Telegram Web Link
#OAV_biz_haqimizda

🤩Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tomonidan tashkil etilgan Bitiruvchilar qurultoyi doirasidagi tadbirlar, ularda Bitiruvchilar kengashi hamda Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarning bitiruvchilari tomonidan taqdim etilgan ilmiy izlanishlar, innovatsion loyihalar va ishlanmalar OAVda keng yoritildi:

Oʻzbekiston 24 | Bitiruvchilar qurultoyi

OʻzA | Ta’limda barqaror rivojlanish – kelajak poydevori

Toshkent | Съезд выпускников

Sevimli | Taʼlimda barqaror rivojlanish - kelajak poydevori

Mening yurtim | Bitiruvchilar qurultoyi oʻtkazildi

❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#imtihon_2025
#tayanch_ixtisoslashtirilgan_maktablar

🤩 TAYANCH IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLARNING KIRISH IMTIHONLARI 10–12-IYUL KUNI BO‘LIB O‘TADI

📆 Joriy yilning 10–12-iyul kunlari Muhammad al-Xorazmiy, Mirzo Ulugʻbek hamda Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktablari uchun kirish imtihonlari o‘tkaziladi.

Kirish imtihonlari talabgorlarning o’z hududlarida – Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida bo’lib o’tadi.

📍Yaʼni hududlardan mazkur maktablarga hujjat topshirgan oʻquvchilarning imtihonda qatnashishi uchun Toshkent shahriga kelishlari talab etilmaydi.

❗️Diqqat, Toshkent shahridagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi hamda mazkur maktabning Nukus, Andijon, Buxoro, Fargʻona, Guliston, Jizzax, Samarqand, Urganch shaharlaridagi filiallari uchun kirish imtihoni bir vaqtda bo‘lib o‘tadi.


Talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun 105 daqiqa vaqt beriladi.

Eslatib o‘tamiz, talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun belgilangan vaqtdan (105 daqiqa) tashqari, kirish imtihonining javoblar varag‘ini belgilash uchun qo‘shimcha vaqt berilmaydi.

📩 Imtihon ruxsatnomasini yuklab olish uchun talabgorning arizada kiritilgan telefon raqamlariga sms-xabarnoma yuboriladi.

📍Shundan so‘ng, imtihon o‘tkaziladigan joy nomi va vaqti to‘g‘risidagi ma'lumotlar qayd etilgan ruxsatnomani shaxsiy kabinetingiz orqali yuklab olishingiz mumkin.

📨 Shaxsiy kabinet havolasi: https://ariza.piima.uz/application/cabinet

❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Ixtirochilikka_qadam
#Respublika_bosqichi

🤩 Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan, davlat va nodavlat umumta’lim maktablarining 5–11-sinf o‘quvchilari o‘rtasidagi “Ixtirochilikka qadam” tanlovining Respublika bosqichining yopilish hamda g‘oliblarni taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi.

📍Tadbir Toshkent shahridagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida o'tkazildi.

⚡️Tanlovda eng yaxshi deb topilgan 10 ta loyiha ishi mualliflariga Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amaliyotga tatbiq etish uchun maxsus vaucherlar taqdim etildi.

🏆 Shuningdek, tanlovda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 1-, 2-, 3-o‘rin egalariga Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tomonidan qimmatbaho sovg‘alar taqdim etildi.

❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#imtihon_2025

🤩 AGENTLIK TIZIMIDAGI AL-BERUNIY NOMIDAGI XALQARO MAKTAB-INTERNATIGA ARIZA TOPSHIRGAN TALABGORLAR DIQQATIGA!

🔔Mazkur maktabning 1-bosqich kirish imtihonlari 12-iyul kuni 13 ta hududda tashkil etiladi.

🗣Maʼlumot oʻrnida, 1-bosqich imtihonlari Matematika va ingliz tili fanlaridan har bir fan boʻyicha 40 ta topshiriqdan iborat test shaklida tashkillashtiriladi. Bunda Matematika fani topshiriqlarini yechish uchun 90 daqiqa, Ingliz tili fani topshiriqlari uchun 40 daqiqa vaqt ajratiladi.


🗣Birinchi bosqich saralash imtihoni natijalari asosida 300 nafar eng yuqori koʻrsatkichga ega nomzodlar saralab olinadi va ikkinchi bosqichga tavsiya etiladi.

📩 Imtihon ruxsatnomasini yuklab olish uchun talabgorning arizada kiritilgan telefon raqamlariga sms-xabarnoma yuboriladi.

📍Shundan so‘ng, imtihon o‘tkaziladigan joy nomi va vaqti to‘g‘risidagi ma'lumotlar qayd etilgan ruxsatnomani shaxsiy kabinetingiz orqali yuklab olishingiz mumkin.

📨 Shaxsiy kabinet havolasi: https://ariza.piima.uz/application/cabinet

❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating
:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qabul_2025
#ijod_maktablari

🤩 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi barcha ijod maktablarida 2025/2026-oʻquv yili uchun iqtidorli oʻquvchilarni saralab olish imtihonlarining 2-bosqichi boʻlib oʻtmoqda.

🗣Ma’lumot o‘rnida: ijodiy suhbat — imtihonning 2-bosqichi bo‘lib, unda tanlangan bilet savolini qay darajada tushunishi, badiiy asar yuzasidan kreativ fikrga ega ekanligi, ijodiy, tanqidiy fikrlashi, shuningdek, o‘quvchining ijodiy qobiliyatini namoyon etuvchi portfoliosi asosida baholanadi.


📸Suratlarda hududlarda boʻlib oʻtayotgan imtihon jarayonlari.

❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/07/09 11:00:58
Back to Top
HTML Embed Code: