Telegram Web Link
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
​​#review #taqriz

📙Den Braun — “Ibtido”

“Haqiqiy terroristlar bombani portladigan odamlar emas, ularni pul bilan ta’minlab turganlardir”

Den Braun allaqachon o‘zini muxlislariga ega yozuvchi. Men ham unga befarq emasman. Bu shunchaki sirli ramzlar va g‘alati qotilliklar haqidagi navbatdagi triller emas, balki fan dinni uzil-kesil mag‘lub etsa, nima bo‘lishi haqidagi hikoya. Aniqrog‘i, insoniyat ikkita asosiy savolga ilmiy javob topganda, nima sodir bo‘lishi haqida. Bular:
Qayerdan keldigu, Qayoqqa ketayapmiz?

Bu Braunning butunlay kelajak haqida so‘z yuritgan birinchi kitobidir. Endi Lengdon qadimiy qo‘lyozmalar emas, balki sun’iy intellekt, biotexnologiyalar, ilmiy yutuqlar va texnik evolyutsiya falsafasi haqida izlanadi.

Syujet juda qiziqarli. Sur’at - shiddatli. Boblar qisqa. Voqealar rivojidagi burilishlar kitobxonni maksimum oʻzida ushlab turadi. Eng muhimi - voqealarni shunchaki kuzatib qolmasdan, qahramonlar bilan birga fikrlaysan. Bu esa ommabop janr uchun kamdan-kam uchraydigan yutuq.

Va Uinston. Bizga sun’iy intellekt do’st/yordamchi qanday boʻlishini koʻrsatib beradi. Romandagi Ispaniya xuddi juda jonli chiqqan. Gaudi me’morchiligi, Sagrada Familiya, muzeylar, monastirlar - barchasi shunchalik batafsil tasvirlanganki, o‘zingizni haqiqatan sayohat qilayotgandek his etasiz.

"Ibtido" - bu shedevr emas, ammo aqlli va dolzarb kitob. U kelajak prizmasidan bugungi kun haqida so‘z yuritadi. Agar insoniyat qayoqqa yo‘nalayotganini tushunish siz uchun muhim bo‘lsa, uni o‘qishingiz kerak.

Ktobning so‘nggi savoli shunday:
“Agar o‘zimizdanda aqlliroq narsani yaratganimizda, biz umuman kerakmizmi?”

@panda_books
#news

⚡️Yaxshi yangilik!

Mening eng sevimli fantast yozuvchilarimdan biri - Lyu Sizinning “Uch jism masalasi” romani tarjima huquqi Asaxiy Books tomonidan sotib olinibdi. Bu haqida Firuz aka oʻz kanalida xabar berdi.

Hozircha siz shu va uning davomchilari boʻlmish ikki kitobdan iborat trilogiya haqida taqrizlarimni oʻqishingiz mumkin.

“Uch jism masalasi”
– “Qorongʻu oʻrmon”
“Death’s End”

@panda_books
Charchab ketmadingmi?

🔹 Dars qilaman, kitob o'qiman deysan-u -soatlab TikTok ko'rasan.
🔹 Sport zalga boraman, to'g'ri ovqatlanaman deysan-u - uyda yotib olib shirinlik yeysan.
🔹 Kuchli shaxs bo'laman deysan-u - qiyinchilikdan qo'rqib komfort izlaysan.

Bu sening aybing emas.
Miya va tana seni o‘z foydasiga boshqaradi — agar sen uni boshqara olmasang.

Agar bu ikkisini qanday ishlashini to‘g‘ri tushunsang, bu muammolarni yechish qiyin emas. O’zingni boshqarishni yangi loyihamizda o’rgan! 👇

FocusUZ | Intizom. Tizimlar. Natija.
​​Oneginning Tatyanaga maktubini o'qib

Bu kitobni qo'limga olar ekanman, har safar Onegin bilan o'rtamizda allanechuk o'zaro bog'liqlik bordek tuyuladi menga. Ayniqsa meni "Oneginning Tatyanaga maktubi" butun qalbimni larzaga soladi.

Ichimda yashaydi yolg'iz Onegin. Xuddi u kabi beqarorlikdan chekadi azob, o'tmishning qo'l yetmas burchaklarida qolib ketgan tuyg'ular esa unga sira bermaydi tinchlik.

Ichimda yashaydi yolg'iz Onegin. U ham bashang va bekamlikka burkangan sovuqqon zodagon janob siymosi ortiga yashiringan oddiy bir fosiq va qo'rqoq. Hayotda atigi bir marotaba xato qilgan, ammo shu qilingan xato uning umriga zavol yetkazganligini kech anglagan osiy banda.

Ichimda yashaydi yolg'iz Onegin. Unda yo'q na zafar quchmoq istagi, na qasos olmoq butun dunyodan. Yolg'iz istak faqat senigina ko'rish va oldingda tosh kabi qotish.

@panda_books
Forwarded from Bored Panda
- Uygʻon bro! Yarim yil qoldi!
- hhh, nima? Nimaga yarim yil qoldi?
- 2026-yilga…
- 😱🥲

@boredpandablog
Masalan, tugʻilgan kuningda olib kelingan tortni tilak tilab, puflab o’chirayotgan lahzangni emas, balki kadr ortida turgan yaqin insonlaringni rasmga tushirish afzalroq ekanini nechi yoshingda anglab yetgansan?

@panda_books
Agar senga hech kim yozmay qoʻygan boʻlsa. Agar seni hech kim kutmay qoʻygan boʻlsa, oʻylab koʻr

Balki polkovnikka aylanib qolgandursan…

@panda_books
Kitob yolgʻizlikka davo boʻlib qolmasin…
Kitob yolgʻizlikka yolgʻiz davo boʻlib qolmasin…
Yunon afsonalari

Yoshligingda yunon afsonalarini - Gerakl, Tesey, Yason qahramonliklarini o‘qiganingda, ular Kempbellning “qahramon yo‘li” va boshqa shu kabilar haqida deb o‘ylaysan.

Ulg‘ayganingda tushunasanki, qadimgilar shu yo‘l bilan avloddan avlodga hayotda qanday harakat qilish va yo‘l topish bo‘yicha aniq amaliy maslahatlarni yetkazishgan.

Gidrani yengish - murakkab tizimda chigal muammoga oddiy yechim topish. Stimfali qushlarini o‘ldirish - ommaning ruhiyatini tushunib, ijtimoiy tarmoqlar davrida uni boshqarish. Medeyani rom etish - nufuzli odamning qiziga uylanib, "kuyov" bo‘lish. Amazonkalar - feminizm va hokazo.

Argonavtlar sayohati esa startapchilar va jamoaviy tadbirkorlar uchun maxsus qo‘llanma oʻlaroq yaratilgan.

Rashev

@panda_books
Forwarded from Bored Panda
YANGI YOʻNALISHGA QOʻL URDIM❗️

Soʻnggi paytlarda Instagram va Youtube tarmogʻidayam aktivman. Blogerlar koʻp, lekin u yerdayam hali egallanmagan choʻqqilar anchagina. Oxirgi videolarim shunga misol.

Aytmoqchi boʻlganim, bu yerdagi va Instagramdagi kontentlarim bir-biridan tubdan farq qiladi. Shu sababli, Instagramda ham oʻzingizga foydali va qiziqarli kontentlarni kuzating va Bored Pandani qoʻllab-quvvatlab borishingizni istardim.

A’zo boʻling:
instagram.com/jasurbek.bazarbaeff

Hozircha reklamasi yo’q profil:)

@boredpandablog
Darsliklarda yozuvchi, shoirlarning yoshlik rasmlari ham qoʻyilsa yaxshi boʻlarmidi, nima deysiz?

fotolar manbasi

@panda_books
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Qisqa satrlar
Moda keladi-ketadi, stil qoladi.

Koko Shanel

👉 Qisqa satrlar
#sarhisob #iyun

Oy Sarhisobi.

Bu oy issiq va hech qanday ajabtovur voqealarsiz o’tdi. Men toʻliq dam oldim va yaqinlarim bilan vaqt oʻtkazdim.

Shuni tushundimki, agar chindan sevgan va qiziqqan ishlaring bilan mashgʻul boʻlsang, vaqt tezroq oʻtadi. Yolgʻizlik esa azoblamaydi.

Zerikish - insoniyatni yaratuvchanlikka undaydigan buyuk tuygʻu. Eng katta motivatsiya ham shu zerikishdir. Qattiq zerikmaguncha, hayotingda nimanidur oʻzgartirolmaysan.

Baxt - oniy lahza. U hech qachon uzoq davom etmaydi, lip etib oʻtib ketadi. Shundan uni koʻpchilik sezmay qoladi. Chunki u oʻzidan keyin chandiq qoldirmaydi.

O'qilgan kitoblar:
♻️ Abdurazzoq Gurna – “Jannat”
Taqriz 👉 ko'k yozuvni bosing

♻️ Tomas Mayn Rid – “Boshsiz chavandoz”
Taqriz 👉 koʻk yozuvni bosing

♻️ Mixail Lermontov – “Zamonamiz qahramoni”
Taqriz 👉 koʻk yozuvni bosing

♻️ Den Braun – “Ibtido”
Taqriz 👉 koʻk yozuvni bosing

Oyning eng qiziqarli postlari:
👉 Tinchlik
👉 Til
👉 20 yoshda qanday muvafaqqiyatga erishish mumkin?
👉 Kamchilik va afzalliklar

Siz-chi, bu oy qaysi kitoblarni mutolaa qildingiz?

@panda_books

Instagram | Youtube | Tiktok
Panda Books
Photo
Dunyo koʻp rivojlangan joylarida insonni oʻz ustidan kula olishi - o‘ziga ishonch belgisi hisoblanadi. Bu shunaqa psixologiyaki, bu sizni hech narsadan qo‘rqmasligingizni bildiradi. Chunki odam oʻz ustidan toʻgʻri, obyektiv baho berishi qiyin narsa.

Men kecha doʻstim va stendap komik Abu Bakrning “Oʻzim” konsertiga tushdim. Bizdagi stendaperlar ichida aynan unda mana shu usulni ko'raman. Abu Bakr oʻz hayoti va prinsiplaridan kelib chiqib zo’r stendap yaratadi.

Bizda o‘z ustidan kulish - bu zaiflik belgisi deb qaraladi negadur. Agar sen o‘zingni ustingdan kulayotgan bo‘lsang, demak, sen yo telbasan, yo jiddiy emassan. O‘zingni jiddiy qabul qilmasang, boshqalar seni qanday jiddiy qabul qilishi mumkin?

Abu Bakr konserti gʻamgin, sekin oʻtadi, ammo unda samimiylik va yumorni bittada sezish mumkin. Abu Bakr modaga uchmaydi, u stil yaratishga intiladi. Buni qadrlasa arziydi.

Xullas, zamonaviy hayotda vaqtni yaxshi oʻtkazsa boʻladigan kam sonli stendaplardan biri.

@panda_books
2025/07/07 16:38:25
Back to Top
HTML Embed Code: