Telegram Web Link
#SAT_result
#bizning_faxrimiz

⚡️YOSH OʻQUVCHIMIZDAN SUPER NATIJA

🤩 9-sinf bo‘lishiga qaramay, Nukus shahridagi Prezident maktabi oʻquvchisi Amirxan Shelmuxanov SATdan 1550 ball toʻplab, xalqaro darajadagi imtihonda katta muvaffaqiyatga erishdi.

SAT (Scholastic Aptitude Test) akademik baholash mezoni 400–1600 ball shkalasida baholanadi.

Ma’lumot uchun, SAT sertifikati xalqaro miqyosda tan olingan boʻlib, dunyoning nufuzli universitetlariga oʻqishga kirish va grantlar yutib olishning asosiy mezonlaridan biri hisoblanadi.


Oʻquvchimiz atigi 9-sinfda bu natijaga erishgani alohida eʼtirofga munosibdir!

💫Maktablarimizdagi zamonaviy ta’lim yondashuvlari, ilm-fan sari yo‘naltirilgan kuchli metodik tayyorgarlik yoshlarimizga cheksiz imkoniyat bermoqda!

❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#yoshlar_oyligi
#umid_uchquni

⚡️Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi raisi Amanbay Orinbayev "Yoshlar oyligi" munosabati bilan bir guruh qoraqalpogʻistonlik yoshlarni "Umid uchquni" ko‘krak nishoni bilan taqdirladi.

🤩 Ular safida bizning iqtidorli oʻquvchilarimiz borligi juda quvonarli!

⚡️"Umid uchquni" ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan oʻquvchilarimiz:

Manzilbek Karlibaev - Nukus shahridagi Prezident maktabi bitiruvchisi;
Aydos Kitaybekov - Nukus shahridagi Prezident maktabi bitiruvchisi;
Javohir Sadullaev - Nukus shahridagi Prezident maktabi bitiruvchisi;
Ramazonbek Ibragimov - Nukus shahridagi Prezident maktabining 9-sinf oʻquvchisi;
Malika Xojamuratova - Nukus shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktabining 9-sinf oʻquvchisi.

💫 Bilim va salohiyati, erishgan yuqori natijalari bilan tengdoshlariga oʻrnak boʻlib kelayotgan umidli yoshlarimizga koʻkrak nishoni muborak boʻlsin!

❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📣 Qabul yakunlanishiga 3 kun qoldi

“Yangi O‘zbekiston” universiteti bakalavriat ta'lim yo'nalishlariga o'qishga arizalar qabuli 26-iyun soat 23:59 ga qadar davom etadi.

📝 Bakalavriat yo'nalishlari:
🔹Kimyo va materialshunoslik muhandisligi;
🔹Mexanika muhandisligi;
🔹Dasturiy ta’minot muhandisligi;
🔹Kiberxavfsizlik;
🔹Sun’iy intellekt va robototexnika;
🔹Amaliy matematika;
🔹Iqtisodiyot va ma’lumotlar tahlili;
🔹Pedagogika;
🔹Sanoat boshqaruvi.

Ushbu yo'nalishlarda tahsil olib, dunyoning nufuzli universitetlarida tajriba orttirgan mahalliy va xorijlik professor-o'qituvchilardan zamonaviy bilimlarni o'rganishingiz mumkin.

💥 O‘qishga ariza topshirish: https://admission.newuu.uz
Savol va murojaatlar uchun:
☎️ Koll-markazi: +998712024111
✈️ Telegram bot: @newuucontact_bot

🔁 English

#qabul2025 #admission2025

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qabul_2025

🤩 IXTISOSLASHTIRILGAN TA’LIM MUASSASALARI AGENTLIGI TIZIMIDAGI AL-BERUNIY NOMIDAGI XALQARO MAKTABIGA 2025/2026-OʻQUV YILI UCHUN HUJJAT TOPSHIRISH MUDDATI TUGASHIGA 2 KUN QOLDI.

📆 Hujjatlar qabuli 25-iyun kuni soat 23:59da toʻxtatiladi. Arizalar onlayn shaklda my.gov.uz hamda ariza.piima.uz sayti orqali amalga oshiriladi.

☎️ Call-markaz: 1206
🤖 @piima_admission_chatbot

❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Dolzarb_90_kunlik
#innovatsion_yozgi_mashgʻulotlar

🤩 Agentlik tizimidagi ixtisoslashtirilgan, ijod va sport maktablari hamda "Renessans" bolalar sogʻlomlashtirish oromgohida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida innovatsion yozgi mashgʻulotlar davom etmoqda.

O‘quvchilarimiz robototexnika, informatika, matematika, kimyo va biologiya, xorijiy tillar, kitobxonlik, sport, tasviriy sanʼat kabi yoʻnalishlardagi toʻgaraklarda faol qatnashib, taʼtilni mazmunli oʻtkazmoqda.

Tashkil etilayotgan "Zakovat" intellektual oʻyinlari, ijodiy tanlovlar, viktorinalar va sport musobaqalari esa yoshlarimizning bilim va salohiyatini sinovdan o‘tkazib, ularni raqobatbardosh va jamoaviy ishlashga o‘rgatmoqda.

❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ishga_taklif

LIDER RAHBARLAR TANLOVI — HUJJATLAR QABULI DAVOM ETMOQDA!

⚡️ Siz ta’limda o‘zgarish yaratishga, innovatsion g‘oyalarni amaliyotga tatbiq etishga tayyormisiz? Unda bu imkoniyat aynan siz uchun!


🤩 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga ilg‘or fikrlovchi, mas’uliyatli va innovatsion rahbarlarni ishga taklif etadi!

📆 Hujjatlar qabul qilish muddati 30-iyun kuni soat 23:59 gacha job2.piima.uz platformasi orqali amalga oshiriladi.

📝 Bizni tanlashingiz uchun 3 asosiy sabab:

1️⃣Shaxsiy va kasbiy o‘sish: xalqaro tajriba, zamonaviy metodikalar, mentorlik va rivojlanish imkoniyatlari;
2️⃣Mahalliy va xorijiy ekspertlar bilan treninglar + IELTS, SAT kabi xalqaro sertifikatlar;
3️⃣Global yondashuv asosida ta’limni tashkil etish imkoniyati.


📥 Kerakli hujjatlar:
🪪 Pasport nusxasi;
🎓 Bakalavr yoki magistr diplomi;
🧾 Shaxsiy ma’lumotnoma (obyektivka);
📄 IELTS / CEFR sertifikati (agar mavjud bo‘lsa).

🔍 Biz qanday nomzodni izlayapmiz?
🔹 Fidokor va mas’uliyatli
🔹 Kuchli liderlik salohiyatiga ega
🔹 Jamoada ishlay oladigan, zamonaviy texnologiyalarni yaxshi biladigan

👨‍💻Kelajak ta’limida sizning o‘rningiz bor!
🌟 Endi sizning navbatingiz — rahbarlikdagi yangi bosqich sari dadil qadam tashlang!

🚀Kelajak innovatsion ta’limini birga quramiz!

❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Maktab_hayoti
#Robototexnika

🤩 Nukus shahridagi Prezident maktabining 8-sinf o‘quvchisi Mehriddin Damirov to‘garaklarda olgan bilim va ko‘nikmalari, yutuqlari haqida soʻzlaydi.


💫 Ilmga ishtiyoq, texnologiyalarni mukammal egallash va kelajakka ishonch oʻquvchilarimizga xos xususiyat!

❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/07/13 12:11:13
Back to Top
HTML Embed Code: