Forwarded from Panda Books
#haqida
Eng yaxshi qasos
Dushmanlaring yoki senga azob bergan insonlardan olinajak qasosning yo'llari ko'p aslida.
Misol, tutvolib humordan chiqquncha do'pposlashing yoki ijtimoiy tarmoqlarda negativ yozishing mumkin. Ammo bu - mag'lubiyatdir, chunki ular aynan shunday qilishingni xohlaydi.
Men yoshligimdan to hozirgi kungacha eng yaxshi qasos usullaridan biri sifatida Graf Monte-Kristoni bilardim. Alamlarni ichga yutish va oradan yillar o'tib, qaytib kelib qasos olish. Bu ajoyib. Ammo buning yomon tomoni shundaki, shu yillar davomida faqat o'tmish bilan yashashga to'g'ri keladi. Bu esa alal-oqibat ko'pchilikni aqldan ozdiradi.
Menimcha, eng yaxshi qasos - bu o'tmishni ortda qoldirish, ishlab boy-badavlat bo'lish va baxtli hayot kechirishdir. Unutish ham ba'zan eng katta qasos aslida.
Dushmanlaringiz bunga chidolmaydi.
@panda_books

Buyuk Britaniyada chet ellik talabalar va professorlarga O’zbekistondanliging va u Markaziy Osiyoda joylashganligini aytganingdan keyin, koʻpchiligini miyasida aylanadigan birinchi fikr be like:
former Soviet Union?
@panda_books
former Soviet Union?
@panda_books
Forwarded from Bored Panda
#review
“The Gorge”, (2025)
Zaxiradagi mohir snayper AQSh maxsus kuchlaridan taklif oladi. Unga inson qadami yetmagan ovloq joyda bir yil davomida ulkan darani qoʻriqlash topshiriladi. Uning vazifasi G’arbiy minorada darani sirligini ta’minlash edi. Shuningdek, Sharqiy minorada ham xuddi shunday qoʻriqchi turadi. Ammo oʻzaro har qanday kontakt taqiqlangan.
Romantik fantastika:) Anya Taylor-Joy nihoyat oʻzi bilan ximiyaga kirisha oladigan partnyor topibdi. Miles Teller ham rolga mos tushgan.
Film qiziqarli, syujeti oʻzida ushlab turadi. Umuman, bir marta koʻrish uchun juda yaxshi tanlov. Ayniqsa, filmda iqtibos berib ketilgan buyuklarning gaplari ham juda filmga mos tushgan. Xullas, tavsuyu.
@boredpandablog

Timesda yozilgan ushbu maqolaga koʻra, yozuvchilar, ushbu oʻrinda mashhur yapon millatiga mansub ingliz yozuvchisi Kadzuo Ishiguro Sun’iy Intellektning o’zini rivojlantirishi yoʻlida musiqa va adabiyot sohasidagi ijodkorlarning ijod namunalaridan mualliflik huquqisiz foydalanayotganini tanqid qilib chiqishgan.
Katta techgigantlar o’z mahsulotini kuchaytirishi uchun unga inson zakovati kerak. Buni esa ular tekinga qoʻlga kiritishyapti. Bu haqiqatda hozir va kelajakda katta muammoga aylanishi mumkin.
Batafsil tanishib chiqishingiz mumkin.

Atque ubi solitudinem faciunt, pacem appellant.
Tatsitning "Agrikola" asaridan olingan mashhur parcha. Unda britaniyalik sarkarda Kalgakka tegishli deb hisoblangan nutq mavjud. Unda Rim imperiyasining kengayish siyosati tanqid qilinadi. Bu parchada imperiya ochko‘zligi va bosqinchiligi kuchli qoralanib, Rim o‘z yo‘lida uchragan barcha narsani vayron qiluvchi kuch sifatida tasvirlanadi. Eng achinarlisi, Rim bu vayronkorlikni "tinchlik o‘rnatish" deb oqlaydi.
"Dunyo talonchilariga endi yer kamlik qilgach, endi dengizni ham ko‘zdan kechirishmoqda: agar dushman boy bo‘lsa, ular ochko‘z; agar kambag‘al bo‘lsa, ular dimog'dor; ularni na Sharq, na G‘arb to‘ydira oldi; ular yagona insoniyatki, kambag‘allikni ham, boylikni ham bir xil ehtiros bilan istaydilar. Talon-toroj, qirg‘in, o‘g‘irlik - bularni ular imperiya deb ataydilar: ular sahro yaratib, buni tinchlik deb nomlaydilar."
Oradan 2000 yil o'tdi. Hech narsa o'zgarmagan.

Forwarded from ЯНГИ ЎЗБЕКИСТОН |Расмий канал
Yangi O'zbekiston №42_L.pdf
4.2 MB
Yangi O‘zbekiston” gazetasining 2025-yil 28-fevral kungi 42 (1368)-soni lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida mutolaa uchun havola qilinadi.
Panda Books
Янги Ўзбекистон_№42.pdf
#intervyu
“Yangi Oʻzbekiston” gazetasiga kichik intervyu bergandim. Oʻsha chiqibdi. Shunchaki ma’lumot uchun.

Muqaddas Ramazon oyi muborak boʻlsin!
Tutajak ro'zalaringizni Alloh dargohida qabul qilsin, Ilohim!
@panda_books
Tutajak ro'zalaringizni Alloh dargohida qabul qilsin, Ilohim!
@panda_books
#sarhisob #fevral
Oy Sarhisobi.
Bu oyni Diagon Alleyga safar qilishdan boshlagandim. York shahri go'zalligiga maftun bo'lib, keyin bir necha kitoblar aro yana "sarguzashtlar"ga chiqdim.
Shuni tushundimki, endi hech qayerga shoshilmayapman, xotirjamman. Istagan narsalarimga baribir erishaman, Xudo xohlasa, qo'limda bo'lmagan narsalarga esa siqilganimdan aslo foyda yo'q.
Fevral qisqa oy, ammo uni imkon qadar mazmunli o'tkazganimdan xursandman. Shukr.
O'qilgan kitoblar:
♻️ Toni Morrison — "Eng moviy ko'zlar"
Taqriz 👉 ko'k yozuvni bosing
♻️ Madlen Miller — "Kirka"
Taqriz 👉 ko'k yozuvni bosing
♻️ Nikolas Nassim Taleb — ''Tasodifga aldanganlar" (Fooled by Randomness)
Taqriz 👉 ko'k yozuvni bosing
Oyning eng qiziqarli postlari:
👉 Yorkdan Rimga: Tarixni o'zgartirgan joy
👉 "I'm sorry, my English rambunctious, eloquent and fabulous as it could be"
👉 Osmon - “uzoq”, Yer - “qattiq”.
👉 Amerikaliklardek pofigist xalq boshqa bo'lmasa kerak
👉 Nikohda baxt
👉 Maktabim kutubxonasi
👉 Xona
👉 Jorj Oruell oʻzining “1984” romanini yozgan kutubxona
👉 Atque ubi solitudinem faciunt, pacem appellant.
Siz-chi, bu oy qaysi kitoblarni mutolaa qildingiz?
@panda_books
Instagram | Youtube | Tiktok

Kanal hoshiyasidagi bitiklar
"Ba'zan yozasan-yozasanu, keyin klaviaturadan qo'ling bo'shab, o'zi qayerga kelganingni anglash uchun shundoq ortingga bir o'giriladigan vaqting bo'ladi. Oq-qora satrlar aro nimalarni topding, nimalarni yo'qotding? Boshlanishida ko'pchilik bilan boshlaysan, oxirida esa doim yakka o'zing qolasan".
"Anonimlik yaxshi narsa. Bizda anonimlik qadrlanadi. Sirlilik niqobi yaxshi, ammo men ortiqcha sirli bo'lishni istamaganman hech. Chunki fikrlarni avvalo jamiyat emas, individ yaratadi, anonimlikda yaratilgan fikrlaringga esa afsuski haqqingni da'vo qilolmay qolishing mumkin";
"2 yil oldin menga yaxshigina donat qilib, iliq gaplar yozib - o'ziga xos motvatsiya berib turadigan obunachim bor edi. Kimligini bilmayman, lekin boshqa donat beruvchilardan ajralib turishini sezardim. Vot hozir o'sha obunachimni yo'qotib qo'ygandekman😢..."
"Har bir loyihada xuddi serialdagi mavsumlar kabi bir to'xtab-yangitdan boshlanadigan joyi bo'larkan. Men bir xil ritmdan charchagan odamlarni uyg'otish uchun ochgandim bu kanalni. Ko'tarilish va tushishni birdek qabul qilishim shundan";
"Oldin do'sting kimligiga qarab kimligingni aytishardi. Hozir ijtimoiy tarmoqda kimga layk bosishing va follow bo'lganingga qarab, kimligingni aytib berishyapti";
"Insonning "samotsenkasi" ko'tarish ba'zan juda oson. Ertalabdan ko'rinishiga nisbatan aytilgan bitta yaxshi kompliment bilan ayol kishi kun bo'yi xush kayfiyat yurishi mumkin. Xuddi shunday yigit kishi ham ko'chada o'tib ketayotgan biror qizning unga qarab bitta tabassum qilishidan juda baxtiyor bo'lishi mumkin".

Tirikligida bittayam kartinasini sotolmay qashshoqlikda umr kechirgandi.
Bugun esa butun dunyo seni qoshingga keladi. Ammo sen yo’qsan Vinsent…
@panda_books
Bugun esa butun dunyo seni qoshingga keladi. Ammo sen yo’qsan Vinsent…
@panda_books
Afsuski, yana bir bratim boʻlmish Da Vinchining kartinalari turgan xonalar yopiq ekan.
Nasib keyingi safar…
Nasib keyingi safar…