Telegram Web Link


🔴 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari o‘rinbosari Hilola Umarova Buxoro viloyatidagi ta’lim muassasalari faoliyatini o‘rgandi.

📍 Uchrashuvlar avvalida Buxoro viloyatidagi Pirson dasturi joriy etilgan Buxoro shahar politexnikumidagi jarayonlar ko‘zdan kechirildi. Hilola Umarova mas'ullar bilan muloqot qilib, o‘z tavsiyalari bilan bo‘lishdi.

Shuningdek, Buxoro Pedagogik mahorat markazi hamda Al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabdagi qurilish jarayonlari ham ko’zdan kechirildi.


Tashrif davomida Hilola Umarova muassasa hududida ko‘chat ekish tadbirida ham qatnashdi.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Renessans oromgohi
“Prezident iqtidorli farzandlari” milliy dasturining 2-mavsumi boshlandi!

📢 Bugun Renessans oromgohida “Prezident iqtidorli farzandlari” milliy dasturining ikkinchi mavsumi ishtirokchilari tantanali tarzda kutib olindi.

Dastur doirasida iqtidorli o‘quvchilar uchun yangi bilimlar, ijodiy mashg‘ulotlar, motivatsion uchrashuvlar va sport musobaqalari tashkil etiladi.

🌐 Yoshlar birinchi kundanoq o‘z sohalaridagi tajribali mutaxassislar bilan tanishib, o‘z iqtidorlarini yanada rivojlantirish uchun faol ishtirok etishmoqda.

🗣 Renessans oromgohi yana bir bor iqtidorli yoshlarni quchoq ochib kutib oldi va ularning muvaffaqiyati yo‘lida ilhom manbaiga aylandi!

Bizni kuzatib boring👇
📱Telegram I📱InstagramI 📱FacebookI📱YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#oʻquvchilar_oʻqishini_koʻchirish
#transfer_piima_uz

🔔 OTA-ONALAR DIQQATIGA!

🤩 Agentlik tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablarda 2025/2026-o‘quv yili oldidan oʻquvchilarning oʻqishini bir hududdan boshqa hududga ko‘chirishga zarurat tug‘ilayotgan bo‘lsa, Agentlikka ariza yuborishni yanada soddalashtirish, qoʻshimcha qulaylik yaratish maqsadida transfer.piima.uz platformasi ishlayotganini eslatib oʻtamiz.

📆 Arizalarni joriy yilning 3-8-noyabr kunlari Respublikamizning barcha hududlaridan turib mazkur platforma orqali Agentlikka tez va oson yuborishingiz mumkin.

❗️Eslatib o‘tamiz, arizalar quyidagi manzil orqali qabul qilinadi: https://transfer.piima.uz/application

📝Ariza topshirish jarayonlari quyidagicha:
O‘quvchining ota-onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchi qonuniy vakilining familiyasi, ismi va otasining ismi, telefon raqami to‘liq kiritilishi;
arizaning qisqacha mazmuni (o‘qishini ko‘chirish sababi);
o‘quvchining familiyasi, ismi va otasining ismi, tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasining seriya va raqami, o‘qiyotgan maktabi, sinfi, yo‘nalishi, o‘qishini ko‘chirmoqchi bo‘lgan maktabi;
ko'chirishga asos bo'luvchi hujjat (PDF formatda) nusxasi .


❗️ESLAB QOLING!

✅️Ixtisoslashtirilgan maktablar o‘quvchilariga davlat tashkilotlarida ishlaydigan ota-onasining ish joyi bir hududdan boshqa hududga o‘zgargan taqdirda, o‘sha hududdagi ixtisoslashtirilgan maktabda bo‘sh o‘rin mavjud bo‘lganda o‘quvchining o‘qishini ko‘chirishga ruxsat etiladi.

✅️Platforma orqali ariza yuborilganidan keyin avtomatik shaklda taqdim etiladigan KALIT SOʻZ saqlab qoʻyilishi zarur! Ushbu kalit soʻz yordamida arizangiz holatini tekshirib koʻrishingiz mumkin.

⚠️ Belgilangan hujjatlar arizaga ilova qilinmasa ariza rad etilishiga sabab boʻladi.

📞Murojaat uchun: 71 207 20 17 (180)

Bizni kuzatib boring

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Ogahiy_ijod_maktabi
#Qiyot_oqshomlari

Qiyot oqshomlari – ilhom va iqtidor kechasi!

🌙 Ogahiy ijod maktabi o‘quvchilari o‘rtasida gulxan atrofida “Qiyot oqshomlari” kechasi tashkil etildi. Tadbirni maktabning tarbiyachi-pedagoglari olib bordilar. Ushbu kecha o‘quvchilar uchun nafaqat maroqli, balki bilim va ijod uyg‘unlashgan unutilmas damga aylandi.

🎭 Tadbir davomida 7-sinf o‘quvchilari “Shum bola” asari bo‘yicha o‘z bilimlarini namoyish etib, sahna ko‘rinishini taqdim etdilar.
Shuningdek, 10-sinf o‘quvchilari tomonidan tayyorlangan ajoyib shartlar tadbirga quvonch va qiziqarli ruh bag‘ishladi.

Tadbir o‘quvchilarning qalbidan chuqur joy oldi. Samimiy muhit, ijodiy chiqishlar va quvonchli onlar bu kechani unutilmas xotiraga aylantirdi.

🌐 Telegram | Facebook
1
2025/11/04 06:46:20
Back to Top
HTML Embed Code: