Telegram Web Link
#premyera

Vou, vou, “Akademnashr”dan dadil yurish! Oʻzbek kitobxonlariga oʻziga xos yozuvchi Harper Li’ni va uning klassikaga aylangan “Mazaxchini oʻldirish”ini tanitgan nashriyot endi yanada chuqurroqqa kirib borishga qaror qilibdi. “Tasbeh daraxti soyasida” aynan shunga ishoradir.

Men Harper Lini faqatgina bitta romani bor deb bilardim, keyin uning ikkita ekanini aytishdi. Mana endi oʻsha ikkinchi kitob ham oʻzbek tilida nashrdan chiqibdi. Bu ochig’i, biz uchun katta yutuq.

Tarjimon esa doʻstim Shohrux Usmonov ekan, demak sifatli va silliq tarjima kafolatlangan deb ayta olaman.

Nashriyotni va oʻzbek kitobxonlarini yana bitta ajoyib tarjima bilan tabriklayman!

@panda_books
Gyugo - daho. "Kulayotgan odam" romanidagi cho'kayotgan kema epizodini yozish uchun shunchaki cho'kib o'lib ko'rgan bo'lish kerak odam.

Agar o'zbekcha tarjimasi ham ajoyib bo'lsa, kitobxon xuddi mendek taassurot oladi....
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Yuqorida, 1943-yilda fashistlarning Varshava gettosida yahudiylarni ajratib, ko‘chalarga chiqishini taqiqlagan segregatsiyasini aks ettiruvchi "Pianinochi" filmi.

Quyida, 2025-yilgi G‘arbiy qirg‘oqdagi sionist gettosi, bu yerda falastinliklar ajratilgan va ko‘chalarga chiqishlari man etilgan.

@panda_books
#longread

Tugʻilish

Hozir Buyuk Britaniyada oʻqirkanman, deyarli men tengi kursdoshlarim ichida men xuddi “Family Guy”man. Chunki oramizda uylangan, ustiga-ustak farzandliman. Bu ular uchun hayratga sabab bo’ladi. Men faqat inglizlar haqida gapirmayapman, xitoy, koreys va yaponlar ham shunday.

Masalan, tug‘ilish darajasi 0,7 atrofida bo‘lgan Janubiy Koreya misolini olaylik. An’anaviy tuzumni saqlab qolgan korporativ jamiyat. U yerdagi gender masalalarini o‘rganishga uringaningizda, barcha G‘arb tendensiyalari 10 baravarga kuchliroq. Ya’ni Koreya G’arbdan koʻra “G’arbroqdir”. Ikkinchi tomondan, feminizmga ozgina xayrixohlik uchun butun jamiyat bo‘ylab idol (mashhur)larni ta’qib qiladigan shafqatsiz "manosfera" ham mavjud. Boshqa tomondan esa, xuddi shunday radikal feministlar ham bor. Yana bir tomondan, mamlakat patriarxal, lekin gender tenglik vazirligi mavjud. Murakkablik darajasini tushundingiz.

Janubiy Koreyada urbanizatsiya o‘sishi bilan tug‘ilish pasaydi. Aslida, bu deyarli hamma joyda shunday bo‘ladi. Qishloqdagi bola - bu ishchi kuchi. Qadimgi Yevropada o‘g‘il bola 5 yoshidan otasi bilan dalada, qiz bola esa onasi bilan chorva mollari va kichik bolalar yonida bo‘lardi. Agar oʻsha davrdagi Osiyoda bo’lganingizda sug‘orma dehqonchilik asoslangan sholi dalalarida ham shunga o‘xshash holatni kuzatgan boʻlardingiz. Qishloqdagi bolalar yangi ishchi kuchini yetishtirish uchun yagona yo‘l edi. Ular keksalikda “ijtimoiy sug‘urta” vazifasini ham bajarardi.

Xo‘sh, shaharda bolalar qanday amaliy foyda keltiradi? Hech qanday. Shaharda bolalar voyaga yetguncha faqat xarajat. Ustiga-ustak, davlat pensiya tizimi sharoitida endi keksalikni ta’minlash uchun bolalar kerak emas. Yoki yigʻib qoʻygan mablagʻlar undan ishonchliroqku? Xullas, Birinchi dunyoda yashaydigan zamonaviy odamda farzand ko‘rish uchun biror pragmatik sabablar deyarli yo‘q. Shuning uchun ba’zi hukumatlat turli usullar bilan bola koʻrishni "rag‘batlantirishga" harakat qilmoqda, ammo natijalar maqtarli darajada emas.

Xulosa qilib aytganda, qishloq turmush tarzidan shaharlikka aylanganlar uchun koʻpayishga amaliy sabablardan tashqari yana nimadur lozim. Va bu yerda faqat bitta narsa bo‘lishi mumkin: bola dunyoga keltirish ZAVQ berishi kerak. Ya’ni, quvonch keltirishi lozim.

Mening fikrimcha, G’arbda bola ZAVQini oʻrnini bosadigan narsalar juda koʻp: sayohat, erkinlik, karyera, qisqa muddatli jinsiy munosabatlar, tungi klub va hz. Endi osiyoliklarga qaytaylik. Nega unda ularda ham hammasi yomon?

Koreya, Yaponiya standart model bo‘yicha modernizatsiya qilingan mamlakatlar. Yevropada kasaba uyushmalari ishchilar uchun turli imtiyozlarni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Osiyoda ular to‘g‘ridan-to‘g‘ri sholi daladan XX asrga sakrab o‘tdilar. Shu bilan birga, koreyslar go‘yo robotdek kuniga 12 soat ishlaydigan ish etikasini shakllantirdi. (Anyong haseyo, Koreyada ishlab meni oʻqiyotganlar) "Iqtisodiy mo‘jiza" ko‘p jihatdan shu bilan bogʻliq. Koreyslar jin urgur - workoholic.

Yapon va Koreys jamiyatlari jamoaviylikni shaxsiy samaradorlik mafkurasi bilan g‘alati tarzda uyg‘unlashtiradi. Agar siz biror bir sanoat konglomeratiga ega bo‘lgan nufuzli oilada tugʻilmagan bo‘lmasangiz, baribir hech qachon katta boshliq bo‘la olmaysiz. (Salom, “Parazit” filmi). Bir-ikkita istisnodan tashqari.

Tasavvur qiling, siz yapon yoki koreyalik erkaksiz va oila quryapsiz. Bundan keyin bolaning kelajagini ta’minlash uchun zebra (unga yaqin boshqa hayvonni yozgim kelmadi)dek ishlashingiz kerak. Ish kunlari ofisda bo‘lasiz, dam olish kunlari hamkasblaringiz bilan ichishga majbursiz (yo‘q, rad etolmaysiz). Xoʻsh, o‘zingiz deyarli ko‘rmaydigan bolani dunyoga keltirishning nima qizig‘i bor? Ammo osiyolik erkakning o‘ziga xos yengilligi bor - uni ishda haqorat qilishadi, u esa uyda xotinini. Endi ayol o‘ylab ko‘rishi kerak: eri va uning ota-onasi uni kamsitadigan joyda yashash unga nima zavq beradi? Qishloqda boshqacha yashashning iloji yo‘q edi, lekin hozir unga buning nima keragi bor? Xullas, bola tug‘ish bu yerda quvonch emas, azob. Shu bilan birga, ikkala jins uchun ham.

Davomi bor..
#sarhisob #aprel

Oy Sarhisobi.


Bu oy imtihonlarga tayyorgarlik ko'rish va ozgina sayohat oyi bo'ldi. Ko'p badiiy adabiyot o'qiyolmadim, zo'rg'a Gyugoni tugatdim.

Ammo gap bunda ham emas. Bu oy kanalga 5 yil to'ldi.

5 yil.

Va bu kanalning eng muhim resursi —bu sizlar. Butun O'zbekistonga "Mana kitobni sevadiganlar soni shuncha" deb ko'rsatadigan kanal.

Sizlar esa kamayib borayapsiz. Qo'llovni borgan sari kamroq sezayapman.

Agar sizlarning share, layk yoki izohlaringiz kam bo'lsa menda ishtiyoq ham kam bo'ladi.

Agar bundan keyin ham shunday davom etaversa, mutlaqo hech narsa yozmasligim ham mumkin. Ishtiyoqim qolmasligi aniq. O'zim uchun yozishga boshqa mavzular ham topilar. Ammo Panda Books — mutlaqo kitobxonlikni sevuvchilar uchun. Uni qo'llab-quvvatlashishingizni istardim.


Barchasi uchun tashakkur!


O'qilgan kitoblar:
♻️ Viktor Gyugo — "Notr-Dame Sobori"
Taqriz 👉 ko'k yozuvni bosing

Oyning eng qiziqarli postlari:
👉 BU DUNYODA O'ZBEK TILI USTUVOR BO'LADIGAN BOSHQA O'ZBEKISTON YO'Q!
👉 “Turgʻunlik yillari” she’riy dostonidan parcha
👉 Populizm
👉 Sekin-asta o'ladi
👉 Nima muhim?
👉 Too much freedom
👉 Tugʻilish

Siz-chi, bu oy qaysi kitoblarni mutolaa qildingiz?

@panda_books

Instagram | Youtube | Tiktok
Forwarded from Panda Books
​​1-May sirli tarixi

​​"Shunday zamon keladiki, bizning sukunatimiz nutqlarimizdan ham o’tkirroq bo’ladi"

Bu so'zlar 1887-yil 11-noyabrda Chikagoda 8 soatlik ish kunidagi namoyishda qatnashgani uchun osishga hukm qilingan mahbuslardan biri Avgust Shpisning so'nggi hukm oldi so'nggi so'zlari sifatida yangragandi.

Haymarket maydonidagi miting

1886-yil 1-may kuni bir guruh amerikalik ishchilar o'zlariga ish sharoitlarini yaxshilash va 8 soatlik ish kunini joriy qilishni talab qilib, katta namoyish va mitinglar o'tkazadi. Uning miqyosi kattalashib, salkam 80 mingga yaqin ishchi ish tashlashga qo'shiladi, butun mamlakat bo'ylab esa ish tashlaganlar soni 300 ming kishidan oshib ketadi.

Tabiiyki, hukumat qattiq choralar ko'radi. Chikagodagi namoyishlar politsiya tomonidan shafqatsizlarcha bostiriladi, 6 nafar odam o'ldiriladi, o'nlab kishi jarohatlanadi.

O'sha paytdagi mehnat sharoitlari juda og'ir edi: maoshlar nihoyatda past, ish vaqti esa 12-15 soatni tashkil qilardi. Shuningdek, bolalar mehnatidan foydalanish, ijtimoiy kafolatlar yo'qligi odamlarni nihoyatda og'ir axvolga solib qo'ygandi.

Ertasi kuni politsiya yuzlab "shubhali" odamlarni hibsga oladi. Ushbu operatsiya natijasida namoyishni boshlashda gumon qilinib 8 nafar anarxist sudga tortiladi.

1887-yil 11-noyabrda 4 ta anarxist A.Parson, A.Fisher, J.Engel va A.Shpis osishga hukm qilinadi, Ularni oq xalatda qatl joyiga olib kelishadi. Shunda ham mahbuslar xalqaro ishchilar harakatining madhiyasi bo'lgan "Marselyeza"ni jo'r bo'lib kuylashardi. Mahkumlarni so'nggi bor ko'rib qolmoqchi bo'lgan oila a'zolarini politsiya tomonidan hibsga olinadi. Qatldan oldin, osishga hukm qilinganlardan biri, Avgust Shpis: "Shunday zamon keladiki, bizning sukunatimiz nutqlarimizdan ham o’tkirroq bo’ladi", deya baqiradi.

1893-yil 26-iyunda Illinoys gubernatori Jon Piter Altgeld ularni oqlash va yaqinlaridan kechirim so'ralgan rasmiy hujjatga imzo chekadi.

Bu sana bizning tariximizda ham katta iz qoldirgan, chunki Sobiq Ittifoqning butun tarixi davomida 1-May kuni "Ishchilar kuni" deya katta bayram qilib kelingan. Undan tashqari, Shimoliy Koreyada joylashgan, dunyodagi eng yirik stadion hisoblangan majmua ham "1-May" deb ataladi.

@panda_books
#newbook #yangikitob

Oʻzbek tiliga yana bir goʻzal tarjima qulluq boʻlsin! @qamarbooks May oyini yangi katta premyera bilan boshladi.

Ushbu ajoyib sovgʻa ichida portugaliyalik mashhur yozuvchi Joze Saramago tomonidan yozilgan “Ko‘rlik” (portugalcha: Ensaio sobre a cegueira, ma’nosi Ko‘rlik haqida esse) joy olgan. Roman 1995-yilda yozilgan boʻlib, bu Saramagoning eng mashhur asarlaridan biri hisoblanadi. U adibning “Iso Masihga ko‘ra Injil" va "Baltasar va Blimunda" romanlari qatorida turadi. 1998-yilda Saramago adabiyot bo‘yicha Nobel mukofotini olgan va mukofotni e’lon qilishda Adabiyot qoʻmitasi tomonidan alohida ta’kidlangan asarlaridan biri aynan "Ko‘rlik" romani edi.

Shunday ekan, bu kitobni oʻqib chiqishga shoshilamiz doʻstlar..

@panda_books
​​#haqida

Glazgo tabassumi

“Kulayotgan odam”ni oʻqiyotib, mana shu ataman bot-bot esimga kelaverdi.

Bir paytlar Glazgo shahrining ko‘chalarida ba’zi odamlar boshqacha jilmayardi. Quvonchdan emas. Hazillashib emas. Ularning "tabassum"i - tig‘ qoldirgan tamg‘a. Lab burchaklaridan to quloqlargacha ikkita kesma tushiriladi. Go‘yo kimdir kulgi chizmoqchi bo‘lgan-u... oʻrniga chandiq hosil qilgan.

Bu belgi Glazgo tabassumi deb ataladi. U na kinoda, na afsonalarda paydo bo‘lgan. Uning vatani - Shotlandiyaning qorong‘u tor ko‘chalari. U yerda muammolar so‘z bilan hal etilmaydi. Bu - qasos, ogohlantirish, jazo. Ko‘cha "axloqi"ning quroli. Nolan oʻz “Joker”ini yaratishda aynan ushbu “tabassum”dan foydalangan.

Pichoq tez kiradi. Qolganini qo‘rquv bajaradi. Qurbon baqirsa, teri ko‘proq yirtiladi. Mana, yuz abadiy buzildi. Odamlar yuz o‘giradi. Bolalar qo‘rqadi. Kimdir esa: "Endi sen doim xursandsan," deya kuladi.

Jokerda bu - niqob. Glazgoda esa - haqiqat. Jinoiy guruhlar bunday "tabassum"larni o‘z imzosi sifatida ishlatgan. Belgi: bu odamda nimadir noto‘g‘ri. U eslab yurishi kerak. Atrofdagilar ham shuni bilishi lozim.

Bu "tabassum" davolanmaydi. Xuddi Gyugoning Guinpliniga oʻxshab, uning butun hayotini bitta yuz holati egallab oladi. “Kulayotgan odam” aslida kulmasada, shu yuzda abadiy qoladi. Hatto yaralar bitsa ham - ko‘zguda baribir begona qiyofa aks etadi.

Eng dahshatlisi-chi? Og‘riq emas. Bu ruhiy azob. Hech qachon oldingidek boʻlolmaslik.

Guinplin, Joker va Glazgo tabassumi sohiblarida boshqa-boshqa mohiyat anglashsa-dq, ular shaklan bir xildirlar…

@panda_books
Oʻz aqling bilan toʻqigan yolgʻonni aytish, boshqalar aytgan haqiqatni aytishdan ming karra yaxshiroqdir.

Birinchisida sen insonsan, ikkinchisida to’tidan farqing yoʻq.

@panda_books
​​Muzqaymoq

Bolaligimda doʻstlarim bilan bor pulimizga “morojniy” olarkanmiz, bir-birimizga qarab:
-“Muzqaymoq sotayotgan amakiga mazza a? Istaganicha muzqaymoq yeyishi mumkin!!” deb xayol qilardik.

Yaqinda o’gʻlimga muzqaymoq olib berish uchun kirganimda, doʻstim muzqaymoq sotayotgan ekan.

Ichimdagi bolakay baribir “Unga mazza, istagancha muzqaymoq yeyishi mumkin” deb turardi.

Ammo bilaman, u muzqaymoq yemaydi.

@panda_books
Panda Books
​​#haqida Glazgo tabassumi “Kulayotgan odam”ni oʻqiyotib, mana shu ataman bot-bot esimga kelaverdi. Bir paytlar Glazgo shahrining ko‘chalarida ba’zi odamlar boshqacha jilmayardi. Quvonchdan emas. Hazillashib emas. Ularning "tabassum"i - tig‘ qoldirgan…
#muqova

Viktor Gyugoning “Kulayotgan odam” romaniga ingliz, rus, fransuz va o’zimizning muqovalarini koʻrib chiqdim.

Aniq bir konsepsiya yoʻq. Syujetdan lavhalar, Kulayotgan odam tasviri.. va hz. Shunday ekan, har biri oʻzicha chiroyli deya olamiz.

Guinplin haqiqatda badbashara qilib tashlangan, va buni muqovada to’liq boʻyicha koʻrsatishmagani ham tushunarli albatta.

Shunday ekan, avvalo bu kitobning tarjimasi sifati va mazmuni muhim boʻlib qolaveradi.

@panda_books
2025/07/05 19:25:07
Back to Top
HTML Embed Code: