Telegram Web Link
Prezident Shavkat Mirziyoyev Xalqaro kongress markaziga tashrif buyurib, yoshlarning turli sohalardagi loyihalari, kashfiyot va yutuqlari bilan tanishdi.

❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#ishga_taklif

🔔 HURMATLI ZAMONAVIY INNOVATOR O‘QITUVCHILAR!

📚 Siz ham kelajak avlod tarbiyasida o‘zingizning innovatsion yondashuvingiz bilan yetakchi bo‘lishni istaysizmi?

🔍Unda siz bilan kelajak ta’limini birga quramiz!

🤩 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimdagi ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarga fidoyi, ijodkor va zamonaviy fikrlovchi pedagoglarni ishga taklif etadi!

📆 Hujjatlar qabuli 1-iyuldan boshlanadi
🌐 Platforma: job.piima.uz

📝 Bizni tanlashingiz uchun 3 ta asos:

🎓Kasbiy o‘sish uchun cheksiz imkoniyatlar – xalqaro tajriba almashinuvi, innovatsion metodikalar, mentorlik va doimiy malaka oshirish kurslari;

🌍 Xalqaro miqyosda rivojlanish – IELTS, CEFR, SAT kabi sertifikatlarni olish va xorijiy mutaxassislar bilan ishlash imkoniyati;

📖 Ta’limda yangi davrga qadam – ilg‘or STEM, CLIL, IB, PISA dasturlari asosida darslarni tashkil etish imkoniyati.

📎Talab qilinadigan hujjatlar:

🪪 Pasport (shaxsni tasdiqlovchi hujjat);
🎓 Pedagogik yo‘nalishdagi bakalavr yoki magistr diplomi;
🧾Shaxsiy ma’lumotnoma (obyektivka);
📄IELTS / CEFR sertifikati (xorijiy til o‘qituvchilari uchun zarur, boshqa fan o‘qituvchilarida mavjud bo‘lsa).

👩‍🏫Biz qanday o‘qituvchini izlayapmiz?
🔹 Halol, faol va fidoyi;
🔹 O‘z fanini mukammal biladigan, zamonaviy metodikalarni qo‘llay oladigan;
🔹 Zamonaviy texnologiyalardan foydalana oladigan;
🔹 Yangi avlod bilan ishlashda yondashuvi zamonga mos, ochiq fikrli pedagog.

🗣Kelajak avlod tarbiyasida sizning o‘rningiz bor!
🌟 Endi sizning navbatingiz – zamonaviy o‘qituvchilikdagi yangi bosqichga qadam qo‘ying!

⚡️ Sizdek fidoyi ustozlar tanlovimizda ishtirok etishidan mamnunmiz!

❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#sport_maktablari

🥊 Bahodir Jalolov nomidagi boksga ixtisoslashtirilgan sport maktabida joriy yilning 23–29-iyun kunlari boks bo‘yicha kichik o‘smirlar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tdi.

🏆 Unda Bahodir Jalolov nomidagi boksga ixtisoslashtirilgan sport maktabi o‘quvchi-sportchilari jami 4 ta oltin, 2 ta kumush va 2 ta bronza medallarini qo'lga kiritib umumjamoa hisobida birinchi o'rinni egallashdi.

❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qabul_2025
#ijod_maktablari

🤩 Bugun, 30-iyun kuni Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi barcha ijod maktablarida 2025/2026-oʻquv yili uchun iqtidorli oʻquvchilarni saralab olish imtihonlarining 1-bosqichi boʻlib oʻtdi.

📸Suratlarda hududlarda boʻlib oʻtgan imtihon jarayonlari.

❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/07/13 01:58:56
Back to Top
HTML Embed Code: