Telegram Web Link
Chongqing Sericulture Science and Technology Research Institute bilan uchrashuv urugʻchilikni rivojlantirish yo‘lida muhim qadam

Avval xabar berilganidek, ayni kunlarda “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi raisi v. b. Ikrom Sayfullayev va rais o‘rinbosari Maqsudjon Kasimov rahbarligidagi delegatsiya Xitoy Xalq Respublikasida xizmat safarida bo‘lib turibdi.

Delegatsiya Chongqing shahrida joylashgan, Xitoydagi eng nufuzli muassasalardan biri — Chongqing Sericulture Science and Technology Research Institute vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Mazkur institut Xitoyda tut va ipak qurti sohasidagi eng yirik ilmiy markazlardan biri bo‘lib, urugʻchilikda genetik resurslarini saqlash, ilmiy tadqiqotlar, seleksiya, texnologiya yangiliklari va kadrlar tayyorlash borasida katta tajribaga ega. Institut 1300 akrdan ortiq maydonda joylashgan bo‘lib, 200 dan ortiq ipak qurti va 300 dan ortiq tut navlarini saqlaydi hamda har yili yuz minglab yuqori sifatli urug‘ ishlab chiqaradi. Shuningdek, u yerda zamonaviy uskunalar va innovatsion uslublardan foydalangan holda urug‘ yetishtirish jarayonlari avtomatlashtirilgan.

Uchrashuv davomida ikki tomonlama hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, xususan 2026-yil mavsumi uchun O‘zbekiston iqlimiga mos, kasalliklarga chidamli, yuqori hosildor ipak qurti urug‘larini yetishtirish bo‘yicha qo‘shma dasturlarni amalga oshirish yuzasidan kelishuvga erishildi. Shu bilan birga, O‘zbekistonda mazkur institut tajribasidan kelib chiqib seleksiya ishlari va texnologik yechimlarni joriy etish imkoniyatlari muhokama qilindi.

🚀Telegram |🔵Facebook▶️YouTube
🌐 Web-sayt  |📷Instagram |🤖 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ўзбекистон Президентининг Озарбайжонга давлат ташрифи якунлари қардош мамлакатларимиз ўртасидаги дўстлик, стратегик шериклик ва иттифоқчилик муносабатларини янада мустаҳкамлашга хизмат қилади.

Итоги государственного визита Президента Узбекистана в Азербайджан послужат дальнейшему укреплению отношений дружбы, стратегического партнерства и союзничества между нашими братскими странами.

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
2025/07/06 19:12:02
Back to Top
HTML Embed Code: