Telegram Web Link
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📰📰📰📰📰📰📰
#YUNESKO_2025

🔴 Samarqand shahrida bo‘lib o‘tayotgan YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi doirasida Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri E’zoza Karimova:


Turkiya Milliy ta’lim vaziri Yusuf Tekin,
O‘mon Sultonligi Ta’lim vaziri Madina Al-Shayboni,
Xitoy Ta’lim vaziri Xuay Szinpenlar hamda
Ozarbayjon Ta’lim vaziri o‘rinbosari Gasan Gasanli bilan uchrashuv o‘tkazdi.

🔰Unda hamkorlikdagi loyihalar va istiqboldagi rejalar muhokama qilindi.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
QIZLAR O‘RTASIDA O‘TKAZILGAN OLIMPIADADA TERMA JAMOAMIZ A'ZOSI BRONZA MEDALI SOHIBI BO‘LDI

📍Maykop, Adigeya Respublikasi

⚡️Joriy yilning 24-28-oktabr kunlari Adigeya Respublikasi, Maykop shahrida "Assara" IV Qizlar Matematika Olimpiadasi bo‘lib o‘tdi.

➡️Olimpiadada 20 ta davlatlardan 200 nafarga yaqin o‘quvchi qizlar ishtirok etdi.

📢Xalqaro darajada o‘tkazilgan ushbu olimpiadada 1 nafar O‘zbekiston terma jamoasidan vakil ishtirok etib, katta muvaffaqiyatga erishdi:

🥉Dildora Mahkamova - Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab internatining 9-sinf o‘quvchisiBronza medal.

❗️ Eslatma: O‘zbekiston 2025-yilda ushbu Olimpiadada ilk marotaba ishtirok etdi.

🇺🇿Ushbu yutuq hurmatli Prezidentimiz tomonidan qizlar uchun yaratilayotgan ilmiy imkoniyatlarning yorqin natijasidir.

Terma jamoamiz a’zosini tabriklaymiz va kelgusi olimpiadalarda ulkan zafarlar tilaymiz!

Bizni kuzatib boring

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

“Mahalla” telekanali orqali Agentlik tizimidagi Bahodir Jalolov nomidagi boksga ixtisoslashtirilgan maktab faoliyati haqida lavha efirga uzatildi.

📌 Video lavhada o‘quvchilarning mashg‘ulot jarayonlari, sportdagi yutuqlari hamda maktabda yaratilgan sharoitlar yoritilgan.

🥊 Boks naktabining maqsadi — yoshlarni sport orqali ma’naviy va jismoniy barkamol etib tarbiyalash, xalqaro arenalarda yurtimiz nomini munosib himoya qiladigan chempionlarni tayyorlashdir.

📹Batafsil videolavhada

Bizni kuzating

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Ijodkor o‘qituvchilar uchun yangi ilhom manbai!

📆Bugun Agentlik tizimidagi ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarda matematika, fizika, kimyo, biologiya, tabiiy fanlar (science), informatika va axborot texnologiyalari fanlaridan dars berayotgan pedagoglar uchun seminar-trening boshlandi.

✔️ Maqsad — o‘qituvchilarning bilimini oshirish, tajriba almashish va o‘quv jarayoniga innovatsion yondashuvlarni joriy etish.

💡 Trening davomida ishtirokchilar fanlarni o‘qitishda zamonaviy metodlar, raqamli vositalardan samarali foydalanish, o‘quvchilarda ijodiy fikrlashni rivojlantirish bo‘yicha yangi g‘oyalar bilan boyishdi.

Bu kabi amaliy mashg‘ulotlar o‘qituvchidan — ilhom, o‘quvchidan esa yuksak natija kutadi!

Seminar-trening 6-noyabrga qadar davom etadi.

Bizni kuzating

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#sayyor_qabul
#Samarqand_viloyati

🤩 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi rahbariyati ishtirokida Samarqand shahridagi Prezident maktabida sayyor qabul oʻtkazildi.

Sayyor qabul davomida 10 dan ziyod fuqaro o‘z murojaatlarini  Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori va o‘rinbosariga toʻgʻridan-toʻgʻri yetkazish imkoniga ega boʻldi.
🗣Murojaatlar mazmuni o‘quvchilarning o‘qishini boshqa ta’lim muassasalariga ko‘chirish, dars jarayonlarini yanada samarali tashkil, xalqaro taʼlim grantlari boʻyicha xabardorlikni oshirish kabi masalalarni qamrab oldi.

❗️Sayyor qabul davomida murojaatlarning aksariyati  joyida hal etildi. Yechimi vaqt talab qiladigan masalalar yuzasidan tegishli mas’ullarga topshiriq va ko‘rsatmalar berilib, ularni nazoratga olish belgilandi.

🔖Shungingdek, ota-onalar bilan birgalikda hududdagi maktab direktorlari bilan ham yig‘ilish o‘tkazildi.

Muassasalarda ta’lim-tarbiya jarayonlari, o‘qituvchilarning darsga tayyorgarligi, sifatli ovqatlantirish hamda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi.

Bizni kuzating

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/11/05 02:48:11
Back to Top
HTML Embed Code: