#qabul_2025
#ijod_maktablari
🤩 Bugun, 30-iyun kuni Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi barcha ijod maktablarida 2025/2026-oʻquv yili uchun iqtidorli oʻquvchilarni saralab olish imtihonlarining 1-bosqichi boʻlib oʻtdi.
📸 Suratlarda hududlarda boʻlib oʻtgan imtihon jarayonlari.
❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#ijod_maktablari
❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#imtihon_2025
#Prezident_maktabi
🤩 PREZIDENT MAKTABLARINING KIRISH IMTIHONLARI BIRINCHI BOSQICHI 6-IYUL KUNI BOʻLIB OʻTADI
📱 Imtihon vaqti va manzili haqidagi ma’lumot talabgor tomonidan my.gov.uz yoki ariza.piima.uz saytlariga kiritilgan telefon raqamlariga sms-xabarnoma orqali ma’lum qilinadi.
📝 Prezident maktablariga kirish imtihonlarining birinchi bosqichi Matematika fanidan 30 ta topshiriq (test shaklida) o‘tkaziladi.
⏱ Talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun 60 daqiqa vaqt beriladi.
📍 Maʼlumot uchun, Toshkent shahri va Toshkent viloyatining imtihonlari Toshkent shahrida boʻlib oʻtadi. Qolgan hududlarning imtihonlari oʻz hududlarida boʻladi.
✅ Prezident maktablarining kirish imtihonlari ikkinchi bosqichining sanasi va vaqti haqida qo‘shimcha ma’lumot beramiz.
❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Prezident_maktabi
❌ Eslatib o‘tamiz, talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun belgilangan vaqtdan (60 daqiqa) tashqari, kirish imtihonining javoblar varag‘ini belgilash uchun qo‘shimcha vaqt berilmaydi.
❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Ixtirochilikka_qadam
#Respublika_bosqichi
#LIVE
⚡️ “IXTIROCHILIKKA QADAM” TANLOVINING RESPUBLIKA BOSQICHI BOSHLANDI
🤩 Bugun, 1-iyul kuni Toshkent shahridagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida umumiy o‘rta ta’lim muassasalari, Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan, davlat va nodavlat umumta’lim maktablarining 5–11-sinf o‘quvchilari o‘rtasidagi “Ixtirochilikka qadam” tanlovining Respublika bosqichiga start berildi.
📝 Ma’lumot o‘rnida, 2024/2025-o‘quv yilida “Ixtirochilikka qadam” tanlovida ishtirok etish uchun umumiy o‘rta ta’lim muassasalaridan jami 8 319 ta loyiha ishlari ixtirochi.piima.uz saytidan ro‘yxatdan o‘tkazildi. Tanlovning hududiy bosqichlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 42 ta loyiha ishlariga Respublika bosqichiga yo‘llanma berildi.
📆 Ertaga, 2-iyul kuni tanlovning yopilish marosimida Respublika bosqichida eng yuqori natija ko‘rsatgan 1-, 2-, 3-o‘rin egalari e’lon qilinadi.
💫 Tanlovda eng yaxshi deb topilgan 10 ta loyiha ishi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amaliyotga tatbiq etish uchun tavsiya etiladi.
❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Respublika_bosqichi
#LIVE
⏺ Mazkur tanlov iqtidorli yoshlarni aniqlash va ularni o‘zlari qiziqqan sohalarga yo‘naltirish, ilmiy-texnik ijodkorligi va ixtirochiligini rag‘batlantirish, innovatsion faolligini oshirish va qo‘llab-quvvatlashni ko'zda tutadi.
❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM