Telegram Web Link
O‘zbekiston Respublikasida davlat tili maqomi berilgan kun muborak!

1989-yil 21-oktabr — xalqimiz tarixida alohida ahamiyatga ega sanadir. Aynan shu kuni o‘zbek tili davlat tili sifatida qonuniy maqomga ega bo‘lgan.

Davlat tili — bu milliy o‘zligimiz, mustaqillik va istiqlol ramzi,
el-yurtimizni birlashtiruvchi bebaho qadriyatdir. Ona tilimiz xalqimizning boy madaniyati, o‘lmas merosi va tafakkur salohiyatining yorqin ifodasidir.

Bugun o‘zbek tili davlat boshqaruvi, ta’lim, ilm-fan va xalqaro miqyosda tobora keng qo‘llanmoqda. Ta’lim tizimida esa ona tilining sofligini saqlash, to‘g‘ri va savodli qo‘llash, til madaniyatini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Tilga hurmat — bu millatga hurmat. Har bir so‘z, har bir ifoda orqasida xalqning yuragi, tarixi va ruhi mujassam. Shu bois biz, ta’lim sohasining vakillari, yosh avlod qalbida ona tiliga mehr, so‘zga hurmat va nutq madaniyatini shakllantirishni o‘z oldimizga ustuvor vazifa qilib qo‘yamiz.

Ona tilimiz doimo e’zozda bo‘lsin, uning jarangi hech qachon so‘nmasin!

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi

Bizni kuzatib boring

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bugun — Ona tilimiz bayrami!

Agentlik tizimidagi Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi o‘quvchilari ona tiliga bo‘lgan cheksiz mehr va faxr tuyg‘ularini she’r orqali ifoda etdilar.

Ular satrlarni qalbdan o‘qib, o‘zbek tilining jozibasi va go‘zalligini yana bir bor yodga solishdi.

Bizni kuzatib boring

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Agentlik xodimlarining 21-oktabr – Oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan bayram tabrigi

Bizni kuzatib boring

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Forwarded from Hilola Umarova
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan yangi o‘quv yilidan boshlab barcha bog‘cha, maktab va oliy ta’lim muassasalarida “Kelajak soati” darslari o‘tilmoqda.

Bu darslarimiz yosh avlodning umuminsoniy va milliy qadriyatlarini shakllantiradigan, vatanparvarlik hissini oshiradigan, so‘nggi ijtimoiy-siyosiy yangiliklardan xabardor qiladigan zamonaviy va qimmatli mashg‘ulotga aylanishi kerak. Shu bois har bir mavzu yuzasidan o‘qituvchilarga dars mashg‘ulotlarining namunaviy ssenariylari, kreativ mediakontentlar tayyorlanib, “Kelajak soati” loyihasining ijtimoiy tarmoq sahifalari va milliytarbiya.uz platformasiga yuklanyapti.

Til va ta’limni bir-biridan ayro tasavvur etib bo‘lmaydi. To‘g‘ri yozish, so‘zlash, fikrni ifoda eta olish ko‘nikmalari ta’lim orqali shakllanadi. Millat pedagoglari zimmasida ziyoli, savodli avlodni tarbiyalashdek mas’uliyatli vazifa bor.

21-oktabr O‘zbek tili bayrami munosabati bilan darslarimizga tilshunos olimlar, jurnalistlar va til jonkuyarlarini taklif etdik. Quvonarlisi, ziyolilarimiz taklifimizga labbay, deya javob berib, ta’limga xayrixohligini yana bir ko‘rsatishdi. O‘quvchi va talaba yoshlar bilan ona tilimiz mavzusida jonli suhbatlar va qiziqarli mashg‘ulotlar olib borildi.

Taassurotlar, darslar manzarasi qanday bo‘lgani haqidagi kichik videolavhamizni siz bilan bo‘lishgim keldi. Nazarimda bu tajriba orqali maqsadimiz tomon yana bir qadam yaqinlashdik, yanada katta ishtiyoq bilan davom etamiz.

@hilola_umarova
Til bayrami — millat g‘ururi!

Bugun Agentlik хodimlari rahbariyat boshchiligida Adiblar xiyoboniga tashrif buyurishdi.

Ona tilimiz — milliy qadriyatlarimizning ifodasi, ma’naviyatimizning tayanchi ekanini e’tirof etgan holda, Alisher Navoiy haykali poyiga gul qo‘yish marosimi o‘tkazildi.

Bu nafaqat hurmat ramzi, balki buyuk ajdodlarimiz merosiga, tilimizning beqiyos qudratiga bo‘lgan ehtirom ifodasidir.

Bizni kuzatib boring

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ona_tilim_faxrim

🇺🇿 O‘ZBEK TILI BAYRAMI — IJOD MAKTABIDA

🤩Agentlik tizimidagi Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabida “Ona tilim — faxrim” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda Milliy gvardiya Jizzax viloyat boshqarmasi harbiy xizmatchilarining jangovar chiqishlari namoyish etildi.

Badiiy qismda o‘quvchilar va Jizzax davlat pedagogika universiteti talabalari ijrosida kuy-qo‘shiqlar, she’rlar, lapar va aytishuvlar yangradi.
Bayram yakunida “Ustozga ehtirom” oyligi hamda “O‘zbek tili bayrami” munosabati bilan o‘tkazilgan ijodiy tanlov g‘oliblari diplom va sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Bizni kuzatib boring

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Xorijlik professor-o'qituvchilar tomonidan o'zbek tilida bayram tabrigi

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimida faoliyat yuritayotgan professor-o'qituvchilar 21-oktabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan O'zbek tilida tabrik yo'llashdi.

🎗Barchaga bayram muborak bo‘lsin!

Bizni kuzatib boring

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#ijodiy_uchrashuv

O‘zbekiston xalq shoiri Usmon Azim bilan ijodiy uchrashuv o‘tkazildi

Agentlik tizimidagi Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabiga bugun so‘zning sehri, she’riyatning nafasi kirib keldi. Bu nafas — O‘zbekiston xalq shoiri Usmon Azimning ovozi, uning yuragidan otilgan so‘zlarning harorati edi.

Shoir bilan uchrashuv — bu oddiy tadbir emas, go‘yo qalblar suhbati, fikrlar to‘lqini edi. Usmon Azim so‘zning inson hayotidagi o‘rni, she’riyatning vijdon, ruh va muhabbat bilan bog‘liqligi haqida samimiy so‘z yuritdi. Uning har bir so‘zi o‘quvchilar qalbida nur, mehr va g‘urur uyg‘otdi.

Tadbir davomida yoshlar shoir asarlaridan namunalar o‘qishdi. Har bir misra zalga bir iliqlik, bir totli sokinlik olib kirdi. Uchrashuv yakunida esa shoir va o‘quvchilar o‘rtasidagi samimiyat go‘yo vaqtni to‘xtatgandek bo‘ldi — hamma yurakdan jilmaydi, ko‘zlarda ilhom uchquni yondi.

Bu uchrashuv — faqat bir kunlik tadbir emas, balki yosh qalblarga singgan so‘zga hurmat, ijodga muhabbat sabog‘i bo‘ldi.

Bizni kuzatib boring

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM

#Milliy_dastur

“Prezident iqtidorli farzandlari” dasturi davom etmoqda!


Xabaringiz bor, “Prezident iqtidorli farzandlari” Milliy dastur doirasida umumta'lim maktablari o‘quvchilari uchun mashg‘ulotlar tashkil etilgan.

📹 Jarayonlar haqida ishtirokchi Saidabegim Atayeva o‘z fikrlarini bildirdi — batafsil videolavhada.

Bizni kuzating

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🌍🌍🌍🌍🌍🌍🌍
#Raqamli_avlod_qizlari

"Raqamli avlod qizlari" Respublika tanlovining yakuniy natijalarga koʻra, bir xil ball toʻplagan ishtirokchilar qanday saralanadi?


Qatnashchi-qizlar bahslar davomida teng ball toʻplashgan taqdirda, loyiha ishtirokchilari soni (individual ishtirokchilarga ustunlik beriladi) hamda tugʻilgan sanasi (yoshroq ishtirokchiga ustunlik beriladi) ga qarab, saralash jarayonlari amalga oshiriladi.

✈️ Eslatib o‘tamiz, tanlov gʻoliblari xorijiy davlatga ta'lim sayohati yoʻllanmasini qoʻlga kiritishadi.
_________

🔴 Ma'lumot o‘rnida: ayni vaqtda
qizlar.raqamliavlod.uz platformasi orqali ro‘yxatdan o‘tish jarayonlari davom etmoqda.

Digital Generation Uzbekistan

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#diqqat_eʼlon
#sayyor_qabul

🤩 AGENTLIK RAHBARIYATINING SAYYOR QABULI OʻTKAZILADI

📆 Joriy yilning 24-oktabr kuni soat 16:00 da Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi direktori o‘rinbosari Xasan Shakirov Nurafshon shahridagi Prezident maktabida sayyor qabul oʻtkazadi.

✅️ Sayyor qabulni tashkil etishdan maqsad, aholining Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi yoʻnalishidagi murojaatlari, taklif va shikoyatlarini oʻrganish, aniqlangan muammo va kamchiliklarni vakolat doirasida tezkor hal etish choralarini koʻrishdan iborat.

🗺Sayyor qabul oʻtkaziladigan manzil: Toshkent viloyati, Nurafshon shahri, "Yangiobod" MFY, "Yangiobod" ko‘chasi 36-uy.

Bizni kuzating
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ijod_maktabi

Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi o‘quvchisidan ta’sirli chiqish

Agentlik tizimidagi Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi o‘quvchilari nafaqat ta’limda, balki ijodiy yo‘nalishda ham faol ishtirok etib kelmoqda.

🔖 Maktabning 10-sinf o‘quvchisi Najiba Xudoyberdiyeva “Faxrlandik” she’rini badiiy ifoda bilan o‘qib berdi. Uning chiqishi yoshlar qalbida vatanparvarlik va g‘urur tuyg‘usini uyg‘otadi.

Bizni kuzating
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📣📣📣📣📣

MATEMATIKA FANIDAN OLIMPIADA O‘TKAZILADI


📍 24-oktabr, 2025-yil

❗️Matematika fanidan Asosiy olimpiadaning ikkinchi — tuman (shahar) bosqichi ertaga, 24-oktabr kuni Respublika bo‘ylab bir xil vaqtda 3 smenada bo‘lib o‘tadi:

9-sinflar 1-smenada (soat 10:00 da),
10-sinflar 2-smenada (soat 13:00 da),
11-sinflar esa 3-smenada (soat 16:00 da) ishtirok etadilar.

Ishtirokchilarga o‘zlari bilan qalam, chizg‘ich, o‘chirg‘ich va sirkul olib kirishlariga ruxsat etiladi.


Olimpiada davomida ishtirokchilarga 30 ta test (20 ta yopiq test, 10 ta ochiq test shaklida) savollari taqdim etiladi va ularni bajarish uchun 1 soat 30 daqiqa vaqt ajratiladi.

🫂 Test natijalariga ko‘ra, fanlar kesimida 3 nafardan g‘oliblar aniqlanadi va uchinchi — hududiy bosqichida ishtirok etish uchun yoʻllanmani qoʻlga kiritadi.

‼️‼️‼️
Joriy yilning 14-oktabr kuni tashkil etilgan matematika fanidan Asosiy olimpiadaning tuman (shahar) bosqichidagi barcha ishtirokchilarning natijalari bekor qilinadi.

⚡️Shu sababli barcha o‘quvchilar 24-oktabrda o‘tkaziladigan olimpiadada ishtirok etishlari so‘raladi.

❗️Markaz barcha ishtirokchilarni asossiz ma’lumotlarga ishonmaslikka, faqat o‘z bilim va halolligiga tayanib ishtirok etishga chaqiradi.


Agar olimpiada jarayonida adolat tamoyillariga zid holatlar kuzatilsa, quyidagi manzillar orqali murojaat qilishingiz mumkin:
📩 @Murojaat_FOM_bot
📞 +998 71 207 05 24

⚡️ 🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzatib boring:
✈️ Telegram 📷 Instagram 🔵 Facebook ▶️ YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Al_Xorazmiy_universiteti

Italiyalik professor Al-Xorazmiy universitetida!


Agentlik tizimidagi Al-Xorazmiy nomidagi xalqaro universitetda bugungi kunda Italiya olimi, professor Dr. Cosimo Buffone fizika fanidan saboq bermoqda.

U haqida batafsil ma’lumotni “O‘zbekiston 24” telekanalida tomosha qilishingiz mumkin.

Ma'lumot uchun, Professor Buffone — Dron texnologiyalari muhandisligi fakulteti o‘qituvchisi bo‘lib, u ilgari Xitoy, Belgiya, Buyuk Britaniya va Italiyadagi yetakchi universitetlarda faoliyat olib borgan.

Ilmiy faoliyat yo‘nalishlari:
➡️Rimdagi La Sapienza universiteti bitiruvchisi (Aerokosmik muhandislik);
➡️Edinburg universitetida “Mikrosistemalarda issiqlik va massa almashinuvi” mavzusida PhD himoya qilgan;
➡️29 ta ilmiy maqola va 5 ta patent muallifi;
➡️Scopus bazasida 770+ iqtibos egasi.
➡️Kasbiy faoliyati:
➡️20 yildan ortiq ilmiy tajriba;
➡️Yevropa Kosmik Agentligi, Rolls-Royce, Airbus, Moog kabi tashkilotlar bilan hamkorlik;
➡️4,4 mln yevrodan ortiq grant va loyihalarni jalb etgan.

📹 Professor Buffone va Professor Mutti-ur Rahmon haqda batafsil videolavhada tanishing!

Bizni kuzating

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/10/31 04:48:05
Back to Top
HTML Embed Code: