Telegram Web Link
Forwarded from Qisqa satrlar
Only those who will risk going too far can possibly find out how far they can go
-
Faqat nihoyatda uzoqqa borishga tavakkal qilganlargina qanchalik uzoqqa borishlari mumkinligini aniqlay oladilar.

Tomas Eliot

👉 Qisqa satrlar
Bugun mashhur “Kalmar oʻyini” seriali 3-mavsumi start oldi. Shu munosabat bilan Yandeks Kitoblar menga ushbu kitobni tavsiya qilmoqda.

@panda_books
Kamchilik va afzalliklar

Menga doim toki baqiroq motivatorlar siyqasini chiqarmaguncha kar toshbaqa haqidagi masal juda yoqardi. Unda barcha toshbaqalar “Toʻxta, yoki uddalolmaysan” deganini eshitmasdan cho’qqigacha yetib borgan qulogʻi ogʻir toshbaqa haqida hikoya qilinadi. Yani aslida kamchilik boʻlgan karlik uni eng muhim ustunligi boʻlib chiqadi.

Oʻzingiz oʻylab koʻring, bejizga pakana, jismonan zaif, semizgina bolakay Napoleonni yoshligida “Uxla, ertaga seni buyuk ishlar kutayapti” deya uxlatishmagan. Bekorga emas. Uni duxini shu darajada koʻtarishganki, u rostanam butun umri davomida buyuk ishlar qila olgan.

O’smirligimda men ham oʻzimni kelishgan yigit deb hisoblaganman. Bu fikr o‘zimga ishonch bag‘ishlardi. Qizlar bilan tanishish va ularga e’tibor berishdan cho‘chimasdim. Maktabda o‘qituvchilar bilan bahslashishdan, eng aqlli boʻlishdan, boshliqlar bilan, biror narsa yoqmasa eshikni qattiq yopishdan tortinmasdim. Vaqt oʻtib, hech ikkilanmay turli sarguzashtlarga kirishish, dadillik bilan sayohatlarga jo‘nash, ideyalar oʻylash, kanal ochib blogerlik qilish, yangi mamlakatlar va cho‘qqilarni zabt etishdan va muhimi hayotdan istagancha bahr olishdan cho’chimasdim.

Hozir eski albom suratlarimni koʻrib, “Iye jaa unaqa boʻlmagan ekansizku” deyishingiz mumkin. Ha koʻzi zreniyasi pastroq ochki taqqan bitta yigitcha rasmdan sizga kulib turadi.

Endi o‘ylayapman: agar shuncha yil davomida o’zimga boʻlgan samoosenkam past boʻlganida shunday qiziqarli hayot kechira olarmidim? Bilmadim.

Xulosa: agar sizda qandaydir kamchiliklar bo‘lsa, xavotir olmang - balki bular afzallikdir.

@panda_books
Hozir qaysi asar(lar) mutolaasi bilan bandsiz?

@panda_books
Yashaydigan shahringizning zoʻr kutubxonasi boʻlsin ekan.

@panda_books
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
​​#review #taqriz

📙Den Braun — “Ibtido”

“Haqiqiy terroristlar bombani portladigan odamlar emas, ularni pul bilan ta’minlab turganlardir”

Den Braun allaqachon o‘zini muxlislariga ega yozuvchi. Men ham unga befarq emasman. Bu shunchaki sirli ramzlar va g‘alati qotilliklar haqidagi navbatdagi triller emas, balki fan dinni uzil-kesil mag‘lub etsa, nima bo‘lishi haqidagi hikoya. Aniqrog‘i, insoniyat ikkita asosiy savolga ilmiy javob topganda, nima sodir bo‘lishi haqida. Bular:
Qayerdan keldigu, Qayoqqa ketayapmiz?

Bu Braunning butunlay kelajak haqida so‘z yuritgan birinchi kitobidir. Endi Lengdon qadimiy qo‘lyozmalar emas, balki sun’iy intellekt, biotexnologiyalar, ilmiy yutuqlar va texnik evolyutsiya falsafasi haqida izlanadi.

Syujet juda qiziqarli. Sur’at - shiddatli. Boblar qisqa. Voqealar rivojidagi burilishlar kitobxonni maksimum oʻzida ushlab turadi. Eng muhimi - voqealarni shunchaki kuzatib qolmasdan, qahramonlar bilan birga fikrlaysan. Bu esa ommabop janr uchun kamdan-kam uchraydigan yutuq.

Va Uinston. Bizga sun’iy intellekt do’st/yordamchi qanday boʻlishini koʻrsatib beradi. Romandagi Ispaniya xuddi juda jonli chiqqan. Gaudi me’morchiligi, Sagrada Familiya, muzeylar, monastirlar - barchasi shunchalik batafsil tasvirlanganki, o‘zingizni haqiqatan sayohat qilayotgandek his etasiz.

"Ibtido" - bu shedevr emas, ammo aqlli va dolzarb kitob. U kelajak prizmasidan bugungi kun haqida so‘z yuritadi. Agar insoniyat qayoqqa yo‘nalayotganini tushunish siz uchun muhim bo‘lsa, uni o‘qishingiz kerak.

Ktobning so‘nggi savoli shunday:
“Agar o‘zimizdanda aqlliroq narsani yaratganimizda, biz umuman kerakmizmi?”

@panda_books
#news

⚡️Yaxshi yangilik!

Mening eng sevimli fantast yozuvchilarimdan biri - Lyu Sizinning “Uch jism masalasi” romani tarjima huquqi Asaxiy Books tomonidan sotib olinibdi. Bu haqida Firuz aka oʻz kanalida xabar berdi.

Hozircha siz shu va uning davomchilari boʻlmish ikki kitobdan iborat trilogiya haqida taqrizlarimni oʻqishingiz mumkin.

“Uch jism masalasi”
– “Qorongʻu oʻrmon”
“Death’s End”

@panda_books
Charchab ketmadingmi?

🔹 Dars qilaman, kitob o'qiman deysan-u -soatlab TikTok ko'rasan.
🔹 Sport zalga boraman, to'g'ri ovqatlanaman deysan-u - uyda yotib olib shirinlik yeysan.
🔹 Kuchli shaxs bo'laman deysan-u - qiyinchilikdan qo'rqib komfort izlaysan.

Bu sening aybing emas.
Miya va tana seni o‘z foydasiga boshqaradi — agar sen uni boshqara olmasang.

Agar bu ikkisini qanday ishlashini to‘g‘ri tushunsang, bu muammolarni yechish qiyin emas. O’zingni boshqarishni yangi loyihamizda o’rgan! 👇

FocusUZ | Intizom. Tizimlar. Natija.
​​Oneginning Tatyanaga maktubini o'qib

Bu kitobni qo'limga olar ekanman, har safar Onegin bilan o'rtamizda allanechuk o'zaro bog'liqlik bordek tuyuladi menga. Ayniqsa meni "Oneginning Tatyanaga maktubi" butun qalbimni larzaga soladi.

Ichimda yashaydi yolg'iz Onegin. Xuddi u kabi beqarorlikdan chekadi azob, o'tmishning qo'l yetmas burchaklarida qolib ketgan tuyg'ular esa unga sira bermaydi tinchlik.

Ichimda yashaydi yolg'iz Onegin. U ham bashang va bekamlikka burkangan sovuqqon zodagon janob siymosi ortiga yashiringan oddiy bir fosiq va qo'rqoq. Hayotda atigi bir marotaba xato qilgan, ammo shu qilingan xato uning umriga zavol yetkazganligini kech anglagan osiy banda.

Ichimda yashaydi yolg'iz Onegin. Unda yo'q na zafar quchmoq istagi, na qasos olmoq butun dunyodan. Yolg'iz istak faqat senigina ko'rish va oldingda tosh kabi qotish.

@panda_books
Forwarded from Bored Panda
- Uygʻon bro! Yarim yil qoldi!
- hhh, nima? Nimaga yarim yil qoldi?
- 2026-yilga…
- 😱🥲

@boredpandablog
Masalan, tugʻilgan kuningda olib kelingan tortni tilak tilab, puflab o’chirayotgan lahzangni emas, balki kadr ortida turgan yaqin insonlaringni rasmga tushirish afzalroq ekanini nechi yoshingda anglab yetgansan?

@panda_books
Agar senga hech kim yozmay qoʻygan boʻlsa. Agar seni hech kim kutmay qoʻygan boʻlsa, oʻylab koʻr

Balki polkovnikka aylanib qolgandursan…

@panda_books
Kitob yolgʻizlikka davo boʻlib qolmasin…
Kitob yolgʻizlikka yolgʻiz davo boʻlib qolmasin…
Yunon afsonalari

Yoshligingda yunon afsonalarini - Gerakl, Tesey, Yason qahramonliklarini o‘qiganingda, ular Kempbellning “qahramon yo‘li” va boshqa shu kabilar haqida deb o‘ylaysan.

Ulg‘ayganingda tushunasanki, qadimgilar shu yo‘l bilan avloddan avlodga hayotda qanday harakat qilish va yo‘l topish bo‘yicha aniq amaliy maslahatlarni yetkazishgan.

Gidrani yengish - murakkab tizimda chigal muammoga oddiy yechim topish. Stimfali qushlarini o‘ldirish - ommaning ruhiyatini tushunib, ijtimoiy tarmoqlar davrida uni boshqarish. Medeyani rom etish - nufuzli odamning qiziga uylanib, "kuyov" bo‘lish. Amazonkalar - feminizm va hokazo.

Argonavtlar sayohati esa startapchilar va jamoaviy tadbirkorlar uchun maxsus qo‘llanma oʻlaroq yaratilgan.

Rashev

@panda_books
Forwarded from Bored Panda
YANGI YOʻNALISHGA QOʻL URDIM❗️

Soʻnggi paytlarda Instagram va Youtube tarmogʻidayam aktivman. Blogerlar koʻp, lekin u yerdayam hali egallanmagan choʻqqilar anchagina. Oxirgi videolarim shunga misol.

Aytmoqchi boʻlganim, bu yerdagi va Instagramdagi kontentlarim bir-biridan tubdan farq qiladi. Shu sababli, Instagramda ham oʻzingizga foydali va qiziqarli kontentlarni kuzating va Bored Pandani qoʻllab-quvvatlab borishingizni istardim.

A’zo boʻling:
instagram.com/jasurbek.bazarbaeff

Hozircha reklamasi yo’q profil:)

@boredpandablog
2025/07/05 19:24:33
Back to Top
HTML Embed Code: