Telegram Web Link
#tavsiya

Qarasam, anchadan beri shunchaki yangi kitoblarni tavsiya qilmay qo'yipman. Shunga bugun chek qo'ysak.

Orangizda kimda kim, maishiy texnika bozoriga ozroq qiziqqan bo'lsa, u holda umrida bir bora bo'lsin DYSON brendi haqida eshitgan bo'lsa ajabmas. Chunki u o'zining o'ta sifatli va shunga yarasha qimmatbaho mahsulotlari bilan tanilgan.

Ushbu brendga britaniyalik ixtirochi va tadbirkor Jeyms Dayson tomonidan asos solingan. Amazonni titkilab, uning 2021-yilda chop etilgan hayoti va ixtirolari haqida ajoyib kitobga duch keldim.

"Invention: A Life" kitobi o'z hayotida ko'plab muvaffaqiyatsizliklarga uchragan, lekin oxir-oqibat uni dunyoga mashhur qilgan bir talay mahsulotlar va texnologiyalarni ishlab chiqa olgan Jeyms Dayson o'tmishidan hikoya qiladi.

Bu kitob shunisi bilan ahamiyatliki, u biznes to'g'risida emas, balki ta'lim, liderlik va o'z ustida ishlash, shuningdek, muhandis-u olimlarning jamiyatda tutgan ahamiyati haqida. Bundan tashqari, u ixtirochi Jeyms Daysonning o'qib-o‘rganishga bo‘lgan kuchli ishtiyoqi, yangilikka intilishi va cheksiz tadbirkorlik ruhidan so'zlaydi.

Odatda bunday ajoyib kitoblar tezda rus tilida nashr etilardi, ammo Bloomsbury nashriyoti endilikda RUga mualliflik huquqlarini sotmasligini hisobga olsak, kitobning MDHda birinchilardan bo'lib, o'zbek tilida chop etilishiga umid qilsak bo'ladi.

Zero, ulkan muvaffaqiyatga erishgan biznesmen va ixtirochi olimlarning avtobiografiyalarini o'qish, kitobxonga istalgan biznes haqidagi kitobdan ko'ra ko'proq narsa berishiga aminman.

@panda_books
#tavsiya
Kogonda bundan qariyb bir yarim asr avval Buxoro amiri Abdulahadxon tomonidan qurdirilgan, Sharq va Gʻarb meʼmorchiligi anʼanalarini oʻzida mujassam qilgan uch qavatli muhtasham majmua — Kogon saroyi joylashgan.

Uni Abdulahadxon Rossiya imperatorini kutib olish uchun qurdirgan, ammo ba'zi sabablar bilan Oqposhsho yurtimizni ziyorat qila olmagan.

Gazetada ushbu saroy haqida ajoyib maqola chiqibdi. Ham tarixini o'qib, ham rasmlardan bahra oladigan joyi lekin.

Saroyning birinchi qavatida 17 ta xona boʻlib, ular orasida toʻrtta yotoqxona, yirik kutubxona, Gʻarb uslubida qurilgan oshxona, qabul zallari, shuningdek, ball zali va maestro xonasi ham boʻlgan ekan.

Qizig'i. bu kutubxona hozir ham mavjud va u ishlayapti (rasmda). Tashrif uchun rekomendayson manzil.

@panda_books
Forwarded from Panda Books
Mening xotinim va ikkita kichik o'g'lim bor edi. Men PR menejeri bo'lib ishlardim va orada film ssenariylarini tahrir qilib daromad topardim. Ammo kitob yozish uchun ishdan voz kechish kerak edi. Men mashinamni garovga qo‘yib, pulni xotinim Mersedesga berdim. Har kuni u yoki bu tarzda u menga qog'oz, sigaret va ish uchun zarur bo'lgan hamma narsani olib kelib turardi. Kitob tugagach, ma'lum bo'ldiki, biz qassobdan 5000 peso qarzdor ekanmiz - bu juda katta pul edi. Bu orada okrugda mening juda muhim kitob yozayotganim haqida mish-mishlar tarqaldi va barcha do'kon sotuvchilari bunda ishtirok etishni xohlashdi. Qo'lyozmani nashriyotga jo‘natish uchun menga 160 peso kerak edi, uyda esa bor-yo‘g‘i 80 peso qolgan ekan, natijada bz mikser va Mercedesning sochquritgichini garovga qo‘ydik. O'shanda u shunday degandi: "Ishqilib, romaning yaxshi chiqqan bo'lsinda"..


Bu odam kolumbiyalik yozuvchi Gabriel Garsiya Markes edi. Roman esa "Yolg'izlikning yuz yili" bo'lib, keyinchalik u adibga Nobel mukofotini keltiradi.

Hayot shunday qiziq narsada.

@panda_books
"Hizbulloh" ya'ni "Xudo partiyasi" tashkiloti yaratilish tarixi haqida.

@panda_books
Kimdur Aksuni oldidagi archalar tagiga kitob yashirib ketibdi😂😉 @dildora_bookaholic
#tavsiya

Ideal dunyo haqidagi fikrlaringizni butunlay o'zgartirib yuboradigan 15 ta antiutopik kitob

Jorj Oruell - "1984"

Rey Bredberi - "Farengeyt bo'yicha 451 daraja"

Oldos Xaksli - "Jasur yangi dunyo"

Jorj Oruell - "Molxona"

Yevgeniy Zamyatin - "Biz"

Entoni Byordjess- "Mexanik apelsin"

Tatyana Tolstaya - "Кысь"

Andrey Platonov - "Xandaq"

Kurt Vonnegut - "Beshinchi qushxona yoxud bolalar salib yurishi"

Aleks Garland - "Plyaj"

Loren Oliver - "Delirium"

Stiven King - "Yuguruvchi odam"

@panda_books
Bizning kitob olamimizda o'zining "Qora oqqush" kitobi bilan mashhur ham faylasuf, ham yozuvchi Nikolas Nassim Taleb o'zining yangi kitobi - "the Lydioan Stone" nomini e'lon qilibdi. Kitob 2025-yilda chiqishi rejalashtirilgan.

P.s: Lidiya toshi = Oltin va kumushning qiymatini tekshirish usuli hisoblanadi.

@panda_books
1. Dam olish kunlari barvaqt uyg'onish.
2. Kunbo'yi kitob mutolaasi va o'qish bilan shug'ullanish.
3. Do'kon aylanish va kechqurun uyda sog'lom ovqat tanovul qilish.

Masalan, kechagi kunim deyarli shunday o'tdi.

O'smirligingda yomon ko'rgan ba'zi ishlarni (chunki qilish kerak) vaqt o'tib, yoshing kattalashgach sevishni va qadrlashni (chunki o'zing xohlaysan) boshlarkansan.

@panda_books
#haqida

Vaqti keldimi?

Haaa... Adabiyotimizda g'alati sukunat. Oxirgi yillar ijtimoiy tarmoqlarga oz-moz bas kelib, yoshlar yana mutolaa qayta boshlagan va hozirda birin-ketin dunyo bestsellerlari-yu, turk adabiyoti tarjimalari bosilib yotgan bir paytda bizda jimlik kuyi chalinmoqda.

Murod Muhammad Do'stning oxirgi intervyularini ko'rib tushundimki, Murod oka hali-beri nimadur chop etmoqchi emas. Yozishdan charchagandek. Nazar Eshonqul, Usmon Azim kabi darg'alar esa "Hozircha mening shu choqqacha yozganlarimni o'qib, hazm qilib olaveringlarchi" deyishyotgandek go'yo. Qolganlar oxirgi marta Ikar loyihasida ko'rinish berib qo'yishdi xolos.

Yoshlarchi? Javlon Jovliyev "Qo'rqma" bilan yorib chiqqaniga ham mana 4 yildan oshdi. Men kamida ikki yil oldin hali bestseller ta'siri ketmay turib, aka yangi romani bilan chiqar deb o'ylagandim. Ammo afsuski. Sherbek Bobonor "Qora suyaklar" kitobi bu yil chiqdi. Zo'r zamonaviy asar. Lekin akani o'zi buni yozganiga ancha bo'lgan va afsuski, muallif hozir yozuvchilik qilmayapti.

Men kimnidur tanqid qilmoqchi emasman, ammo yozuvchidan nega yozmayapsiz deya bir bor so'rashga kitobxon haqli deb o'ylayman. Yozuvchidan yaxshi asardan boshqa yana nima kutamiz, axir?

Ha, barchasida katta ehtimol, ish stolida mavzular qalashib yotgandur. Ammo hozirgi davrga mos, zamonaviy yoshlar hayoti haqida yoziladigani kerak bizga. Bitta adabiyotchi zo'r aytgandi: "bizda sovet odami shakl-shamoyili yetarlicha tasvirlangan. Boring ana, mustaqillik ilk davri odamlari ham". Ammo yangi davr o'zbek kishisi qanday yashayapti? Bu savolga hozircha javob yozuvchilardan berilganicha yo'q deb o'ylayman.

Sahna tayyor. Chiroqlar o'chirilgan. Zal to'la tomoshabin. Hammaning nigohi bo'm-bo'sh sahnaga qaratilgan. Kutishmoqda.

Vaqt esa bo'ldi. Tik..tak..tik...tak...!

@panda_books
Urush - bu Tinchlik
Ozodlik - bu Qullik
Johillik - bu Kuch

Syurrealistik foto.

@panda_books
#news

Bugundan Jorj Martinning mashhur "Taxtlar o'yini" fentezi romani o'zbek tilida sotuvi boshlandi.

GoTchilar kitob qulluq bo'lsin!

@panda_books
Panda Books
#news Bugundan Jorj Martinning mashhur "Taxtlar o'yini" fentezi romani o'zbek tilida sotuvi boshlandi. GoTchilar kitob qulluq bo'lsin! @panda_books
#news

Bugundan Jorj Martinning "Taxtlar o'yini" fentezi romani o'zbek tilida sotuvi boshlandi.

GoTchilar kitob qulluq bo'lsin!

P.s: Zabarjad Media nashriyotidagi tadbir ajoyib o'tdi👍

@panda_books
"Taxtlar o'yini"dagi eng yoqtirgan qahramoningiz qaysi?

@panda_books
Qanchalar hammani baxtli qilishga va barchaga yoqishga harakat qilganing sari – o'zing azoblanib yuraverasan xolos.

@panda_books
2024/05/21 05:43:50
Back to Top
HTML Embed Code: