Panda Books
Bugun o'qigan eng yaxshi abzas. Aslida bu kitobdan ham emas, serialdagi mavjud bo'lmagan kitobdan olingan. Ammo ma'nosi juda chuqur ta'sir qildi. Umuman serial ham yaxshi. Nomi "Severance". @panda_books
#news
Bu orada, "Severance" serialining ikkinchi mavsumi davom etayotgan paytda, uning qahramonlaridan birining yangi kitobi Apple kitob do‘konida paydo bo‘ldi.
Men bu haqida oldinroq yozgandim. Albatta, toʻliq kitob mavjud emas. Shunchaki 75 varaq, ammo juda qiziqarli.
@panda_books

Yorkdan Rimga: Tarixni o'zgartirgan joy
Bugun York shahrining eng diqqatga sazovor joyi - York Minster cherkovi oldida Rim imperatori Konstantinning haykalini ko'rishingiz mumkin. Albatta bu bejizga emas, keling, bir boshidan.
Milodiy 306-yilning salqin yoz tongida Rim Imperiyasining olis chegaralaridan biridagi qal’asi - Eboracum (hozirgi York) aholisi o'zaro shivir-shivir ovozlaridan uyg‘ondi. Nimadir ulkan hodisa sodir bo‘lgan edi.
Ulug‘vor harbiy qarorgoh ichida imperator Konstansiy I jon talvasasida yotardi. U bir necha oy davomida qo‘shinlarini Britaniyaning yovvoyi shimoliy qabilalariga qarshi boshqargan bo‘lsa-da, endi kasallik fotihni mag‘lub etgandi. Uning yonida yosh o‘g‘li Konstantin turardi, u yaqinda imperiya yuki uning zimmasiga tushishini hatto tasavvur qilolmasdi.
So‘ng, 25-iyul kuni o'sha voqea sodir bo‘ldi - Konstansiy I so‘nggi nafasini chiqardi. York o‘z tarixida birinchi marta Rim imperiyasining vaqtinchalik poytaxti bo‘lib qoldi. Britaniyaning bu uzoq, shamollar hukmron chekkasida joylashgan qudratli legionlar nima qilish kerakligini bilishardi. Qilichlarini baland ko‘tarib, ular Konstantinni imperator deb e’lon qildilar. Aynan Legion birinchi marta Imperatorni sayladi.
Bu oddiy vorislik emas edi. Rimda murakkab tizim mavjud edi - bitta emas, balki to‘rtta hukmdor bo‘lishi kerak edi. Imperiyaning markazida boshqa da’vogarlar kutib turishardi va Konstantinning uzoq viloyatda yuksalishi uni xavf ostiga qo‘ygan edi.
Biroq, taqdir uni tanlagan edi. Afsonaga ko‘ra, Konstantin Yorkdan ketishidan oldin ibodatxonaga tashrif buyurgan, xudolarga qurbonlik keltirgan yoki imperiya ichida yashirin ravishda o‘sib borayotgan yangi e’tiqodga sig‘ingan. U nima qilganidan qat’i nazar, o‘z vaqti kelganini bilardi.
Konstantin janubga yo‘l oladi, Yorkdan chiqadi, Galliyani kesib o‘tadi va tarixga kiradi. Olti yil ichida u raqiblarini mag‘lub etib, Rimga yurish qiladi.
U Sharqiy Rim imperiyasining bo‘lajak poytaxti - Konstantinopolga (hozirgi Istanbul)ga asos soladi, Xristianlikni davlat dini sifatida qonuniylashtirishadi va Rimning eng buyuk imperatorlaridan biriga aylanadi.
Ammo bularning barchasi Yorkda - imperiyaning kelajagini dunyoga keltirgan Britaniya orolining olis burchagidagi kichik shaharchadan boshlangan edi.

#yangikitob #newbook
@qamarbooks kitob do'konidan hadya jo'natishibdi. Bu uchun tashakkur bildirmoqchiman, ayniqsa kreativ va did bilan o'ralganidan hali ochishlariga qo'ymadim:)
Sizningcha, bu qaysi kitob?

#haqida
"I'm sorry, my English rambunctious, eloquent and fabulous as it could be"
Menimcha, Buyuk Britaniyaga o'qishga kelishi bilan har qanday inson language barriersga duch keladi. Gap sizning IELTSdan nechi olishingizga bog'liq emas.
1. Dinamika.
Bu yerda IELTSda biz o'rgangan "Now turn to section 1" kabi sekin gapirishni unutasiz. Native speakerlar juda tez gapiradi, ilg'ab olishga ozroq vaqt ketadi, keyin meni miyam uni o'zbekchaga o'girguncha. Bu uyaladigan holat emas, chunki men universitetni tugatganimdan beri 5 yil mobaynida inglizcha atmosferada umuman tushganim yo'q edi.
2. Talaffuz.
Oh, bu "British English"... Londonda uncha sezilmas, ammo Leicestershire yoki Yorkshire lahjalari, Liverpul shevasi...shunday gapiradiki, gapini yarmini oxirida chaynab yutvoradi...Shunaqa payt qo'lingdagi Oxford Dictionary bilan boshiga qarsillatib tushirging keladi.
3. Bu yerda hech kimni boshiga Oxford Dictionary bilan qarsillatib tushurish mumkin emas:)
Bular ammo vaqtinchalik holatlar. Ko'proq pratice va communication bilan bularni ketkizsa bo'ladi. Va vaqt kerak. Lekin shunga tayyor bo'linglar, agar kelishni istasangiz.
Xo'p, plyuslarini ham aytib ketsam.
1. Siz yolg'iz emassiz. Bu yer xalqaro maydon, boshqa non-english speaking davlatlardan kelganlar ham harakat qilib yuribdi, birga osonroq.
2. Hamma xushmuola. Hech kim ingliz tilida ozroq qiynalsangiz, ustingizdan kulmaydi, yordam beradi va tushunishga harakat qiladi.
3. Oson gaplashishadi: Bu yerda hali so'zlashuvda "academic" so'zlarni ishlatishganini ko'rmadim, hamma ancha oson gaplashadi va bu juda yaxshi.
Xullas, bu yil ingliz tilida muloqot yili bo'ladi men uchun.

#library
1874-yilda qurilgan va 1955-yilda buzib tashlangan Cincinnati jamoat kutubxonasi.

O’zing haqingda yozsang - “egoist”
Birov haqida yozsang - “giybat qima!”
O’zingni maqtasang - “nartsiss”
Birovni maqtasang - “xushomadgo’y”
O’zingni tanqid qilsang - “o’ziga ishonchi yo’q”
Birovni tanqid qilsang - “hasad qivotti”
Katta blogerlarni maqtasang - “koʻrmurid”
Tanqid qilsang - “oldin oʻzing unga oʻxshab video ovol”
Bachkana vaynerlarni tanqid qilsang - “Yeee👍👍”
Uni kuzatidagn auditoriyani tanqid qilsang - “fuuu👎👎”
👆ni tanqid qilsang- “pitnachi”
Maqtasang - “maddoh”
Erkaklar haqida yozsang - “seksist”
Qizlar haqisa yozsang - “babnik”
Erkaklik haqisa yozsang - “partirarxat”
Ayollik haqida yozsang - “bizga teng boʻma”
Din haqida yozsang - “rijol”
Yozmasang - “ateist”
Osmon - “uzoq”
Yer - “qattiq”.

Bolalar adabiyoti tarixi haqidagi kitobda qiziq hikoya bor ekan:
"Qirolicha Viktoriya, kunlardan bir kuni "Alisaning ajoyibotlar mamlakatidagi sarguzashtlari" asari unga juda yoqqanini va muallifning keyingi kitobini olishni istayotganini ma’lum qilgan. Albatta, qirolichaning istagi darhol qondirilgan. Va saroy mulozimlari muallif Lewis Carrolldan "Determinantlar nazariyasi bo‘yicha oddiy qo‘llanma: ularning chiziqli bir vaqtli tenglamalar va algebraik geometriyaga qo‘llanilishi" nomli jo‘natma olgan.

Forwarded from Bored Panda
#news
Ispaniyada ish haqi saqlangan holda ish haftasi 40 soatdan 37,5 soatga qisqartirilmoqda
Endi ofislardan 30 daqiqa oldin ketiladi. Qonun hamma uchun, shu jumladan, xususiy biznes uchun ham majburiydir.
Qonunda boshqa yoqimli bonuslar ham bor: masalan, ish vaqtidan tashqarida ishdan kelgan xabarlarni umuman e’tiborsiz qoldirish huquqi. Kompaniyalar aldamasligi uchun ish vaqtini raqamli nazorat qilish joriy etiladi.
Bu xabarni haftasiga 6 kun ishlaydigan doʻstingizga joʻnatib qoʻying!
@boredpandablog

2025-yil boshida oʻqib chiqmoqchi boʻlgan badiiy kitoblarim roʻyxati: Ivo Andrich - “Drina ustidagi koʻprik” Migel Anxel Asturias - “Senyor Prezident” Stefan Sveyg - “Kechagi dunyo” Mixail Saltikov-Shedrin - “Bir shahar tarixi” Frans Kafka - “Qal’a” …
#sarhisob #yanvar
Oy Sarhisobi.
Bu oy, umuman, bu yil qiyin boshlandi. Eng katta yangilik Buyuk Britaniyaga magistratura o'qishga keldim. Londonda bir muddat bo'lib, endi mana Lester city'da o'qishimni boshladim. Yangi mamlakat, yangi taassurotlar..
Ammo shu bilan birga bu oson bo'lmadi, tayyorgarlik, yugur-yugurlar bilan fikrimni ko'pam jamlolmadim. Undan tashqari eng yomoni - oilamdan bir muddat olisda bo'lishim bo'ldi. Bunga ko'nikish eng qiyini. Ikki tomonga ham.
Bu oy uncha sermahsul bo'lolmadim. Atigi 3 ta kitob, ammo o'ylaymanki, keyingi oydan yana tempga tushib olamiz. Albatta, endi o'qishim bor va sohamga doir o'qishlardan ortsamgina..
O'zim bilan tugatishim kerak kitoblarni olib kelganman va missiyani bajarishim kerak:)
O'qilgan kitoblar:
♻️ Jahongir Azimov — "O'zbekistonda yana bir kun"
Taqriz 👉 ko'k yozuvni bosing
♻️ Fredrik Bakman — "Britt-Marie Was Here"
Taqriz 👉 ko'k yozuvni bosing
♻️ Enso Ferrari — "Memuar: Mening dahshatli shodliklarim"
Taqriz 👉 ko'k yozuvni bosing
Oyning eng qiziqarli postlari:
👉 2025-yil boshida oʻqib chiqmoqchi boʻlgan badiiy kitoblarim roʻyxati
👉 Taqdir xazili yoxud Qushdek yengil bo'ling
👉 Baydenning so‘nggi kuni
👉 Til bilish
👉 DNK barmoq izlarining kashf etilishi
👉 Adabiyotdagi mashhur tushunmovchiliklar
👉 Enso Ferrariga xat
Siz-chi, bu oy qaysi kitoblarni mutolaa qildingiz?
@panda_books
Instagram | Youtube | Tiktok

Agar biror kitobga qiziqib yursangiz va u haqida internetda negativ taqriz oʻqib qolsangiz, keyin qanday yoʻl tutasiz?
@panda_books
@panda_books
Ko‘rdum yuzingni, qolmadi bir zarra toqatim,
Tun-kechalarda yo‘q mani bir dam farog‘atim,
Zahr o‘ldi shakkar og‘zima, ketti halovatim,
Bilmas kishi g‘aming bila chekkan nadomatim,
Hajringda dardu g‘am bilan hasratda dog‘man.
Sensan parivash ahlini sho‘xi zamonasi,
Menman sening g‘aming bila olam fasonasi,
Ko‘ngul qushini boisi changu taronasi,
Zulfungni domi-yu, yana xolingni donasi,

Rahm ayla holi zorima, oromi jonim o‘l,
Yetkur visol bog‘iga, jonu jahonim o‘l,
Bog‘i bahorim o‘lg‘ilu ham bo‘stonim o‘l,
Jonim fido qudumingga, kel, nuktadonim ul,

O‘lsam edi visolingga parvonadek kuyub,
Jon bersam erdi, boshimi ostonangga qo‘yub,
Maxmurlikda bodai vasling bila to‘yub,
Noqisligimda ko‘ksimi tiyri mijang o‘yub,

— Noqis

Kursdoshlarim (ularda, albatta, bunaqa tushuncha yo'q, men sizlarga tushunarli bo'lsin deb aytayapman) qiziq. O'z navbatida, ularni o'rganish menga qiziq.
Demak, bugun seminarda bitta turk yigit va mening o'rtamizga amerikalik (ularni Buyuk Britaniyada o'qishi menga noyob hodisadek tuyuldi) qiz o'tirib qoldi. Bu orada bizning turk bilan suhbatimiz qizib ketdi. Hammasi turkning ismi Mard ekanligidan boshlandi. U Jasur bilan sinomimku. Shunday qilib, biz turk bilan tilimizni solishtirdik, buyog'ini tushundingiz men turkchani yaxshi anglayapman, u o'zbekchani unchamas. Ajdodlarimiz bitta joydanligini ta'kidladik. Shu joyida oraga orqamizda o'tirgan saudiyalik yigit ham qo'shildi, uyam buni bilmas ekan: hayron bo'ldi, keyin mendan kurdchaniyam bilasanmi deb so'radi, men o'yladim "Bu ketishda hozir uchalamiz Yaqin Sharq muammosini hal qilib qo'yamizov". Uzr to'rttalamiz, amerikans ham oramizdaku:)
Xullas, jiddiy oladigan bo'lsam, amerikalik qizda bu dunyo qanday tuzilgan, nega orasida bir necha minglab km bor xalqlar bir-birini bunchalar yaxshi tushunyapti, nega mana bu arab va turkic (men unga biz turkiylarmiz dedim) ismlari o'xshash, qanday dini bir bilmaydiyam, qiziqmaydiyam, umuman olganda, "po barabanu". Men buni bilsamda, unga gapirishda davom etaverdim, chunki mening maqsadim uning menga kiprik qoqmasdan tikilib turgan, biror ifoda anglatmaydigan marmardek yuzida oniy lahza zohir bo'ladigan taajjub alomatini ko'rish edi. Va unga erishdim ham.
Ismi Eve ekan. Bu Evaning boshqacha shakli. Bu ism Injildagi Momo Havo ekanligini tushuntira oldim. Va nihoyat yuzida hayrat ifodasini ko'rganimdan keyin. xotirjam tortdim.
Xullas, amerikaliklardek pofigist xalq boshqa bo'lmasa kerak, lekin ularga bir o'rgatsangiz, umrbod esida qoladi. Har holda shunga umid qilaman, axir, nima bo'lgandayam, bekorga dunyoning eng rivojlangan davlati fuqarosi emasku:)

#review #taqriz
📙Toni Morrison — "Eng moviy ko'zlar"
1993-yil u "Amerika voqeligining muhim jihatiga hayot baxsh etuvchi, bashoratgo'y kuch va she’riy mazmun bilan ajralib turadigan romanlari uchun" gi Adabiyot bo‘yicha Nobelga loyiq ko'rilgan. Xo'sh, biz ushbu romanida o'sha bashoratsifat qudrat va she'riy mazmunni ko'ramizmi?
"Eng moviy ko'zlar" uning 1-romani. U barcha 1-romanlar kabi yorqin, go'zal va shu bilan bilan birga, mukammal emas. Asar Ogayo shtatida yashovchi qora tanli, o‘n bir yoshli Pekola Bridlou ismli qizcha haqida so‘zlaydi. Pekola ko‘zlarining moviy rangga aylanishini, Amerikadagi barcha mallasoch, moviy ko‘zli bolalardek chiroyli va sevimli bo‘lishni orzu qiladi.
Kitob o'sha paytlarda qora tanli insonlarning qanchalik g'arib va bechora yashaganini ta'sircham ko'rsatib beradi. Shuningdek, biz opa-singil Frida va Klodiya kabi qizlar orqali asar syujetini olib boramz, muallif ular orqali go'yo bizga o'sha davrdagi ijtimoiy holatni, ""odamlar nima deydi?" iborasini bolalar tilidan taqdim etadi. Ular boshida Pekolani yoqtirishmaydi, keyin dugona tutinishadi, ammo oxir-oqibat unga nisbatan shafqatsizroq bo'lishadi nazarimda.
Asar nafaqat moliyaviy yetishmovchiliklar, balki doimiy kamsitilish natijasida insonlarni ma'naviy tubanlikka yuz burishi haqida ham so'zlanadi. Masalan, Pekolalarning tepa qavatida yashovchi uchta fohishalar hayoti, ularning "cho'pchaklari", orzulari, qora tanli erkaklarning shaxvoniy harakatlari, oilasiga qayg'urmasliklari, o'z qizlari oldida yalang'och yurishlari - hammasi bizga oilaviy qadriyatlar qay darajada ekanini tushunishimizga yordam beradi. Kulminatsiya shu bo'ladiki, Pekola o'z otasi tomonidan zo'rlanadi. Ammo jamiyat oyisidan tortib barcha-barcha Pekolani ayblaydi, uradi-so'kadi. Biz jamiyatning naqadar adolatsiz va qahriqattiq bo'lishi mumkinligiga yana bir bor amin bo'lamiz.
Morrison har bir personajning ruhiy holati va o'tmishini batafsil tasvirlaydi. Ularning hayotida bo'lib o'tgan muhim voqealarni fleshbak yoki hayoliy xatlar ko'rinishida namoyish etarkan, biz aslida inson ruhiyati biz o'ylagandanda murakkabroq va moslashuvchan bo'lishini tushunib yetamiz. Kitob ham asli shu haqida. Vaziyat qanchalik qiyin va boshi berk bo'lmasin, insonlarning unga ko'nib yashashda davom etishlari haqida. Kitob yana umid haqida. Pekola hech qachon ko'zlari moviyga aylanib qolmasligini o'zi ham biladi. U shunchaki odamlar moviy ko'zli qizaloqlarga ko'proq yaxshi munosabatda bo'lishlarini, ularning qanchalik baxtli va yaxshi umr kechirayotganlarini ko'radi. Moviy ko'zlar mana shu farovon, tinch va baxtli hayotning metaforasidir. U erkinlik va tenglikka da'vatdir. U mazlumlarning abadiy orzusini o'zida mujassam etgan go'zal moviy ko'zlardir..
Agar hozir menga o'xshab G'arbga kelsangiz, bu yerda hammasi qanchalar o'zgarib ketganini ko'rishingiz mumkin. Kitobdagi voqealar qandaydir 50-60 yil bo'lganiga ishonish qiyin. Hozir qora tanlilarni hech kim kamsitmaydi, ajratmaydi, qo'li bilan ko'rsatmaydi. Ammo... lekin bir muddat shu muhitda yashagach, yillar emas, balki asrlar davomida ularga nisbatan terisining rangi va irqi sabab ko'rsatib kelingan barcha zulmlar va adolatsizliklar darrov yo'qolib ketmasligini sezish mumkin. Bu yerda eng qimmatbaho mashinalarni qoralar minadi. Eng brend kiyimlarni kiyadi. Hech bir tungi klub, ko'ngilochar bazm ularsiz o'tmaydi. Ular o'zlarini guruhiga uncha-buncha oq tanli qo'shmaydi, janjaldan qochmaydi, qoni qaynoq. Ular yo'qotilgan narsalarni o'rnini to'ldirishga urinashayotgandek ko'rinadi menga. Axir, bu tuyg'u bizga ham tanish, shunday emasmi?
Toni Morrison o'qishga arziydigan yozuvchi. Endi menimcha, uning yanada yaxshi hisoblanadigan "Sula" va "Beloved" kitoblari ham o'zbekchaga o'girilsa, turkum qilinsa yaxshi bo'lardi. Va muharrirlardan ba'zi 18+ joylarni silliqlashda juda oshirib yuborishgani va ba'zi so'zlarga izoh berganda, aniq ta'rif yozishni so'ragan bo'lardim. Aytgancha, muqova menga yoqdi.
Yoqimli mutolaa!

Kolumb haqida haqiqat
To'g'risi, maktabda bizga tarix darsini juda mujmal o'qitishgan. Buni faqat yillar o'tib, ko'plab tarixiy-ilmiy adabiyotlarni o'qiganingdan keyingina tushunib yetasan. Masalan, Kolumbni olaylik.
Kolumb haqida maktabda noto'g'ri tasavvur beriladi.
Hamma biladiki, dengizchi Xristofor Kolumb o'z dengiz sayohatini uyushtirishda boshida katta moliyaviy qiyinchiliklarga uchragan. Ya'ni hech kim u uchun moliyaviy homiy bo'lishni istamaydi.
Bu odamlarning "Yer - tekis" deb o'ylashgani va G'arbga qarab suzib sharqdagi Hindistonga bora olmaydi deb o'ylaganlarida emas. Yo'q.
U vaqtga kelib, Kolumb pul so'rab murojaat qilgan ziyoli yevropaliklar orasida Yer - sharsimon ekanligi yaxshi ma'lum edi. Shunchaki, potensial investorlar Yer Kolumb hisoblaganidan ko'ra kattaroq deya hisoblashgan va ekspeditsiya o'zi bilan olib chiqqan oziq-ovqat zaxiralari okean o'rtasiga borib tugaydi deb o'ylashgan.
Aslida ham shunday bo'ladi. Faqat Xristofor Kolumbning baxtiga, ular bu paytda Karib dengizi orollarigacha yetib olishadi. U esa “Mana Hindistonga keldim” deb oʻylaydi va bu dunyodan Amerikani kashf qilganini bilmay o'tib ketadi.
Bor gap shu.

Forwarded from Panda Books
#review #taqriz
✅ Tomas Mor - "Utopiya"
XVI asr boshlarida yashagan angliyalik yurist va davlat arbobi Tomas Mor qoldirgan bu adabiy yodgorlik hozirga qadar kitobxonlar orasida juda mashhur hisoblanadi.
Men ilk bora hafta davomida o'qigan asarim haqida emas, balki oldinroq, universitet davrida o'qigan kitobimni qayta varaqlab chiqqan holda taqriz yozyapman. Bu asar mening kutubxonamda ingliz tilida copybook shaklida mavjud.
U ikki qismda iborat bo'lib, 1-qismda Angliyadagi ijtimoiy muammolar haqida gap borsa, 2-qismda Utopiya deb ataluvchi xayoliy davlat hayotida to'g'risida so'zlanadi. "Utopiya" so'zi grekchadan tarjima qilinganda "mavjud bo'lmagan joy" deya ataladi. Chunki Tomas Mor Utopiyadagi hayot orqali aslida ideal jamiyat qanday bo'lishi kerakligi haqida fikr yuritgan. Binobarin, ushbu mavzuga tarixda antik davr mutafakkiri Platon ham "Atlantida" shahri haqidagi kitobida to'xtalib o'tgan.
Kitobdagi afsonaviy orol ideal holatda joylashgan, agar mahalliy bo'lsangiz kemada portga kira olasiz, begona bo'lsangiz, yo'lni topa olmay riflarga borib urilasiz. Orolda yagona davlat yo'q. Aniqrog'i 50 dan ortiq shaharlar konfederatsiyasidan tashkil topgan desak xato bo'lmaydi. Aholi shaharlarda teng taqsimlangan va asosiy qismi dehqonchilik bilan shug'ullanadi. Har bir utopiyalik umrida 2 yil majburiy dalada ishlash majburiyatini oladi. Kasblar otadan bolaga meros o'tadi. Baqqolning o'g'li baqqol, novvoyning o'g'li novvoy bo'ladi. Kasbni o'zgartirish mumkin, buning uchun boshqa oilaga ko'chib o'tishingiz lozim. Ish kuniga 6 soat, ovqatlanish umumiy oshxonada bo'ladi, ishdan tashqari vaqtda san'at, e'tiqod va ilm-fan bilan shug'ullanish mumkin.
Xalq orasidan chiqqan obro'li, mehnatkash erkak boshliq etib saylanadi. Aholi 10 ga yaqin oilalarni birlashtirgan kommunalarda yashaydilar. Ishsizlik darajasi 0. Barcha nima bilandir mashg'ul. Dam olish va ta'til mavjud emas. Lekin ish vaqti oz bo'lgani uchun bemalol hordiq chiqarishga vaqt yetadi.
Insonlar shaxsiy mulkka ega emas. Boylikka hirs qo'yishmasligi uchun odamlar har 10 yilda uy-joyini almashib yashashadi. Nima kerakli buyum bo'lsa, oila boshlig'i o'ziga yetarli miqdorda bozordan borib oladi. Hamma narsa tekin. Pul tushunchasi mavjud emas. Hamma birdek ishlagani va samaradorlik katta bo'lgani uchun 2 yilga yetadigan zaxira va to'kin-sokinchilik muhayyo.
Agar urush kelib chiqadigan bo'lsa, tog'da yashovchi qabilalardan yollanma jangchilar yollanadi. O'zlarida armiya shakllantirilganiga qaramay, Utopiyaliklar uchun har bir fuqarosining hayoti o'ta qadrli. Utopiya hayotida diniy bag'rikenglik o'rnatilgan. Istagan kishi istagan diniga e'tiqod qilishi yoki hech qaysi dinga e'tiqod qilmasligi mumkin. Bu yerda na diniy, na irqiy, na mahalliy konfliktlar mavjud. Barchasi juda to'g'ri yo'lga qo'yilgan. Gender tengligi ta'minlangan, masalan uy ishlari va bola tarbiyasi bilan utopiyada alohida kishilar shug'ullanadi.
"Utopiya" o'z navbatida, ideal jamiyat qanday bo'lishini ko'rsatib beruvchi qo'llanma o'laroq yozilgan. O'zingiz ham payqangingizdek, hayotda bu qadar mukammal socium paydo qilish deyarli imkonsiz. Shunday ekan, vaqtlar o'tib bu janrda yoziladigan kitoblar soni kamayib, faqat falsafashunoslar ta'sir doirasida qoldi. Ammo bu boshqa bir yangi yo'nalish asosini belgilab berdi. Bu siz yuqorida tanishgangiz Anti-Utopiya janridir.
Menda bu asarda eng manzur bo'lgan jihat- bu jamiyat va davlat eng avvalo inson qadrini birinchi o'ringa qo'ygani va uning hayotini maksimal komfortligini ta'minlagani bo'ldi. Albatta bunga ular tinimsiz mehnat evaziga erishishganini hech kim inkor etmaydi.

Sizdan ikkalasidan birini tanlashingizni talab qilishdi deylik: Qaysi birini tanlardingiz?
Baxtli bo‘lmagan erkinlik yoki erkinligi bo‘lmagan baxtnimi?