Puling koʻp boʻlsa va Londondagi ushbu kitoblar seriyasini sotib olsang….
P.s: “bugun Humo kartamiz ishlamayatudi, bro” deyishganiga olmadim, erta-indin yana oʻtarman..
@panda_books

#haqida
Til
Yaqinda Buyuk Britaniya bosh vaziri Kir Starmer “UKda yashovchi hamma ingliz tilida gaplashmogʻi odatiy norma boʻlishi kerak” deb tvit yozdi. Bu mamlakatga kirib kelayotgan ulkan ingliz tilini bilmaydigan migrantlar toʻlqiniga qaratilgan narsaligini ta’kidlashim shartmasdur.
Lekin qizigʻi shuki, Starmer pisanda qilayotgan ingliz tili yaqin-yaqingacha ham Angliyaning oʻzida asosiy ilm tili emasdi. Masalan, XIX asrda ham Oxford va Cambridge universitetlarida lotin tili ustuvor sanalgan. Asrlar davomida domlalar lotin tilida darslar berishgan, universitet shiori ham lotincha. Domlalar ingliz tilida dars oʻtishni oʻzlariga or deb bilishgan.
London, Oxford, yo Angliyadagi “Rim beshiklari” sanalmish York yoki Bath shaharlarida kezarkansiz, sonsiz lotincha yozuvlarga koʻzingiz tushadi.
Endi afsuski, lotin tili gʻoyib boʻldi. Ammo haligacha koʻp davlatlarda shu ingliz tili bilan muammo. Agar xorijiy talaba oʻzi tahsil olayotgan yurt tili yoki inglizcha bilmasligi shunchaki uyat. Va bunday bilimning poydevori ham zaif boʻladi. Agar ikki oʻzbek Cambridge Universiteti ostonalarida uchrashib qolsa, xorazmcha yoki toshkentcha emas, lozim boʻlsa sof ingliz tilida suhbat qursin. Chetga kelibdimi, tilni rivojlantirsin, boshqalarga ham o’zbeklar bemalol boshqalar bilan teng ekanini isbotlasin. Oʻzim ham shunday qilishga harakat qilaman doim.
Til - bu muloqot vositasi. Ta’lim esa muloqot uchun eng ma’qul maskan. Va u sizlarni nur kabi yorugʻlik tomon eltsin.
Dominus Illuminatio Mea.

Yozuvchilar qandag hayotiy sharoitlarda yashashi ularning ijodiga katta ta’sir oʻtkazadi. Hatto ular yashaydigan “mahalla” boy yoki kambag’alligi ham, masalan.
1922-yil kuzida 26 yashar F. Skott Fitsjerald xotini Zelda bilan Nyu-Yorkning Long-Aylendidagi O‘rta yer dengizi uslubidagi uyga ko‘chib o‘tishadi.
Ular u yerda atigi 18 oy yashaydilar. Ammo o‘sha paytda yuqori jamiyat a’zolari yozgi dam olish maskani bo‘lgan Shimoliy qirg‘oq yaqinidagi Fitsjeraldning vaqtinchalik turar joyi, unga keyinchalik nashr etilgan mashhur "Buyuk Getsbi" romanini yozishga ilhom beradi.
“Oltin asr” qasrlarining hozirda faqat ozgina qismi saqlanib qolgan bo‘lsa-da, Long-Aylend hamon Fitsjerald bir asr avval ko‘rgan dabdabani aks ettiradi.

Forwarded from Bored Panda
Forwarded from Qisqa satrlar
- Qanday og‘ir yil bo‘ldi-a!
- Bilasizmi, nima uchun? Chunki bu kabisa yili-da. Keyingisi baxtli bo‘ladi, mana ko‘rasiz!
Keyingisi ming to‘qqiz yuz qirq birinchi yil edi.
Boris Vasilyev, “Ertaga urush edi”
👉 Qisqa satrlar

#bookstore
Baku shahridagi katta Mall’larning birida ajoyib kitob doʻkoni va bookcafe bor ekan.
Bu yerda ingliz, turk, ozarbayjon va rus tillarida kitoblar topishingiz mumkin.
Menga yoqdi.

Panda Books
Puling koʻp boʻlsa va Londondagi ushbu kitoblar seriyasini sotib olsang…. P.s: “bugun Humo kartamiz ishlamayatudi, bro” deyishganiga olmadim, erta-indin yana oʻtarman.. @panda_books
#bookstore
Penguin nashriyotining yangi klassik kitoblar seriyasiga yana bir nazar.
Manzur boʻldimi?
@panda_books
Penguin nashriyotining yangi klassik kitoblar seriyasiga yana bir nazar.
Manzur boʻldimi?
@panda_books
1923-yilning yozida Yelisey maydonidagi kichik qahvaxonada bir ayol o‘tirardi. Tushlik vaqti bo‘lsa-da, uning buyurtmasi atigi bir finjon qahvadan iborat edi. Gap nimadaligini kambag‘allashgan muhojirlarni ko‘rib o‘rgangan ofitsiantlar yaxshi tushunishardi.
Shu onda ostonadan hatlab kirgan erkakni hamma darhol tanidi. Qahvaxona jonlandi: har bir kishi fransuz matbuotida tez-tez ko‘zga tashlanib turadigan mashhur mehmonning e’tiborini o‘ziga tortishga intilardi.
Bu buyuk knyaz, Nikolay II ning amakivachchasi va Rasputinning o‘ldirilishida ishtirok etgan - Dmitriy Pavlovich Romanov edi. Ulug‘ knyaz atrofidagi shovqin-suronga e’tibor bermay, o‘sha kamtarin muhojir ayol o‘tirgan stol tomon yo‘l oldi: bu go‘zal ayol bilan u Peterburgdaligi paytidan tanish edi.
Bu Meri Eristavi (Shervashidze)- so‘nggi Rossiya malikasining kanizagi edi. Bundan o‘n yilcha oldin gruzin xonimi Peterburgda ko‘zlarni qamashtirar, uning go‘zalligi haqida afsonalar yurardi.
Bir kuni u kechikib, Nikolay II dan keyin zalga kiradi, bu saroy odob-axloqiga ko‘ra mutlaqo mumkin emasdi. Meri hukmdorning haqli g‘azabini kutadi.
Ammo imperator shunchaki: "Bunday chiroyli bo‘lish gunoh," - deydi, xolos. Endi esa Peterburgning shukuhi so‘nib, hayot surgunga aylangan edi.
Dmitriy Pavlovich knyaginya
yordamga muhtojligini darrov fahmlaydi. Shuning uchun ortiqcha tushuntirishlarga berilmay, Meriga "Kambon ko‘chasi, 13-uy" manzili bo‘yicha o‘z dugonasinikiga kirib o‘tishni taklif qiladi, u yerda ehtimol Meriga ish taklif qilinishi mumkin edi.
Knyazning dugonasi oʻzini Gabriel deb tanishtiradi, biroq uni Parijlik kibor xonimlar oddiygina qilib Koko deb atashardi.
Shunday qilib, rus malikasi kanizagi Meri Koko Shanelning ilk modellaridan biri va moda ikonasiga aylanadi.

Dunyoda turli shaharlar haqisa gid kitoblar juda koʻp, ammo aynan ko‘cha mushuklari haqida oldin eshitmagandim. Vashington Post nashri ushbu 224 sahifali yangi kitob toʻgʻrisida maqola tayyorlabdi. Unda 20 dan ortiq lokatsiyalarda mushuklari batafsil keltirilgan
Shuningdek, mushuklar asosiy o‘rin egallagan qahvaxona va mehmonxonalar, shuningdek, mushuklar bilan bog‘liq muzey va bayramlar haqida ma’lumotlar mavjud. Hatto bu yoqimtoy jonivorlar butun hududlarning ramziga aylanib, mahalliy madaniyatni o‘zgartirgani haqidagi voqealar ham oʻrin olgan.
Agar odamlardan zerikkan bo‘lsangiz-u, lekin hali ham sayohat qilishni istasangiz, bu aynan siz uchun:)

Forwarded from Panda Books
Bugun bir bora bo'lsa ham taomlandingizmi? Agar javobingiz ha bo'lsa, bu postni o'qishga majbursiz.
2-jahon urushi. Leningrad blokadasi. Shahar minglab tanklar va to'plardan o'qqa tutilar, sovet askarlari o'rtoq Stalin topshirig'i bilan shaharning eng muhim strategik binolarini himoya qilishardi. Bu orada fashist armiyasi qo'mondoni A.Gitler o'zining eng sara askarlaridan iborat maxsus guruhni shaharning eng muhim binosini egallash uchun jo'natishga tayyorgarlik ko'rardi. Qayerga deysizmi? Ermitaj? Gitlerda allaqachon Luvr bor edi. Yo'q, fashistlar liderini undanda muhimroq bino o'ziga jalb qilgan edi. U olim Nikolay Vavilov tomonidan asos solib boshqariladigan urug'lar saqlanuvchi ombor-laboratiya edi! Ha, ha, Stalin rahbari Vavilovni surgun qilgan, qo'riqlashni xayoliga ham keltirmayotgan bino. Hammasi bundan sal oldinroq boshlangan edi.
Ikkinchi jahon urushi oldidan Sobiq Ittifoqda ochlik boshlangandi. Uzoq davom etgan qurg'oqchilik natijasida hosil bo'lmadi. Natijada millionlab odamlar och qolishdi. Bu shunchalik ko'p odam hayotini olib ketdiki, unga "Голодомор" nomi bilan tarixda qoldi. Stalin mamlakatni ochlikdan qutqarishga harakat qilar, ammo buning uddasidan chiqadigan chora sira ko'rinmasdi. Bu orada N.Vavilov genetik tajribalar orqali madaniy o'simliklarni yaxshiroq va iqlimga moslashuvchan turlarini yaratiah ustida ish olib borardi. Bu o'sha davr uchun ham, soha uchun inqilobiy o'zgarishlar nishonasi edi. Ammo hammaham unday fikrda emasdi. Uning ashaddiy raqibi partiya va hukmron tabaqa orasida tanishlar orttirgan Lisenko o'rtoq Stalinga katta yig'ilishda: "Qisqa muddat ichida hosildorlikni oshira olishi, buning uchun hatto muzda ham pishib yetiladigan bug'doy navlarini yaratganini, ammo ilm-fanda ham dushmanlar borligini" ta'kidlaydi. Bu orada Stalin Vavilovni ilmiy tajribalarini kutib o'tirmasdan psevdaolim Lisenkoning g'oyasini qo'llab-quvvatlaydi. Natijasi esa hammamizga ma'lum. Urush arafasida N.Vavilov "chet el agenti" deya gumonlanib, qamoqqa olinadi. Uni otuvdan faqatgina urush boshlanib qolgani qutqarib qoladi.
Bu orada u yaratib ketgan maktab va uning hamkasblari qanchalar qiyin sharoitda bo'lmasin urug'lar saqlanuvchi binoni saqlab qolishga harakat qilishadi. Tez orada shaharda ochlik boshlanadi. Leningrad qamalda qolgani uchun ularga ko'mak yetib kelmay qoladi. Binodagi olimlarlarga kuniga qat'iy ravishda ikki bo'lak nondan boshqa hech vaqo tegmaydi. Ular qanchalik qiynalishmasin, och qolishmasin, hech kimga asrab kelinayotgan urug'larga tegishga ruxsat berishmaydi. Alal-oqibat, qattiq kurashlardan so'ng, u yerda qolgan barcha olimlar ochlikdan vafot etishadi. Taqdirni qarangki, butun hayotini millatni ochlikdan qutqarishga uringan Nikolay Vavilov ham qamoqxonada ochlik tufayli hayotdan ko'z yumadi. Ammo u yaratib ketgan navlar va qo'lyozmalar saqlanib qoladi...
...Hozirda uzoq shimolda, abadiy muzlik o'lkasida, Shpitsbergen orolining qorli sahrolari aro bir juda qattiq qo'riqlanuvchi bir darvoza bor. Bu yer tagiga singib ketgan ulkan bunker darvozasi. Bu yerga o'rnatilgan qo'riqlash qurilmalari, uncha-buncha yadro bunkerlaridan kuchliroq. Xo'sh, bu yerda nima saqlanadi deb o'ylaysiz? Menimcha, buni allaqachon anglab oldingiz. Ha, bu yerda dunyodagi eng katta o'simlik urug'lari saqlanuvchi laboratoriya joylashgan. U joy dunyoda kelajakda har qanday urush yoki apokalipsis bo'lgan taqdirda ham urug'larni yo'qolib ketishdan saqlash maqsadida barpo etilgan.
Shunday ekan, hozir hech bir o'ysiz, mazza qilib chaynayotgan mazali nonimizni bizgacha yetib kelishida o'zining munosib hissasini qo'shgan qahramonlar haqida bir zum eslab qo'yaylik. Bugungi to'qlikka shukr qilaylik....
("Kosmos: Ehtimoliy dunyolar" hujjatli filmidan ta'sirlanib yozildi)