Telegram Web Link
Yangi tug‘ulgan chaqaloqda kalla suyaklari bir-biri bilan qanday birikkan?

Chaqaloq kalla chanog‘i ham katta odamlar kabi bir xil suyaklardan tuzilgan. Lekin kalla suyaklari kattalarnikiga qaraganda egiluvchan va elastik, bir-biri bilan to‘liq birikmagan hamda suyaklanmagan bo‘ladi. Bunday hosilalar bola kallasida amortizator vazifasini bajaradi. Ularga quyidagilar kiradi:

💠Peshona birikishi (metopik birikish) – peshona suyaklari orasida;
💠Koronar birikish – peshona va tepa suyaklari orasida;
💠O‘qsimon (sagittal) birikish – tepa suyaklari orasida;
💠Tepa (lambadosimon) birikish – ensa va tepa suyaklari orasida;
💠O‘ng va chap yonbosh birikish – tepa va chakka suyaklari orasida.

© Doctor Muxtorov

Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Forwarded from PEDIATRIYA (DOCTOR MUXTOROV) (Doctor Muxtorov) via @PostBot
💡 Endilikda kanalimizni qo'llab-quvvatlash va rivojlantirishda o'z hissangizni qo'shmoqchi bo'lsangiz, DONAT qilishingiz mumkin.

Donat nima? 💲Donat (ing. donate) - loyiha (sayt, kanal, mahsulot) ni qo'llab-quvvatlash maqsadida foydalanuvchilar tomonidan loyiha egasiga qilinadigan beg'araz moliyaviy ko'mak. Bu ko'mak maxsus saytlar yoki birorta hisob raqamiga pul o'tkazish orqali amalga oshiriladi.

Donat qanday qilinadi?
Quyida turgan havola orqali o'ting va o'zingizga qulay mablag'ni yozing. So'ngra o'zingizning hisob raqamingizni to'ldirgandek mablag'ni yuborsangiz bo'ladi.

Havola:
👉https://tirikchilik.uz/pediatric_uz

❗️ Har bir donat, kichikmi yoki kattami, biz uchun juda qadrli va kanalimizni yanada rivojlantirishga yordam beradi. Sizning ishonchingiz va qo'llab-quvvatlanganligingiz biz uchun ilhom manbai va harakatimizni davom ettirish uchun kuch beradi.
Go'daklarda tish chiqish alomatlari

▪️Bolaning milklari bo'rtishni boshlaydi.
▪️Bolaning milklari och pushti yoki oqish rangga kiradi.
▪️Tish chiqishidan taxminan bir oy oldin ko'p so'lak oqishni boshlaydi
▪️Bola hamma narsani og'ziga olib chaynashni xohlaydi(milklardagi qichishish hisobiga).
▪️Tana harorati ko'tariladi ( ko'pi bilan 37-38 °C gacha) va ko'p vaqt o'tmay o'zi tushadi.
▪️Bola injiqroq bo'lib qoladi, ba'zan emishni ham xohlamasligi mumkin.
▪️ Bolaning uyqusi buziladi yoki uyqu rejimi o'zgaradi.
▪️Bola emayotganda ona ko'kragini yoki qo'lini tishlashni xohlaydi.
▪️ Bolaning ishtahasi pasayadi
▪️Bolaning najasi suyuqlashadi, ichi ketadi(najas rangi va hidi o'zgarmagan holda)

© Doctor Muxtorov

Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Chaqaloqlarda tranzitor holatlar

▪️Hozirgina tug'ilgan bola sindromi
▪️Tranzitor giperventilyatsiya
▪️Tranzitor qon aylanishi
▪️Oddiy eritema
▪️Terining fiziologik qipiqlanishi (deskvamatsiya)
▪️Toksik eritema
▪️Milia
▪️Miliaria
▪️Fiziologik sariqlik
▪️Lanugo
▪️Teleangioektaziya
▪️Mongol dog'i
▪️Tranzitor gipertermiya
▪️Tranzitor gipotermiya
▪️Neonatal oligouriya
▪️Siydik infarkti
▪️Fiziologik mastopatiya
▪️Deskvamativ vulvovaginit
▪️Ichakning tranzitor katari

Yuqoridagi mavzular sizni qiziqtirsa quyigadi havola orqali o'qishingiz mumkin👇👇👇
https://soff.uz/product/tibbiyot-chaqaloqlarda-tranzitor-holatlar
MONGOL DOG‘I

Mongol dog‘lari - bu terida ko‘p miqdorda melanin pigmentini(teriga rang beruvchi pigment) to‘planishi natijasida yuzaga kelgan, ko‘k-yashil tusdagi dog‘.

Dog‘ ko‘pincha bel, dumg‘aza, yelkada joylashadi. O‘lchami 6-10 sm va undan katta bo‘lishi mumkin.

Dog‘ soch bilan qoplanmagan, bosganda yo‘qolmaydi.

Davolash shart emas,xavfsiz, 4-10 yoshgacha yo‘qolishi yoki bir umrgacha saqlanib qolishi mumkin!

© Doctor Muxtorov

Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook
Chaqaloqlarda fiziologik mastopatiya

Chaqaloq ko‘kragining qattiqlashishi yoki dag‘allashishi bo‘lib, onadan o‘tgan ko‘p miqdordagi prolaktinlar hisobiga yuzaga chiqadi. Odatda chaqaloq hayotining 3–4-, uzog‘i bilan 7–8 kunlarida boshlanadi. Keyin dag‘allashish muntazam kamayib boradi. Neonatal davrning oxiriga borib, sut bezlarining hajmi odatdagidek tus oladi. Sut bezlarining kattalashishi doimo simmetrik bo‘ladi. Bez ustidagi teri o‘zgarmaydi. Bolaning umumiy ahvoli va kayfiyati o‘zgarmaydi. Dag‘allashish sut bezidan og‘iz sutiga o‘xshash oq rangli ajralma chiqishi bilan birgalikda kechadi.

Muolaja talab qilinmaydi. Sut bezlarining yallig‘lanishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun undan ajralmani siqib chiqarish qat’iyan man etiladi. Bezlar ustidagi teri tozalanadi, muolaja o‘tkaziladigan joy quruq va iliq bo‘lishi kerak.

Dag‘allashish yorqin namoyon bo‘lganda sterillangan kamfora yog‘i bilan kompress qilish mumkin.

© Doctor Muxtorov

Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook
2025/07/01 10:40:10
Back to Top
HTML Embed Code: