Telegram Web Link
#news

Asaxiy Books kitoblari Yandex Knigi’ga qoʻshilibdi. Juda yaxshi yangilik!

Qoyil Asaxiy👍

@panda_books
Panda Books
Yil oxirigacha yana bitta kitob tugata olarmikanman?
#reading

"Bugun osoyishta o‘ylab ko‘rganimizda, nega Yevropa 1914-yilda urushga kirib qoldi, degan savol tug‘ilsa, hech qanday oqilona sabab, hatto bahona ham topilmaydi. Gap mutlaqo g‘oyalarda emas, hatto chegaradosh kichik hududlarda ham emas edi; men kuchning haddan ziyod to‘planishi - qirq yillik tinchlik davomida yig‘ilib, zo‘ravonlik ila chiqish yo‘lini qidirgan ichki dinamizmning fojiali natijasidan boshqa tushuntirish topa olmayman.

Har bir mamlakat to‘satdan qudratli bo‘lishni istab qoldi, o'z navbatida boshqalar ham shuni xohlayotganini unutgan holda. Har biri o‘zgalar hisobiga yana nimanidir qo‘lga kiritishni xohlardi. Eng yomoni shunda ediki, bizni aynan qalbimizga yaqin tuyg‘u - umumiy optimizm aldadi, chunki har birimiz oxirgi daqiqada raqib baribir qo‘rqib ortga qaytishiga yoki diplomatlarimiz navbatma-navbat safsatabozlikka qilayotganiga ishonardik."


Stefan Sveyg o'zining "Kechagi dunyo" memuarida Yevropa osmoniga yaqinlashib kelayotgan urush soyasini qanday payqamay qolishganini ham juda go'zal tushuntirib o'tgan ekan.

O'sha davrdagi Yevropa qudratli, tetik va ajoyib edi. Biroq, Sveyg va boshqalar farovonligi ortida xavf yashiringanini xayoliga ham keltirmagandi. O‘sha paytda Yevropa uzra esayotgan mag‘rur ishonch shamoli bulutlarni ham olib kelardi. Ehtimol, yuksalish juda tez bo‘lgan, davlatlar va shaharlar haddan ziyod shoshilinch ravishda kuchaygan, kuch esa doimo odamlarni ham, davlatlarni ham undan foydalanishga, hatto uni suiiste’mol qilishga undaydi. Yevropa davlatlari boy edi. Ammo bu kamlik qilardi.

@panda_books
Forwarded from Panda Books
​​#tarix

Diogen va Makedonskiy
(O'sha siz eshitgan hikoyaning to'liq shakli)

​​Aleksandr Makedonskiy (Iskandar Zulqarnayn) Attika shahrini qo'lga kiritgach, shu shaharda istiqomat qiladigan zamonasining mashhur faylasufi Diogen (o'sha bochkada yashagan donishmand) bilan tanishishni ixtiyor qiladi.

Avvaliga podshoh Aleksandr Diogenning oʻzi huzuriga tashrif buyurib, hurmat bajo keltirishini kutadi, ammo u bunday qilishni xayoliga ham keltirmasdi.

Xullas, Aleksandrning oʻzi uning yoniga borishga qaror qiladi. Diogen bu paytda bochkasi yonida quyoshda isinib oʻtirardi.

- "Men buyuk shoh Aleksandrman!", debdi podshoh ko'risharkan.
- "Men esa", - javob berdi Diogen, - "it Diogenman".
- "Nega it?"
- "Chunki kim bir parcha et tashlasa, dumimni likillataman, bermasa – suvga boʻktiraman, yovuz odam boʻlsa - tishlayman".
- "Mendan qoʻrqmaysanmi?"
- "Sen kimsan? Yomonmi yoki yaxshi?"
- "Yaxshi" - javob berdi Aleksandr.
- "Yaxshidan kim qoʻrqardi?" - aytibdi faylasuf.

Nihoyat, Aleksandr so'rabdi:
- "Nima istaysan? Tila tilagingni! Bajo keltiraman!"
- "Nariroq tur, iltimos! Quyoshni toʻsyapsan!" - deya Diogen isinishda davom etibdi.

Ortiga qaytarkan, faylasufni masxara qilayotgan doʻstlariga qarata Aleksandr shunday deydi: “Agar men bu hayotimda Aleksandr Makedonskiy boʻlmaganimda, albatta Diogen boʻlardim”.

@panda_books
Ron va Dambldor aslida bir odam

"Garri Potter" muxlislari yana bir bor g‘alati nazariyani esga olishdi:

• Dambldor - kelajakdan kelgan, Voldemortni yenggan, Ronning keksa varianti.

• Kitoblarda Ron bilan Dambldor hech qachon bevosita suhbatlashmaydi.

• Yoshligida Dambldor ham Ron kabi qizg‘ish sochli yigit bo‘lgan.

• Dambldorning oyog‘ida chandiq bor, Ron esa Shiddatli Tol tagidagi kovakka yiqilib, jarohat olgan.

• Ikkalasi ham shokoladli qurbaqalar va sehrli shirinliklarni yaxshi ko‘radi. Ron hatto Dambldor keyinchalik parol sifatida ishlatgan "Tarakanlar mo‘ylovi" nomli konfetlarni tilga olgan.

• Yosh Dambldor iste’mol qilgan "Berti Botts" konfetlari uning yoshlik davridan ancha yillar o‘tib paydo bo‘lgan.

• Bu nazariya Dambldorning uch do‘stning harakatlarini aniq bashorat qilishini ham tushuntiradi - u bu voqealarning barchasini allaqachon boshidan o‘tkazgan.

@panda_books
#news

Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi direktori, UWED bitiurvchisi, jurnalist va endilikda yozuvchi — Jahongir aka Azimov o'z kitobini chop etibdi. U "O'zbekistonda yana bir kun" deb nomlanarkan.

Jahongir akani universitet davrlaridan beri bilaman va o'z ishining fidoyisi sifatida hurmat qilaman. Shu o'rinda, yangi kitob nashri bilan tabriklayman va o'ylaymanki, unda bayon etilgan hikoyalar vatanimizda yashayotgan ko'plab ajoyib insonlar to'g'risida oldin bilmagan yangi tassurotlarimizni bera oladi.

@panda_books
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Abdulhamid Cho‘lpon qiyofasi muhrlangan hozircha yagona videohujjat. 1920-yil 1-8 sentyabr, Boku.

manba

@panda_books
Mendan nima qolar? Ikki misra post, toʻrt quti kitob, bir uyum tuproq…

@panda_books
#haqida

Kofferbuch


Kuni kecha "Sayohatga nima kitob olib chiqasiz?" deb so'ragandim. Aslida bu qiziq mavzu, ya’ni safarda mutolaa. Chunki odatda ta’tilda oʻqiymiz deymizu, koʻpincha bunga vaqt yoki imkon boʻlmaydi.

Shu oʻrinda, nemischa "kofferbuch" degan so'z bor - u o'qish niyatida sayohatga olib chiqiladigan, lekin oxir-oqibat butun safar vaqtida hech qachon ochib ham qaralmaydigan kitoblarga nisbatan qoʻllaniladi. Juda toʻgʻri ta’rif.

@panda_books
#haqida

Kitoblar haqida kitob

Bizning zamonaviy adabiyotimiz haqida - masalan, ilmiy-ommabop, badiiy yoki fantastika haqida kitob yoʻqdek nazarimda. Monografiyalar emas, aynan kitob.

Orada kitob dunyomizni sarhisob qiladigan, adabiyotga ham ilmiy, ham ommabop yondashadigan asarlar boʻlsa yaxshi boʻlardi. Qayoqqa qarab ketayapmiz, qaysi janrda qanaqa kitoblar chiqdi - axir bugun biz ham dunyo adabiyotiga ham nimadur berishimiz lozim, ayni ulugʻ bir millat oʻlaroq. “Zamonaviy oʻzbek fikshn/non-fikshn antologiyasi” kabi masalan. Qoʻlimizdan keladi albatta. Oʻylab koʻrsa boʻladigan mavzu deb hisoblayman.

Endi bu ham bir fikr.

@panda_books
#haqida

Hissiyot

Bilasizmi, uyga kelib, rosa tayyorlangan nutqing yozilgan qog‘ozni yirtib tashlash va o‘z-o‘zingga: "Ey, sen o‘ziga bino qo'ygan manman badbashara. Nega u senga kerak bo‘ladi deb o‘ylading?" deb aytishdan ham kulguliroq narsa yo‘q. Bu his-tuyg‘uni hech kim bilan baham ko‘rib bo‘lmaydi.

— Timoti Shalame to'rtinchi bor "Oltin globus" mukofotiga nomzod bo'lib yutqazganidan keyingi intervyusidan.

@panda_books
Ayolim ikkita kichkintoyimizni qanday tarbiya qilayotgani haqida qisqacha👇

@selfdeprules 👈
​​#review #taqriz

📗Nik Chizmen va Brayan Klaas "How to Rig an Election"

Siyosiy jarayon avtokratning temir qo‘lida bo‘lar ekan, uning rejimi saylovlarni butunlay inkor etishidan ko'ra, saylovlar o‘tkazib, ularni soxtalashtirish orqali legitimligini oshirishi foydaliroqdir. Kitob mana shu fikr asosiga qurilgan.

Bu kitobda saylovlar va ularning xususiyati haqida siyosatshunos bilishi kerak bo'lgan juda ko'p foydali ma'lumotlar keltirilgan. Yana bir ustunligi shundaki, u faqatgina 3-dunyo davlatlari tajribasidan iborat emas, balki Afrikadan tortib AQShgacha, Janubi-Sharqiy Osiyogacha bo‘lgan turli xil sharoitlardagi rahbarlar hokimiyatni saqlab qolish uchun ajablanarli darajada o‘xshash strategiyalardan foydalanishini ko'rishimiz mumkin. Amal shirin narsa.

Ayniqsa, demokratik qadriyatlarning zaiflashuvi va dezinformatsion kampaniyalar kuchayib borayotgan hozirgi dunyoda bu kitob g‘oyat dolzarb va muhim ahamiyatga ega. Kitob o‘quvchilarga saylov manipulyatsiyalarini aniqlash va bunga imkon beradigan tizimli zaifliklariga o‘tkir nigoh bilan qarashni o‘rgatadi. Shuningdek, bu quruq ilmiy ma'ruza shaklida emas, balki qiziqarli va tushunarli tarzda bayon etilgan, bu orqali zamonamizning eng dolzarb muammolaridan birini osongina tahlil qila oladigan bo'lasiz.

Nik Chizmen va Brayan Klaas dunyo bo‘ylab saylov jarayonlarini manipulatsiya qilish uchun qo‘llaniladigan turli usullar: masalana, ovoz beruvchilarni sotib olish, qo'rqitish, chetlati, saylov okruglarini noto‘g‘ri belgilash va muxolifatni chetlatish kabi taktikalarni o‘rganadilar hamda o‘z fikrlarini bir qator ishonchli misollar bilan asoslashadi.

Umuman olganda, ushbu kitob saylov tizimlari orqali ularning qadri nechog'lik baland ekanini his qilish, shu bilan birga demokratik jarayonlarni anglash va uni himoya qilishga qiziquvchilar uchun yaxshi qo'llanma bo'ladi.

Lekin kitobda o'rganganlaringizni amalda qo'llash tavsiya qilinmaydi:)


@panda_books
Forwarded from Panda Books
​​Onegin

Sizdan ayrilganman.
Har galgi iqror.
Va yana xatlarga mavzu bo‘lar u.
Gʻururdan so‘ng yana bitta ilinj bor –
Kibr va malomat yo‘g‘rilgan tuyg‘u...

Xat tashuvchi bola – sizga mehribon,
Eng zavqli yumushni bajarar go‘yo.
Siyohi qurimay xatni shu zamon
Taftingiz-la qo‘shib keltirarmi yo?..

O‘qiyman, ta’nangiz – beshafqat dunyo,
Yengil xo‘rsinasiz, sukunat og‘ir.
Sizni chulg‘ab olmish bir g‘amgin havo,
Yozasiz...
– Hammasin unuting, axir...

Xat tashuvchi bola – tanish, ehtimol,
Ehtimol... tanimas, tan olmaganday.
Mening xatlarimni yetkazar, alhol,
Xo‘rsinganim aytmas. Kelishuv shunday...

Og‘riqni sevaman, o, naqadar xush,
O‘zimni qiynoqqa etganman duchor.
Sizga olislardan termilmoq uchun
Darbadar kezmoqni etdim ixtiyor.

Bo‘g‘zimda shu qadar saqladim uzoq
Gʻururimni bosib kelgan xitobni.
Siz va men bu ishqni yashadik, lekin
Pushkin degan odam yozmish kitobni.

Sokinman, tomirlar kelar larzaga,
Oshkor tan olmoqlik nechog‘lik qiyin.
Harorat to‘xtagan shu bir lahzada
Sizni sevishimni yozaman
Keyin...

Xat tashuvchi bola ketar, har safar
– To‘xta, — deyman,
– Yolg‘on! Sevmaydi, — degin.
Qayta-qayta yozay, to tongga qadar,
So‘nggi so‘z sig‘maydi...
Nuqta.
Onegin.

©Dadaxon Muhammadiyev

@panda_books
​​#tavsiya

10 yillik tajribaga ega bo‘lgan dasturchi tomonidan fikrlashni tubdan o‘zgartiradigan eng sara kitoblar ro‘yxati

Mindset — Carol Dweck

Qobiliyatlarni rivojlantirish va o‘rganishni o‘zlashtirish haqidagi kitob. Bu o‘zini rivojlantirish va salohiyatni ro‘yobga chiqarish bo‘yicha qo‘llanma.

Black Box Thinking — Matthew Syed

Xatolarni tan olishni va ulardan foyda olishni o‘rganing. Muallif ishonch bilan ta’kidlaydiki, sodir bo‘layotgan voqealar uchun javobgarlikni o‘z qo‘lingizga olsangiz, hayotingiz o‘zgaradi.

The Duty of Genius — Ray Monk
Vitgenshteynning hayot yo‘li haqidagi kitob donolik va axloqni tushunishga yo‘l ochadi. Muallif daho insonning hayotni anglash orqali qanday shakllanishini bosqichma-bosqich ko‘rsatib beradi.

Bounce — Matthew Syed
Tug‘ma iste’dod haqidagi afsona puchga chiqaradigan kitob. Kitob mahoratga faqat tirishqoqlik va kundalik mashq orqali erishish mumkinligini isbotlaydi.

Four Thousand Weeks — Oliver Burkeman
Vaqtimiz cheklangan - va bu tabiiy. Kitob ustuvorliklarni belgilash va avvalo realno muhim ishlarga e’tibor qaratishga yordam beradi.

The Black Swan — Nassim Taleb
Tasodifiylik va uning ta’siri haqidagi mashhur kitob. Muallif kognitiv xatoliklar haqiqiy dunyoni ko‘rishimizga qanday xalaqit berishini tushuntiradi.

@panda_books
​​#longread

Qaytar dunyo

John Wick. Kinofilm jihatdan fantastika desangiz ham roziman, ammo syujet o’ta haqqoniy.

Bu Jozef Kempbellning “Ming qiyofali qahramon”ining naq oʻzginasi: unda qahramon real hayotdan oltin tangalar bilan hisoblashiladigan muqobil qora dunyoga oʻtishi bilan bogʻliq sarguzashtlardan iborat. “Kontinental” mehmonxonasi, viksellar, rus mafiya guruhlari, Yalmogʻiz laqabli sovuqqon killer…Muhtasham va benazir syurrealizm…

Bir paytlar jinoyat olamini butunlay sevgiga almashgan Jon Uik yana oʻsha yoqqa qasos olish uchun qaytishga majbur boʻladi. Qizigʻi, u oʻshanda aynan oʻsha dunyoni shu darajda yuqoriga olib chiqqan ham edi.

“Jon Uik” - bu karma, qaytar dunyo. Film boshida xotinining dafn marosimidan keyin Jon Uikning eski oshnasi Markus bilan qilgan dialogi ahamiyatga bogʻliq.
Oʻshanda Markus aytadi:
- There is no rhyme or reason to this life. It's days like today scattered among the rest.
Ya’ni bu hayotda na sabab va na rifm borligini, bugungidek kunlar boshqa kunlar kabiligi ta’kidlaydi. Jon Uikning javobi esa savoltarzida “Aminmisan?” (“Are you sure?) deydi.

Chunki har bir ishning boʻlishida reason va rhyme bor. Hatto oʻlim ham tasodif boʻlmaydi. Bu dunyoda biz anglamaydigan qonuniyatlar borki, ular bizni boshqarishini hatto sezmaymiz ham. Buni filmdagi bosh antagonist Viggo Tarasov ham bizga ajoyib tarzda koʻrsatadi. U landavur oʻgʻli Jon Uikning kuchugini oʻldirib qoʻyganidayoq qaytar dunyo qaytishini bilib boʻlgan edi. Chunki aynan Yalmogʻiz uni oʻsha nuqtaga olib chiqqandi.

Yomonlik bir kunmas bir kun jazosini oladi. Hech bir yirtqich oʻrmonda uzoq yashamaydi. Buni xoh karma deb biling, xoh sansarq yoki boshqa narsa farqi yoʻq. Muhimi, uning borligi.

Oldingilar bekorga qaytar dunyo borligiga ishonishmagan. Aynan mana shu men aytayotgan axloqiy tasodif boʻlmagan reallik. There is reason and rhyme.

@panda_books
Inson o'zini solishtirishi mumkin yagona kishi - bu o'zining o'tmishi.

Bu yil boshidagi siz va yil oxiridagi siz. Nima o'zgardi?

@panda_books
Forwarded from Panda Books
​​​​#reading

Ovqatlanish kulti

Bilasizmi yo'qmi, lekin Jek Londonning "Hayotga muhabbat" degan hikoyasi bor. Real voqealarga asoslangan ushbu hikoya ovloq joyda och-nahor va yaralangan tarzda qolib ketgan insonning tirik qolish uchun kurashini tasvirlaydi. Uning finalida qahramon uzoq vaqt ochlikdan qiynalib, qutqarilganidan keyin unda g'alati odat paydo bo'ladi. U mutlaqo hojati bo'lmasa ham o'z kayutasida ovqat g'amlab qo'yishni boshlaydi.

Kecha Endryu Doygning "Memento mori" kitobini o'qirkanman unda qiziq bir tadqiqot haqida yozilganini o'qib qoldim.

Xullas, 1944-yilda Minnesota universitetida amerikalik fiziolog Anselya Kisa boshchiligida qiziq tajriba o'tkaziladi. Yuqori jismoniy va ruhiy sog'liqqa ega 36 ta erkak ochlik bilan sinaladi.

Birinchi 3 oyda ular normal ovqatlar bilan boqiladi, keyin 6 oyda esa ratsion keskin pasaytiriladi, lekin ulardan aktiv hayot kechirish talab qilinadi. Natijada tiklangan sog'liqdan keyin erkaklar hayot tarzida qiziq o'zgarishlar yuz beradi.

Ko'ngillilarda ovqatga tiyiqsiz qiziqish paydo bo'ladi. Bu tabiiy deyishingiz mumkin. Erkaklar ovqat haqida o'ylamay tura olishmaydi. Suhbatlarning asosiy mavzusi ovqat bo'lib qoladi. Ovqatlanish vaqti uzayadi, tez-tez yamlamay yutish odat tusiga kiradi. Kulinar mavzusidagi kitoblar, menyu va qishloq xo'jaligi haqidagi maqolalar sevimli mutolaa janriga aylanadi. Eng katta ko'ngilochar narsa, boshqalar qanday ovqatlanishini kuzatish edi. Choy, kofe va jevachka chaynash hajmi keskin ortib ketadi.

Ular sinov davridan keyin kuniga 8000 - 10000 kaloriya taomlana boshlashadi, bu normadan 3 baravar ko'p edi. Natijada ba'zilar bo'kib qolishdan azob chekishadi, qolganlar esa qancha ko'p yemasin, to'yganini bilolmas, hatto 5 ming kaloriyadan keyin ham doimiy ochlikni his qilishardi. Faqatgina 3-4 oydan keyingina ular normal hayot tarziga qaytishga muvaffaq bo'lishadi.


Hozir shukrki, biz ochlik emas, hamma joyda to'qlik. Lekin ovqatlanishga bo'lgan qiziqish juda yuqoridek tuyuladi menga. Masalan, instagramda food yoki gastronomik blogging sferasi juda aktiv tomosha qilinyapti. Deyarli barcha restoran va oshxona o'z ijtimoiy tarmoqlarida ovqatlanish kultini shiddat bilan olib borayapti. Telegram gruppalarda choyxona va yangi ovqatlarni yeyish mavzusi trendda. Ko'pchilik semirishdan azob chekayapti.

Menga mana shu paradoks qiziq tuyuldi. Bu haqida o'ylab ko'rishga arziydi.

@panda_books
2025/07/08 09:20:16
Back to Top
HTML Embed Code: