Telegram Web Link
#bitiruvchilar_qurultoyi
#yopilish_marosimi

🤩 BITIRUVCHILAR QURULTOYINING YOPILISH MAROSIMI BO'LIB O'TDI

📆 Ikki kun davom etgan mazkur tadbirda Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarning bitiruvchilari ko'plab ilmiy-amaliy mashg'ulotlarda ishtirok etdilar.

📝 Jumladan, Qurultoy doirasida o'tkazilgan "Yangi O‘zbekistonda 3-Renessans tadqiqotchilari: Ilm, innovatsiya va ijodkorlik" mavzusidagi ilmiy-amaliy seminarida:

🔍Quyidagi dolzarb yo‘nalishlar bo‘yicha fikr almashinuvi va taqdimotlar o‘tkazilmoqda:
sun’iy intellekt va STEM yondashuvi;
yashil texnologiyalar va barqaror rivojlanish;
robototexnika, IoT va kiberxavfsizlik;
raqamli ko‘nikmalar va kelajak kasblari;
global muhitda milliy qadriyatlarning o‘rni.

📚Bitiruvchilar kengashi hamda ixtisoslashgan maktablar o‘quvchilarining ilmiy izlanishlari, innovatsion loyihalari va ishlanmalari taqdim etildi.

🔖 Qurultoy doirasida 8 ta yo‘nalish bo‘yicha sho‘balarda yangi loyihalar va ishlanmalar taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

🫥Shu bilan birga, bitiruvchilar uchun turli sohalarda muvaffaqiyatga erishgan taniqli shaxslar bilan uchrashuvlar tashkil etildi.

🇺🇿 “Prezident iqtidorli farzandlari” tashabbusi va uni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha milliy dastur taqdimoti oʻtkazildi.

💫 Ushbu milliy dastur mamlakatimiz bo‘ylab saralab olingan 1500 nafar eng qobiliyatli 9-sinf bitiruvchilari Garvard, Yel va Prinston kabi jahondagi yetakchi universitetlarga tayyorlashni koʻzda tutadi.

🟢Xususan, bitiruvchilarga Prezident va ixtisoslashtirilgan maktablarning malakali maslahatchilari zarur bo‘lgan bilim va ko‘nikmalarni rivojlantirishda, portfolioni kuchaytirishda yaqindan yordam beradi.

❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Prezident Shavkat Mirziyoyevning matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlariga tabrigi

❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Forwarded from Hilola Umarova
Hurmatli ommaviy axborot vositalari xodimlari!

Barchangizni “27-iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni” bayrami bilan samimiy tabriklayman.

Sizlarning qizgʻin va sermazmun kasbiy faoliyatingiz yurtimizda olib borilayotgan katta islohotlarni keng jamoatchilikka yetkazishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Shu oʻrinda, maktabgacha va maktab taʼlimi tizimida amalga oshirilayotgan yangiliklar va oʻzgarishlarni xalqimizga yetkazishda sizlarning hamkorligingiz juda muhim ekanligini alohida qayd etmoqchiman.

Davlatimiz rahbarining yurtimiz jurnalistlari va ijod ahliga yoʻllagan bayram tabrigida, jurnalist ahlining mashaqqatli mehnatini muqaddas sarhadlarimizda sergak turgan Vatan posbonlarining jasoratiga qiyoslaganligi ham bejiz emas.

Qadrli jurnalistlar!

Bugungi muhim sanada barchangizning fidokorona va mashaqqatli mehnatingiz rivojida ulkan muvaffaqiyatlar tilashdan mamnunman.

Kasb bayramingiz muborak boʻlsin!

@hilola_umarova
#bizning_faxrimiz
#IELTS_result

🤩 Yangiyer shahar ixtisoslashtirilgan maktabi 11-sinf bitiruvchisi Boburbek Noraliyev xalqaro IELTS imtihonidan 8.5 ballik natijani qoʻlga kiritdi.

🎧 Listening - 9.0
📚 Reading - 9.0
✍️ Writing - 7.5
🗣 Speaking - 8.0


💫 Boburbek, Siz bilan faxrlanamiz, yutuqlaringiz bardavom boʻlsin!

❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Dolzarb_90_kunlik
#innovatsion_yozgi_oromgoh

📍“Renessans” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida “Dolzarb 90 kunlik” loyihasi doirasida innovatsion yozgi oʻquv mashgʻulotlari davom etmoqda.

Innovatsion yozgi oʻquv mashgʻulotlarida Agentlik tizimidagi maktablarning iqtidorli oʻquvchilari tajribali trenerlar hamda fan oʻqituvchilari koʻmagida xalqaro olimpiadalarga tayyorlanish bilan bir qatorda IT va robototexnika, art dizayn, sport hamda intellektual o‘yinlar, kitobxonlik kabi yoʻnalishlarda yangi ko‘nikmalarni o‘zlashtirish, ijodiy fikrlash salohiyatlarini rivojlantirish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda.

❗️
Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/06/30 05:25:54
Back to Top
HTML Embed Code: