Telegram Web Link
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ishtirokchilar_fikri

🤩 Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar Bitiruvchilar qurultoyi ishtirokchilari oʻz taassurotlari, taqdim etayotgan loyiha va ishlanmalarining ahamiyati, kelgusidagi maqsadlari bilan oʻrtoqlashdi.

📺 Videoda batafsil.

❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#qabul_2025
#brifing

🤩 PREZIDENT MAKTABLARIGA BIR O‘RINGA 148 TALABGOR!

🗣AOKAda o‘tkazilgan brifingda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi Axborot xizmati rahbari Jo‘rabek Jangirov 2025/2026-o‘quv yili uchun qabul statistikalarini e’lon qildi.

📊Umumiy topshirilgan hujjatlar soni: 255 613 ta

📚MAKTABLAR BO‘YICHA STATISTIKA:
🟢Prezident maktablari – 49 924 ta hujjat
🧮 Har bir o‘ringa o‘rtacha 148 nafar talabgor

🟢 Ijod maktablari – 4 740 ta
🧮 Har bir o‘ringa 11 nafar

🟢 Sport maktablari – 582 ta
⚽️ Gimnastika: 1 o‘ringa 8 nafar,
🥊 Boks: 1 o‘ringa 15 nafar

🟢 Ixtisoslashtirilgan maktablar – 137 870 ta
🧮 Har bir o‘ringa 12 nafar

🟢 Tayanch ixtisoslashtirilgan maktablar – 62 497 ta
🧮 Har bir o‘ringa 38 nafar

🔹 Abu Ali ibn Sino – 4 250 ta
🔹 Mirzo Ulug‘bek – 3 093 ta
🔹 Muhammad al-Xorazmiy – 55 154 ta

🟢 Al-Beruniy xalqaro maktabi – 6 184 ta
🧮 Har bir o‘ringa o‘rtacha 103 nafar talabgor

📥Qabul kvotalari:
Prezident maktablari (5-sinf): 336 nafar;
Ijod maktablari (7-sinf): 440 nafar;
Ixtisoslashtirilgan maktablar: 13 000+ o‘quvchi;
Al-Beruniy maktabi 60 nafar.

📌 4-sinf bitiruvchilari bir vaqtning o‘zida 3 xil maktabga alohida hujjat topshirdi:
▫️ Prezident maktabi
▫️ Ixtisoslashtirilgan maktab
▫️ Muhammad al-Xorazmiy maktabi

📌 6-sinf bitiruvchilari esa quyidagilarga:
▫️ Hududidagi tabiiy fanlar yo‘nalishidagi maktab
▫️ Mirzo Ulug‘bek yoki Abu Ali ibn Sino maktablari (Toshkent shahri)

📆 Imtihonlar – iyul-avgust oylarida!
📍Sana, manzil va vaqtlar haqidagi ma’lumotlar Agentlik rasmiy sahifalarida e’lon qilinadi.

📝 Batafsil

❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bitiruvchilar_qurultoyi
#yopilish_marosimi

🤩 BITIRUVCHILAR QURULTOYINING YOPILISH MAROSIMI BO'LIB O'TDI

📆 Ikki kun davom etgan mazkur tadbirda Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarning bitiruvchilari ko'plab ilmiy-amaliy mashg'ulotlarda ishtirok etdilar.

📝 Jumladan, Qurultoy doirasida o'tkazilgan "Yangi O‘zbekistonda 3-Renessans tadqiqotchilari: Ilm, innovatsiya va ijodkorlik" mavzusidagi ilmiy-amaliy seminarida:

🔍Quyidagi dolzarb yo‘nalishlar bo‘yicha fikr almashinuvi va taqdimotlar o‘tkazilmoqda:
sun’iy intellekt va STEM yondashuvi;
yashil texnologiyalar va barqaror rivojlanish;
robototexnika, IoT va kiberxavfsizlik;
raqamli ko‘nikmalar va kelajak kasblari;
global muhitda milliy qadriyatlarning o‘rni.

📚Bitiruvchilar kengashi hamda ixtisoslashgan maktablar o‘quvchilarining ilmiy izlanishlari, innovatsion loyihalari va ishlanmalari taqdim etildi.

🔖 Qurultoy doirasida 8 ta yo‘nalish bo‘yicha sho‘balarda yangi loyihalar va ishlanmalar taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

🫥Shu bilan birga, bitiruvchilar uchun turli sohalarda muvaffaqiyatga erishgan taniqli shaxslar bilan uchrashuvlar tashkil etildi.

🇺🇿 “Prezident iqtidorli farzandlari” tashabbusi va uni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha milliy dastur taqdimoti oʻtkazildi.

💫 Ushbu milliy dastur mamlakatimiz bo‘ylab saralab olingan 1500 nafar eng qobiliyatli 9-sinf bitiruvchilari Garvard, Yel va Prinston kabi jahondagi yetakchi universitetlarga tayyorlashni koʻzda tutadi.

🟢Xususan, bitiruvchilarga Prezident va ixtisoslashtirilgan maktablarning malakali maslahatchilari zarur bo‘lgan bilim va ko‘nikmalarni rivojlantirishda, portfolioni kuchaytirishda yaqindan yordam beradi.

❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/06/27 02:04:58
Back to Top
HTML Embed Code: