Telegram Web Link
Forwarded from Saida Mirziyoyeva
Men uchun farzandlarimizning samimiy va beg‘ubor his-tuyg‘ularini hamda chaqnab turgan ko‘zlarini ko‘rishdan ko‘ra kuchliroq ilhomlantiruvchi narsa yo‘q.

Kecha Samarqand shahridagi “Boqiy shahar” majmuasida aynan shunday, ilhombaxsh kun bo‘ldi — respublikamizning iqtidorli yoshlariga bag‘ishlagan haqiqiy iste’dod bayrami tashkil etildi.

Har bir lahza o‘zgacha ma’no-mazmun kasb etdi. “Turon” teatr ko‘rik-tanlovi g‘oliblarining taqdirlanishi, “Iqtidor” tanlovi finalchilari — maktab ansambllarining yorqin chiqishlari yurtimizda naqadar ijodiy salohiyatli va umidli avlod yetishib chiqayotganini ko‘rsatdi.

Qobiliyatini, yuqori darajadagi mahoratini namoyon etgan barcha jamoalarni chin yurakdan tabriklayman!

Ushbu tadbir oldidan Maktabgacha ta’lim vazirligining hududiy boshqarmalari rahbarlariga xizmat avtomashinalari topshirildi.



Для меня нет ничего более вдохновляющего, чем видеть искренние эмоции и горящие глаза наших детей.

Вчера в комплексе «Вечный город» Самарканда был именно такой день — день настоящего праздника таланта, который мы посвятили нашей одарённой молодёжи республики.

Каждый момент был наполнен особым смыслом. Награждение победителей театрального конкурса «Турон» и блестящие выступления школьных ансамблей-финалистов конкурса «Иктидор» показали, какое творческое и яркое поколение у нас подрастает.

От всего сердца поздравляю команды, продемонстрировавшие высочайший уровень мастерства!

Перед началом мероприятия состоялась передача служебных автомобилей руководителям региональных управлений Министерства дошкольного образования.
#qabul_2025
#infografika

🤩 Agentlik tizimidagi maktablarga my.gov.uz hamda ariza.piima.uz sayti orqali arizalar kelib tushmoqda.

📊 Ushbu arizalarning 20-iyun soat 12:00 holatidagi statistikasi bilan yuqoridagi infografikada tanishishingiz mumkin.

📺 Maktablarga onlayn ariza topshirish bo‘yicha video-qoʻllanma.

🤖 @piima_admission_chatbot
☎️ Call-markaz: 1206 yoki +998 78 1137789

❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Taqdirlash_marosimi

“Turon” maktab teatri va “Iqtidor” maktab ansambli tanlovlari g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra, “Turon” maktab teatri tanlovining respublika bosqichida:


1-o‘rin — Toshkent shahar, Shayxontohur tumanidagi 169-umumiy o‘rta ta’lim maktabining “Yangi O‘zbekiston jadidlari” jamoasiga;

2-o‘rin — Namangan viloyati, Uchqo‘rg‘on tumani, 39-umumiy o‘rta ta’lim maktabining “Yangi yulduzlar” jamoasiga;

3-o‘rin — Buxoro viloyati, Kogon shahri, 3-umumiy o‘rta ta’lim maktabining “Elegant” jamoasiga nasib etdi.

Iqtidor” maktab ansambli tanlovining Respublika bosqichida:


1-o‘rin — Buxoro viloyati, Gʻijduvon tumani, 46-umumiy o‘rta ta’lim maktabining “Yosh havaskorlar” jamoasi;

2-o‘rin — Samarqand viloyati, Kattaqo‘rg‘on shahar, 11-IDUMning “San’at g‘unchalari” jamoasi;

3-o‘rin — Farg‘ona viloyati, Farg‘ona tumani, 10-umumiy o‘rta ta’lim maktabining “Shodiyona” jamoasi loyiq, deb topildi.

✈️ Eslatib o‘tamiz: tanlovlarning respublika bosqichida g‘olib, deb topilgan jamoa a’zolari xorijiy davlatga ta’lim sayohatiga yuboriladi.

🌐 Shuningdek, jamoalar tanlovlarning qator nominatsiyalari bilan taqdirlanishdi.

👉Batafsil

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating:
Telegram                   🌐 Facebook
🌐 Youtube                     🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt                     😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/07/13 01:41:07
Back to Top
HTML Embed Code: