Telegram Web Link
Forwarded from Hilola Umarova
#reyting

Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti “THE Impact Rankings 2025” reytingida Top-1000 talikka kirdi

Bugun nufuzli xalqaro reyting agentligi Times Higher Education (THE) tomonidan “Impact Rankings 2025” natijalari e’lon qilindi.

O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari mintaqada eng yuqori ko‘rsatkichlarni qayd etib, Markaziy Osiyo va Kavkaz mintaqasida mutlaq yetakchiga aylandi.

Quvonarlisi, O‘zbekistonning 12 ta oliy ta’lim muassasasi jahonning Top-1000 talik universitetlari ro‘yxatidan o‘rin olgan. Ular orasida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti ham bor.

Bu natija kishini xursand qiladi, shu bilan birga, universitet jamoasi zimmasiga yanada katta mas’uliyat yuklaydi.

Xabaringiz bor, universitetda katta o‘zgarishlar boshlangan. Yaqinda Cambridge University Press & Assessment tashkiloti bilan Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universitetini transformatsiya qilish va mazkur yo‘nalishdagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishga oid kelishuv imzolandi.

Bundan tashqari, universitetda 2025-2026-o‘quv yilida xorijiy ta’lim dasturlari asosida Aniq fanlar maktabi tashkil etilib, unda Matematika, Axborot texnologiyalari hamda Sun’iy intellekt va robototexnika yo‘nalishlarida 400 nafar talaba qabul qilinishi ko‘zda tutilgan. Ushbu maktabda dars beruvchi professor-o‘qituvchilar tanlab olinib, Kembrij universitetida malaka oshiradi.

Bu harakatlar orqali universitetda ta’lim sifatini kuchaytirish, mahalliy va xalqaro miqyosdagi imijini mustahkamlash maqsad qilingan.

@hilola_umarova
📰📰📰📰📰📰📰

Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova Qirg‘iz Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi yangi tayinlangan elchisi — Duyshonqul Chotonov bilan uchrashdi.

Uchrashuv avvalida elchi tomonidan O‘zbekistondagi ta’lim sohasida olib borilayotgan islohotlar yuqori baholandi.


Muloqot davomida hamkorlikda DXSH asosida maktabgacha ta’lim muassasalarini ochish, o‘quvchilar almashinuvi, qo‘shma ta’lim tadbirlari haqida so‘z yuritildi.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating:

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Dolzarb_90_kunlik
#innovatsion_yozgi_mashgʻulotlar

🤩 Agentlik tizimidagi ixtisoslashtirilgan, ijod va sport maktablarida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida innovatsion yozgi mashgʻulotlar davom etmoqda.

O‘quvchilarimiz robototexnika, informatika, matematika, kimyo va biologiya, xorijiy tillar, kitobxonlik, sport, tasviriy sanʼat kabi yoʻnalishlardagi toʻgaraklarda faol qatnashib, taʼtilni mazmunli oʻtkazmoqda.

Tarixiy maskanlarga tashkil etilayotgan ekskursiyalar orqali o‘quvchilarimiz Vatanimizning boy merosi bilan yaqindan tanishmoqda.

📶 Ijodiy tanlovlar, viktorinalar va sport musobaqalari esa yoshlarimizning bilimini sinovdan o‘tkazib, raqobatbardosh va jamoaviy ishlashga o‘rgatmoqda.

❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qabul_2025
#ixtisoslashtirilgan_maktablar
#xalqaro_hamkorlik

📣📣📣📣📣

Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi hamda Marshall Cavendish Education (MCE) xalqaro taʼlim tashkiloti o‘rtasida strategik hamkorlik yo‘lga qo‘yildi.

🤩 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi huzuridagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi hamda MCE xalqaro taʼlim tashkiloti ixtisoslashtirilgan maktablarning kirish imtihonlari materiallarini ishlab chiqish va imtihon jarayonlarini tashkil etish bo‘yicha hamkorlik qilmoqda.

Mazkur hamkorlikdan maqsad — milliy o‘quv dasturi va xalqaro standartlarga mos, sifatli baholash vositalarini ishlab chiqish hamda mutaxassislar salohiyatini oshirishdir.


📝Maʼlumot oʻrnida, MCE O‘zbekistonda 2024-yildan buyon faoliyat yuritib, o‘qituvchilar malakasini oshirish va ta’limiy resurslarni joriy etish ishlariga koʻmaklashmoqda. 2025-yilda Singapurda MCE ekspertlari tomonidan Pedagogik mahorat va xalqaro baholash markazining mutaxassisslariga 30 soatlik treninglar o‘tkazilgan edi.

🔔 Ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish imtihonlari bo‘yicha batafsil ma’lumot yaqin kunlarda e’lon qilinadi.

❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qabul_2025

🤩 IXTISOSLASHTIRILGAN TA’LIM MUASSASALARI AGENTLIGI TIZIMIDAGI
Prezident maktablariga;
Ijod maktablariga;
Sport maktablariga;
Ixtisoslashtirilgan maktablarga
2025/2026-o‘quv yili uchun hujjat topshirish muddati tugashiga 1 kun qoldi.

📶 my.gov.uz hamda ariza.piima.uz saytlari arizalar qabul qilishni 20-iyun kuni soat 23:59da tugatadi.

📺 Maktablarga onlayn ariza topshirish bo‘yicha video-qoʻllanma.

☎️ Call-markaz: 1206
🤖 @piima_admission_chatbot

❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bizning_faxrimiz
#100_foizlik_grant

🤩 Nukus shahridagi Prezident maktabining 11-sinf o‘quvchisi Aynaxan Xojamuratova Koreya Respublikasining nufuzli oliy taʼlim muassasalaridan biri hisoblangan Yonsei University Underwood International College (UIC)ga 100 foizlik grant asosida oʻqishga qabul qilindi!

📝Ma’lumot uchun, oʻquvchimiz:
SAT dan 1540 ball;
IELTS dan 8.5 ballni qoʻlga kiritgan;
AQShdagi "TechGirls" oromgohi ishtirokchisi.

💫 Aynaxan, Siz bilan faxrlanamiz!

❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qabul_2025

❗️OTA-ONALAR VA OʻQUVCHILAR DIQQATIGA

📆 Agentlik tizimidagi Prezident, ijod, sport va ixtisoslashtirilgan maktablarga hujjatlar qabuli 20-iyun kuni soat 23:59da toʻxtatiladi.

Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktabiga hujjatlar qabuli 25-iyun soat 23:59ga qadar davom etadi.

🔎Shuningdek, Prezident maktablarining 7-10-sinflaridagi mavjud bo‘sh o‘rinlarga hujjatlar qabuli 20-iyundan keyin ham davom etadi.

📥 Mazkur maktablarga ariza topshirish onlayn tarzda my.gov.uz hamda ariza.piima.uz saytlari orqali amalga oshiriladi.

🤖 @piima_admission_chatbot
☎️ Call-markaz: 1206 yoki +998 78 1137789

❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qabul_2025
#infografika

🤩 Agentlik tizimidagi maktablarga my.gov.uz hamda ariza.piima.uz sayti orqali arizalar kelib tushmoqda.

📊 Ushbu arizalarning 19-iyun soat 11:00 holatidagi statistikasi bilan yuqoridagi infografikada tanishishingiz mumkin.

📺 Maktablarga onlayn ariza topshirish bo‘yicha video-qoʻllanma.

🤖 @piima_admission_chatbot
☎️ Call-markaz: 1206 yoki +998 78 1137789

❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qabul_2025

Farzandimning hujjatlarini 20-iyun kuni topshirsak, hujjatlar qayta tahrirlash uchun yuborilganda, ko‘rsatilgan kamchiliklarni bartaraf etish uchun qancha vaqt beriladi?
🪪 O‘quvchilarning hujjatlari ishchi guruh tomonidan ko‘rib chiqilgandan so‘ng (24 soat ichida) ularga hujjatlar qabul qilinganligi, tahrirlashga yuborilganligi yoki rad etilganligi to‘g‘risida xabar yuboriladi.

❗️E’tibor bering, ariza topshirishning oxirgi kuni – 20-iyun sanasida hujjat topshirgan talabgorlarning hujjatlari tahrir talab bo‘lsa, faqatgina o‘sha kuni tahrirlab qaytadan yuborishlari mumkin.

📌 Ya’ni 20-iyun kuni tahrir uchun qaytarilgan hujjatlar shu sanadan boshqa sanalarda qabul qilinmaydi. Sababi, my.gov.uz hamda ariza.piima.uz saytlari arizalar qabul qilishni 20-iyun soat 23:59da tugatadi.

📺 Maktablarga onlayn ariza topshirish bo‘yicha video-qoʻllanma.

🤖 @piima_admission_chatbot
☎️ Call-markaz: 1206 yoki +998 78 1137789

❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/07/14 00:38:14
Back to Top
HTML Embed Code: