Telegram Web Link
#dolzarb_90_kunlik

🤩 Agentlik tizimidagi ixtisoslashtirilgan, ijod va sport maktablarida o‘quvchilar “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida yozgi ta’tilni samarali o‘tkazishmoqda.

📝 O‘quvchilar quyidagi to‘garaklarda faol ishtirok etishmoqda:

🤖 robototexnika;
🧑‍💻 informatika;
🧮 matematika;
🗣 ingliz tili;
🎨 tasviriy san’at;
📚 kitobxon o‘quvchi;
shaxmat-shashka;
🏓 Stol tennisi;
🎼 musiqa;
⛹️ voleybol;
⚽️ futbol va boshqa yo‘nalishlar.

Ushbu mashg‘ulotlar o‘quvchilarning salohiyatini yuzaga chiqarish, bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlashda muhim o‘rin tutmoqda.


❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#qabul_2025
#sport_maktablari

🔔 HURMATLI, OTA-ONALAR VA OʻQUVCHILAR!

🤩 Agentlik tizimidagi Bahodir Jalolov va Oksana Chusovitina nomidagi sport maktablariga 2025/2026-o‘quv yili uchun hujjatlar qabuli davom etmoqda.

📍Bahodir Jalolov nomidagi boksga ixtisoslashtirilgan sport maktabiga 5-sinf uchun hujjatlar qabuli amalga oshiriladi;

📍Oksana Chusovitina nomidagi gimnastikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabiga 1-sinf uchun badiiy va sport gimnastikasi yoʻnalishlari bo'yicha hujjatlar qabuli amalga oshiriladi.

🗣Maʼlumot oʻrnida, sport maktablariga oʻquvchilar ikki bosqich (kasbiy (ijodiy) imtihonlari va test sinovlari) asosida 24 nafardan qabul qilinadi.

📺 Maktablarga onlayn ariza topshirish bo‘yicha video-qoʻllanma.

🤖 @piima_admission_chatbot
☎️ Call-markaz: 1206 yoki +998 78 1137789

❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qabul_2025
#infografika

Agentlik tizimidagi maktablarga my.gov.uz hamda ariza.piima.uz sayti orqali arizalar kelib tushmoqda.

📊 Ushbu arizalarning 14-iyun soat 12:00 holatidagi statistikasi bilan yuqoridagi infografikada tanishishingiz mumkin.

📺 Maktablarga onlayn ariza topshirish bo‘yicha video-qoʻllanma.

🤖 @piima_admission_chatbot
☎️ Call-markaz: 1206 yoki +998 78 1137789

❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ijtimoiy tarmoqlarda “Dolzarb 90 kun” tadbirlari haqida turli fikrlarni kuzatilmoqda. Ular orasida toʻgʻrilari ham va afsuski, tashabbus notoʻgʻri talqin etilayotganlari ham bor. Bugun mana shu noaniqliklarga izoh berilgan video tayyorladik. Unda “Dolzarb 90 kun” tadbirlari haqida 5 xato fikr va unga vazirlik izohi berilgan.

1. Bunaqa tadbirlar avval o‘tkazilmagan, o‘qituvchilarni ishlatish uchun o‘ylab topilgan.

— Yozgi ta’til davrida o‘quvchilarning maroqli dam olishlari hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida hozirga qadar ham zarur ishlar amalga oshirilib kelingan.


Bunda vazirlik hamda boshqa hamkor tashkilotlar, mahalliy hokimliklar bilan birga belgilangan maktablarda kunduzgi oromgohlar faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Turli madaniy va sport tadbirlari, tanlov va musobaqalar o‘tkazib kelingan va ularda o‘quvchilarning qatnashishi ixtiyoriy bo‘lib, bolalar ota-onalarning roziligi bilan jalb qilingan.

Mazkur tadbirlarda ishtirok etgan o‘qituvchilar mehnat ta’tilidan tashqari vaqtda, belgilangan ish vaqtida jalb qilingan.

Joriy yil tashkil etilayotgan “Dolzarb 90 kun” tadbirlariga Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi 1239 ta umumta’lim maktabida kunduzgi oromgohlar faoliyati yo‘lga qo‘yilgan hamda unga 170 minga yaqin o‘quvchilar ixtiyoriy jalb qilinishi rejalashtirilgan.

Ushbu maktablarga mehnat ta’tilidan bo‘sh vaqtlarda ixtiyoriy jalb qilingan pedagoglarni bir martalik pul mukofotlari bilan rag‘batlantirish bo‘yicha zarur ishlar olib borilmoqda.

2. Endi o‘qituvchilar yozda dam olmaydi

— O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 26-iyundagi “Pedagog xodimlar uchun yillik uzaytirilgan mehnat ta’tili davomiyligi me’yorlarini belgilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan umumta’lim maktablar pedagog xodimlari uchun 56 kalendar kunlik mehnat ta’tili muddati belgilangan.


Respublikadagi mavjud barcha umumta’lim maktablari pedagoglarining yozgi ta’til davrida mehnat ta’tiliga chiqishi uchun tegishli reja-grafik tasdiqlangan va mazkur rejaga asosan pedagoglarning belgilangan kunlarda mehnat ta’tiliga to‘liq chiqishi ta’minlanadi.

3. O‘qituvchilar yozda uyma-uy yuradi

— O‘zbekiston Respublikasining “Pedagogning maqomi to‘g‘risida”gi Qonunida pedagogni kasbiy faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan ishlarga jalb etish taqiqlanishi alohida qayd etib qo‘yilgan.


Mazkur qonuniy talabdan kelib chiqqan holda, pedagoglarning yozgi ta’tilda uyma-uy yurishi haqidagi fikr mutlaqo asossizdir.

4. Dolzarb 90 kun majburiy mehnatdan iborat

— O‘zbekiston Respublikasining “Pedagogning maqomi to‘g‘risida”gi Qonuniga binoan pedagogni biron-bir shaklda mehnatga ma’muriy tarzda majburlash taqiqlanadi.

“Dolzarb 90 kun” tadbirlariga ixtiyoriy jalb etilgan pedagoglarning belgilangan reja grafik asosida mehnat ta’tiliga chiqishi ta’minlanadi hamda ish vaqti hisobidan tadbirlarda o‘z ixtiyori bilan qatnashgan pedagoglarni bir martalik pul mukofotlari bilan rag‘batlantirish rejalashtirilgan.

5. O‘quvchilar ham yozda majburiy maktabga chaqiriladi

— “Dolzarb 90 kun” tadbirlariga o‘quvchilarning qatnashishi ixtiyoriy bo‘lib, bolalar ota-onalarning roziligi bilan jalb qilinadi.

Bizni kuzating:

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Prezident_maktablari

⚡️Toshkent shahridagi Prezident maktabida mazkur dargohni tamomlab, hozirda mamlakatimizdagi va xorijdagi nufuzli oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan bitiruvchilar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Unda Garvard universiteti talabasi Abdulaziz Sobirov, Toshkent tibbiyot akademiyasi talabasi Diyora Abduvaliyeva, Abu Dabi Nyu-York universiteti talabasi Ibrohim Iskandarov, Anqara Yeldirim Boyazid universiteti talabasi Bahrombek Narimonov
o‘zlari tahsil olayotgan oliygohlar, ta’lim tizimidagi o‘ziga xosliklar, shaxsiy yutuqlari va tajribalari bilan o‘rtoqlashdi.

Shuningdek, bitiruvchilar o‘z ustozlari bilan samimiy muloqotda bo‘lishdi, maktab yillari haqidagi xotiralarni yodga olishib, barchasi uchun o‘z minnatdorchiliklarini izhor etdilar.

🔴Uchrashuv sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishga qaratilgan sport musobaqalari – futbol va voleybol o‘yinlariga ulanib ketdi.

Mazkur uchrashuv Prezident maktabining bitiruvchilari bilan izchil aloqa va hamkorlikni davom ettirish, ularning muvaffaqiyatli faoliyatini rag‘batlantirish hamda hozirgi o‘quvchilarga motivatsiya berish maqsadida tashkil etildi.


❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qabul_2025

🤩 IXTISOSLASHTIRILGAN TA’LIM MUASSASALARI AGENTLIGI TIZIMIDAGI
Prezident maktablariga;
Ijod maktablariga;
Sport maktablariga;
Ixtisoslashtirilgan maktablarga
2025/2026-o‘quv yili uchun hujjat topshirish muddati tugashiga 5 kun qoldi.

📶 my.gov.uz hamda ariza.piima.uz saytlari arizalar qabul qilishni 20-iyun kuni soat 00:00da tugatadi.

📺 Maktablarga onlayn ariza topshirish bo‘yicha video-qoʻllanma.

🤖 @piima_admission_chatbot
☎️ Call-markaz: 1206 yoki +998 78 1137789

❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qabul_2025
#infografika

🤩 Agentlik tizimidagi maktablarga my.gov.uz hamda ariza.piima.uz sayti orqali arizalar kelib tushmoqda.

📊 Ushbu arizalarning 15-iyun soat 14:00 holatidagi statistikasi bilan yuqoridagi infografikada tanishishingiz mumkin.

📺 Maktablarga onlayn ariza topshirish bo‘yicha video-qoʻllanma.

🤖 @piima_admission_chatbot
☎️ Call-markaz: 1206 yoki +998 78 1137789

❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#qabul_2025
#ijod_maktablari

🔔 HURMATLI, OTA-ONALAR VA OʻQUVCHILAR!

🤩 Agentlik tizimidagi Ijod maktablariga 2025/2026-o‘quv yili uchun hujjatlar qabuli davom etmoqda.

📍IJOD MAKTABLARI:
🕊 Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi (Toshkent shahri);
🕊 Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi (Qarshi shahri);
🕊 Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi (Namangan shahri);
🕊 Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabi (Nukus shahri);
🕊 Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi (Andijon shahri);
🕊 Ogahiy nomidagi ijod maktabi (Xiva shahri);
🕊 Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi (Margʻilon shahri);
🕊 Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi (Jizzax shahri);
🕊 Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi
(Guliston shahri)ga 7-sinflar uchun hujjatlar qabul qilinadi.

📶 "Ijod yoshlari" Respublika tanlovning yakuniy bosqichida 1-, 2-, 3-o‘rinlarni egallagan 6-sinf o‘quvchilari ijod maktablariga imtiyoz asosida qabul qilinadi.

🗣Maʼlumot oʻrnida, ijod maktablariga oʻquvchilar uch bosqichli (ijodiy matn, ijodiy suhbat, test sinovlari) imtihon asosida har bir sinfga 20 nafardan qabul qilinadi.

📺 Maktablarga onlayn ariza topshirish bo‘yicha video-qoʻllanma.

🤖 @piima_admission_chatbot
☎️ Call-markaz: 1206 yoki +998 78 1137789

❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/07/13 21:04:13
Back to Top
HTML Embed Code: