Telegram Web Link
❗️Qoniqarsiz baho olgan bitiruvchilar shu sinfda qayta oʻqishga qoldiriladi.

Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 15-martdagi 140-son qarori bilan tasdiqlangan «Umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisida»gi nizomga koʻra oʻquvchilarning sifatli bilim olishini va ularni umumiy oʻrta taʼlimning davlat taʼlim standartlariga mos holda oʻqitish natijalarini nazorat qilishni taʼminlash maqsadida umumtaʼlim muassasalarida joriy, oraliq, bosqichli va yakuniy nazorat imtihonlari oʻtkaziladi.

Umumtaʼlim muassasalarining V-IX sinf oʻquvchilari tegishli fanlardan bosqichli nazoratlarni muvaffaqiyatli topshirganlaridan soʻngina ularni keyingi sinfga oʻtkazishga qaror qilinadi.

Shuningdek, maktab bitiruvchi oʻquvchilari uchun ham umumiy oʻrta taʼlim dasturlarini toʻliq oʻzlashtirgandan keyin yakuniy attestatsiyadan oʻtish majburiy hisoblanadi. Maktab bitiruvchilarining bilimi, malaka va koʻnikmalariga qoʻyilgan talablarning bajarilishi boʻyicha yakuniy attestatsiya yozma, ogʻzaki yoki test usulida har bir fanning amaldagi oʻquv dasturi asosida oʻquv yilining yakuni boʻyicha oʻtkaziladi.

Taʼlim dasturlarini davlat taʼlim standartlari talablari darajasida oʻzlashtirgan va oʻquv fanlaridan yil yakuni boʻyicha ijobiy baholangan, yoki bitta oʻquv fanidan qoniqarsiz baholangan bitiruvchilar maktab pedagogik kengashi qaroriga asosan yakuniy attestatsiyaga qoʻyiladilar.

Xalq taʼlimi vazirining 2008-yil 4-martdagi 56-sonli buyrugʻi bilan tasdiqlangan “Umumiy oʻrta taʼlim oluvchilarning yakuniy davlat attestatsiyasi toʻgʻrisida”gi nizomnga koʻra, bir yoki ikki fandan oʻtkazilgan yakuniy attestatsiyada qoniqarsiz baho olgan bitiruvchilarga oxirgi yakuniy attestatsiyadan keyin ikki hafta oʻtgach qoniqarsiz baho olgan fanidan qayta yakuniy attestatsiyadan oʻtish huquqi beriladi.

Yillik baho va yakuniy attestatsiya natijalariga koʻra, umumiy oʻrta taʼlim davlat taʼlim standartlari talablarini bajarmay, “qoniqarsiz” baho olgan bitiruvchilar shu sinfda qayta oʻqishga qoldiriladi.

Pedagoglar kanaliga obuna boʻling👇
https://www.tg-me.com/+SEjhuG-0kd7dL2wl
⚡️MAKTABGACHA VA MAKTAB TA'LIMI VAZIRLIGI 16 YOSHGA TO‘LGAN MAKTAB BITIRUVCHILARIDAN O'Z VAQTIDA PASPORT (ID KARTA) OLISHLARINI SO'RAYDI

Ma’lumki, abituriyentlarning oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun tegishli hujjatlarni onlayn topshirish uchun bitiruvchilarning pasport (ID karta) ma’lumotlarini ABITUR elektron dasturiga kiritish talab etiladi. Shuning uchun 16 yoshga to‘lgan har bir bitiruvchi o‘z vaqtida pasport (ID karta) olishi zarurligini eslatib o‘tamiz.

🧑🏻‍💻Ushbu jarayonda bitiruvchilarga yanada qulaylik yaratish maqsadida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining elektron ma’lumotlar bazasi Bilim va malakalarni baholash agentligining ABITUR elektron dasturi bilan integratsiya qilingan.

❗️Bugungi kunga qadar joriy o‘quv yilida maktablarni tamomlayotgan 400 mingdan ortiq o‘quvchining 16 yoshga to‘lgan 55 ming (14%) nafari pasport (ID karta) olmaganligi sababli ularning ma’lumotlari elektron bazaga hozircha kiritilmagan.

Hurmatli ota-onalar, aziz bitiruvchilar!

⚡️Farzandingizning konstitutsiyaviy huquqidan foydalangan holda, 16 yoshga to‘lgan farzandlaringizni o‘z vaqtida pasport (ID karta) olishini ta’minlashingizni, maktab ma’muriyatidan esa bitiruvchilarning pasport (ID karta) ma’lumotlarini elektron bazaga kiritib, ularni kelgusida oliy ta’lim muassasalariga hujjat topshirishida zarur ko‘mak berishingizni  so‘raymiz.

📍Ma'lumot uchun: Pasport (ID karta) olish uchun hududiy ichki ishlar organlarining Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limlari va Davlat xizmatlari markazlariga murojaat etishlari zarur.

Pedagoglar kanaliga obuna boʻling👇
https://www.tg-me.com/+SEjhuG-0kd7dL2wl
⚡️O‘quvchilar uchun bahorgi ta’til 21-martdan boshlanadi

Maktab oʻquvchilari uchun III chorakning soʻnggi kuni 20-martga toʻgʻri kelib, 21-mart bahorgi ta'tilning ilk kuni sanaladi. Ta'til 7 kalendar kun, ya'ni 27-martga qadar davom etadi. IV chorak esa 28-martdan boshlanadi.

Ma'lumot uchun: Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-martdagi 140-son qarori bilan tasdiqlangan “Umumiy oʻrta ta'lim to`g`risida”gi Nizomning 4-bob, 26-bandiga muvofiq oʻquvchilar uchun bahorgi ta'til — 21-martdan boshlanib, 7 kalendar kun davom etishi belgilangan.

Ta'tilning oxirgi kuni bayram (ishlanmaydigan) kunga toʻgʻri kelib qolgan taqdirda, dars mashg`ulotlari keyingi ish kunidan boshlab davom ettiriladi. Bayram (ishlanmaydigan) kunlariga toʻgʻri kelib qolgan dars mashgʻulotlarining mavzulari o`quv dasturlarini ixchamlashtirgan holda keyingi dars mashg`ulotlarida oʻtkaziladi.

Oʻquv yili davomidagi ta'tillarning muddatlari quyidagicha belgilanadi:

👉 kuzgi ta'til — 4-noyabrdan boshlab 6 kalendar kun;

👉 qishki ta'til — 28-dekabrdan boshlab 14 kalendar kun;

👉 bahorgi ta'til — 21-martdan boshlab 7 kalendar kun;

👉 yozgi ta'til — oxirgi bosqichli nazorat sinovi oʻtkazilgan kundan (bosqichli nazorat oʻtkazilmaydigan sinflar uchun oʻquv yili tugagan kundan keyingi kundan) boshlab 1-sentabrgacha.

Pedagoglar kanaliga obuna boʻling👇
https://www.tg-me.com/+SEjhuG-0kd7dL2wl
⚡️Alisher Qodirov oʻqishga kirolmagan barcha oʻgʻil bolalarni armiyaga majburiy joʻnatishni taklif qildi

“Maktabni tugatgan, oʻqishga kirganlardan tashqari barcha oʻgʻil bolalarni toʻlovlarsiz, bir yillik majburiy harbiy xizmatga jalb qilish lozim. Tartib va masuliyatni maktab va harbiy xizmatda oʻrgatmasak, qamoqxonada hech qachon oʻrgatib boʻlmaydi”, - deydi deputat.

Uning qayd etishicha, 124 ming oʻquvchi sababsiz maktabga kelmagani aniqlangan. Takidlanishicha, 3 ming nafar ota-ona Mamuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 47-moddasi bilan jarimaga tortilgan.

"Tarbiya masalasida keskin qarorlardan qochmaslik kerak. Oʻzbekistonni erkinlikni hadsizlik deb biladigan, atlas kostyum xunasalar emas, oʻz qadrini biladigan, tafakkur qiladigan oʻgʻil-qizlar rivojlantiradi.

Nafaqat Oʻzbekiston, balki butun Markaziy Osiyoda bogʻcha va maktab milliy xavfsizlik masalasiga aylangan. Uni nafaqat Milliy gvardiya, balki, butun jamiyat qoriqlashi kerak", - deydi u.

Pedagoglar kanaliga obuna boʻling👇
https://www.tg-me.com/+SEjhuG-0kd7dL2wl
🇯🇵YAPON MAKTABLARIDAGI QOIDALAR:

1. Maktablarda ishqiy-romantik munosabatlarga yo‘l qo‘yilmaydi.

2. Yapon maktabi o‘quvchisi maktab bufetiga kirmaydi. Sinfxonalarga davlat tomonidan uyushtirilgan ovqatlar olib kelinadi va o‘quvchilar ularning hammasini yeyishga majbur hisoblanadi.

3. Yapon maktablarida yozgi kanikul berilmaydi. 5 haftalik kanikullar o‘quv yili davrida beriladi va o‘sha davrda ham o‘qituvchilar o‘quvchilar bilan muttasil shug‘ullanib keladi.

4. Maktabda farrosh yo‘q, bu vazifani o‘quvchilarning o‘zi bajaradi. Shuning uchun ham o‘quvchilar hech qayerga ortiqcha narsalar tashlamaslikka va maktabni iflos qilmaslikka harakat qiladilar.

5. O‘quvchilarning turli-tuman soch turmaklari va lak-bo‘yoqlarga ruxsat etilmaydi.

6. Yapon bolalari boshlang‘ich sinfdan keyin forma kiyishga o‘tishadi.

7. Har bir yapon o‘quvchisi suzishni bilishi shart! Maktablarda tashkil etilgan basseynlarda hammaga suzish darslari o‘tiladi va ular bu sanʼatni juda yaxshi egallagan bo‘lishlari shart! Sinovdan o‘ta olmagan o‘quvchi boshqa o‘qituvchida qaytadan mashg‘ulotlarni o‘tib, keyin takroriy sinovdan o‘tkaziladi.

8. Maktabda bir o‘quvchining o‘z iqtidori bilan alohida ajralib turishiga yo‘l qo‘yilmaydi! Iqtidorsiz o‘quvchining o‘zi yo‘q! degan tushuncha yapon taʼlim tizimida ustuvor! Yapon maktabi har bir o‘quvchini teng va betakror deb biladi va ularni har taraflama tayyorlashga yo‘naltirilgan.

Pedagoglar kanaliga obuna boʻling👇
https://www.tg-me.com/+SEjhuG-0kd7dL2wl
Maktabda oʻqiydigan farzandimning telefonini oʻqituvchisi olib qoʻyibdi. Shaxsiy mulk boʻlsa, uni olishga haqqi bormi?

Qonunchilikka asosan, oʻquv mashgʻulotlari va tadbirlar boshlanishidan oldin taʼlim oluvchilar telefonini oʻchirib qoʻyishi hamda sumkasiga solib qoʻyishi shart.

TAQIQLANADI

Taʼlim oluvchilarga quyidagilar qatʼiyan taqiqlanadi:

👉 telefonini boʻyniga osib olish, koʻkrak choʻntaklarida, shim, yubkalari choʻntaklarida va shu kabilarda saqlash;
👉 telefon akkumulyatorini zaryadlash uchun taʼlim muassasasi elektr tarmoqlariga ulash;

📱Telefoni yordamida:

👉 atrofdagilarga zoʻravonlik, shafqatsizlik, pornografiyani targʻib qiluvchi video va suratlarni namoyish qilish;
👉 taʼlim muassasasining nufuziga, shu jumladan, zoʻravonlik va vandalizm holatlarini suratga olish va keyinchalik ularni atrofdagilarga namoyish etish yoʻli bilan zarar yetkazish;

👨‍🏫 Oʻquv mashgʻulotlari vaqtida:

👉 telefon orqali soʻzlashish hamda SMS (MMS) va boshqa turdagi xabarlarni joʻnatish;
👉 telefonni stol ustiga qoʻyish;
👉 musiqa tinglash;
👉 surat va video tasvirlarni koʻrsatishda telefondan foydalanish, tasvir koʻrish, diktofon, kalkulyator, kalendar, bloknot, yon daftarcha kabilar sifatida foydalanish;
👉 suratga olish va video tasvirga tushirish;
👉 telefon orqali boshqa xizmatlardan foydalanish.

⚠️ RUXSAT ETILADI

👉 Taʼlim muassasasida taʼlim oluvchilarga mashgʻulotlar va tadbirlar oraligʻida faqat asosli va kechiktirib boʻlmaydigan zarur holatlarda ota-onasi (ularning oʻrnini bosuvchilar), yaqin qarindoshlari, taʼlim muassasalarining rahbarlari yoki xodimlari bilan zudlik bilan bogʻlanish maqsadida telefonlardan foydalanishga ruxsat etiladi.

‼️ TARTIBNI BUZSA

Ushbu talablar buzilgan taqdirda taʼlim muassasasining har qanday pedagog xodimi taʼlim oluvchidan telefonni olib qoʻyish, bildirishnoma rasmiylashtirish va uni telefon bilan birga taʼlim muassasasining direktoriga yoki direktor oʻrinbosariga, keyinchalik uni ota-onalarga berish huquqiga ega.

Demak, taʼlim muassasasida mobil telefondan foydalanish tartibi buzilgan taqdirda, oʻqituvchi uning telefonini muassasa rahbariyatiga yoki ota-onasiga berish sharti bilan olib qoʻyishi mumkin.

Pedagoglar kanaliga obuna boʻling👇
https://www.tg-me.com/+SEjhuG-0kd7dL2wl
⚡️Malaka sinovlari oʻtkaziladigan joy manzillari belgilandi

Joriy yilning mart-may oylarida maktabgacha va maktab taʼlimi tizimidagi pedagoglar uchun malaka (test) sinovlari oʻtkaziladigan joy manzillari maʼlum boʻldi.

Pedagoglar kanaliga obuna boʻling👇
https://www.tg-me.com/+SEjhuG-0kd7dL2wl
⚡️Ertadan maktab oʻquvchilariga dars boshlanadi

Umumtaʼlim maktablari oʻquvchilari uchun bahorgi taʼtil 21-mart kunidan boshlangan edi. Bugun taʼtilning soʻnggi kuni.

Oʻquv yilining toʻrtinchi chorak darslari 28-mart kunidan boshlanadi.

Pedagoglar kanaliga obuna boʻling👇
https://www.tg-me.com/+SEjhuG-0kd7dL2wl
⚡️Oʼquvchi daftar tutmagani uchun uning ota-onasini MJK ning 47-moddasiga asosan ma’muriy javobgarlikka tortish mumkin.

Аssalomu aleykum. Men maktabda  informatika fanidan dars beraman. Darsda oʼquvchilar umuman daftar tutmasa yoki daftarim qolib ketibdi deb har hil baxonalar topib umuman daftar tutmasa, oʼqituvchi ayibdormi bunday holatda oʼqituvchiga qonunan jazo bormi oʼqituvchi nima qilishi kerak bunday vaziyatda oʼquvchilar fandan daftar tutmasa  oʼqituvchi qonunan ayibdor hisoblanadimi?

YURIST JАVOBI:

Oʼquvchi daftar tutmagani uchun oʼqituvchini emas, ota-onani javobgarlikka tortish kerak.

Birinchidan, Taʼlim toʼgʼrisidagi qonun 51-moddasida voyaga yetmagan taʼlim oluvchilarning ota-onasi va boshqa qonuniy vakillarining bir qator majburiyatlari qayd etilgan boʼlib, unga koʼra yuqoridagi shaxslar:

oʼz bolalarini insonparvarlik, vatanparvarlik, mehnatsevarlik, maʼnaviy, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni hurmat qilish ruhida tarbiyalashi;

oʼz bolalarining intellektual, maʼnaviy va jismoniy rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratishi;

taʼlim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarining shaʼni va qadr-qimmatini hurmat qilishi shart.

Аynan mana shu majburiyatlar oʼquvchining qonuniy vakillarining oʼquvchining huquqqa hilof harakatlari uchun javobgarlikni oʼz zimmasiga olishini anglatadi.

Ikkinchidan, Xalq taʼlimi vazirligining 01.07.2021 yil 206-sonli buyrugʼiga asosan tasdiqlangan oʼqituvchilarning lavozim majburiyatlarida oʼqituvchining oʼquvchilarga daftar tuttirish majburiyati qayd etilmagan.

Bunday holatda ota-onaga Maʼmuriy javobgarlik toʼgʼrisidagi kodeks 47-modddasi ikkinchi qismi bilan javobgarlik chorasi qoʼllaniladi.

Yaʼni Xuddi shunday huquqbuzarliklar maʼmuriy jazo chorasi qoʼllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʼlsa:
bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravaridan 10 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʼladi.

Manba: Yurist_Xizmati

Pedagoglar kanaliga obuna boʻling👇
https://www.tg-me.com/+SEjhuG-0kd7dL2wl
vazirlik yakuniy imtixon buyruq 2024.pdf
106.8 KB
⚡️2023-2024-oʻquv yilida umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida oʻquvchilarning yakuniy davlat attestatsiyasini tashkil etish va oʻtkazish toʻgʻrisida

MMTV ning 20.03.2024-yildagi 87-buyrugʻi

Pedagoglar kanaliga obuna boʻling👇
https://www.tg-me.com/+SEjhuG-0kd7dL2wl
❗️Yakuniy imtihondan oʻtolmagan oʻqvchini sinfda qoldirib yuborilishi mumkin

Maktab bitiruvchilari uchun umumiy oʻrta taʼlim dasturlarini toʻliq oʻzlashtirgandan keyin yakuniy attestatsiyadan oʻtish majburiydir. Maktab bitiruvchilarining bilimi, malaka va koʻnikmalariga qoʻyilgan talablarning bajarilishi boʻyicha yakuniy attestatsiya yozma, ogʻzaki yoki test usulida har bir fanning amaldagi oʻquv dasturi asosida oʻquv yilining yakuni boʻyicha oʻtkaziladi.

Taʼlim dasturlarini davlat taʼlim standartlari talablari darajasida oʻzlashtirgan va oʻquv fanlaridan yil yakuni boʻyicha ijobiy baholangan, yoki bitta oʻquv fanidan qoniqarsiz baholangan bitiruvchilar maktab pedagogik kengashi qaroriga asosan yakuniy attestatsiyaga qoʻyiladilar.

Xalq taʼlimi vazirining 2008 yil 4-martdagi 56-sonli buyrugʻi bilan tasdiqlangan “Umumiy oʻrta taʼlim oluvchilarning yakuniy davlat attestatsiyasi toʻgʻrisida”gi nizomnga koʻra, bir yoki ikki fandan oʻtkazilgan yakuniy attestatsiyada qoniqarsiz baho olgan bitiruvchilarga oxirgi yakuniy attestatsiyadan keyin ikki hafta oʻtgach qoniqarsiz baho olgan fanidan qayta yakuniy attestatsiyadan oʻtish huquqi beriladi.

Yillik baho va yakuniy attestatsiya natijalariga koʻra, umumiy oʻrta taʼlim davlat taʼlim standartlari talablarini bajarmay, “qoniqarsiz” baho olgan bitiruvchilar shu sinfda qayta oʻqishga qoldirilishi mumkin.

Pedagoglar kanaliga obuna boʻling👇
https://www.tg-me.com/+SEjhuG-0kd7dL2wl
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Attestatsiyada pedagogik mahorat nima uchun test orqali baholanayotganiga izoh berildi

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi faoliyatining 2023-yilgi yakuniy sarhisobi hamda joriy yilda vazirlik tizimidagi pedagoglarni attestatsiyadan o‘tkazish jarayonlariga bag’ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi.

Anjuman davomida mutasaddilar tomonidan attestatsiyaning 2-bosqichida pedagogik mahoratni test emas, boshqa uslubda aniqlashni rejalashtirganligi haqidagi savolga ham javob qaytarildi.

Pedagoglar kanaliga obuna boʻling👇
https://www.tg-me.com/+SEjhuG-0kd7dL2wl
❗️Barcha xorijiy til oʻqituvchilari yangi oʻquv yili oldidan kamida B2 darajadagi milliy yoki xalqaro sertifikatlarga ega boʻlishi lozim

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xorijiy tillarni oʻrganishni ommalashtirishni samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 19-maydagi 312-son qaroriga muvofiq:

2024/2025-oʻquv yiliga qadar umumiy oʻrta, oʻrta maxsus va professional taʼlim muassasalarida faoliyat yuritayotgan barcha xorijiy tillar oʻqituvchilari kamida B2 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega boʻlishi lozimligi belgilangan.

Mazkur talabdan kelib chiqqan holda, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi barcha xorijiy til ustozlari 2024/2025-oʻquv yiliga qadar kamida B2 darajadagi milliy yoki xalqaro sertifikatlarga ega boʻlishi lozimligini eslatadi.

Pedagoglar kanaliga obuna boʻling👇
https://www.tg-me.com/+SEjhuG-0kd7dL2wl
Malaka sinovlari oʻtkazish muddatlari eʼlon qilindi

Pedagoglar kanaliga obuna boʻling👇
https://www.tg-me.com/+SEjhuG-0kd7dL2wl
Ta'lim sifati past maktablar buyrug'i 2024.pdf
156.7 KB
⚡️2024-2025 oʻquv yilida boshqa hududlardan pedagoglar jalb etiladigan taʼlim darajasi yuqori boʻlmagan maktablar roʻyxati tasdiqlandi

Maktabgacha va maktab ta‘limi vazirining 2024-yil 26-martdagi 95-son buyrug‘i bilan 2024-2025-oʻquv yili uchun taʼlim darajasi yuqori boʻlmagan maktablar roʻyxati tasdiqlandi.

Ushbu ro‘yxatdan jami 545 ta maktab o‘rin olgan bo‘lib, ularda dars berish uchun boshqa hududlardan jalb qilingan oliy va birinchi toifaga ega oʻqituvchi-pedagoglarning bazaviy tarif stavkalariga 100 foiz (bir maʼmuriy birlik doirasida 50 foiz) maxsus ustamalar belgilanadi.

Boshqa hududlardan jalb qilingan o‘qituvchi-pedagoglarning bazaviy tarif stavkalariga maxsus ustamalar ular borgan maktab ta’lim darajasi yuqori bo‘lmagan maktablar ro‘yxatidan chiqarilgan yildan keyingi yil uchun ham to‘lanadi.

Pedagoglar kanaliga obuna boʻling👇
https://www.tg-me.com/+SEjhuG-0kd7dL2wl
O‘qituvchilarga ustama olish uchun beriladigan milliy sertifikat yuzasidan

Shu kunlarda ko‘plab o‘qituvchilar tomonidan murojaatlar kelib tushmoqda. Unga ko‘ra, ustama olish uchun milliy sertifikat testidan o‘tib, tegishli ball to‘plagan o‘qituvchilar ayrim tushunmovchilikka duch kelishmoqda.

Ya’ni avvallari milliy sertifikat uchun test natijalari 100 ballik reytingda chiqarilardi, endilikda BMB testlar natijalarini hisoblashda Rash modeliga o‘tdi (batafsil).

Ammo o‘qituvchilarga ustama berishga oid hujjatlarda eski shkala qolib ketgani, hali hujjat yangilanmagani uchun tushunmovchilik yuzaga keldi.

Mazkur masalada Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi mas’ullari bilan bog‘landim va masalaga oydinlik kiritishga harakat qildim.

Vazirlik ushbu muammodan xabardor hamda yechim sifatida amaldagi qonun hujjatlariga o‘zgarish kiritish haqidagi loyiha ishlab chiqilgan. Hozirda hujjat loyihasi tegishli tashkilotlar bilan kelishilib, eskpertiza uchun Adliya vazirligiga kiritilgan.

Yangi loyihaga ko‘ra, avvalgi hisoblash tizimida olingan milliy sertifikatlar uchun 80 balldan yuqori ball olganlarga ustama belgilanadi. Yangi Rash modelida esa A va A+ darajadagi sertifikat uchun ustama berish rejalashtirilmoqda.

Boshlang‘ich ta’lim (matematika va ona tili va adabiyot) yo‘nalishi uchun esa avvalgi hisoblash tizimida 60 ball olganlarga, yangi Rash modelida esa C+ yoki undan yuqori darajadagi sertifikat uchun ustama berish rejalashtirilgan.

Albatta, bu hali loyiha xolos. Hozircha tasdiqlangani yo‘q.

❗️Taklif: o‘qituvchilarga ustama berish uchun talab etiladigan darajani avvalgidan ko‘tarib qo‘yilishi (har holda bir qarashda shunday tuyilmoqda), o‘qituvchilar orasida noroziliklarni keltirib chiqaryapti. Bu bo‘yicha ijtimoiy tarmoqlarda e’tirozlar yozilmoqda. Mas’ullar B+ daraja uchun ham ustama berish variantini ko‘rib chiqishi maqsadga muvofiq.

Savollar oson, bu test aslida abituriyentlar uchun” degan vajlar o‘tmaydi. Bunda o‘qituvchilarning aybi yo‘q. O‘qituvchiga mos imtihon tashkil qila olmayotganlarning muammosi bu aslida.

Pedagoglar kanaliga obuna boʻling👇
https://www.tg-me.com/+SEjhuG-0kd7dL2wl
2024/06/11 20:18:13
Back to Top
HTML Embed Code: