Telegram Web Link

#Digital_generation_girls

“Raqamli avlod qizlari” Respublika tanlovining tuman (shahar) bosqichi boshlandi

🔴 Unda yurtimiz bo‘ylab 92 ming nafardan ortiq qizlar qatnashib, o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazishmoqda.

Ishtirokchilar ta’lim, sun’iy intellekt, iqlim o‘zgarishi va yashil iqtisodiyot yo‘nalishlarida o‘z loyihalarini namoyish etishadi va taqdimotlar hakamlar hay‘ati tomondan baholab boriladi.


Jarayonlar 8-noyabrga qadar davom etadi. Eng yaxshi loyiha egalari viloyat bosqichida bellashishadi.

✈️ Eslatib o‘tamiz, final bosqichi g‘oliblari xorijga ta'lim sayohati yo‘llanmasini qo‘lga kiritishadi.
__________

🔰 Fotolavhalarda Samarqand, Surxondaryo, Sirdaryo, Toshkent va Namangan viloyatlaridagi jarayonlar aks etgan.

#Taqdimot #Yangi_mavsum

Digital Generation Uzbekistan
Telegram | Instagram | Youtube | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Raqamli_Avlod_Qizlari

“Raqamli Avlod Qizlari” — ilhom, innovatsiya va kelajak sari!

55-sonli maktabda “Raqamli Avlod Qizlari” tanlovining Respublika bosqichi g‘olibi Alfiya Amangeldieva tomonidan seminar-trening bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Agentlik tizimidagi Nukus shahridagi Prezident va ijod maktabi, hududlardagi ixtisoslashtirilgan maktablari o‘quvchi qizlari ham faol ishtirok etishdi!

Seminar davomida qizlar innovatsiyaning hayotimizdagi ahamiyati, shuningdek “G‘oyani qanday qilib startap loyihaga aylantirish mumkin” mavzularida foydali ma’lumotlarga ega bo‘lishdi. Ishtirokchilar o‘z loyihalarini taqdim etib, ekspertlardan tavsiya va maslahatlar olishdi.

Bunday tashabbuslar yosh avlod, ayniqsa qizlarning raqamli sohalarda o‘z salohiyatini namoyon etishiga, zamonaviy texnologiyalarni o‘rganishiga keng imkon yaratadi.

Bizni kuzating

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Toshkent shahridagi Prezident maktabida o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini oshirish hamda ularni xalqaro tajribaga asoslangan metodikalarga yo‘naltirishga qaratilgan seminar-trening davom etmoqda.

Unda ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarda Kembrij xalqaro o‘quv dasturi asosida matematika, fizika, kimyo, biologiya, tabiiy fanlar (science), informatika hamda axborot texnologiyalari fanlaridan dars beradigan pedagog xodimlar ishtirok etmoqda.

🗓 Ma’lumot uchun, 57 nafar pedagoglar ishtirok etishmoqda.

Bizni kuzating

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/11/06 04:19:39
Back to Top
HTML Embed Code: