Forwarded from Digital Generation Uzbekistan
#Digital_generation_girls
“Raqamli avlod qizlari”: eng iqtidorli qizlar tanlovning birinchi bosqichida kuch sinashmoqda
🔴 Ayni damda Respublikamizning barcha tuman va shaharlarida tanlov jarayonlari qizg'in tarzda bo‘lib o‘tmoqda. Unda qatnashish uchun 92 ming nafardan ortiq qizlar ro‘yxatdan o‘tgan.
🔰 Ishtirokchilar 4 ta yo‘nalishda — ta’lim, sun’iy intellekt, iqlim o‘zgarishi va yashil iqtisodiyot yo‘nalishlarida o‘z loyihalarini taqdimot qilishmoqda.
Eng yaxshi loyihalar g‘olib deb topilib, ishtirokchilar viloyat bosqichida kuch sinashishadi. Ikkinchi — viloyat bosqichi qishki ta‘til kunlarida tashkil etilishi rejalashtirilgan.
🔰 Fotolavhalarda: Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Farg‘ona va Navoiy viloyatlari.
_____
➖Ma'rifat gazetasi — “Raqamli avlod qizlari” Respublika tanlovining tuman(shahar) bosqichi boshlandi
➖UzA — “Raqamli avlod qizlari” bellashuvni boshladi (+video)
➖"Sevimli" telekanali — Yosh iqtidorli qizlar “Raqamli avlod” yoʻnalishida bellashmoqda
➖Ishonch TV — "Raqamli avlod qizlari" respublika tanlovining tuman, shahar bosqichlari o'tkazildi
(Ro‘yxat to‘ldiriladi...)
Digital Generation Uzbekistan
Telegram | Instagram | Youtube | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bugun Agentlik direktori Sevara Shakirova Buyuk Britaniyaning AQA Global Assessment Services xalqaro tashkilotining mintaqaviy baholash bo‘yicha eksperti Vali Husayn bilan uchrashdi.
Uchrashuv davomida ixtisoslashtirilgan maktablarda faoliyat yuritayotgan Kembrij sinflari uchun matematika va STEAM yo‘nalishidagi o‘qituvchilar malakasini oshirish tizimini yaratish masalalari muhokama qilindi. Unda:
Uchrashuv yakunida tomonlar kelgusidagi hamkorlikni yanada kengaytirish bo‘yicha kelishib oldilar.
Bizni kuzating
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
O‘zbekiston Respublikasining Birinchi xonimi Ziroat Mahmudovna Mirziyoyeva onkologiya sohasidagi eng nufuzli 100 nafar ayol ro‘yxatiga kiritildi.
OncoDaily xalqaro platformasi saraton kasalligiga qarshi kurash bo‘yicha jahon kun tartibini belgilovchi yetakchilarni o‘z ichiga olgan "Onkologiya sohasidagi eng nufuzli 100 nafar ayol" reytingini e’lon qildi.
Ular orasida O‘zbekiston Birinchi xonimi, "Zamin" xalqaro jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi Ziroat Mirziyoyeva ham bor.
Ekspertlar Ziroat Mirziyoyevaning bolalarda onkologik kasalliklarni erta aniqlash va davolash tashabbuslarini ilgari surish, bolalar onkologiyasi sohasida xalqaro hamkorlikni mustahkamlash, shuningdek, og‘ir kasalliklarga chalingan bolalarning yashovchanlik darajasini oshirish bo‘yicha global harakatni qo‘llab-quvvatlashdagi hissasini alohida ta’kidlagan.
- deyiladi reytingda.
Ziroat Mirziyoyevaning xalqaro reytingga kiritilishi uning yuqumli bo‘lmagan kasalliklarga qarshi kurashni milliy va global darajada kuchaytirishga qo‘shgan shaxsiy hissasining e’tirofi, shu bilan birga, Yangi O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash sohasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar samaradorligining tasdig‘idir.
—
Первая леди Республики Узбекистан Зироат Махмудовна Мирзиёева включена в список 100 самых влиятельных женщин в области онкологии.
Международная платформа OncoDaily опубликовала рейтинг «100 самых влиятельных женщин в онкологии», куда входят лидеры, определяющие мировую повестку в сфере борьбы с раком.
Среди них – Зироат Мирзиёева, Первая леди Узбекистана и председатель Попечительского совета международного общественного фонда «Zamin».
Эксперты отметили её вклад в продвижение инициатив по раннему выявлению и лечению онкологических заболеваний у детей, укрепление международного сотрудничества в сфере детской онкологии, а также поддержку глобального движения по повышению выживаемости детей, страдающих тяжелыми заболеваниями.
Включение Зироат Мирзиёевой в международный рейтинг – это не только признание её личного вклада в усиление борьбы с неинфекционными заболеваниями на национальном и глобальном уровне, но и подтверждение эффективности широкомасштабных реформ, осуществляемых в сфере здравоохранения в Новом Узбекистане.
Facebook|Instagram|X

"Ziroat Mirziyoyeva 2025-yil sentyabr oyida BMT Bosh Assambleyasida Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti va St. Jude tadqiqot shifoxonasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan "Saraton va boshqa hayot uchun xavfli kasalliklarga chalingan bolalarning yashovchanligini oshirish va azob-uqubatlarini kamaytirish bo‘yicha global harakat" nomli muhim forumga raislik qildi hamda jahon hamjamiyatini saraton kasalligiga chalingan bolalarning yashovchanlik darajasini oshirish uchun shoshilinch choralar ko‘rishga chaqirdi.
Uning faoliyatida butun dunyo bo‘ylab, ayniqsa yashovchanlik ko‘rsatkichlari sezilarli darajada past bo‘lgan mamlakatlarda bolalarga tibbiy yordamdan teng foydalanishni ta’minlash masalalari alohida o’rin egallaydi. U milliy strategiyalarni 2030-yilga borib saraton kasalligiga chalingan bolalarning yashovchanlik darajasini 60 foizga yetkazishdek xalqaro maqsadlar bilan bog‘lash orqali O‘zbekistonning global sog‘liqni saqlash siyosatidagi o‘rnini mustahkamladi",
- deyiladi reytingda.
Ziroat Mirziyoyevaning xalqaro reytingga kiritilishi uning yuqumli bo‘lmagan kasalliklarga qarshi kurashni milliy va global darajada kuchaytirishga qo‘shgan shaxsiy hissasining e’tirofi, shu bilan birga, Yangi O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash sohasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar samaradorligining tasdig‘idir.
—
Первая леди Республики Узбекистан Зироат Махмудовна Мирзиёева включена в список 100 самых влиятельных женщин в области онкологии.
Международная платформа OncoDaily опубликовала рейтинг «100 самых влиятельных женщин в онкологии», куда входят лидеры, определяющие мировую повестку в сфере борьбы с раком.
Среди них – Зироат Мирзиёева, Первая леди Узбекистана и председатель Попечительского совета международного общественного фонда «Zamin».
Эксперты отметили её вклад в продвижение инициатив по раннему выявлению и лечению онкологических заболеваний у детей, укрепление международного сотрудничества в сфере детской онкологии, а также поддержку глобального движения по повышению выживаемости детей, страдающих тяжелыми заболеваниями.
«В сентябре 2025 года она возглавила знаковый форум на Генеральной Ассамблее ООН под названием “Глобальное движение за повышение выживаемости и снижение страданий детей с раком и другими опасными заболеваниями”, организованный совместно с Всемирной организацией здравоохранения и исследовательским госпиталем St. Jude, призвав мировое сообщество к неотложным действиям по повышению выживаемости детей, страдающих раком.- отмечается в рейтинге.
Её деятельность сфокусирована на обеспечении равного доступа к медицинской помощи детям во всём мире, особенно в странах, где показатели выживаемости существенно ниже. Она усилила роль Узбекистана на глобальной политической арене здравоохранения, увязав национальные стратегии с международными целями – повысить выживаемость детей с раком до 60 % к 2030 году»,
Включение Зироат Мирзиёевой в международный рейтинг – это не только признание её личного вклада в усиление борьбы с неинфекционными заболеваниями на национальном и глобальном уровне, но и подтверждение эффективности широкомасштабных реформ, осуществляемых в сфере здравоохранения в Новом Узбекистане.
Facebook|Instagram|X
Agentlik jamoasi Ohangaron tumanida daraxt ekish aksiyasini o‘tkazdi
“Obodonlashtirish oyligi” doirasida belgilangan vazifalarni samarali amalga oshirish maqsadida agentlik jamoasi Ohangaron tumanida ko‘chat ekish tadbirida ishtirok etishdi.
Tashabbus doirasida hududda yangi ko‘chatlar ekilib, ekologik barqarorlikni mustahkamlashga xizmat qiladigan amaliy ishlar bajarildi.
Tadbir davomida xodimlar daraxt ekish jarayonida faol ishtirok etdi, yer tayyorlashdan tortib ko‘chatlarga parvarish berishgacha bo‘lgan bosqichlar puxta tashkil etildi. Ushbu harakat nafaqat hududni obodonlashtirish, balki aholida ekologik madaniyatni oshirishga qaratilgan.
Bizni kuzating
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#non_festivali
II RESPUBLIKA NON FESTIVALI — MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABDA!
Joriy yilning 11-noyabr kuni Mirzo Ulug‘bek maktabi ma’muriyati, “Chinor Hamjamiyati” hamda O‘zbekiston Qizil yarim oy jamiyati Toshkent shahar tashkiloti hamkorligida katta bayram — II Respublika Non Festivali bo‘lib o‘tadi!
Sizni nimalar kutadi?
🥖 Yuzlab nonlar — hududiy, milliy, zamonaviy va ijodiy ko‘rinishlar.
Har bir nonning hidi, tarixi va ma’nosi o‘ziga xos.
Tatib ko‘rish — mehmonlar o‘ziga yoqqan nonni bepul tatib ko‘rishlari mumkin.
🎼 Jonli ijro — milliy kuylar, raqslar va bayramona muhit.
🔥 O‘tovlar va tandirlar — maktab hovlisida haqiqiy o‘tovlar tikilib, tandirlar yoqiladi.
Ko‘ngilochar o‘yinlar — o‘quvchilar tomonidan tayyorlangan o‘yinlarda ishtirok etib, sovg‘alar yutish imkoniyati.
Mahorat darslari — hamir qorishdan tortib tandirda pishirishgacha bo‘lgan jarayonni o‘z ko‘zingiz bilan tomosha qiling.
Hayriya auksioni — o‘quvchilar tayyorlagan eng chiroyli nonlar auksionga qo‘yiladi, tushgan mablag‘lar esa “Chinor g‘azna” orqali bolalar uchun sarflanadi.
Festival yakunida barcha ishtirokchilar milliy kiyimlarda bayroqlar bilan maktabdan katta yo‘l bo‘ylab yurishadi va yo‘ldagi odamlarga non ulashishadi.
🗓 Sana: 11-noyabr
🕒 Vaqt: 14:15 – 17:00
📍 Joy: Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab hovlisi