Telegram Web Link
#Dolzarb_90_kunlik
#innovatsion_yozgi_oromgoh

🤩 “RENESSANS” BOLALAR SOG‘LOMLASHTIRISH OROMGOHI IQTIDORLI OʻQUVCHILARNING NAVBATDAGI GURUHINI QARSHI OLDI.

“Dolzarb 90 kunlik” loyihasi doirasida Agentlik tizimdagi taʼlim muassasalari oʻquvchilari oromgohdagi innovatsion yozgi oʻquv mashgʻulotlarida ishtirok etadi.


Maʼlumot o‘rnida, innovatsion yozgi oʻquv mashgʻulotlari oʻquvchilarimizning xalqaro olimpiadalarga tayyorgarligini oshirishga qaratilgan bo‘lib, malakali trenerlar va fan o‘qituvchilari tomonidan olib boriladi.

📶 Shuningdek, o‘quvchilarimiz IT va robototexnika, art dizayn, sport va intellektual o‘yinlar, kitobxonlik kabi yoʻnalishlarda o‘z iqtidorlarini namoyish etish, yangi ko‘nikmalarni o‘zlashtirish va ijodiy fikrlash salohiyatlarini rivojlantirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

❗️
Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qabul_2025
#infografika

🤩 Agentlik tizimidagi maktablarga my.gov.uz hamda ariza.piima.uz saytlari orqali 1-iyundan 20-iyun kuniga qadar arizalar qabuli amalga oshirildi.

📊Arizalarning hududlar va maktablar kesimidagi statistikasi bilan yuqoridagi infografikada tanishishingiz mumkin.

Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktabiga hujjatlar qabuli 25-iyun soat 23:59ga qadar davom etadi.

🔎Shuningdek, Prezident maktablarining 7–10-sinflaridagi mavjud bo‘sh o‘rinlarga hujjatlar qabuli davom etmoqda.

🤖 @piima_admission_chatbot
☎️ Call-markaz: 1206 yoki +998 78 1137789

❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️"Raqamli avlod qizlari-2025" Respublika tanlovi g'olib qizlarining AQSH davlatiga "Ta'lim sayohati" Vashington shahridan boshlandi.

Ushbu safar davomida Oq Uy, Linkoln xotira majmuasi, Vashington monumenti, Kongress kutubxonasi va Kapitol binosi kabi shaharning siyosiy hamda ijtimoiy hayotida muhim o'rin tutadigan joylariga sayohat qilishdi.

Ta'lim sayohati ishtirokchilari ushbu davlatning tarixi, siyosati, turli sohalar bo'yicha o'ziga xosliklari haqida muhim ma'lumotlarga ega bo'lmoqdalar

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Youtube | Facebook
#Bizning_faxrimiz
#100_foizlik_grant

⚡️PREZIDENT MAKTABIDAN YEVROPANING NUFUZLI OLIYGOHIGACHA

🤩 Termiz shahridagi Prezident maktabining 11-sinf o‘quvchisi Samina Abdurazzoqova Vengriyaning eng nufuzli oliygohi – Debretsen universitetining tibbiyot yo‘nalishiga 100 foizlik grant asosida o‘qishga qabul qilindi.

📝Debretsen universiteti (University of Debrecen) – Yevropaning qadimiy va eng ilg‘or ilmiy markazlaridan biri bo‘lib, unga 1538-yilda asos solingan. Oliygohda tibbiyot, biologiya, farmatsevtika, muhandislik va IT kabi sohalar bo‘yicha kuchli ilmiy-amaliy salohiyatga mutaxassislar tayyorlanadi.

💫Samina endilikda ana shu ilm-fan markazida tibbiyot sohasida chuqur bilim olib, kelajakda mamlakatimiz tibbiyot sohasi ravnaqiga munosib hissa qo‘shishiga tilakdoshmiz!

❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bizning_faxrimiz
#muddatidan_oldin_talaba

⚡️BIR KUNDA 9 NAFAR OʻQUVCHI TALABALIKNI NAQD QILDI

🤩 Guliston tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 9 nafar bitiruvchisi bir kunda Bilim va malakalarni baholash agentligining barcha sertifikatlariga ega boʻlib, oʻzlari tanlagan oliy ta’lim muassasasiga muddatidan oldin talaba boʻlish imkoniyatini qoʻlga kiritdi.

🗣Umumiy hisobda 189 ball jamg‘arib, o‘zlarining bilimga chanqoqligi orqali yuqori natija ko‘rsatgan bitiruvchilarimiz:

Xurshidjon Boʻriboyev;
Sardor Doniyorov;
Nurbek Hafizqulov;
Ziyodulla Mamirov;
Bekmurod Qodirov;
Azizbek Rasulov;
Farangiz Oʻrinboyeva;
Hayitgul Yusupova;
Jamshiddin Usmonov;

🟢 O‘quvchilarimizning bu yutugʻida maktabda yaratilgan zamonaviy sharoit hamda oʻz bilim va tajribalarini ayamagan fidokor ustozlarimizning hissasi katta!


💫 Yurt kelajagi bo‘lgan yoshlarimizni chin yurakdan tabriklaymiz!

❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#SAT_result
#bizning_faxrimiz

⚡️YOSH OʻQUVCHIMIZDAN SUPER NATIJA

🤩 9-sinf bo‘lishiga qaramay, Nukus shahridagi Prezident maktabi oʻquvchisi Amirxan Shelmuxanov SATdan 1550 ball toʻplab, xalqaro darajadagi imtihonda katta muvaffaqiyatga erishdi.

SAT (Scholastic Aptitude Test) akademik baholash mezoni 400–1600 ball shkalasida baholanadi.

Ma’lumot uchun, SAT sertifikati xalqaro miqyosda tan olingan boʻlib, dunyoning nufuzli universitetlariga oʻqishga kirish va grantlar yutib olishning asosiy mezonlaridan biri hisoblanadi.


Oʻquvchimiz atigi 9-sinfda bu natijaga erishgani alohida eʼtirofga munosibdir!

💫Maktablarimizdagi zamonaviy ta’lim yondashuvlari, ilm-fan sari yo‘naltirilgan kuchli metodik tayyorgarlik yoshlarimizga cheksiz imkoniyat bermoqda!

❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#yoshlar_oyligi
#umid_uchquni

⚡️Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi raisi Amanbay Orinbayev "Yoshlar oyligi" munosabati bilan bir guruh qoraqalpogʻistonlik yoshlarni "Umid uchquni" ko‘krak nishoni bilan taqdirladi.

🤩 Ular safida bizning iqtidorli oʻquvchilarimiz borligi juda quvonarli!

⚡️"Umid uchquni" ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan oʻquvchilarimiz:

Manzilbek Karlibaev - Nukus shahridagi Prezident maktabi bitiruvchisi;
Aydos Kitaybekov - Nukus shahridagi Prezident maktabi bitiruvchisi;
Javohir Sadullaev - Nukus shahridagi Prezident maktabi bitiruvchisi;
Ramazonbek Ibragimov - Nukus shahridagi Prezident maktabining 9-sinf oʻquvchisi;
Malika Xojamuratova - Nukus shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktabining 9-sinf oʻquvchisi.

💫 Bilim va salohiyati, erishgan yuqori natijalari bilan tengdoshlariga oʻrnak boʻlib kelayotgan umidli yoshlarimizga koʻkrak nishoni muborak boʻlsin!

❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/07/10 02:06:11
Back to Top
HTML Embed Code: