Telegram Web Link
Bolalarda gidrosele - Moyaklar istisqosi

Moyak atrofidagi tunica vaginalisning visseral va parietal pardalari orasidagi suyuqlik miqdorini ko’payib ketishiga Gidrosele deyiladi. Aslida juda kam miqdorda suyuqlik boladi, bu suyuqlik moyaklarni ba’zi tashqi ta’sirlardan saqlash va bemalol harakatlanishini ta’minlaydi. Suyuqlik bir tarafdan ishlab chiqariladi va bir tarafdan so’riladi shu holatda muvozanatda bo’ladi agar so’rilishni buzilishi ro’y bersa gidrosele rivojlanadi. Bolalar orasida 1% uchraydi.

Faqatgina gidrosele bolsa 2 yoshgacha kutish tavsiya etiladi, juda katta bo’lmagan o’lchamlarda. 2 yoshdan keyin qaytmaganlarini ochiq jarrohlik usulida davolanadi.

Gidroseleni uy sharoitida ham aniqlash mumkin. Telefoningiz fonarini yoqib, yorg‘oqdagi shishsimon hosilaga tutasiz. Agar undan yorug‘lik o‘tsa, demak gidrosele bo‘ladi, xuddi rasmdagidek.

Rasm uchun uzr! Boshqacha qilib ko'rsatishni iloji yo'q!

©Doctor Muxtorov

Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook
👍24🎉1
Chaqaloqlarda issiqlik toshmalarini oldini olish

Chaqaloqlarda issiqlik toshmasi xavfini kamaytirish uchun quyidagilar tavsiyalarga rioya qilish lozim.

▪️Chaqaloqlarni mavsumga va ob-havoga moslab kiyintiring. Issiq kunlarda ularni adyol yoki issiq matolarga o'rash shart emas.
▪️Chaqaloqlarga kiyim tanlashda paxta matosidan tayyorlangan, keng va teri nafas oladigan kiyimlarni tanlang.
▪️Chaqaloqlarni toʻgʻridan-toʻgʻri tushadigan quyosh nurlaridan uzoqroq tuting.
▪️Issiq havoda chaqaloqlarni 22-25 °C haroratli salqin joyda saqlang. Yoz oylarida oʻta issiq havo kuzatilsa, konditsionerdan foydalanib xonani salqinlatish mumkin.
▪️Chaqaloqlarni isitish moslamalari yoki boshqa issiqlik chiqadigan manbalar yaqinidan uzoqroq saqlang.
▪️Ortiqcha terlash holatlarini kuzatib boring. Agar chaqaloq terisi qizarib ketsa yoki terlayotgan boʻlsa, salqin joyga o'tqazing va terisini quruq saqlang.
▪️ Issiqlik toshmalarini oldini olishning yana bir usuli chaqaloqni kuniga 1-2 marta qoraqiz o'tli dengiz tuzi solingan suvda cho'miltirish.

© Doctor Muxtorov

Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👍21👏31
Bolalar 1 sutkada qancha vaqt uxlashi kerak?

Yangi tug‘ilgan chaqaloqlar (0-3 oy) — 14-17 soat. 

Chaqaloqlar (4–11 oy) — 12-15 soat. 

Bolalar (1-2 yosh) — 11-14 soat. 

Maktabgacha yoshdagi bolalar (3-5 yosh) — 10-13 soat. 

Kichik maktab o‘quvchilari (6–13 yosh) — 9-11 soat. 

O‘smirlar (14-17 yosh) — 8-10 soat. 

© Doctor Muxtorov

Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👍133
Bo‘ri tanglay (tanglay yorig‘i) va quyon lab (xeylolizis)

Tanglay o‘rta qismidagi yoriq bo‘lib, embrional rivojlanish davrida tanglay ikki yarmini yoki yuqori jag‘ orolchalarini bir-biriga qo‘shilmasligi natijasida yuzaga keladi. 2500 ta chaqaloqdan bittasida uchraydi.

Asosiy sababi embrional davrda yuzaga kelgan genetik mutatsiyalar.

Shakllari:
• yumshoq tanglayni yopilmasligi
• yumshoq va qattiq tanglayni bir qismini yopilmasligi
• qattiq va yumshoq tanglayni bir tomonlama to‘liq yopilmasligi
• ikki tomonlama to‘liq yopilmasligi

Belgilari:
• Emishga
• Yutishga
• Nafas olishga qiynaladi.

Davosi faqat operativ yo‘l bilan, bir nechta bosqichli operatsiya orqali lablar xeyloplastika va tanglay uranoplastika qilinadi.

© Doctor Muxtorov

Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👍22🥰1🎉1
Bolalarda oftob urushining dastlabki belgilari

▪️Bosh og‘rig‘i
▪️Bosh aylanishi
▪️Ko‘ngil aynishi
▪️Qusish yoki ich ketishi
▪️Teri va yuzning qizarishi
▪️Quloqda shovqin
▪️Tana haroratini oshishi
▪️Umumiy holsizlik

❗️Yuqoridagi belgilar aniqlanganda bolani zudlik bilan vrach pediatr ko‘rigiga olib borish zarur!

© Doctor Muxtorov

Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👍12
Bolalar isitma qilgan paytda parasetamol(Sefekon D) shamchalarini qanday dozalarda qo‘llash kerak?

Shamchani bir martalik qo‘llash dozalari:

-1 oylikdan 3 oylikgacha - 50 mg
-3 oylikdan 3 yoshgacha - 100 mg
-3 yoshdan kattalarga - 250 mg

Bir kunda 3 tagacha shamcha qo‘llash mumkin!


‼️Eslatma! Shamchalarni bola tana harorati 38 °C dan oshgandan keyin qo‘llash mumkin!

© Doctor Muxtorov

Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👍20
Bolajonlarga yogurtni necha yoshdan berish mumkin?

Bir yoshgacha bo'lgan bolalar uchun yogurt qo'shimcha ovqatlar tarkibiga kiradi.

Yogurt tarkibida quyidagilarni saqlaydi:
• Oqsillar
• Yog'lar
• Kalsiy va fosfor
• Prebiotik va probiotik
• A, B1, B2, B12 vitaminlari

Bolalarga yogurtni 8 oylikdan boshlab berish mumkin. Yogurtni dastlab 1 choy qoshiqdan berishni boshlang. Agar bolada hech qanday allergik belgilar aniqlanmasa, kunlik miqdorni asta-sekin oshirib borsa bo'ladi.

❗️Sigir suti oqsiliga allergiyasi bor bolalarga yogurt berish tavsiya etilmaydi.

© Doctor Muxtorov

Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook
👍223
Bolaning immunitetini ko‘tarish uchun nima qilish kerak?

▪️Uyqu rejimi. 7 yoshgacha bo'lgan bolalar uchun kunduzgi uyqu sog‘lik garovi hisoblanadi. Tungi uyqu kechki soat 22:00 dan boshlanishi, ertalabki uyqu esa 9:00 dan kech bo‘lmasligi lozim.
▪️To‘g‘ri ovqatlanish: vitamin A, B guruh, C, D vitaminlari, sinkka boy bo‘lgan mahsulotlar, go‘sht va baliq mahsulotlari, sabzavot, mevalarni ko‘proq iste’mol qilish lozim.
▪️Ko‘proq suyuqlik qabul qilish lozim. Bir kunda bir marta na’matak suvi ichirish kerak.
▪️Sayr qilish. Bir kunda kamida 2 soat toza havoda sayr qilish lozim.
▪️Boladagi stress. Har qanday darajadagi stress immunitet pasayishiga olib keladi.
▪️Suvda chiniqtirish. Kichik yoshdagi bolalarni kuniga 1-2 marta cho'miltirish, katta yoshdagi bolalarni sport to'garaklariga berish.
▪️Gigiyenaga rioya qilish. Ovqatlanishdan oldin qo'llarni sovunlab yuvish.

© Doctor Muxtorov

Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👍324
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#video_massaj

3 oylikkacha bo‘lgan chaqaloqlar massaji

Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👍13
Chanoq-son displaziyasi qanday kasallik?

Chanoq-son displaziyasi (grekcha dys – buzilish, plaseo – hosil boʻlish) – tugʻma patologiya boʻlib, son suyagi boshchasi chiqishi yoki chala chiqishi bilan asoratlanadi. Boʻgʻimning shakllanmaslik darajasi shunchaki kosmetik jihatdan noqulaylik tugʻdirishi yoki harakatdagi turli xil kamchiliklar bilan namoyon boʻladi.

Chanoq-son boʻgʻimi displaziyasi asoratlari jiddiy oqibatlarga olib kelmasligi uchun patologiyani erta muddatda aniqlash davolash kerak boʻladi, yaʼni bola hayotining birinchi oyidan boshlab.

Keyinchalik ogʻriqlar, oqsoqlanish, tez charchab qolish kabi holatlar kuzatiladi. Patologiya ultratovush tekshiruvi va rentgenografiya usuli bilan aniqlanadi. Davo muolajalari maxsus fiksatorlardan foydalanish va maxsus mashqlar(massaj) yordamida olib boriladi.

© Doctor Muxtorov

Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👍206
Teridagi asimmetrik(tananing ikki tomonida bir-biriga mos bo‘lmagan) burmalar nimadan dalolat beradi?

2-3 oylikdan katta bo‘lgan bo‘lgan bolalarda teridagi asimmetrik burmalar informativligi yuqori bo‘ladi.
Son suyagi tug‘ma chiqishida yoki chanoq-son displaziyasida teri burmalari har xil darajada joylashadi, chuqurligi va shakli jihatdan bir-biridan farq qiladi.

Diagnostik ahamiyatga ega:
-dumba
-tizza osti
-chov burmalari


Agar son suyagini tug‘ma chiqishi yoki chala chiqishi bo‘lsa, o‘sha tomondagi burmalar chuqurroq va kattaroq bo‘ladi.

Yangi tug‘ulgan chaqaloqlarda teri burmalari asimmetriyasi har doim ham kasallik belgisi hisoblanmaydi.

❗️Yuqoridagi holat aniqlanganda bolani Vrach ortoped yoki Pediatr ko‘rigiga olib borish zarur!

© Doctor Muxtorov

Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook
👍213
🍵 Sabzavotli sho‘rva
#10oylikdan #tushlik

Mahsulotlar:
• karam – 20 g.
• kartoshka – 20 g.
• sabzi – 10 g.
• suv – 100-150 ml.
• sut – 50 ml.
• sariyog‘ – 5 g.
• tuz – tab va xohishga ko‘ra

Tayyorlanishi:
1. Kartoshka va sabzi tozalanadi, oq yoki rangli karam oqar suvda yaxshilab yuviladi va mayda kesiladi.
2. Tayyorlangan sabzavotlar qozonga solinadi, ustidan suv quyiladi va past olovda tayyor bo‘lgancha qaynatiladi.
3. Issiq tayyor sabzavotlar qaynatma ustida mayda to‘g‘raladi, qaynagan issiq sut, sariyog‘ va tuz qo‘shiladi, hammasi yaxshilab aralashtiriladi, yana me'yoriga yetguncha qaynatiladi.

Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👍8🔥2
Chaqaloqlarda akrotsianoz

Terining ko‘k rangga bo‘yalishi, mayda kapillyarda qon aylanishini buzilishi bilan bog‘liq.

Gavdaning yurakdan uzoqdagi qismlaridagi sianoz akrosianoz deb ataladi:
-qo‘l va oyoq barmoqlari
-burun uchida
-lablar va og‘iz atrofida
-quloq suprasida
(Rasmda lablar va og‘iz atrofidagi sianozi)

Akrotsianoz ko‘proq chala tug‘ulgan chaqaloqlarda uchraydi.

Sabablari:
-Yurak yetishmovchiligi
-Yurak tug‘ma poroklari (qorinchalararo to‘siq deffekti)
-Sovuq qotish
-Kuchli bezovtalanish(qattiq qichqirish va yig‘lash)

Yangi tug‘ulgan chaqaloqlarda akrotsianoz aniqlanishi har doim kasallik belgisi hisoblanmaydi!

❗️Bolada og‘iz atrofi ko‘karishi aniqlanganda beparvolik qilmasdan darhol vrach Pediatrga ko‘rsatish lozim!

© Doctor Muxtorov

Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👍13🔥2
🔰Bolalarda o‘tkir diareya(ich ketganda)da Smektani yordamchi davo sifatida qanday dozada berish kerak?

☑️1 yoshgacha bo‘lgan bolalarga - sutkasiga 1 paketchadan 2 mahal 3 kun davomida, keyin sutkasiga 1 paketchadan 1 mahal

☑️1 yoshdan katta bolalarga
- sutkasiga 1 paketchadan 4 mahal 3 kun davomida, keyin sutkasiga 1 paketchadan 2 mahal

Preparat qo‘llashdan oldin vrach Pediatr bilan maslahatlashing! Dorilarni o‘zboshimchalik bilan qo‘llamang!

© Doctor Muxtorov

Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👍21
Bolalarda semizlikni oldini olish uchun nima qilish kerak?

▪️Go'daklarni 6 oyigacha faqat ko'krak suti bilan oziqlantirish.
▪️Tug'ilgan chaqaloqni kamida 1 yoshgacha ko'krak suti va yoshiga mos qo'shimcha ovqat bilan oziqlantirish.
▪️Qo'shimcha ovqat berish boshlanganida tuzli va shakarli yeguliklardan bolaning 7 yoshigachs voz kechish.
▪️Bog'cha, maktab davrida bolalarga yog'liq shirinliklarni bermaslik.
▪️Nonushtani to'yimli va foydali yeguliklar bilan boyitish.
▪️Chala pishgan, tez pishadigan va oson hazm bo'ladigan yeguliklarni bermaslik.
▪️Chips, pista, popkorn kabi "yengil" deb hisoblanadigan, aslida esa yuqori kalloriyaga ega yeguliklar o'rniga meva-sabzavotlarni yeb yurishga odatni shakllantirish. 

© Doctor Muxtorov

Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👍9🔥41😱1🎉1
Qizamiq kasalligining klinik belgilari

Kataral davri belgilari:
▪️konyuktivit
▪️isitma 37,5 dan 39,5 °C gacha
▪️holsizlik
▪️bosh og'rig'i
▪️tumov
▪️quruq yo'tal
▪️tomoq qizarishi

Toshma toshishidan 1-2 kun oldin lunjlar shilliq pardasida oq rangli qizil halqa bilan o'ralgan Koplik dog'lari(chapdagi rasm) paydo bo'ladi. Qizamiq kasalligini erta tashxislash uchun xos belgi hisoblanadi.

Toshma toshish davri:
Qizamiq toshmasi kasallikning 4-5 kunidan 3 kun davomida toshadi.
▪️1-kun toshmalar dastlab quloq orqalariga bir kecha-kunduz davomida davomida yuz, bo'yin va ko'krak yuqori qismi yelkagacha toshadi.
▪️2-kun tana(o'ngdagi rasm) va qo'llarning yuqori qismiga toshadi.
▪️3-4 kun qo'l va oyoqning barcha qismiga toshadi. Dog' va papulalar kattalashib bir-biriga qo'shilib ketadi.

© Doctor Muxtorov

Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👍241
Bolalarda rotavirusli gastroenterit belgilari

📌Qusish. Qusuq massasi boshida ko‘p ovqat aralashgan bo‘ladi, keyin shilliq aralashgan suvli ko‘rinishda to‘xtaydi.

📌Qorinda og‘riq. Og‘riq epigastral soha yoki kindik atrofida, odatda doimiy, lekin siquvchi kuchli og‘riq ham bo‘ladi.

📌Ich ketishi. Ich ketishlar soni sutkasiga 5-15 martagacha bo‘lishi mumkin. Stul holati ko‘p, suvli, sariq yoki sarg‘ish-yashil rangda, ko‘pikli va o‘tkir hidli bo‘ladi.

📌Isitma. Tana harorati 37,5-38 °C gacha, ba'zan 39 °C gacha ko‘tariladi.

📌Tomoqda qizarish. Yumshoq tanglay va halqumning yuqori qismida qizarish va shish paydo bo‘ladi.

📌Umumiy holsizlik. Intoksikatsiya va suvsizlanish hisobiga yuzaga keladi.

📌Bosh og‘rig‘i. Intoksikatsiya hisobiga yuzaga keladi.

©Doctor Muxtorov

Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👍25
2025/07/14 09:43:52
Back to Top
HTML Embed Code: