Yangi tug'ilgan chaqaloq sog'lom ekanligini qanday bilsa bo'ladi?
1952-yilda amerikalik shifokor Virjiniya Apgar tug'ilgan chaqaloqlarga baho berish taklifi bilan chiqadi. U yangi tug'ilgan chaqaloqning holatini baholash va reanimatsion muolalajalarga ehtiyoj bor yoki yo'qligini aniqlash tizimini taklif etgan. Bu baholash usuli muallifga atalib APGAR shkalasi deb nomlanadi va u quyidagi ko'rsatkichlarni o'z ichiga oladi:
A (appearance) - chaqaloqning teri rangi;
P (pulse) - pulsi;
G (grimace) - yuz ifodasi;
A (activity) - harakatlari, mushaklari tonusi;
R (respiration) - nafas olish qobiliyati, reflekslari.
Shkala 5 ta ko'rsatkich (har biri 0 dan 2 ballgacha, jami — maksimal 10 ball) tahlilini o'z ichiga oladi. U bola tug'ilishi bilanoq 1-5 daqiqa ichida amalga oshiriladi. Agar jami ball 3 dan past bo'lsa, chaqaloqning ahvoli og'ir deb baholanadi. 7 balldan yuqorisi esa yaxshi degani.
© Doctor Muxtorov
Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

❤16
👶 Lanugo — chaqaloqning ona qornidagi ilk sochlari
Lanugo — bu embrional davrda paydo bo‘ladigan juda mayin, nozik va shaffof sochlar bo‘lib, chaqaloq tanasini deyarli to‘liq qoplaydi. Ular odatda 16–20-haftalarda bachadonda homilaning terisida paydo bo‘ladi va 28–32-haftalarda sekin yo‘qolishni boshlaydi. Lanugo homilaning tug‘ruqqacha rivojlanish darajasi haqida bilvosita ma’lumot beradi.
Muddatidan oldin tug‘ilgan chaqaloqlarda lanugo ko‘p bo‘ladi. Muddatiga yetib tug‘ilgan chaqaloqlarda esa u odatda yo‘qolgan bo‘ladi yoki faqat yelkalar, bel yoki quloq orqasida qolishi mumkin.
Lanugo tug‘ilgandan keyin bir necha hafta ichida to‘kilib ketadi — bu normal fiziologik holat hisoblanadi.
❗️Eslatma: Agar yangi lanugo o‘sishi keyingi haftalarda davom etsa yoki ichki endokrin kasalliklar fonida kuzatilsa, bu holda pediatr ko‘rigi zarur.
💬 Siz bu haqida ilgari eshitganmisiz? Yoki farzandingizda kuzatganmisiz? Fikringizni izohda qoldiring!
©Doctor Muxtorov

❤10🔥5
❓Bolalarda D vitamini yetishmovchiligi yoki raxitning boshlang‘ich davrini qanday aniqlash mumkin?
Dastlab bola hayotining 2-3 oyligida nerv tizimi tomonidan quyidagi klinik belgilar ko‘rinishida namoyon bo‘ladi:
-bezovtalik
-qo‘zgaluvchanlik
-uyqu buzilishi(uyquning yuzaki bo‘lishi yoki kam uxlashi)
Keyinchalik bolada ishtahaning pasayishi, baland tovushdan cho‘chish, birdan yorug‘lik tushganda seskanish holatlari yuzaga keladi.
Bola ko‘p terlaydigan bo‘ladi(kaftlar, oyoq kaftlari, tanada), ayniqsa boshning sochli qismida ko‘proq kuzatiladi. Ajralgan ter nordon hidli bo‘ladi, u terini zararlaydi va qichishish keltirib chiqaradi. Oqibatda bola boshini yostiqqa ishqalaydi, ensa sohasidagi sochlari to‘kiladi.
Terida issiqlik toshmalari paydo bo‘ladi.Bolada liqildoqlarni bekilishi va tishlarini chiqishi kechikadi.
❗️Yuqoridagi belgilar paydo bo‘lishi bilan bolani pediatr ko‘rigiga olib boring.
©Doctor Muxtorov
Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz
Telegram | Instagram | Facebook

❤8🎉4🔥3
Pediatrlar ogohlantiradi: muolajalarni faslga qarab rejalashtirgan ma'qul
Biz pediatrlar bolani davolashdagi ba'zi muolajalarni faslga qarab rejalashtirish zarur ekanligini doim ta'kidlaymiz.
Masalan, allergik bolalarda allergoproba (bolada allergiyani qo'zg'atuvchi moddani aniqlash)ni bahorda faslida o'tkazmagan ma'qul. Chunki bu faslda tabiat allergenlarga boy bo'ladi va allergoproba haqqoniy natija bermasligi mumkin.
Agar bolada rejalashtirilayotgan jarrohlik amaliyoti kutilayotgan bo'lsa, uni yoz kunlarida o'tkazmasdan, iloji bo'lsa kuzga surgan yaxshi. Yoz kunlari issiq harorat tufayli choklar bitishi qiyin bo'ladi. Bola ko'p suvsizlanadi va choklarga infeksiya tushib, yiringlash ehtimoli kattaroq bo'ladi. Faqatgina favqulotda operatsiyalarni yozda o'tkazish mumkin.

❤6👍2
Bolalarda geografik til sabablari
📌Hazm organlari ishining buzilishi. Noto‘g‘ri ovqatlanish yoki zaxarlanish.
📌Deskvamativ glossit. Ko‘krak yoshidagi bolalarda tish chiqish paytida uchraydi.
📌Qizlardagi gormonal o‘zgarish. Birinchi menstruatsiya paytida.
📌Anemiya. Ko‘pincha og‘ir darjadagi anemiyada uchraydi.
📌Infeksiya. Ba’zi infeksion kasalliklarda mikroflora o‘zgarishi hisobiga.
📌Vitamin yetishmovchiligi. Ayniqsa B12 yetishmovchiligida.
📌Endokrin tizimdagi o‘zgarishlar.

❤7🔥1
Chaqaloqlarni qachondan boshlab cho'miltirish mumkin?
Kindik qurib tushganidan va yarasi bitganidan keyin (odatda 7–14 kun ichida) cho'miltirish lozim. Kindik yarasi hali bitmagan bo‘lsa, chaqaloqni to‘liq suvga tushirmasdan, nam doka bilan artib tozalash tavsiya etiladi. Kindikka suv kirmasligi kerak, chunki bu infeksiya xavfini oshiradi.
Ishonchli manbalar nima deydi?
1⃣ Jahon Sog'liqni Saqlash Tashkiloti (JSST)
JSST tavsiyasiga ko‘ra, chaqaloqning kindik yarasi bitmaguncha, cho‘miltirish emas, balki artib tozalash tavsiya etiladi.
2⃣ Amerika Pediatriya Akademiyasi (APA)
APA ilk cho‘miltirishni kindik qurigandan keyin boshlashni, xona va suv haroratiga e’tibor berishni tavsiya qiladi.
3⃣ NHS (National Health Service, UK)
NHS ham birinchi haftalarda chaqaloqni artish bilan cheklanish, kindik qurigandan keyin cho‘miltirish kerakligini ta’kidlaydi.
💬 Siz chaqalog'ingizni birinchi marta qachon cho'miltirgansiz? Fikringizni izohda qoldiring!

❤6👍6
Ba’zan onalar savol berishadi. Bolam falon oylik nechta tishi bo‘lishi kerak?
Bu savolga quyidagi formula orqali javob topamiz.
X=(n-12)+8
Bu yerda:
8- 1 yoshgacha chiqishi kerak bo'lgan tishlar soni
X - 1 yoshdan katta bolalardagi tishlar soni
n - bolaning necha oyligi
Masalan, bola 18 oylik
(18-12)+8=14
Demak, 14 ta tishi bo'lishi kerak ekan. Bu albatta absolyut raqam emas, ba'zi bir sabablarga ko'ra tishlar oldinroq yoki keyinroq chiqishi mumkin. Yuqoridagi suratda siz sut tishlarining chiqish va tushish vaqtlarini ko'rib turibsiz.
© Doctor Muxtorov
Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Bu savolga quyidagi formula orqali javob topamiz.
X=(n-12)+8
Bu yerda:
8- 1 yoshgacha chiqishi kerak bo'lgan tishlar soni
X - 1 yoshdan katta bolalardagi tishlar soni
n - bolaning necha oyligi
Masalan, bola 18 oylik
(18-12)+8=14
Demak, 14 ta tishi bo'lishi kerak ekan. Bu albatta absolyut raqam emas, ba'zi bir sabablarga ko'ra tishlar oldinroq yoki keyinroq chiqishi mumkin. Yuqoridagi suratda siz sut tishlarining chiqish va tushish vaqtlarini ko'rib turibsiz.
© Doctor Muxtorov
Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
❤7👏2
Bolalarning ichi nima sababdan ketadi? Diareyada bolalarga qanday yordam ko‘rsatish kerak?
https://telegra.ph/Bolalarda-ich-ketishi-diareya-02-20
Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
https://telegra.ph/Bolalarda-ich-ketishi-diareya-02-20
Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Telegraph
Bolalarda ich ketishi (diareya)
Diareya – najasning suyuq hamda bir kunda 2 martadan ko‘p marotaba kelishi. Bu holat axlat massasining ichaklardan tez harakatlanib o‘tib ketishidir. Deyarli barcha onalar o‘z farzandlarida ich ketish holatlariga duch kelishgan, bunday vaqtda nima qilish…
👍2❤1
Bolalar immun tizimini mustahkamlovchi vitaminlar
📌Vitamin D - sitokinlar ishlab chiqarilishini kuchaytiradi. Sitokinlar esa o‘z navbatida “immun tizimi sanitarlari” va gumoral immunitetni faollaydi. Sut va sut mahsulotlarida ko‘p uchraydi.
📌Vitamin C - interferon sintezini stimullaydi va immunitetga rag‘batlantiruvchi ta’sir ko‘rsatadi. Organizmning virusga qarshi xususiyatini oshiradi. Na’matak, bulg‘or qalampiri, ko‘katlar, sitrus mevalarida ko‘p uchraydi.
❗️Yuqoridagi vitaminlarni dori preparati ko‘rinishida faqatgina vrach pediatr tavsiyasi bilan qo‘llash mumkin.
© Doctor Muxtorov
Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz
Telegram | Instagram | Facebook
📌Vitamin D - sitokinlar ishlab chiqarilishini kuchaytiradi. Sitokinlar esa o‘z navbatida “immun tizimi sanitarlari” va gumoral immunitetni faollaydi. Sut va sut mahsulotlarida ko‘p uchraydi.
📌Vitamin C - interferon sintezini stimullaydi va immunitetga rag‘batlantiruvchi ta’sir ko‘rsatadi. Organizmning virusga qarshi xususiyatini oshiradi. Na’matak, bulg‘or qalampiri, ko‘katlar, sitrus mevalarida ko‘p uchraydi.
❗️Yuqoridagi vitaminlarni dori preparati ko‘rinishida faqatgina vrach pediatr tavsiyasi bilan qo‘llash mumkin.
© Doctor Muxtorov
Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz
Telegram | Instagram | Facebook
❤7🔥2🤔1
Bolaning immunitetini ko‘tarish uchun nima qilish kerak?
▪️Uyqu rejimi. 7 yoshgacha bo'lgan bolalar uchun kunduzgi uyqu sog‘lik garovi hisoblanadi. Tungi uyqu kechki soat 22:00 dan boshlanishi, ertalabki uyqu esa 9:00 dan kech bo‘lmasligi lozim.
▪️To‘g‘ri ovqatlanish: vitamin A, B guruh, C, D vitaminlari, sinkka boy bo‘lgan mahsulotlar, go‘sht va baliq mahsulotlari, sabzavot, mevalarni ko‘proq iste’mol qilish lozim.
▪️Ko‘proq suyuqlik qabul qilish lozim. Bir kunda bir marta na’matak suvi ichirish kerak.
▪️Sayr qilish. Bir kunda kamida 2 soat toza havoda sayr qilish lozim.
▪️Boladagi stress. Har qanday darajadagi stress immunitet pasayishiga olib keladi.
▪️Suvda chiniqtirish. Kichik yoshdagi bolalarni kuniga 1-2 marta cho'miltirish, katta yoshdagi bolalarni sport to'garaklariga berish.
▪️Gigiyenaga rioya qilish. Ovqatlanishdan oldin qo'llarni sovunlab yuvish.

❤14🔥6👏4👍1
🍼So‘rg‘ichlar
Lateksli so‘rg‘ichlarni tanlashda yuqori sifatli taniqli brendlarga mansub bo‘lganini tanlash zarur. Sifatsiz lateks o‘zidan kanserogen moddalarni chiqarish xususiyatiga ega.
Silikonli so‘rg‘ichlar sun’iy materialdan tayyorlanadi. Silikonli sorg‘ichning asosiy xususiyati bolada unga allergiya bo‘lmaydi, chunki silikon lateksdan farqli ravishda sun’iy moddadir. Silikonli so‘rg‘ich lateksli so‘rg‘ichdan ko‘ra uzoqroq muddatga yaroqlidir.
So‘rg‘ichni shakliga qarab farqlash:
🍼Oddiy so‘rg‘ich — asosan lateksdan tayyorlangan bo‘lib, ona ko‘kragi shaklida bo‘ladi. Uning uchi kattaroq va dumaloq shaklda bo‘ladi.
🍼Anotomik so‘rg‘ich — yangi tug‘ilgan chaqaloqlar uchun mo‘ljallangan. Uning uchi biroz ezilgan shaklga ega bo‘lib, chaqaloq tanglayiga taqalib turadi.
🍼Ortopedik so‘rg‘ich — tomchi shaklini eslatadi. Bu shakldagi so‘rg‘ichlar bolaning og‘iz bo‘shlig‘ini butunlay qoplamaydi, natijada tish va jag‘ deformasiyalanmaydi.

❤14
NEONATAL ACNE(Chaqaloqlar husnbuzari)
Yangi tug‘ulgan chaqaloqlarning 20% ida uchraydi. Guruhlashgan papulalar to‘plamidan iborat bo‘ladi, yonoq va peshona sohasida joylashadi. Ba’zan chandiqchali nuqtalar shakllanishi bilan tugallanadi.
Asosiy sababi onadan o‘tgan gormonlar va endogen androgenlarning yog‘ bezlarini faoliyatini kuchaytirishi hisobiga yuzaga keladi.
Davolash shart emas, ko‘pincha o‘zi yo‘qolib ketadi. Ba’zan 2 oygacha saqlanishi mumkin. Ba’zi holatlarda o‘zi yo‘qolib ketmaydi, shunda uni dermatolog maslahatiga ko‘ra antiseptik eritmalar bilan davolash kerak!

❤10👍1
🍼 Chaqaloqlarda och qolganlik belgilari
Yangi tug‘ilgan chaqaloq och qolganini ayta olmaydi.
1. Qo‘lini og‘ziga olib borishi yoki so‘rishi
Bu ochlikning eng erta belgilaridan biridir. Ko‘pincha chaqaloq och qolganida barmog‘i yoki mushtini og‘ziga soladi.
2. Og‘iz bilan qidiruvchi harakatlar qilishi
Ona ko‘kragiga yaqinlashganda boshini burib, og‘zini ochishi yoki emish harakatini qilishi — bu chaqaloq ovqat qidirmoqda degani.
3. Bezovtalik va yig‘lash
Agar chaqaloq bir necha daqiqadan beri yig‘layotgan bo‘lsa, u och bo‘lishi mumkin. Ochlikdan yig‘i ko‘pincha balandroq va davomli bo‘ladi.
4. Ko‘krakni yoki shishani izlash
Ko‘krak yaqinida boshini burishi yoki shisha ko‘rsa unga qarab harakat qilishi ham ochlik belgisi.
5. Tili bilan lablarini yalashi yoki lablarini chapillatishi
Bular ham chaqaloq emishga tayyor ekanini bildiradi.
Yig‘i — ochlikning kech belgisi hisoblanadi. Shuning uchun erta belgilarni aniqlash muhim. Chaqaloqlar esa talabiga qarab emizilishi kerak.

❤11🔥4👍1
❓Bola qanday rivojlanadi?
⏳1-oylik - tur xil ovozlar chiqaradi, oyoq-qo‘llarda tartibsiz harakatlar
⏳2-oylik - harakatdagi narsalarni kuzatadi, jilmayadi.
⏳3-oylik - kuladi, gu-gulaydi, vertikal holatda boshini ushlaydi.
⏳4-oylik - tovush kelgan tomonga boshini buradi, yaqinlar ovozini faqlaydi. O‘yinchoqni ushlaydi, og‘ziga olib boradi.
⏳5-6-oylik - qo‘lidan ushlasa yoki ba'zan mustaqil o‘tiradi, chalqancha holatdan yonboshga yoki qorniga o‘griladi, o‘yinchoqlarni kuzatadi va ko‘taradi.
⏳7-8-oylik - mustaqil o‘tira oladi, oyoqqa turishga harakat qiladi, onasiga va tanishlar qo‘l cho‘zadi va chapak chaladi, ma-ma, da-da deya oladi.
⏳9-10-oylik - emaklaydi, tizzasiga tura oladi, kattalar yordamida oyoqqa turadi va ushlab yuradi, qoshiqdan ovqat yeydi. Dada, mama so‘zlarini ayta oladi
⏳11-12-oylik - qo‘lidan ushlasa o‘zi yuradi, lekin ko‘p yiqiladi, mustaqil ovqat yeyishga harakat qiladi, ba'zi so‘zlarni ayta oladi.

❤13
ChatGPT bizning kanalni (@pediatric_uz) pediatriya bo'yicha eng ishonchli ma'lumot beradigan telegram kanal sifatida e'tirof etyapti.
Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz
Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz
🔥17👏11❤5👍5
❓Chaqaloqlar sochini kal qilib olish foydalimi?
Chaqaloqlarning sochini kal qilib olish, sochning o’sishini tezlashtirmaydi va qalin bo’lishini ham ta’minlamaydi, chunki sochlarni almashinishi va yangilanishi uchun vaqt kerak. Bu jarayonni organizmning o’zi genetik ma’lumotlarga asoslangan holda, ma’lum algoritmlar asosida amalga oshiradi. Ba’zan ota-onalar orasida sochini kal qilib olsa jingalak sochi tekis bo’ladi degan noto’gri xulosalar uchrab turadi. Agar bolaning irsiyatida sochning jingalak bo’lishi yozilgan (ota-onadan o’tgan) bo’lsa, siz bu holatni bolaning sochini kal qilib olib o’zgartira olmaysiz, bolangizni boricha qabul qiling.
Soha mutaxasislari ham chaqaloqning sochini kal qilib olishni tavsiya qilishmaydi. Chunki ustaraning o’tkir tig’i bolaning nozik, ta’sirchan terisini va hali to’liq rivojlanmagan soch ildizini zararlashi mumkin. Bu holat keyinchalik bolaning sochini siyraklashib qolishiga olib kelishi mumkin.
© Doctor Muxtorov
Kanalga ulanish:👉@Pediatric_uz

❤10👍2
❓Tagliklarning bolaning terisiga yomon ta'siri yo'qmi?
Bolaning terisi nozik, ingichka va teri osti yog‘ qavati hali yaxshi rivojlanmagan bo‘ladi. Tagliklarni tanlashda u faslga, bolaning yoshiga mos bo‘lishi va sintetik matodan tayyorlanmagan bo‘lishi lozim. Tagliklarni noto‘g‘ri tanlash yoki noto‘g‘ri qo‘llash, kontakt dermatit va issiqlik toshmalariga sabab bo‘lishi mumkin. Shuning uchun tagliklarni 1-2 oylik bolalarda har 2 soatda, 3-6 oylik bolalarda esa har 4 soatda almashtirish lozim. Eng muhimi almashinuv oralig‘ida 15-20 daqida vaqt bo‘lishi va bolaning terisi quruq bo‘lishi kerak.
©Doctor Muxtorov
Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz
Telegram | Instagram | Facebook
Bolaning terisi nozik, ingichka va teri osti yog‘ qavati hali yaxshi rivojlanmagan bo‘ladi. Tagliklarni tanlashda u faslga, bolaning yoshiga mos bo‘lishi va sintetik matodan tayyorlanmagan bo‘lishi lozim. Tagliklarni noto‘g‘ri tanlash yoki noto‘g‘ri qo‘llash, kontakt dermatit va issiqlik toshmalariga sabab bo‘lishi mumkin. Shuning uchun tagliklarni 1-2 oylik bolalarda har 2 soatda, 3-6 oylik bolalarda esa har 4 soatda almashtirish lozim. Eng muhimi almashinuv oralig‘ida 15-20 daqida vaqt bo‘lishi va bolaning terisi quruq bo‘lishi kerak.
©Doctor Muxtorov
Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz
Telegram | Instagram | Facebook
❤3👍1
Vitamin D3 (Xolekalsiferol) tomchilari
Ikki ko‘rinishda bo‘ladi:
-suvli eritmasi(akvadetrim,koledan)
-moyli eritmasi(vigantol)
Ko‘pincha yoz oylarida suvli eritmasi, qish oylarida esa moyli eritmasi buyuriladi. Ingichka ichakda suvli eritmasi moyliga nisbatan yaxshiroq so‘riladi.
1 ml eritmada 30 tomchi saqlaydi. 1 tomchi eritmada 500 XB vitamin D3 bo‘ladi.
Profilaktika uchun 1 oylikdan 2-3 yoshgacha 1-2 tomchidan buyuriladi. Yoz oylarida 1 tomchigacha kamaytiriladi.
Raxitni davolash uchun 2 dan 10 tomchigacha kasallikni og‘irlik(I, II va III) darajasiga qarab 4-6 hafta davomida buyuriladi.
Suyakdagi yaqqol o‘zgarishlarda 10 tomchi buyuriladi.
Preparat ertalab (8:00 gacha) 1 qoshiq suyuqlik(suv, sut) bilan beriladi.
❗️Yuqoridagi dozalar faqat ma’lumot uchun berildi. Bolaga preparatni berishdan oldin vrach Pediatr bilan maslahatlashish zarur.

❤17👍8
AQSHda 30 yil muzlatilgan embriondan bola tug‘ildi
AQSHning Ogayo shtatida o‘tgan dam olish kunlari Taddeus Deniyel Pirs ismli chaqaloq dunyoga keldi. Uning embrioni 1994 yil may oyida yaratilgan bo‘lib, kriorezervuarda 30 yildan ziyod vaqt saqlangan.
Bu holat embrion muzlatilgan holda saqlanib, muvaffaqiyatli tug‘ilganlar orasida eng uzoq muddat saqlangan embrion sifatida tarixga kirdi.

🔥11❤4
Bolalarda og'iz bo'shlig'i kandidozi (yelikish, molochnitsa)
Bu kasallik og'iz bo'shlig'i shilliq qavatining zamburug'li zararlanishi hisoblanadi. Qo'zg'atuvchilari: Candida albicans, Candida tropicans, Candida crusei.
Kasalikka olib keluvchi asosiy omil bu qayt qilish va qusishdir.
O'tkir og'iz bo'shlig'i kandidozi 3 ta shaklga bo'linadi:
-yengil
-o'rta og'ir
-og'ir
Kasallikning asosiy belgisi og'iz bo'shlig'i shilliq qavatining karash bilan qoplanishidir(Til, tanglay va yonoqlarning ichki devori). Bundan tashqari shilliq qavatda qizarish va bolada bezovtalik kuzatiladi. Til oqarishi har doim ham kasallik belgisi hisoblanmaydi, chunki sut ichganidan keyin tili oqarishi mumkin.
Og'ir holatlarda esa yutish og'riqli bo'lganligi uchun bola emish va shishadan ovqatlanishni rad etadi.

❤10🔥2