Telegram Web Link
Xo’o’o’o’shshsh, kim nima o’qiyapti?

@panda_books
Forwarded from Panda Books
​​​​#haqida

Lakoniya

Rus tilida "лаконичность" degan atama bor. O'zbek tiliga u "qisqalik, lo'ndalik" deb tarjima qilinadi. Bu so'zning kelib chiqishi esa Qadimgi Yunonistonning Lakoniya viloyatiga borib taqaladi. Sababi u hududning aholisi o'zlarining qisqa va lo'nda gapirishlari bilan tanilishgan edi.

Lakoniyada joylashgan eng mashhur va kuchli davlat Sparta bo'lib, spartaliklarni yoshlikdan aniq va qisqa muloqot qilishga o'rgatishardi.

Bunga yaqqol misol makedonlar shohi Filipp II bilan bog'liq. U o'zining Spartaga yo'llagan xatida shunday deydi:

"Sizlarga taslim bo'lishni maslahat beraman, chunki agar mening qo'shinim yerlaringizga kirgudek bo'lsa, bog'laringizni vayron qilaman, odamlaringizni qul qilib, shaharlaringizni qulataman!"

Spartaliklar bunga qisqacha javob berishadi:

"Agar."

@panda_books
​​Rasmda koʻrib turganingiz, Uelsdagi kichik shaharcha bo‘lib, u dunyodagi birinchilardan "kitoblar shahri" deya nom olgan. Hammasi 1961-yilda Richard Booth ismli inson tomonidan boʻsh yotgam oʻt o‘chirish stansiyasida ikkinchi qoʻl kitoblar do‘konini ochganidan boshlangan. 1970-yillarga kelib, u o‘zini hazil aralash "Hay qiroli" deb e’lon qiladi va shaharni mustaqil qirollik deb ataydi - bu qisman hazil, qisman norozilik va sof marketing edi.

Bugungi kunda Hay shahrida 20ga yaqin kitob do‘koni mavjud - bu atigi 2000 ga yaqin aholisi bo‘lgan shaharcha uchun ajoyib ko‘rsatkich. Bu yerda she’riyatdan tortib siyosatgacha bo‘lgan mavzularga ixtisoslashgan do‘konlarni topish mumkin, ularning har bir javoni va burchagida arzon kitoblardan tortib noyob va qimmatbaho kitoblar joylashgan

Shaharning adabiy shuhrati 1988-yilda "Hay festivali" tashkil etilgandan so‘ng yanada oshdi. Bugun bu taniqli yozuvchilar, mutafakkirlarni va o‘n minglab tashrif buyuruvchilarni jalb qiladigan jahonga mashhur tadbirga aylandi. Hatto 2001-yilda festivalga tashrif buyurgan Bill Klinton uni "aqlning Vudstoki" deb ta’riflagan.

Nasib qilsa, Panda Books oilasi uchun maxsus shu shaharchadan jonli videolar qilishga rejasi bor.

@panda_books
Forwarded from Qisqa satrlar
Ko‘rdimki, umr va dunyodan ko‘ra tez shoshilib, yo‘q bo‘lib ketadiganroq, o‘lim va oxiratdan ko‘ra yaqinroq, orzudan ko‘ra uzoqroq, xotirjamlikdan ko‘ra go‘zalroq narsa yo‘q ekan.

Najmiddin Kubro


👉 Qisqa satrlar
#haqida

25-May

Bitiruvchi-2025!

Sizlarga Panda Booksdan kichik tavsiyalar:

Zamon shiddat bilan rivojlanyapti, kecha aktual sohalar bugun oʻzgaryapti. Doimo izlanishdan toʻxtamang.

Oldin Google, endi ChatGPT hayotimizga kirib kelayapti. Endi ko’p ishlar shular zimmasida. Ammo uni toʻsiq emas, balki imkonoyat sifatida koʻring.

Bundan buyogʻiga eng qimmatli “valyuta” - bu kreativlik, ijodkorlik. Fikrlar va gʻoyalaringiz sizni yuqoriga olib chiqadi. Bu uchun dunyoqarashangizni kengaytiring. Sayohat qiling. Kitob oʻqing. Yangi doʻstlar orttiring. Qiziquvchan boʻling.

Unutmang, intilsangiz, orzu qilsangiz, ishonsangiz, duo qilsangiz, harakat qilsangiz, hammasi yaxshi boʻladi.

Omad yor boʻlsin!

@panda_books
​​#review #taqriz

📙Lyu Sizin — “Chumolilar va dinozavrlar haqida”

“3 jism masalasi” bilan dunyoga tanilgan xitoylik ilmiy-fantast yozuvchimizdan yana bir ajoyib asar.

Nomidan bilinib turibdiki, unda dinozavrlar davrida ular bilan birga yashagan chumolilar va ular oʻrtasida tuzilgan ittifoq keyin esa adovat aks etadi. Ulkan Dinozavrlar imperiyasi va millionlagan chumolillar saltanati - kim qudratliroq deb oʻylaysiz?

Lekin kitobni oʻqirkansiz, aslida yozuvchi ishlatgan metaforani tezda tushunib olasiz. Dinozavrlar va qumursqalar aslida zamonamizda yashab turgan ikkita qudratli mamlakatlarning oʻziga xos timsollari boʻlib, dinozavrlar oʻzida intellekt va ijodkorlikni tamsil etsa, chumolilar - uyushqoqlik, mehnatsevarlik va tartibni ifoda qiladi. Bu ikki sivilizatsiya oʻzaro garmoniyada yashay olish-olmasligi kabi savollar orqali chuqur falsafiy mulohazalarni kelib chiqadi.

Ustiga-ustak, kitob juda yengil oʻqiladi, qiziqarli va original syujet sizni zerikishingizga yoʻl qoʻymaydi. Undan tashqari, romanga qoʻshilib, kitobda bir necha qissa va hikoyalar ham oʻrin olgan. Ular ham fantast janri muxlislari uchun ajoyib sovgʻa boʻlishi aniq.

Kitob oʻzbek tilida mavjud emas.

@panda_books
#yangikitob #newbook

Pol Kalaniti - kelib chiqishi hind bo‘lgan amerikalik neyroxirurg shifokor. U 1977-yil 1-aprelda Nyu-York shahrida tavallud topgan.

Pol Kalaniti 36 yoshida unga o‘pka saratoni tashxisi qo‘yildi. Shundan so‘ng u yana qariyb ikki yil yashadi, jarrohlik amaliyotlarini to‘xtatmadi va "Soʻnggi nafas havoga qorishmasdan" nomli tarjimai holini yozdi. Ushbu kitob 2016-yil yanvarida, uning vafotidan keyin nashr etilgan.

Stenford universiteti neyrojarrohi, tibbiyot fanlari doktori Pol Kalaniti o‘zining davolab bo‘lmaydigan o‘pka saratoni tashxisi qo‘yilgandan so‘ng hayoti qay darajada o‘zgarganini ta’sirli va hayajonli tarzda hikoya qilib beradi.

Ushbu asar “Huzur” nashriyoti tomonidan o’zbek tiliga tarjima qilinibdi.

@panda_books
#premyera

2023-yil 25-oktyabrda, G‘azo bombalanishining boshlanganidan atigi uch hafta o‘tgach, Umar al-Akkad quyidagi tvitni yozadi: "Bir kun kelib, xavf-xatar yo‘qolganda, biror narsani o‘z nomi bilan atashning shaxsiy ziyon boʻlmaganida, birovni javobgarlikka tortish uchun kech bo‘lganda, hamma bu voqealarga doimo qarshi bo‘lganini ta’kidlaydi."

Ushbu tvit 10 milliondan ortiq marta ko‘riladi. Endi ushbu yozuvchi va jurnalistning kitobi ham chiqibdi. Qoyil.

@panda_books
​​1952-yilda Albert Eynshteyn’ga rasman Isroil prezidentligiga nomzod bo‘lish taklifi bildirildi. Birinchi davlat rahbari Xaim Veysman vafotidan so‘ng, Bosh vazir Ben-Gurion AQShdagi elchi orqali olimga ushbu lavozimni egallash to‘g‘risida maktub yo‘lladi. Eynshteyn erkinligini saqlab qolgan va ilmiy faoliyatini davom ettirgan holda bu lavozimni egallashi mumkin edi, biroq u taklifni rad etdi. U bunday vazifa uchun na siyosiy tajribaga, na zarur fazilatlarga ega emasligini tushuntirdi.

"Afsus va achinish bilan bu taklifni rad etishga majburman," - deb yozdi u. - "Odamlar bilan to‘g‘ri munosabatda bo‘lish uchun menda na tabiiy qobiliyat, na tajriba mavjud."

Fan dahosi o‘z tabiatiga sodiq qoldi va prezidentlik lavozimi o‘rniga laboratoriyani afzal ko‘rdi.

@panda_books
#tavsiya

Anchadan beri bolalarga tavsiyalar bermagandim.

Hozir oʻzim bolalik payti oʻqigan yaxshi kitoblar hammasi.

Ertaga kattaroq post qilarman.

@panda_books
Bolaligingizda sevib oʻqigan kitobingiz qaysi?

@panda_books
O‘zbekistonda so‘nggi yillarda kitob bozori jadal rivojlanmoqda. Endi faqat klassika yoki ommaviy adabiyotlardan tashqari, kitobxonlar uchun turli mavzudagi asarlar taqdim etish muhim masalaga aylandi. Biroq, sohaviy, ya’ni kasbiy, tor mutaxassislar uchun mo‘ljallangan adabiyotlar hanuz yetarli emas.

Bugun shu maqsadda Firuz aka Asaxiy Pro loyihasini boshlaganini e’lon qildi. Loyihaning maqsadi — turli sohalar (biznes, tibbiyot, IT, pedagogika, davlat boshqaruvi va boshqalar) bo‘yicha zarur adabiyotlarni saralab, o‘zbek tilida taqdim etish ekan.

Shuningdek, ayni paytda bir nechta tashkilot va vazirliklar bilan muzokaralar olib borilyotgani va ilk kitob — Eliyahu Goldrattning “Maqsad” asari — iyul oyida taqdim etilishi rejalashtirilgani ma’lum qilindi. Tushunishim boʻyicha, endilikda oʻz hodimlari rivojlanishiga befarq boʻlmagan har bir rahbariyat Asaxiy Pro bilan hamkorlik qilishga harakat qiladi.

Bundan xursand boʻldim, chunki bu loyiha bozorga professional adabiyotlarni olib kirish yo‘lidagi amaliy harakat sifatida e’tiborga molik. Ammo uning muvaffaqiyati — tarjima tanlovi, sifati va hamkor tashkilotlarning faolligiga bog‘liq bo‘ladi.

Biz doimgidek loyihaning rivojini kuzatamiz va sohalardagi ilmiy muhitini boyitishga qanchalik hissa qo‘sha olishini tahlil qilib boramiz.

@panda_books
Ko‘p kitob o‘qimasangiz ham, ko‘p kitob o‘qiydiganlarni kuzating — bu dunyoni boshqacha ko‘rishga boshlaydi. Ayniqsa, o‘ylashga undaydigan, savol berishga jur’atlantiradigan fikrlar kam bo‘lgan Telegram makonida.

Quyidagi qiziqarli matnlarni oʻqib koʻring:

🔴 Франкенштейн феномени: ўзлик, жамият ва рад этилиш.
🔴 Геноциднинг оммавий психологияси: Голдҳаген назариясига танқидий назар
🔴 Камю ва унинг исёни
🔴 Зулм ёки завқ: дистопиянинг икки йўли
🔴 Инклюзия такрори: 'Why Nations Fail' ҳақида

Bu kanalda siz bilishga arziydigan kitoblar, falsafiy nazarlar va hayot haqida olib borilayotgan chuqur mulohazalarni topasiz.

📌 Obuna bo‘ling!
👉 @Hoshimov142
​​#review #taqriz

📙Abdurazzoq Gurna — “Jannat”

Seni qamab qoʻyishlari, zanjirband qilishlari, har qanday istaklaringni haqorat qilishlari mumkin, lekin ozodligingni tortib olish qoʻllaridan kelmaydi.

Gurna Nobel mukofoti olganida tabiiyki, afrikalik adabiyot namunasiga hamma singari men ham e’tibor qaratdim. Ammo “Jannat” men kutganimdan ancha sokin asar bo’lib chiqdi.

Asar syujeti Yusuf ismli bolakayning otasining qarzi tufayli boy savdogarga qullikka berib yuborilishi bilan boshlanadi. Voqealar bola tilidan hikoya qilinadi. Bu degani u ancha ravon va sodda.

Kitob orqali biz qora qit’aning qora oʻtmishi bilan - qullik, shahvatparastlik, zoʻrlik va jaholat bilan toʻqnash kelamiz. Oldin sira eshitmagan yovvoyi qabilalar hayoti va turmushiga nazar tashlaymiz. Ularning koʻpincha oʻz qoʻrquviga qul ekaniga amin boʻlamiz. “Yovvoyilar nima qoʻrqinchliroq boʻlsa oʻshanga sigʻinib ketaveradi…” Juda topib aytilgan jumla.

Asar boshi biroz zerikarli tuyulsa-da, uning soʻnggiga borib, voqealar ancha jonlanadi va biz koʻplab ishoralarni aslida nima ekanini anglab olamiz.

Xoʻsh, u nega Jannat deya nomlangan? Kitobda bir joyida asar qahramonlaridan biri shunday deydi: “Ba’zi odamlar Jannat bogʻi yerda deganini eshitganman, lekin bunga ishonmayman. Yerda boʻlsa ham hech kim unga kirolmaydi.”

Biz butun umr Jannatni yerdan qidiramiz, ba’zan hatto uni topgandek boʻlamiz. Lekin kim uchundir Jannat tuyulgan yer, kim uchundir Jahannam ekanini unutmaslik kerak. Yusuf uchun Jannat bogʻidek tuyulgan joy, Aminaga haqiqiy azob makoniga bunga misol boʻlsa kerak.

Kitobdan men shularni tushundim, albatta undagi falsafiy ma’nolar va ramzlar yanada chuqur boʻlganiga aminman va buni har kim mutolaa davomida anglab yetadi degan umiddaman.

Yoqimli mutolaa!

@panda_books
ChatGPTga “Imagine me as a food. Generate an image of it. Based on the history of all our chats” deb yozsam shu chiqarib berdi “shumtaka”:)

Meni “bu faqat kitob yeydi” bu deb oʻylasa kerakda:))

@panda_books
2025/07/06 20:31:51
Back to Top
HTML Embed Code: