Telegram Web Link
1️⃣ PDP Universityda xalqaro hamkorlik muzokaralari!

💼 PDP University xalqaro ta’lim tashkilotlaridan biri Pearsonning O’zbekistondagi vakili Abdurashid Yakubov va Buyuk Britaniyaning nufuzli Portsmouth Universiteti vakili David Warddan iborat delegatsiyani mamnuniyat bilan kutib oldi.

🔥 Bizning munozaralarimiz qiziqarli hamkorlik imkoniyatlarini o'rganishga qaratildi! Biz talabalar almashinuvi dasturlari, Pearson BTEC xalqaro miqyosda tan olingan ta’lim dasturlarini Portsmouth Universiteti o‘quv dasturi bilan integratsiyalash va boshqa masalalarda hamkorlik qilish borasida muzokaralar o’tkazdik.

1️⃣ @pdpecosystem - Ezgulik yo'lida zamonaviy ta'lim!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥7👍4😁3
🤝 Yana bitta xalqaro hamkorlik uchrashuvi

Yaponiyaning "Ringo Entertainment Inc" va "H&K" kompaniyalari rahbarlari Tomohito Hirasawa va Ando Koki, shuningdek, "Yosh Ziyokor" tashkiloti rahbari Rasul Kusherbayev PDP University’da mehmon bo'lishdi.

Uchrashuv davomida talabalarimizni dasturlash yo'nalishida 'outsource' loyihalarda ishga qabul qilish bo'yicha hamkorlik xaritasi ishlab chiqildi.

1️⃣ @pdpecosystem - Ezgulik yo'lida zamonaviy ta'lim!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4🔥2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
1️⃣ PDP EcoSystem asoschisi Odilbek Mirzayev boshchiligida kecha, 5-iyul kuni navbatdagi katta yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Ushbu yig‘ilishda jamoamiz yangi loyiha bo‘yicha muhokama o‘tkazdi, yangi talabalar qabulini ko‘rib chiqdi va talabalarimizning yanada yaxshiroq natijalarga erishishi uchun nimalar qilishimiz kerakligi haqida fikr almashdi.

🎯 Yig‘ilish davomida har bir loyiha rahbarlari o‘zining muvaffaqiyatlari va duch kelgan qiyinchiliklarini tahlil qilib, kelgusi oy uchun aniq rejalar belgilab oldi.

1️⃣ PDP EcoSystem jamoasi sifatida biz barchamiz birgalikda yuqori marralarga erishish uchun yana bir qadam tashladik.

🔛 Yaqin kunlarda yangi loyihamizni e’lon qilamiz, bizni kuzatib boring!

1️⃣ @pdpecosystem
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥14👍4👏2🎉1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📑 Yana bir sermahsul oy yakunlangani munosabati bilan PDP EcoSystem jamoasi keng ko‘lamdagi “Mothly meeting"ga yig‘ildi.

📌 2-avgust kuni iyul oyi hisobotlari bo‘yicha tahlil o'tkazish va yangi loyihalar muhokamasi uchun oylik yig'ilish tashkil etildi. Bu yig'ilishda PDP EcoSystemning barcha TOP menejerlari ishtirok etishdi va bir qator muhim masalalar yuzasidan qizg'in suhbat bo'lib o'tdi.

🤝 PDP EcoSystem jamoasining har bir qabul qilayotgan qarorlari hozirgi vaqtda o’qib turgan va kelajakda bizning loyihalarimizda ta’lim oladigan minglab yoshlarning hayotlarini yaxshi tomonga o’zgartirishga sababchi bo’lishiga aniq ishonamiz.

1️⃣ @pdpecosystem
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4🔥2
🤝PDP University Buyuk Britaniyaning Pearson BTEC tashkiloti vakillari Annabel Lawday, Ollie Wintle hamda mazkur tashkilotning Markaziy Yevropa va O‘rta Osiyodagi regional direktori Abdurashid Yakubov ishtirokida yana bir hamkorlik uchrashuvini o'tkazdi.

📑PDP University 2022-yildan buyon Buyuk Britaniyaning Pearson BTEC dasturi bo'yicha o'z talabalariga ta'lim berib kelmoqda va bitiruvchilar xalqaro diplomga ham ega bo'lishadi.

📈Tashkil etilgan suhbat davomida xalqaro diplom egalari bo'lgan talabalarni tayyorlash jarayonidagi yutuq va kamchiliklar, yaratilgan shart-sharoitlar yuzasidan fikrlar va turli takliflar o'rtaga tashlandi. Barcha masalalar atroflicha ko'rib chiqildi va istiqboldagi rejalar bo'yicha kelishib olindi.

📌Xalqaro hamkorlik ishlari universitetimizning ta'lim berish va kelajak kadrlarini tayyorlashdagi salohiyatini oshirishda katta ahamiyat kasb etadi.

1️⃣ @pdpecosystem
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5🔥2
2025/10/25 06:39:57
Back to Top
HTML Embed Code: