❤‍🔥2
Bugun buyuk yozuvchi Anton Pavlovich Chexovning tavallud kuni. U 1860-yil 29-yanvarda tug‘ilgan. Chexov rus adabiyotining ulkan namoyandalaridan biri bo‘lib, qisqa hikoyalari va pyesalari bilan mashhur. Uning asarlari inson tabiati, jamiyatdagi muammolar va psixologik realizmni chuqur aks ettirgani bilan ajralib turadi.

Siz Chexovning qaysi asarlarini yoqtirasiz?

@panda_books
🔥20👍4
​​Telegram asoschisi Pavel Durov xitoyliklarni bugungi Yangi Yil bayrami bilan tabriklab, DeepSeek startapining muvaffaqiyati haqida ham toʻxtaldi. U “Xitoyning algoritmik samaradorlik bo‘yicha erishgan yutuqlari bejiz emasligi” va xitoylik o‘quvchilar uzoq vaqtdan buyon xalqaro olimpiadalarda matematika va dasturlash bo‘yicha boshqalardan ustun kelishyotganini ta’kidladi.

“Matematika va aniq fanlar bo‘yicha iqtidorli mutaxassislarni tayyorlashda Xitoyning o‘rta ta’lim tizimi G‘arbnikidan ustun turadi. U o‘quvchilar o‘rtasida kuchli raqobatni shakllantiradi. Bu tamoyil yuqori samarali sovet modelidan o‘zlashtirilgan🎖”, - deydi Durov.

U aksariyat G‘arb maktablari o‘quvchilarning baholari va reytinglarini ommaviy e’lon qilishni taqiqlab, raqobatni oldini olayotgani tanqid qildi. “Buning sababi tushunarli - o‘quvchilarni bosim yoki masxaralardan himoya qilish. Biroq, bunday chora-tadbirlar eng yaxshi o‘quvchilarning ham rag‘batini so‘ndiradi. G‘alaba va mag‘lubiyat bir tanganing ikki tomonidir. Yutqazuvchilarni yo‘q qilsangiz, g‘oliblarni ham yo‘q qilasiz ☯️”, - deya davom ettiradi rossiyalik IT-daho.

“Ko‘p o‘quvchilar uchun o‘rta maktabda yuqori natijalarga erishish istagi kuchli raqiblar bilan bellashib, birinchilikka intilishdan kelib chiqadi, buni go‘yo raqobatli o‘yin deb qabul qilishadi. O‘quvchilar o‘zlashtirishidagi shaffoflikni yo‘qotish, intiluvchi o‘smirlar uchun maktabni ma’nosiz qilib qo‘yishi mumkin. Iqtidorli bolalarning ko‘pchiligi endi raqobatli o‘yinlarni o‘qishdan ko‘ra qiziqarliroq deb topayotgani ajablanarli emas - chunki video o‘yinlarda, hech bo‘lmaganda, ular har bir o‘yinchining reytingini ko‘ra olishadi.

O‘quvchilarning barchasiga, ularning ko‘rsatkichlaridan qat’i nazar, g‘olib ekanliklarini aytish yaxshidek tuyulishi mumkin - ammo bu xomxayol maktabni tugatgach, qanchalik tez parchalanib ketishini o‘ylab ko‘rmaguningizcha. Haqiqat, yaxshi niyatli maktab siyosatidan farqli o‘laroq, sport, biznes, fan yoki texnologiya sohalarida ochiq baholar va reytinglarga ega. DeepSeek’ning ustunligini ko‘rsatuvchi sun’iy intellekt mezonlari ana shunday ochiq reytinglardan biridir. Va boshqalari ham paydo bo‘lmoqda. Agar AQSh o‘rta ta’lim tizimi tubdan isloh qilinmasa, Xitoyning texnologiya sohasidagi hukmronligi muqarrar bo‘lib qolmoqda”, - fikriga yakun yasaydi Pavel Durov.

@panda_books
👍83👏3🔥2
#library

Lester Markaziy kutubxonasiga kelib qoldim. Qulay, ixcham, kech boʻlishiga qaramay, ichkarida oʻqirmanlar koʻp.

Kirish tekin, oson. Biznikiga oʻxshab: “Ey, qaqqa ketvossan? Qaytar qoʻylarni!” demaydi. Erkinlik hamma joyda ufurib turadi. Lekin tartib bor. Kitob ijaraga olish uchun yashash joyingizni tasdiqlovchi hujjat kerak. Sayti yoki appini yuklab olib barcha ma’lumotlarni olsangiz boʻladi.

Bitta minusi 24/7 ishlamaa ekan.

@panda_books
👍3010❤‍🔥5🔥5
​​#nazm

Kunimiz qolmasin,
Kuylayver, gulim,
O‘ynab ber zamonning olg‘irlariga…
Bilmayman,
Nimaga, nega odamlar
Halaqit berarlar bir-birlariga?!
Axir, hammaniki emasmi dunyo,
Hammaga yetmasmi havodan ulush?
Atay baxtsizlikni tanladikmi yo,
Yo bizga qolganmi kuyish, kuyunish?!
Va behud o‘tlarga borishdan to‘ydim,
Nimaning tavqi bor edi bo‘ynimda?
Bir uyum xazondek,
O, yillar bo‘yi –
Suvlar bo‘yidaman, bog‘lar qo‘ynida.
Sokin shovurlarga,
Sho‘x to‘lqinlarga
Sochgancha eng yorug‘ niyatlarimni –
Unsiz o‘ltiraman,
O‘tgan-ketganga
Aytolmay anglagan hikmatlarimni…
Ey shoshqin qadamlar,
Bekor ravishlar –
Ayanch harakatlar,
Ey sovuq aftlar!
Buncha bukilgansiz so‘ngsiz tashvish-la,
O‘lik muhabbatlar – chirigan vaqtlar?!
Sen esa kuyinma,
Sochi sunbulim,
Ochilmoq, yashnamoq peshonangda bor!
Bu baxtdan olisdir bizlardan kulib –
Qurshoviga olgan, o, necha bemor…
Ey siz,
Har odimda toptagan ishqni,
Bizdan o‘pkalamang –
Jonimiz tolsa,
Mingta qo‘shig‘i bor oshiq-ma’shuqni
Bir kuni izlashga kuningiz qolsa!
Bizdan o‘pkalamang…

Muhammad Siddiq

@panda_books
🔥104👍4
​​#review #taqriz

📙Enso Ferrari — "Memuar: Mening dahshatli shodliklarim"

"Ammo hozir meni shunchaki "Ferrari" deb atashlarini ma’qul ko‘raman. Xuddi har kuni ertalab boradigan sartaroshim Antonio singari."

Memuarlarni o'qishni yoqtiraman. Hammasini emas, munosiblarni. Bugun Ferrarining o'zi tomonidan yozilgan xotiralarni o'qib tugatdim va har doimgidek chuqur o'yga toldim.

Enso Ferari 1898-yilda tug'ilgan, 2 ta urushniyam ko'rgan. Yoshligida u poygachi bo‘lgan. Fashizm davrida u tomonidan yaratilgan Scuderia Ferrari Alfa Romeo avtomobillarida g‘alaba qozonganligi bilan mashhur bo‘ladi. Keyin u Milan jamoasini tark etib, o‘z jamoasini tuzishga qaror qiladi. Scuderia Ferrari 1947-yilda asos solgan. Raqamlarga e'tibor berdingizmi? U qariyb 50 yoshida kompaniyasiga asos solib, hammasi nolda boshlagan. 50 yoshida, jin ursin!

Hayot uni juda ko'p sinagan. Avvaliga suyukli o'g'li erta vafot etadi, keyinchalik ota-ona, ayoli. Juda ko'p poygachi do'stlari, hamkorlari, poygachilari musobaqalarda halok bo'lishadi. Hukumatlar almashadi, Mussolini, fashizm, kommunizm..Bir yondan raqobatchilar siquvga oladi, Ford sotib olishga urinadi. Ammo sira taslim bo'lmaydi, doim olg'a borishga o'zida kuch topa oladi. Eng muhimi, o'zi seva=gan ish bilan umrining oxiriga qadar shug'ullandi. Nomini tarix zarvaraqlarida qoldirib ketadi.

Hozirgi yoshlar kabi men ham yoshligimda o'rtoqlarim bilan poyga videoo'yinlari o'ynardik. U paytda ko'cha tugul, butun shaharda mashina kam, ayniqsa xorijiy "inomarka"larni ko'rish o'zgacha zavq berardi. Shaharchamizda hech qachon Ferrari bo'lmagan, Toshkentga kelib ham uni ko'rganimni eslolmayman, lekin borligini eshitganman. Xo'p nega u bunchalar o'ziga tortadi, undan boshqa superkarlar yo'qmi?

Enso hech qachon ommaviy mashina ishlab chiqarmagan, chunki bunda uni qadri qolmasdi. U tovar ishlab chiqarmagan. U xaridor ham qidirmasdi. Qizig'i, Ferrari o'sha paytdan to o'ta mashhur bo'lgunicha ham reklamaga bir tiyin pul sarflamagan. Boshqa bir avtokorchalon Henri FOrd bundan qattiq hayratga tushib, hatto o'zi Ferrariga buning siri nimadaligini so'rab murojaat qilgan.

U o'z san'at asarini mukammal qilib yaratgan rassom kabi o'z ishini stol ustiga qo'yadi va deydi: "Mana Ferrari, lekin sen uni haydashga loyiqmisan?". Ferrari. Bu nom o'zi bilan hurmat, quvonch, martaba va hayrat uyg'otadi. U butun dunyodagi avtomobil ishqibozlari uchun eng katta marralardan birini yaratib ketdi. Bir kun kelib Ferrariga ega bo‘lish!

Ferrari - avvalo tezlik. Uni yangi tanishgan ofatijon qizingni uyiga tashlab qo'yish uchungina minolmaysan. Ferrari o'z nomiga mos boshqarilishi kerak. Unga o'tirasan, uzun, tekis yo'lga chiqasan va pedalni ohista bosasan. Mashina tezlashganda, tezlik ovozini eshitasan. Dvigatelga quloq solasan. Bu tovushni boshqa hech bir dvigatel takrorlay olmaydi yoki hech bir orkestr ijro eta olmaydi. Bu qalbingga quvonch baxsh etuvchi va yuzingni tabassum bilan yorituvchi simfoniyadir.

Qachondir Xudo yarlaqab, Ferrari oladigan bo'lsangiz albatta qizil ranglisidan oling. Boshqacha bo'lishi mumkinmi?!

Italiya janubi. Dengiz bo'yi. Qizil sharob. Yoningda sen sevgan go'zal. Va qizil Ferrari.

Non plus ultra!

@panda_books
👍944
Forwarded from Bored Panda
Darajani pasaytirish

Ijtimoiy tarmoqlarga kirib, lentadan dekolonizatsiya, irqchilik, reparatsiyalar to‘lash, qatag‘onlar, global isish, feminizm, hayvon huquqlari, jinsiy ozchiliklar, transgenderlar, kvadroberlar, bir oyoqli lesbiyankalar, faktchecking, barcha "SHE for HE" kabi postlar va eng muhimi, qandaydir mamlakatni himoya qilish yoki biror diktaturani ag‘darish uchun butun dunyoni parchalab tashlash kerakligi haqidagi bema’ni harbiy ritorika g‘oyib bo‘lganini ko‘rdim. Daraja pasayibdi.

So‘ngra Tramp chet el grantlari va dasturlarini moliyalashtirishni to‘xtatgani haqida o‘qidim.

Xudoyim, hammasi juda oddiy ekan.

- Rashev

@boredpandablog
🤣14👍3😁32
Forwarded from Panda Books
Qisinish

Agar mabodo qachondir sizga "siqilish" yoki "siqilmoq" so'zlariga sinonim kerak bo'lib qolsa, mana sizga o'zimizni xorazm shevasidan ajoyib alternativ.

Xullas, sira qisinish bo'lmasin o'rtoqlar!:)

@panda_books
👍18😁93🔥3🥰2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
14👍10😇4💯2
I’m in Diagon Alley.

Yoshlikdagi orzular amalga oshdi Xudoga shukr!
👍29🥰9🍓8🔥7❤‍🔥6
Panda Books
Bugun o'qigan eng yaxshi abzas. Aslida bu kitobdan ham emas, serialdagi mavjud bo'lmagan kitobdan olingan. Ammo ma'nosi juda chuqur ta'sir qildi. Umuman serial ham yaxshi. Nomi "Severance". @panda_books
#news

Bu orada, "Severance" serialining ikkinchi mavsumi davom etayotgan paytda, uning qahramonlaridan birining yangi kitobi Apple kitob do‘konida paydo bo‘ldi.

Men bu haqida oldinroq yozgandim. Albatta, toʻliq kitob mavjud emas. Shunchaki 75 varaq, ammo juda qiziqarli.

@panda_books
🔥5👍3
​​Yorkdan Rimga: Tarixni o'zgartirgan joy

Bugun York shahrining eng diqqatga sazovor joyi - York Minster cherkovi oldida Rim imperatori Konstantinning haykalini ko'rishingiz mumkin. Albatta bu bejizga emas, keling, bir boshidan.

Milodiy 306-yilning salqin yoz tongida Rim Imperiyasining olis chegaralaridan biridagi qal’asi - Eboracum (hozirgi York) aholisi o'zaro shivir-shivir ovozlaridan uyg‘ondi. Nimadir ulkan hodisa sodir bo‘lgan edi.

Ulug‘vor harbiy qarorgoh ichida imperator Konstansiy I jon talvasasida yotardi. U bir necha oy davomida qo‘shinlarini Britaniyaning yovvoyi shimoliy qabilalariga qarshi boshqargan bo‘lsa-da, endi kasallik fotihni mag‘lub etgandi. Uning yonida yosh o‘g‘li Konstantin turardi, u yaqinda imperiya yuki uning zimmasiga tushishini hatto tasavvur qilolmasdi.

So‘ng, 25-iyul kuni o'sha voqea sodir bo‘ldi - Konstansiy I so‘nggi nafasini chiqardi. York o‘z tarixida birinchi marta Rim imperiyasining vaqtinchalik poytaxti bo‘lib qoldi. Britaniyaning bu uzoq, shamollar hukmron chekkasida joylashgan qudratli legionlar nima qilish kerakligini bilishardi. Qilichlarini baland ko‘tarib, ular Konstantinni imperator deb e’lon qildilar. Aynan Legion birinchi marta Imperatorni sayladi.

Bu oddiy vorislik emas edi. Rimda murakkab tizim mavjud edi - bitta emas, balki to‘rtta hukmdor bo‘lishi kerak edi. Imperiyaning markazida boshqa da’vogarlar kutib turishardi va Konstantinning uzoq viloyatda yuksalishi uni xavf ostiga qo‘ygan edi.

Biroq, taqdir uni tanlagan edi. Afsonaga ko‘ra, Konstantin Yorkdan ketishidan oldin ibodatxonaga tashrif buyurgan, xudolarga qurbonlik keltirgan yoki imperiya ichida yashirin ravishda o‘sib borayotgan yangi e’tiqodga sig‘ingan. U nima qilganidan qat’i nazar, o‘z vaqti kelganini bilardi.

Konstantin janubga yo‘l oladi, Yorkdan chiqadi, Galliyani kesib o‘tadi va tarixga kiradi. Olti yil ichida u raqiblarini mag‘lub etib, Rimga yurish qiladi.

U Sharqiy Rim imperiyasining bo‘lajak poytaxti - Konstantinopolga (hozirgi Istanbul)ga asos soladi, Xristianlikni davlat dini sifatida qonuniylashtirishadi va Rimning eng buyuk imperatorlaridan biriga aylanadi.

Ammo bularning barchasi Yorkda - imperiyaning kelajagini dunyoga keltirgan Britaniya orolining olis burchagidagi kichik shaharchadan boshlangan edi.

@panda_books
👍22
#yangikitob #newbook

@qamarbooks kitob do'konidan hadya jo'natishibdi. Bu uchun tashakkur bildirmoqchiman, ayniqsa kreativ va did bilan o'ralganidan hali ochishlariga qo'ymadim:)

Sizningcha, bu qaysi kitob?

@panda_books
🔥20👍113❤‍🔥3
2025/07/12 03:47:40
Back to Top
HTML Embed Code: