Tadaaaaam!!!

Yana bir maqolamiz chop etildi. O'qing, fikr bildiring.

@ParizodaRuziboyeva
Shu sepim internetda trend bo'lib ketibdi-yu o'zim bexabar qolib ketibman.
Bu bir qismigina xolos edi. Kelinlik uyimga 555 ta kitob bilan borgandim. Menda avvalroq Asaxiybooks nashriyoti menejeri, ashaddiy kitobxon Dilbar opa Haydarova kelinlik uyiga 500-550 ta kitob bilan borgan edilar.

Kitob eng yaxshi sep, eng yaxshi sovg'a. Nimadandir ranjisam, siqilsam, charchasam shartta garangni yoqaman-da kitoblarim olamiga g'arq bo'lib energiya olaman. Mazzaaaa😍😍😍

@ParizodaRuziboyeva
#eeeeeski_sher_va_yangi_men

ONAMGA

"Qizim ko'zga boqqaning ko'rmay"
Bu siz bergan eng go'zal tanbeh.
Men boqmayman ammo so'ramay
Kimdir menga boqib qo'yar,
Eh...

O ,onam-a, ko'ngli kuyugim
Charchamaysiz mening g'amim yeb.
Achinaman menga bo'qsa kim...
Qiynalaman qiynamayin deb!

Asrayapman dil so'zlarimni,
Ko'nglingizni qilavering to'q.
"Ajinasi bor ko'zlar"imni,
Hech bir ko'zga qadaganim  yo'q.
        
Parizoda Ro'ziboyeva
2020

@ParizodaRuziboyeva
PARIZODA RO'ZIBOYEVA
Shu sepim internetda trend bo'lib ketibdi-yu o'zim bexabar qolib ketibman. Bu bir qismigina xolos edi. Kelinlik uyimga 555 ta kitob bilan borgandim. Menda avvalroq Asaxiybooks nashriyoti menejeri, ashaddiy kitobxon Dilbar opa Haydarova kelinlik uyiga 500-550…
Kitob o'qish, shaxsiy kutubxonani tashkil etish menga onamdan o'tgan. Bolalik paytlarimdan onam ikkimizni kitoblarimiz alohida turardi. Tanlovlarda kitob sovg'a qilishsa darrov qo'shib qo'yardim. Bitta kitob 2 ta bo'lib qolsagina onamga berardim. Lekin to'y arafasida onam o'zlarining javonidagi eng durdona, eng sara asarlarni, ayniqsa ilmiy ishim uchun foydalilarini tanlab olishimga ruxsat berganlar. Onamni supurgisi qolib kitoblarini "shumo" qilganman.

Bo'lajak turmush o'rtog'im (farzandlarimning dadasi) unashtiruvdan so'ng Toshkentga meni ko'rgani borganlarida ham o'zim sotib olishni judayam xohlagan, lekin talabachilik qilib pulim yetmagan eng-eng yaxshi kitoblardan 5-10 oldirib olardim. Bu men uchun har qanday guldasta, shirinliklardan afzal edi. Quvonchini esa aytmasa ham bo'ladi.😍😍😍😍


@ParizodaRuziboyeva
YOLG'ON

Menga takror ertaklar aytgin,
Mayli yolg'on, tinglayman barin.
Eslat menga tanish yo'llarni
Quchog'imga to'ldir nastarin.

Yana takror boqqil ko'zimga,
Ayriliqni olgin o'rtadan.
Yolg'on aytdim, bilmayin aytdim
Sinamoqchi edim jo'rtaga...

O, qanchalar yolg'onga o'chman,
O, qanchalar soddaman qara.
Kulgan ko'zlar meniki emas,
Yuragimda ming bitta yara.
Qara!

Ishq degani bunchalar rasvo,
Bu dil buncha senga o'rgangan?
O'lmagansan deyman hali ham
Yolg'onlarga ko'nib bo'lganman!

O, naqadar yolg'onga o'chman...


Parizoda Ro'ziboyeva

@ParizodaRuziboyeva
BEGIMGA

Begim , bizni bu taqdir sinovlarga tashladi
Otqichi soginch bolgan, olovlarga tashladi,
Tomirda mavj urdi ishq, orzu mayini ichdik,
Yondirmadi bu olov, samandar bolib chiqdik.
 
Bizni ayro etsalar  ikki dunyo bir, dedik,
Biz bu sirli dunyoda jumboq edik, sir edik.
Biz golibmiz ishq ichra nasibasin ololgan
Yaratgan yozugiga kim ham qarshi borolgan?!
 
Buyuk jangga kirishdik, yengilmadik, yengdik biz,
Bildim, tengsiz dunyoda tanho, loyiq tenglik biz!
Boshim uzra ishqtanga sochiladi boyman-ay,
Tangrimning sizni yozgan yozug`idan aylanay
 
Begim…


Parizoda Ro'ziboyeva

@ParizodaRuziboyeva
#olis_yaqin_ovozlar

SIZSIZ YOG‘GAN YOMG‘IR HAQIDA


Tag‘in yomg‘ir yog‘di siz yo‘q shaharda,
Sezdim, maysalarning titroqlarini.
Va sizni o‘yladim kimni ko‘proq sevasiz,
Menimi yoki yomg‘irni?

Tag‘in yomg‘ir yog‘di siz yo‘q shaharda,
Har neki begona,
har kimsa tanish.
Nigohingiz qidiraman,
izlayman tovushingizni,
Yurak topsa deyman bir dam osoyish.

Tag‘in yomg‘ir yog‘di siz yo‘q shaharda,
Tomchilar labimda uchdi sirpanchiq.
Men sizdan uyaldim,
bu gunoh edi axir,
Mashinalar termulib o‘tdi
ko‘zlarin har damdan kattaroq ochib.

Tag‘in yomg‘ir yog‘di siz yo‘q shaharda,
Sog‘inchim yodimga soldi tomchilar.
Yig‘ladim!
Kechiring,
kulaman degandim faqat,
aytilmagan sirlar yog‘di tomchilab.

Tomchilab, tomchilab yog‘di yomg‘irlar,
Tomchilab, tomchilab yog‘di bor sirim.
Tag‘in yomg‘ir yog‘di siz yo‘q shaharda,
Men sizdan yomg‘irpo‘sh kutdim, hech kimim!

Tag‘in yomg‘ir yog‘di siz yo‘q shaharda...

Parizoda Ro‘ziboyeva

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz
Kecha eslab qo'rqib ketibman. Maktabni bitirganimizga 8 yil bo'libdi🥹🥹🥹
Forwarded from 📓Usmon Azim via @like
* * *
“Мен сен учун кошона қураман ҳали, - деган эди эркак. – Икки қават кошона.
Мошиналар карвони олиб юради сени.
Хизматингга канизлару шотирлар.
Денгизни ҳам ҳовлимизга олиб келаман.
Осмонни тўшаб қуяман пойингга - булутларга чўлғониб яшайсан.
Умринг парвозда ўтади, худо хоҳласа.
Кўзларингда юлдузлар порлайди доимо...”.

“Кечир, - дейди энди эркак. – кошона қуролмадим.
Машинамиз ҳам эскигина.
Денгиз эса – етиб бўлмас орзу.
Осмонни-ку, қўявер”...

“Йўқ, - дейди аёл кулибгина. – Мен кошонада яшаяпман. Мен ёнингизда учиб яшаяпман:
хоҳласам, денгизга бораман;
хоҳласам, осмонга”...

“Кечир...” - дейди эркак.

“Сиз кошонасиз, - дейди аёл. – Сиз - денгизсиз, осмон...”.

Денгизда – ғусса сукунати.
Осмон - бош эгиб ўлтирар
бир ғариб кулбанинг ичида.

Аёл эса учиб юрибди.
Кўзида
юлдузлар
порлайди -

бош эгиб ўтирган
осмоннинг
юлдузлари.

Усмон Азим
07.01.2016

https://www.tg-me.com/usmon_azim
#alhamdulillah

Сўрайвер бир куни беради Худо,
Демагин «Дуолар аръшларга бормас».
Тоғнинг бағирлари ёриладию,
Осмон эшиклари очилмай қолмас.

©️ Jaloliddin Rumiy

@parizodaruziboyeva
Shu satrlarni biram yaxshi ko'raman-da. Yaratganning karami keng. Duoda gap ko'p. Har doim biror orzuyim amalga oshsa avvalo Allohga shukr qilaman, so'ng esa onamga rahmat aytaman. Menga orzu qilishni, ro'yobini umid bilan kutib chin qalbdan duo qilishni o'rgatgani uchun. Allohga tavakkal qilishda ham gap ko'p ekan. Kimni ko'nglida qanday yaxshi niyati bo'lsa yetkazsin.

26. 05. 2024 shu sana shu yerda tursin. Nima ekanligini keyin aytaman.

Yana yaxshi bir xabarni kutyapmiz umid bilan. Yaqin kunlarda "Ilhom" mukofotining taqdirlash marosimi bo'ladi. Men ham hujjat topshirgandim. Nima deb o'ylaysiz bu yil nasib etarmikan?🤔

Ikkita bola bilan ilm qilibdi, shu qiz 1-o'rinni olaqolsin deb yuborishsayaaa🙈🙈🙈 zo'r bo'lardi a?

Biram kamtarmaneeey.
Shu kanalda yaxshi xabarlarni bo'lishish nasib qilsin 🤲🤲🤲
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Yuqoridagi gaplar uchun.

Eslatib o'tamiz, alkogol hayot uchun zarar🤪
SAVOL

Yo xato qildimmi, bilmadim Tangrim,
Adashdimmi yoki,
Gumon ichimda.
Savollar yog'ilar o'ylagan sarim
Jimman.

Yonimdagilar kim,
Jonimdagi kim,
Bilmam o'zimdanmi, kimdandir ginam.
Tasalli istayman, yupanch izlayman
Birgina.

O'zim o'zimga do'st,
O'zimga dushman,
Tovonimdan sochim qadardir igna.
Yig'lamasam deyman kechmishlarimga
Nega?

Ko'zlarimda sizib chiqadi ko'nglim,
Nechun yurgan yo'lin muncha jim-jima.
O'zimni izlayman o'zim ichindan
Kimman?

Parizoda Ro'ziboyeva

@ParizodaRuziboyeva
Sevgi firog'i
Qilichbek Madaliyev
Juda yooooshligimda shu qo'shiqni rosa mazza qilib eshitardim. U paytlar Qilichbek Madaliyevni kuylagan hamma qo'shiqlari xit bo'lib ketardi.
Shu o'yinni mukkasidan ketib o'ynaganlar bormi? Yutganlar-chi?
Assalomu alaykum.
Yana bir ilmiy maqolamiz chop etildi. Sizlar bilan bo'lishaman❤️
O'qib fikrlaringizni bildiring.

@Parizoda Ruziboyeva
2024/06/12 02:47:52
Back to Top
HTML Embed Code: