Telegram Web Link
Forwarded from Eco-schools Uzbekistan
👋😊 Hammaga salom!

🤔 Esingizdami, biz siz bilan Yashil Bog‘lar loyihasi doirasida bunyod etilayotgan yangi Astronomiya parkida daraxt ko‘chatlarini ekkan edik.

O‘shanda biz bu yerni tabiat va bilimga yo‘g‘rilgan ajoyib go‘shaga aylantirishni orzu qilgandik. Oradan biroz vaqt o‘tib, bog‘ asta-sekin haqiqiy shahar vohasi qiyofasiga kirdi.

🔭 Astronomiya parki nafaqat dam olish uchun yashil maydon, balki ta’lim maskani hamdir. Bugun bu yerga biz Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning eko-o‘quvchilari bilan birga tashrif buyurdik. Maktab istirohat bog‘i yonida joylashganiga qaramasdan, bolalar astronom minorasiga ilk bor chiqishga muvaffaq bo‘lishdi.

👀 Ushbu kichik sayohat ona shahrimiz haqida qandaydir yangi ma’lumotni o‘rganish, ekologiya va ta’limni mustahkam tandemga birlashtirish uchun zo‘r imkoniyat bo‘ldi.

~~~

👋😊 Всем привет!

🤔 Помните, мы с вами сажали деревья в новом Парке астрономии, создаваемом в рамках проекта Yashil Bog‘lar?

Уже тогда мы мечтали превратить это место в живописный уголок, наполненный природой и знаниями. Прошло немного времени, и вот парк постепенно приобретает очертания настоящего городского оазиса.

🔭 Парк астрономии — не только зелёное пространство для отдыха, но и образовательная площадка. Сегодня мы пришли сюда с экошкольниками из Специализированной школы им. Мирзо Улугбека. Несмотря на то, что школа находится рядом с парком, восхождение на башню астронома стало первым для ребят.

👀 Это небольшое путешествие стало прекрасной возможностью узнать что-то новое о родном городе, объединив экологию и образование в крепкий тандем.

#YashilBoglar #AstronomiyaParki #ПаркАстрономии #EcoSchoolsUzbekistan

😀 Zamin 🌐 Instagram 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
“Garvardchilar maktabi”ga saralash imtihoni savollaridan namunalar

📝 Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internati uchun o'tkaziladigan saralash imtohonida Ingliz tili fanidan olinadigan savollardan namunalar.

📖 Bunda siz 3 ta darajadagi savol namunalarini ishlashingiz va saralash imtihoniga tayyorgarlik ko'rishingiz mumkin.

Maktabda o'qishga ariza topshirish 25-iyungacha onlayn tarzda my.gov.uz hamda ariza.piima.uz saytlari orqali amalga oshiriladi.

🔹Aloqa: @Alberuniyaloqabot
🤖 @piima_admission_chatbot
☎️ Call-markaz: 1206 yoki +998 78 1137789


@alberuniyuzb
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bizning_faxrimiz
#100_foizlik_grant

🤩 Nurafshon shahridagi Prezident maktabining bitiruvchisi Bobur Hamzayev Saudiya Arabistonidagi nufuzli King Fahd University of Petroleum and Minerals universitetiga toʻliq grant asosida o‘qishga qabul qilindi.

❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qabul_2025

Agentlik tizimidagi qaysi maktablarda taʼlim rus tilida olib boriladigan sinflar bor va ularga oʻquvchilar nechanchi sinfdan qabul qilinadi?


Agentlik tizimidagi Toshkent shahrida joylashgan Abu Ali ibn Sino, Mirzo Ulugʻbek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktablar hamda Oksana Chusovitina nomidagi gimnastikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabida taʼlim rus tilida olib boriladigan sinflar mavjud.

📆 2025/2026-oʻquv yili uchun:

🟢Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabiga tabiiy fanlar yoʻnalishi boʻyicha taʼlim rus tilida olib boriladigan 7-sinfga 40 nafar;
🟢Mirzo Ulugʻbek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabiga aniq fanlar yoʻnalishi boʻyicha taʼlim rus tilida olib boriladigan 7-sinfga 20 nafar;
🟢Oksana Chusovitina nomidagi gimnastikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabiga sport hamda badiiy gimnastika yoʻnalishlari boʻyicha taʼlim rus tilida olib boriladigan 1-sinfga 24 nafar oʻquvchi qabul qilinadi.

📺 Maktablarga onlayn ariza topshirish bo‘yicha video-qoʻllanma.

🤖 @piima_admission_chatbot

☎️ Call-markaz: 1206 yoki +998 78 1137789

❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qabul_2025

🤩 IXTISOSLASHTIRILGAN TA’LIM MUASSASALARI AGENTLIGI TIZIMIDAGI
Prezident maktablariga;
Ijod maktablariga;
Sport maktablariga;
Ixtisoslashtirilgan maktablarga
2025/2026-o‘quv yili uchun hujjat topshirish muddati tugashiga 2 kun qoldi.

📶 my.gov.uz hamda ariza.piima.uz saytlari arizalar qabul qilishni 20-iyun kuni soat 00:00da tugatadi.

📆 Hujjatlar qabuli 20-iyunga qadar ONLAYN shaklda my.gov.uz hamda ariza.piima.uz sayti orqali amalga oshiriladi.

📺 Maktablarga onlayn ariza topshirish bo‘yicha video-qoʻllanma.

☎️ Call-markaz: 1206
🤖 @piima_admission_chatbot

❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bizning_faxrimiz
#100_foizlik_grant

⚡️Bitiruvchilarimizdan xushxabarlar kelishi davom etmoqda

🤩 Mirzo Ulugʻbek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining 11-sinf oʻquvchisi Talantbek Mixliyev 100 foizlik grant bilan Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti talabasiga aylandi.

Bunday yutuqlar nafaqat bitiruvchilarimizning bilimga chanqoqligi natijasi, shuningdek maktablarimizdagi zamonaviy taʼlim sharoitlari, malakali pedagoglarimizning mehnati va fidoiyligi samarasidir.

❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qabul_2025
#infografika

🤩 Agentlik tizimidagi maktablarga my.gov.uz hamda ariza.piima.uz sayti orqali arizalar kelib tushmoqda.

📊 Ushbu arizalarning 18-iyun soat 11:00 holatidagi statistikasi bilan yuqoridagi infografikada tanishishingiz mumkin.

📺 Maktablarga onlayn ariza topshirish bo‘yicha video-qoʻllanma.

🤖 @piima_admission_chatbot
☎️ Call-markaz: 1206 yoki +998 78 1137789

❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qabul_2025
#ixtisoslashtirilgan_maktablar

Farzandim bir vaqtning oʻzida Toshkent shahrida joylashgan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi tayanch ixtisoslashtirilgan maktabiga va uning hududlardagi filiallariga hujjat topshirsa boʻladimi?

Yoʻq. Farzandingiz Toshkent shahridagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi tayanch ixtisoslashtirilgan maktabiga yoki oʻz hududingizdagi mazkur maktabning filialiga hujjat topshirishi mumkin.

🗣 Batafsil: Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-maydagi 214-son qarori

Maʼlumot oʻrnida, hozirgi kunda Toshkent shahrida joylashgan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi tayanch ixtisoslashtirilgan maktabining Nukus, Andijon, Buxoro, Fargʻona, Guliston, Jizzax, Samarqand hamda Urganch shaharlarida filiallari mavjud.

📍Bosqichma-bosqich qolgan hududlarda ham mazkur maktabning filiallari tashkil etilishi rejalashtirilgan.

📆 Hujjatlar qabuli joriy yilning 20-iyuniga qadar davom etadi.

📺 Maktablarga onlayn ariza topshirish bo‘yicha video-qoʻllanma.

☎️ Call-markaz: 1206 yoki +998 78 1137789
🤖 @piima_admission_chatbot

❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Hilola Umarova
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Elektron shahodatnomani qanday olish mumkin? (videoqoʻllanma)

Maktabni bitirganingiz haqidagi shahodatnomani e-shahodatnoma.uz va my.gov.uz saytidan bepul va oson yuklab oling.

Ma’lumot uchun: joriy yilda umumta’lim maktablarining 9-sinfini 632 ming va 11-sinfini 451 mingdan ortiq o‘quvchilar tamomlaydi.


Eslatib oʻtamiz, 2023-yildan keyin maktabni tamomlagan bitiruvchilar ushbu xizmatdan foydalanishi mumkin.

@hilola_umarova
#Bizning_faxrimiz
#100_foizlik_grant

🤩 Samarqand shahridagi Prezident maktabining 11-sinf oʻquvchisi Javohir Yusupov Koreya Respublikasining nufuzli oliy taʼlim muassasalaridan hisoblangan "Yonsei Univerisity"ga toʻliq grant asosida oʻqishga qabul qilindi.

Ushbu grant bitiruvchimizga taʼlim, yashash xarajatlari va boshqa zaruriy ehtiyojlarni qamrab oluvchi toʻliq moliyaviy qoʻllab-quvvatlovni taqdim etadi.

"Yonsei Univerisity" – Koreya Respublikasidagi eng mashhur universitetlardan. Oliygoh nafaqat Koreyada, balki Osiyo va butun dunyo miqyosida yuqori reytinglarga ega. 2025-yilgi QS World University Rankings reytingiga ko‘ra, mazkur universitet jahonning eng yaxshi oliygohlari orasida 56-o‘rinni egallagan.

Bitiruvchimizga ushbu universitetda ta’lim olish nafaqat akademik bilim, balki global miqyosda tan olinadigan imkoniyatlar eshigini ham ochishi shubhasiz.

❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Hilola Umarova
#reyting

Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti “THE Impact Rankings 2025” reytingida Top-1000 talikka kirdi

Bugun nufuzli xalqaro reyting agentligi Times Higher Education (THE) tomonidan “Impact Rankings 2025” natijalari e’lon qilindi.

O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari mintaqada eng yuqori ko‘rsatkichlarni qayd etib, Markaziy Osiyo va Kavkaz mintaqasida mutlaq yetakchiga aylandi.

Quvonarlisi, O‘zbekistonning 12 ta oliy ta’lim muassasasi jahonning Top-1000 talik universitetlari ro‘yxatidan o‘rin olgan. Ular orasida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti ham bor.

Bu natija kishini xursand qiladi, shu bilan birga, universitet jamoasi zimmasiga yanada katta mas’uliyat yuklaydi.

Xabaringiz bor, universitetda katta o‘zgarishlar boshlangan. Yaqinda Cambridge University Press & Assessment tashkiloti bilan Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universitetini transformatsiya qilish va mazkur yo‘nalishdagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishga oid kelishuv imzolandi.

Bundan tashqari, universitetda 2025-2026-o‘quv yilida xorijiy ta’lim dasturlari asosida Aniq fanlar maktabi tashkil etilib, unda Matematika, Axborot texnologiyalari hamda Sun’iy intellekt va robototexnika yo‘nalishlarida 400 nafar talaba qabul qilinishi ko‘zda tutilgan. Ushbu maktabda dars beruvchi professor-o‘qituvchilar tanlab olinib, Kembrij universitetida malaka oshiradi.

Bu harakatlar orqali universitetda ta’lim sifatini kuchaytirish, mahalliy va xalqaro miqyosdagi imijini mustahkamlash maqsad qilingan.

@hilola_umarova
📰📰📰📰📰📰📰

Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova Qirg‘iz Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi yangi tayinlangan elchisi — Duyshonqul Chotonov bilan uchrashdi.

Uchrashuv avvalida elchi tomonidan O‘zbekistondagi ta’lim sohasida olib borilayotgan islohotlar yuqori baholandi.


Muloqot davomida hamkorlikda DXSH asosida maktabgacha ta’lim muassasalarini ochish, o‘quvchilar almashinuvi, qo‘shma ta’lim tadbirlari haqida so‘z yuritildi.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating:

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/07/13 01:57:47
Back to Top
HTML Embed Code: