#reading
Hozir Uolter Ayzeksonning “Elon Mask” kitobini oʻqiyapman. Unda bitta qiziq joyi bor.
Elon Mask SpaceX raketalarini qurayotganida, injenerlari uni oldiga kelib, bo'lajak raketalarning dvigatellari tannarxi bir necha million dollar bo'lishini aytishadi. U esa nega buncha qimmat ekanini so'raydi. Shunda injenerlar xavfsizlik va boshqa turli faktorlar tufayli bu reglamentda berilgan deya javob berishadi. Mask bu reglamentni kim tuzgan deb so'raydi, Bunga javoban, injenerlar "NASA va harbiylar" deyishadi. Elon esa aniq kim tuzgani, familiyasi va qaysi bilimiga tayanib bunday katta reglament qilinganini surishtirishni buyuradi.
Bir qarashda, Mask qilayotgan ish bema'nidek tuyuladi, Lekin unday emas, chunki Mask shunchaki yaxshi tadbirkor edi. Shu paytgacha davlat qaramog'ida bo'lgan kosmik sanoat faqat zarariga ishlagan va ulkan byurokratik to'siqlar girdobida bo'lib, turli xil reglamentlar va qoidalarga to'la edi. Mask dvigatellar uchun qo'yilgan talablar asnosida ushbu Reglamentdan qancha qismi aslida kerak yo yo'qligini isbotlashni aynan uni tuzganlardan talab qiladi. "Qoida kiritdingmi, uni isbotla!". Yaqinda Xamurappi qonunlari haqida yozgandim, Mask ham mazmunan shuni talab qiladi. Ma'lum bo'ladiki, raketalatrni ancha arzonga va sifati undan kam bo'lmgan holda qursa bo'larkan.
Oxir-oqibat, Elon Mask shunday deydi: "Reglamentlar bu shunchaki tavsiya, biz buza olmaydigan yagona qonun — bu fizika qonunlari xolos". Natijada SpaceX raketalari dunyodagi eng arzon va yengil, shu bilan birga o'ta mustahkam va ishonchli raketalarga aylanishadi. Mask shunchaki bu sohani xususiylashtirmaydi, u sohada nechi yillardan beri eskirib ketgan qoida va tartiblarni soddalashtiradi, yangilaydi va keraksizidan voz kechadi.
Endi kimdur sizga qaysidur davlat monopoliyasi bo'lgan va samarasiz ishlayotgan soha haqida "uni xususiylashtirish, sog'lom raqobat yaratish ham vaziyatni o'zgartira olmaydi" desa, u holda siz unga bemalol Elon Mask va uning SpaceX kompaniyasini misol ketirishingiz mumkin.
@panda_books

🔥32👍16❤3
❗️Diqqat, tanlov! 🎉
Bugun kanalimizda ajoyib bir tanlov o'tkazishga qaror qildim. Sovg'aga esa 5 ta ajoyib kitoblar qo'yilgan. Bular:
Kitoblar ham moddiy, ham mazmunan jihatdan eng sara kitoblardan hisoblanadi. Kitoblar 5 dona. Demakki, gʻoliblar ham 5 ta boʻladi.
⚡️Tanlov sharti oddiy:
1. Bizning kanal — @panda_books ga a’zo bo'ling.
2. Ushbu post ostida ism-familiyangizni yozib qoldiring.
3. Keyin har bir kishiga alohida link (havola) beriladi. Maxsus link orqali kanalga eng koʻp odam taklif qilgan ishtirokchi gʻolib deb topiladi. Siz orqali kanalga a’zo boʻlgan odamlarni linkning oʻzi avtomatik hisoblab boradi.
📣Gʻoliblar 8-noyabr, juma kuni, kechki payt e’lon qilinadi.
Kitoblardan biriga ega bo'lishga shoshiling.

1. Robin Sharma — "Tonggi soat 5 klubi"
2. Sabohiddin Ali — "Ichimizdagi shayton"
3. Brett King — "Bank 4.0"
4. Charlz Uilan — "Yalang'och iqtisodiyot"
5. Hikmat Anil O'ztekin — "Alifdek sevmoq"
Kitoblar ham moddiy, ham mazmunan jihatdan eng sara kitoblardan hisoblanadi. Kitoblar 5 dona. Demakki, gʻoliblar ham 5 ta boʻladi.
⚡️Tanlov sharti oddiy:
1. Bizning kanal — @panda_books ga a’zo bo'ling.
2. Ushbu post ostida ism-familiyangizni yozib qoldiring.
3. Keyin har bir kishiga alohida link (havola) beriladi. Maxsus link orqali kanalga eng koʻp odam taklif qilgan ishtirokchi gʻolib deb topiladi. Siz orqali kanalga a’zo boʻlgan odamlarni linkning oʻzi avtomatik hisoblab boradi.
📣Gʻoliblar 8-noyabr, juma kuni, kechki payt e’lon qilinadi.
Kitoblardan biriga ega bo'lishga shoshiling.
@panda_books
⚡16👍13🤣8❤🔥4🏆4❤1🔥1🫡1
#haqida
My MBTI
Izohlarda so'rashdi: sizning Myers–Briggs Type Indicator qanday deb. Men bu nima ekanligini bilmasdim. Qiziqib, gugl qildim. www.16personalities.com saytidan bepul test qildim.
Mana bu mening xulosalarim. Demak, mening shaxsiyatim — Commander (ENTJ-A) ekan. Lider - boshqa nima ham bo'lishi mumkin edi:)
Extravertroq ekanman) Intuitiv, qat'iy va hz. Saytda yana sizning kuchli va zaif tomonlaringizni ko'rsatib berarkan. Pullik xizmatni yoqsangiz, tahlil yanada batafsil bo'larmish. Men unday qilib o'tirmadim.
Lekin baribir bunday testlarga nisbatan skeptik qarashda qolaveraman.

👍22⚡2🔥2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#tavsiya
O'zga sayyoralikka qaysi kitobni tavsiya qilgan bo'lardingiz?
Armen Zaxaryan Dudga bergan intervyusida o‘zga sayyoraliklarga insoniyatni yaxshi tushunishlari va insoniylikni ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan jahon adabiyotining eng sara 10 ta kitobini taklif qilibdi. Bu kitoblar ichida sizga tanishlari bormi?
Xo'sh, agar sizdan shunday ro'yxat so'rashganda, qaysi kitoblarni tavsiya qilardingiz?

👍26🔥2💔2👎1
#review #taqriz
📗Renee Knight — "Disclaimer"
"G‘azabning kuchingizga qanchalik ko‘p kuch qo‘shishi hayratlanarli..."
Yaqinda shu kitob asosida suratga olingan serial ko'rayotganim haqida yozgandim. Serialning oxiri shunchalik qiziqitirib qo'ydiki, so'nggi qismni kutmasdan kitobni topib o'qib chiqdim.
Britaniyalik adiba Reni Nayt tomonidan yozilgan ushbu kitob ham detektiv, ham drama janrlarini o'z ichiga oladi. Yozuvchiga butun hurmat bilan shuni aytishga majburmanki, kitob "belletristika" yoxud ommaviy adabiyotga taaluqli ekan. Yengil, tez o'qiladi va shunday yengil hazm bo'ladi, odatda bunday asarlar asosidagi filmlar ham yaxshi chiqqani hisobiga sotuvi ham oshadi.
Kitob oilaviy munosabatlar, bola tarbiyasidagi kamchiliklar salbiy oqibati va er-xotin o'rtasida sir bo'lishi qanchalik dahshatli voqealarni keltirib chiqarishi mumkinligi haqida.
Ispaniya plyajlarida ta'til o'tkazayotgan Robert, Ketrin va ularning 5 yashar o'g'li Nikolas. Kutilmaganda Robert xotini va 5 yashar bolasini tashlab Londonga qaytishga majbur bo'ladi. Uch kundan keyin ular ham qaytishadi. Ammo oradan 20 yil o'tib, Robert o'z ishxonasida pochtadan "Ideal begona" nomli kitobcha va xotinining 20 yil oldingi yalang'och va erotik holda tushgan rasmlarini qabul qilib oladi. U rasmdagi xonadan bu voqea 20 yil oldin u ketgan mehmonxonada bo'lganini anglaydi. Kitob esa o'sha vaqtda Nikolasni cho'kib ketishdan qutqarib qolgan holda o'zi halok bo'lgan Jonatan haqida edi. Xuddi shu kitobdan Ketrinning o'zi va yaqinlari ham qabul qilib olishadi. Endi sirlar yuzaga qalqib chiqadigan vaqt keladi.
Albatta, yakunda hammasi umuman bosqacha, haqiqat oshkor bo'ladi, menimcha bu juda kech. Shu bilan birga, final borasida ham muallif bilan tortishgan bo'lardim.
Masalan, Jonatan nega cho'kib ketdi? Axir u sog‘lom, yosh va baquvvat yigit edi-ku. Nega unga hech kim yordam bermadi, qirg‘oqda boshqa odamlar ham bor edi-ku? Ketrin nega yordamga chaqirmadi, Jonatan o'limida vijdoni qiynaladimi?
Nensi (Jonatanning onasi) o‘g‘liga bo‘lgan ko‘r-ko‘rona onalik mehri ham kishini hayratga soladi. O'g'lini haddan ortiq yaxshi ko'rishi natijasida, o'zi bilmagan holda o'z o'g'li hayotini buzib qo'yadi. Bu bizda ham begona bo'lmagan holat. Natijada faqat o'z xayollariga asoslanib yozgan kitobi ortidan aybdor bo‘lmagan insonlar hayotini buzilib ketadi.
Xullas, kitobning aytarli o'ziga tortadigan narsasi yo'q. Agar voqealarga qattiq qiziqb qolgan bo'lsangiz, kitob asosida olingan serialni ko'rib qo'ysangiz bo'ladi.

👍8🔥3🏆3🆒1
Forwarded from Panda Books
Hayot va yetti odam haqida hikoya
Bir kuni bir necha odamlar Hayotga shunday savol berishibdi: "Nega meni yashashim bunday?"
Birinchi odam so'rabdi:
— Nega meni yashashim bunday? Tez-tez kasalman, muvaffaqiyatsizliklar doimo menga hamroh... Xuddi men har xil muammolar uchun magnitman...
Hayot unga javob qilibdi:
— Chunki sen QASDMA QASDIGA yashaysan. Butun dunyodan xafasan, g'azab va nafrat tuzog'iga tushgansan. Hayotda esa XURSANDCHILIK bilan yashash kerak. O'zinga, atrofingdagilarga, Xudoga. Shunda baxtli bo'lasan.
Ikkinchi odam Hayotdan so'rabdi:
— Nega meni yashashim bunday? Kimdir yoki nimadir bilan doimiy kurashdaman... Hammasi noto'g'ri...
Hayot unga javob qilibdi:
— Chunki sen QARSHI yashaysan. Hammaga va barcha narsaga. Sen xuddi voyaga yetmagan o'smirga o'xshaysan, hali ham isyonkorsan, aslo to'xtay olmayapsan. Shuning uchun senda shunday qarama-qarshi hayot bor. Hayotda MINNATDORCHILIK bilan yashash kerak. O'shanda baxtli bo'lasan.
Uchinchi odam Hayotdan so'rabdi:
— Nega meni yashashim bunday? Doimo boshqalarning fikriga qarab ish tutaman, o'zimga ishonmayman...
Hayot unga javob qilibdi:
— Sen boshqalar senga HASAD qilishlari uchun yashaysan. Aslida shunday yashash kerakki, boshqalar sendan ILHOMLANSIN. O'shanda baxtli bo'lasan.
To'rtinchi odam Hayotdan so'rabdi:
— Ayt-chi, nega meni yashashim bunday? Doimo stress va asabiy tarang yuraman...
Hayot unga javob qilibdi:
— Sen kimgadir nimanidir ISBOTLASH uchun yashaysan. Sening hayoting doimiy teoremalardan iborat, ular doimo "isbotlanishi kerak". Lekin bu hech kimga kerak emas. Hech kimga hech narsani isbotlashing shart emas. Sen bunga juda ko'p vaqting va kuchingni sarflaysan: dalillarga, boshingdagi qaynab yotgan fikrlarga. Sen BAXT AKSIOMASIda yashashing kerak. Shunda xalovat topasan.
Beshinchi odam Hayotdan so'rabdi:
— Nega meni yashashim bunday? Hayot men uchun to'la ko'ngilsizlik...
Hayot unga javob qilibdi:
— Chunki sen KO'Z-KO'Z uchun yashaysan. Haqiqiy o'zing qayerda? Asling kabi KO'RIN yoki ko'ringaning kabi BO'L. O'shanda baxtli bo'lasan.
Oltinchi odam Hayotdan so'rabdi:
— Nega meni yashashim bunday? Zerikarli, qiziq emas...
Hayot unga javob qilibdi:
— Chunki Hayot SENi YONINGDAN O'TIB BORYAPTI. Sen undan yashiringansan. Aslida shunday yashash kerakki, Hayot qiziqqanidan to'xtab qolsin, yoningdan o'tib ketmasin va shu yerda qolsin... Shunda baxtli bo'lasan.
Va yettinchi odam Hayotdan so'rabdi:
— Nega meni yashashim bunday? Hech nima menga quvonch keltirmaydi...
Va Hayot unga javob qilibdi:
— Chunki sen O'Z HAYOTING bilan yashamayapsan. Bu quvonchlar seniki emas. O'zingni, tuyg'ularingni, istaklaringni, orzularingni, maqsadlaringni, so'zlaringni, hissiyotlaringni, kitoblaringni, filmlaringni, qo'shiqlaringni, muloqot doirangni top... O'Z HAYOTINGNI TOP! Ana shunda baxtli bo'lasan.

❤🔥17👍12🔥2⚡1
#tavsiya
Fransua Rable (1494-1553, Fransiya) - “Gargantyua va Pantagryuel”
Bu asar besh kitobdan iborat va ikki asosiy qahramon — dev Gargantyua va uning o‘g‘li Pantagryuelning sarguzashtlari haqida hikoya qiladi. U hajv orqali o‘quvchilarni ijtimoiy adolat, diniy erkinlik va ta’limning ahamiyatini anglashga undaydi. Rable o‘z asarida o‘sha davrda hukmron bo‘lgan urf-odatlar, soxta diniy qarashlar va ilmiy bilimlarning yetishmasligini tanqid qiladi.
Ushbu asar ko'pgina adabiyot olami vakillari tomonidan jahon adabiyotining eng sara durdonasi hisoblanadi.
Hajman katta bo'lsa-da, sekin-sekin mutolaa qilmoqchiman...

🔥13👍5
Panda Books
#newbook #yangikitob Yaqin insonimdan ham bayram munosabati bilan kitob hadya oldim😊 Jey Di Vensning "Hillbilly Elegy: A Memoir of a Family and Culture in Crisis", o'zbek tilida "Hillbillining mungli qo'shig'i". Bu odam hozir Trampning vitse-prezidenti…
👆Aytganimdek, endi bu kitob Donald Trampning vitse-prezidentiga aylangan odamning kitobiga aylandi:)
@panda_books
@panda_books
👍6🔥4
#tavsiya
Migel Anxel Asturias - gvatemalalik yozuvchi va diplomat, 1967-yilda Adabiyot bo‘yicha Nobel mukofoti sovrindori va sehrli realizm yo‘nalishining asoschisi.
Uning eng mashhur asarlaridan biri - "Senyor Prezident" 1933-yilda yozilgan bo'lsa-da, biroq oradan 13 yil o'tibgina nashrdan chiqadi. Unda diktator Kabrera va uning davrida gvatemalaliklarning hayoti hikoya qilinadi. Mamlakatni qamrab olgan qo‘rquv muhiti va shunchaki omon qolish uchun olib borilgan kurash haqida so‘z yuritiladi.
Asturias biroz unutilgan yozuvchi. Rus tilida ham kitoblari 70-yillarda chop etilgancha, deyarli qayta nashrdan chiqmagan ekan. Afsuski, bizda o'zbekchasi bormi yo'qmi buni bilolmadim. Xullas, bugun shu kitob mutolaasini ham boshladim. Lotin Amerikasi adabiyoti borgan sari menga yoqa boshlayapti.
UPD: O'zbekchasi bor ekan😊 lekin kitob koʻrinishida boʻlmasa kerak.

👍15🔥4
Panda Books
❗️Diqqat, tanlov! 🎉 Bugun kanalimizda ajoyib bir tanlov o'tkazishga qaror qildim. Sovg'aga esa 5 ta ajoyib kitoblar qo'yilgan. Bular: 1. Robin Sharma — "Tonggi soat 5 klubi" 2. Sabohiddin Ali — "Ichimizdagi shayton" 3. Brett King — "Bank 4.0" 4. Charlz Uilan…
Bugun tanlovning oxirgi kuni. Tanlov gʻoliblari soat 22-00dan keyin e’lon qilinadi.
Tanlov natijalari e’lon qilingunga qadar sovgʻaga qoʻyilgan 5 ta kitobdan birini yutib olishingiz mumkin. Shoshiling:)

❤🔥13👍7
#haqida
Originalida nimani o'qish kerak?
Har yili mutolaa qilish mobaynida nimanidur anglab borasan, bu seni o'sishingga yordam beradi. Ba'zi fikrlar noto'g'ri ekanini tushunasan.
Masalan, men bu yil Fyodor Dostoyevskiyni asliyatida o'qishga harakat qilib ko'rmoqchi, "Buyuk Beshlikni" ruschada o'qimoqchi edim. "Telba" va "Jinoyat va Jazo"ni mutolaa qildim ham. Va biroz adashganimni angladim.
"Rus tilini nega o'rgangansan?" desa "Dostoyevskiyni originalida o'qish uchun!" deyilgan narsa ko'proq mif ekan. Nega bunday desangiz, Dostoyevskiy ko'proq g'oyaviy adib, uning fikrlari qanchalik teran bo'lmasin, tarjima qilinganda mag'zini saqlab qolish mumkin.
Yana bir ustunligimiz, bizda Ibrohim aka G'ofurov uni maromiga yetkazib tarjima qilganlar. Men har ikkala tilda o'qiganimda ham deyarli bir xil kuchli hissiyot oldim, shuning uchun Dostoyevskiyni originalida o'qishga ayniqsa biz o'zbeklarda unchalik ham hojat yo'q, albatta, siz adabiyotshunoslikda o'qimasangiz:)
Xulosa shuki, originalida prozaiklarni emas, balki ko'proq shoirlarni o'qigan afzal ekan. Ularni tarjima qilishda ko'p narsa yo'qotilishi mumkin.

❤16👍11💯4🏆4
Panda Books
❗️Diqqat, tanlov! 🎉 Bugun kanalimizda ajoyib bir tanlov o'tkazishga qaror qildim. Sovg'aga esa 5 ta ajoyib kitoblar qo'yilgan. Bular: 1. Robin Sharma — "Tonggi soat 5 klubi" 2. Sabohiddin Ali — "Ichimizdagi shayton" 3. Brett King — "Bank 4.0" 4. Charlz Uilan…
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
❗️Diqqat, tanlov g'oliblarini e'lon qilamiz! 🎉
Tanlovda to'fg'risi, men kutganda ko'proq inson ishtirok etishdi. Lekin eng ko'p faol bo'lganlar g'alaba qozonishdi. Demak, 5 ta kitobning 5 ta egalari quyidagilar.
Demak, g'oliblar:
Жангабаев Нодирбек - 191 ta inson taklif qilgan.
Abdualiyev Asilbek - 160
Xurshida - 51
Abdusharifova Ruhshona - 28
Abdusharifova Farangiz - 18
G'oliblarni tabriklayman va barcha qatnashuvchilarga o'z minnatdorchiligimni bildiraman, keyingi safarlarda yana yangicha tartibda tanlov o'tkazishga harakata qilamiz.
G'oliblar iltimos kanal boti @pandapochtabot yozishingiz so'raladi.
Barchaga rahmat!

👍8❤🔥3🔥2💯1