Telegram Web Link
#YUNESKO_2025

Samarqand — xalqaro hamkorlik va ta’lim muloqoti maydoni!

Bugun YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi doirasida Agentlik direktori Sevara Shakirova va Sint Marten davlatining vakolatli vaziri Grasita Arrindel o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda tomonlar o‘zaro tajriba almashish, ilg‘or ta’lim tizimlarini o‘rganish hamda iqtidorli yoshlar uchun xalqaro loyihalarni amalga oshirish masalalarini muhokama qildilar.

Shuningdek, mehmonlar Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning Samarqand filialida hamda Samarqand Prezident maktabida bo‘lishdi. Ular bu maskanlarda yaratilgan zamonaviy sharoitlar, STEAM yo‘nalishidagi darslar, o‘quvchilarning ijodiy ishlari va yutuqlari bilan tanishdilar.

Drs. Gracita R. Arrindell ta’lim muassasalarida yaratilgan imkoniyatlarni yuksak baholab, o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.

Uchrashuv yakunida tomonlar xalqaro hamkorlikni yanada kengaytirish va istiqbolli loyihalarni amalga oshirishga kelishib oldilar.

Bizni kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal | LinkedIn
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Xalqaro_seminar
#No_comment

▶️Fan olimpiadalari markazi tomonidan matematika va robototexnika fanlaridan oʻtkazilayotgan xalqaro seminar-treningning 1-kunidan videolavha.

⚡️ 🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzatib boring:
✈️ Telegram 📷 Instagram 🔵 Facebook ▶️ YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#diqqat_eʼlon
#sayyor_qabul

🤩 AGENTLIK RAHBARIYATINING SAYYOR QABULI OʻTKAZILADI

📆 Joriy yilning 4-noyabr kuni soat 12:00 da Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi rahbariyati Samarqand shahridagi Prezident maktabida sayyor qabul oʻtkazadi.

✅️ Sayyor qabulni tashkil etishdan maqsad, aholining Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi yoʻnalishidagi murojaatlari, taklif va shikoyatlarini oʻrganish, aniqlangan muammo va kamchiliklarni vakolat doirasida tezkor hal etish choralarini koʻrishdan iborat.

🗺Sayyor qabul oʻtkaziladigan manzil: Samarqand viloyati, Samarqand shahri, Amir Temur ko‘chasi 82-uy.

Bizni kuzating
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM

#milliy_dastur

Prezident iqtidorli farzandlari” milliy dasturining 2-mavsumi boshlandi!

📆Bugun Renessans oromgohida “Prezident iqtidorli farzandlari” milliy dasturining ikkinchi mavsumi ishtirokchilari tantanali tarzda kutib olindi.

Dastur doirasida iqtidorli o‘quvchilar uchun yangi bilimlar, ijodiy mashg‘ulotlar, motivatsion uchrashuvlar va sport musobaqalari tashkil etiladi.

🌐 Yoshlar birinchi kundanoq o‘z sohalaridagi tajribali mutaxassislar bilan tanishib, o‘z iqtidorlarini yanada rivojlantirish uchun faol ishtirok etishmoqda.

Bizni kuzating
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#oʻquvchilar_oʻqishini_koʻchirish
#transfer_piima_uz

🔔 OTA-ONALAR DIQQATIGA!

🤩 Agentlik tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablarda 2025/2026-o‘quv yili oldidan oʻquvchilarning oʻqishini bir hududdan boshqa hududga ko‘chirishga zarurat tug‘ilayotgan bo‘lsa, Agentlikka ariza yuborishni yanada soddalashtirish, qoʻshimcha qulaylik yaratish maqsadida transfer.piima.uz platformasi ishlayotganini eslatib oʻtamiz.

📆 Arizalarni joriy yilning 3-8-noyabr kunlari Respublikamizning barcha hududlaridan turib mazkur platforma orqali Agentlikka tez va oson yuborishingiz mumkin.

❗️Eslatib o‘tamiz, arizalar quyidagi manzil orqali qabul qilinadi: https://transfer.piima.uz/application

📝Ariza topshirish jarayonlari quyidagicha:
O‘quvchining ota-onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchi qonuniy vakilining familiyasi, ismi va otasining ismi, telefon raqami to‘liq kiritilishi;
arizaning qisqacha mazmuni (o‘qishini ko‘chirish sababi);
o‘quvchining familiyasi, ismi va otasining ismi, tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasining seriya va raqami, o‘qiyotgan maktabi, sinfi, yo‘nalishi, o‘qishini ko‘chirmoqchi bo‘lgan maktabi;
ko'chirishga asos bo'luvchi hujjat (PDF formatda) nusxasi .


❗️ESLAB QOLING!

✅️Ixtisoslashtirilgan maktablar o‘quvchilariga davlat tashkilotlarida ishlaydigan ota-onasining ish joyi bir hududdan boshqa hududga o‘zgargan taqdirda, o‘sha hududdagi ixtisoslashtirilgan maktabda bo‘sh o‘rin mavjud bo‘lganda o‘quvchining o‘qishini ko‘chirishga ruxsat etiladi.

✅️Platforma orqali ariza yuborilganidan keyin avtomatik shaklda taqdim etiladigan KALIT SOʻZ saqlab qoʻyilishi zarur! Ushbu kalit soʻz yordamida arizangiz holatini tekshirib koʻrishingiz mumkin.

⚠️ Belgilangan hujjatlar arizaga ilova qilinmasa ariza rad etilishiga sabab boʻladi.

📞Murojaat uchun: 71 207 20 17 (180)

Bizni kuzatib boring

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📰📰📰📰📰📰📰
#YUNESKO_2025

🔴 Samarqand shahrida bo‘lib o‘tayotgan YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi doirasida Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri E’zoza Karimova:


Turkiya Milliy ta’lim vaziri Yusuf Tekin,
O‘mon Sultonligi Ta’lim vaziri Madina Al-Shayboni,
Xitoy Ta’lim vaziri Xuay Szinpenlar hamda
Ozarbayjon Ta’lim vaziri o‘rinbosari Gasan Gasanli bilan uchrashuv o‘tkazdi.

🔰Unda hamkorlikdagi loyihalar va istiqboldagi rejalar muhokama qilindi.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
QIZLAR O‘RTASIDA O‘TKAZILGAN OLIMPIADADA TERMA JAMOAMIZ A'ZOSI BRONZA MEDALI SOHIBI BO‘LDI

📍Maykop, Adigeya Respublikasi

⚡️Joriy yilning 24-28-oktabr kunlari Adigeya Respublikasi, Maykop shahrida "Assara" IV Qizlar Matematika Olimpiadasi bo‘lib o‘tdi.

➡️Olimpiadada 20 ta davlatlardan 200 nafarga yaqin o‘quvchi qizlar ishtirok etdi.

📢Xalqaro darajada o‘tkazilgan ushbu olimpiadada 1 nafar O‘zbekiston terma jamoasidan vakil ishtirok etib, katta muvaffaqiyatga erishdi:

🥉Dildora Mahkamova - Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab internatining 9-sinf o‘quvchisiBronza medal.

❗️ Eslatma: O‘zbekiston 2025-yilda ushbu Olimpiadada ilk marotaba ishtirok etdi.

🇺🇿Ushbu yutuq hurmatli Prezidentimiz tomonidan qizlar uchun yaratilayotgan ilmiy imkoniyatlarning yorqin natijasidir.

Terma jamoamiz a’zosini tabriklaymiz va kelgusi olimpiadalarda ulkan zafarlar tilaymiz!

Bizni kuzatib boring

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

“Mahalla” telekanali orqali Agentlik tizimidagi Bahodir Jalolov nomidagi boksga ixtisoslashtirilgan maktab faoliyati haqida lavha efirga uzatildi.

📌 Video lavhada o‘quvchilarning mashg‘ulot jarayonlari, sportdagi yutuqlari hamda maktabda yaratilgan sharoitlar yoritilgan.

🥊 Boks naktabining maqsadi — yoshlarni sport orqali ma’naviy va jismoniy barkamol etib tarbiyalash, xalqaro arenalarda yurtimiz nomini munosib himoya qiladigan chempionlarni tayyorlashdir.

📹Batafsil videolavhada

Bizni kuzating

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/11/04 03:09:03
Back to Top
HTML Embed Code: